Parodiyalar  ( 4812 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  31 Iyul 2008, 11:13:06

OSHIQ POLIZCHI

Yuragimda mani bir dardim
  bor-ay, dardim bor,
Mani sevgan go‘zaldan arzim
  bor-ey, arzim bor.
qosh-ko‘z suzib nozlanar,
bilmam qachon rozlanar.
Shu go‘zalga bir shirin so‘z
 qarzim bor-ay, qarzim bor,
Bakovuling bo‘layin,
Yasovuling bo‘layin.

Alisher FAYZning "Yasovuling bo‘layin" qo‘shig‘idan.

Qo‘ltig‘imda manim zo‘r tarvuzim   bor-ay, tarvuzim bor,
ko‘zim ostiga olgan bir qizim   bor-ay, bir qizim bor.
Nega ko‘nglim xushlamaydi,
Tarvuzimni ushlamaydi.
Eshit, ey go‘zal, senga aytar
 so‘zim bor-ay, so‘zim bor.
Diring, diringing bo‘layin,
Sho‘r bodiringing bo‘layin.

Yag‘ir yelkamga og‘ir yuk ortmagin    qo‘y, ortmagin, qo‘y,
Jussamni torozingda ham tortmagin,
  qo‘y, tortmagin, qo‘y.
Haddimdan ko‘p oshib qoldim,
O‘zimni xo‘p bosib qoldim.
Pishmagan deb malomat otmagin,    qo‘y, otmagin qo‘y.
qo‘lda tovog‘ing bo‘layin,
pishgan qovog‘ing bo‘layin.

O‘rtab nima qilasan axir,
  jonim, sabrimni,
O‘zi yetib ortadi rosti, sendan    tortgan jabrimni.
Senga yetmay o‘tib ketsam dunyodan,    mabodo, sanam,
qora tarvuz po‘choq bilan ko‘m
  mayli qabrimni.
Kuydir, o‘chog‘ing bo‘layin,
So‘ydir, pichog‘ing bo‘layin.

Dumalat, koptokeday g‘ildirashi    bor, g‘ildirashi bor,
Bilasan, suvining shildirashi bor,    shildirashi bor.
Istasang, polizga borgin,
Tanlab-ay, bittasin yorgin.
Xomlay yesang, qorin g‘o‘ldirashi bor,    g‘o‘ldirashi bor.
Bo‘ldi, bas, jonga tegmayin,
Men o‘lay tarvuz ekmayin.

Abdurazzoq Obro‘y

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 11:13:45

XOTINNI QO‘YAVER

O! Qani, jonimni etsam sadaqa,
Sen uchun borimdan kechaman.
Hozir uyimdagi javroq xotinning
Javrashini o‘ylab tushib ketaman.

Er NAZARning "Mening nigohimda..." she’ridan.


Sen uchun har nega tayyorman,
Boshimni sapchaday uzaymi?
Xotindan voz kechib shu damda,
Ne qilay, orani buzaymi?

Qo‘limdan keladi talay ish,
yulduzni benarvon uraman.
Xotinni qo‘yaver, xotinni,
Rosti gap, xo‘p yomon ko‘raman.

Xohlasang, dunyoning chetiga
Ortingdan ergashib boraman.
Men uchun chepuxa xotinim,
Boshini bir urib yoraman.

Yetmasam men senga — visolga,
Poyiga men chiqib netaman.
It kabi so‘lagim oqizib,
Men sening ketingdan ketaman.

Sen uchun har nega tayyorman,
Boshimni sapchaday uzaymi?
Xotindan voz kechib shu damda,
Ne qilay, orani buzaymi?

Abdurazzoq Obro‘y

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 11:14:53

TARALABEDOD
(modern she’r)

TEXASDA YOZILGAN

 Amerikada
 Izim qoldi
 Tug‘ilmagan
 O‘g‘il bilan
 qizim qoldi.

IZMIRDA YOZILGAN

 Turkiyada
 Burnim oqdi
 Turk go‘zali
 Kulib boqdi.

TOKIODA YoZILGAN

Yopon qizning
Tuxumini sindirdim
O‘zim bilan
Ketishiga ko‘ndirdim.

MOSKVADA YoZILGAN

Ruschaga qiz
Durust ekan
Keyin bilsam
O‘ris ekan.

Abdurazzoq Obro‘y

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Dekabr 2011, 19:55:44

Off... bunday mavzu ikkita bo`p qopti, birlashtirib qo`yilar...

Qayd etilgan