Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Usmon Qo‘chqor  ( 5699 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Usmon Qo‘chqor
« Javob #15 : 31 Iyul 2008, 12:24:54 »
* * *

O‘n beshinchi asrdan beri
Tanazzulga uchragan tog‘lar,
Qop-qorong‘u yuho jarliklar,
lashkarlarning qilich-qalqoni
Zanglab tuproq bo‘lgan adirlar,
Oqsoch tog‘ni sho‘r dengizlarga
Bog‘lab yotgan holsiz daryolar
Uzra yelib kelgan bu shamol
Bugun mening yelkamga qo‘ndi.
Kalxat quvgan chumchuq singari
Potirlardi uning yuragi.
Qo‘rquvdanmi, xorg‘inlikdanmi —
Yumilib-yumilib ketardi xuddi
Munchoqdek benajot ko‘zlari.
Mushtipar shamolim, deya men uni
Silamoqchi bo‘lgandim, nogoh
Harir qanotini silkitib
Uchib ketdi hurkak bu shamol.
Shu ketgancha endi nechanchi
Avlodimning yelkalariga
Borib qo‘nar ekan...
                                       bilmayman...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Usmon Qo‘chqor
« Javob #16 : 31 Iyul 2008, 12:25:17 »
* * *

Qop-qora
                zulmoniy
                             bu changdan
Basharning yuziga sochdi yovuzlik.
Dunyoning o‘zidek
                        qadim bu jangda
Yana insoniyat
                          qildi yolg‘izlik.
Nasroniy mulzamdir,
                       o‘sal musulmon,
O‘zga qavmlar ham
                        qunishib kelar.
Havodan
hech qachon
ushalmas armon,
Olinmagan
xun isi kelar...

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Farid Usmon

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 4083
So'nggi javob 31 Iyul 2008, 14:46:17
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3312
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon mushafining ta'rifi

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 36565
So'nggi javob 27 Iyul 2008, 06:38:22
muallifi AbdulAziz
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3886
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3061
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir