"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan?  ( 48213 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:18:51

assalom:

Assalomu alaykum!

Bir so'rovnoma o'tkazmoqchiydim.

"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan (sizga eng yoqqan) deb e'tirof eta olasiz?

Javoblar uchun oldindan tashakkur

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:19:04

Muxbir:

1. "Erkak".
2. "Otamdan qolgan dalalar"
3. "Dev bilan pakana"

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:19:18

Noza:

1. Otamdan qolgan dalalar. - Bu kinoni 1 marta ko'rgan bo'lsam ham juda katta ta'surot qoldirgan manda.
2. Bomba. - Bu ham komediya bo'lsa ham yahshi qiziq olingan kino.
3. "Sevinch" - ja ko'p ko'rilmasa ham 1-2 marta koradigan kino.

Yan shuni aytmoqchimanki o'sha "Fotima va Zuhra", "Sevgi fazosi", "Sevinch", "Romeo va Julietta" filmlari yaqinda olingan kinolar. Albatta kamchiliklar bo'lishi mumkin. Lekin har bir rivojlanayotgan narsada kamchiliklari bo'lishi tabiiy. Shu o'rinda kinoda ham.
Bizning kinofilmlarimiz ayni rivojlanayotgan paytda shuning uchun man shunday kinolar chiqayabdi. Hudo hohlasa yanada rivojlanib, bizning rejissorlar ham birovlardan "nusha ko'chirmas" dan haqiqiy ("Zulmat" kabi) kinolar yaratishar balkim. Ungacha esa ko'ramiz va fikrlarimizni aytib qolamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:19:29

Dilshod:

Manga o'zining hayotiy mano'ga boyligi va dolzarb muammolarning ko'tarilganligi bilan faqat bir kino ta'sir eta olgan: rejissyor Zulfiqor Musakovning "Osmondagi bolalar 1" kartinasi. Boshqa o'zbek filmlarini esa vaqt o'tishi bilan unutib yuborsam kerak.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:19:40

maknuna:

Eng yaxshi filmlar:
1. O'yin.
2. Osmondagi bolalar.
3. Dev bilan pakana.

Uchchala film ham jamiyatning qaysidir muammolarini ochib berganligi uchun ham qadrli.
Afsuski, so'nggi paytdagi kinolar o'ldim-kuydimdan nariga o'tmayapti.
Original ssenariy asosida bo'lsa ham mayliga edi... Hammasi bir-biriga o'xshaydi.
Yaqinda Hindistondan o'zib ketamiz!

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:19:53

Uztermbek;

1991 yildan keyin suratga olingan, o'zim tomosha qilgan filmlar ichidan quyidagilari menga ko'proq yoqqan:

1) Otamdan qolgan dalalar
2) Yaratganga shukur
3) Abdullajon

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:20:05

Nodi:

Mangayam sila etgan filmlar yoqadi.

Yana:
1) Bomba
2) Abdullajon
3) Yaratganga shukr

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:20:17

Assalom:

Man o'zim javob bersam:

1. Erkak.
2. Chayongul.
3. O'yin

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:20:54

AbdulAziz:

Oxirgi 5 yilda yaratilgan kinolardan
"Otamdan qolgan dalalar" va "Erkak"ni maqtashdi. Lekin man hali bu filmlarni ko'rolmadim. Kimda shu filmlar bo'lsa, bizga ham ilininglar :)

O'zim ko'rgan filmlarim ichida (oxirgi 5 yil ichida yaratilgan) quyidagilarni haqqoniy ishlangan deya olaman:
1. Chayongul (Xurshid Do'stmuhammadning original ssenariysi, film ham juda ajoyib chiqqan).
2. Dev bilan pakana (Haqiqiy muammolar ko'tarilgan: mardikorlik, qo'shmachilik, tilyog'lamalik, muttahamlik va h.)
3. O'yin (Sharof Boshbekov ssenariysi asosida, qimorning jirkanch xususiyatlari ochib berilgan).

Qayd etilgan


Chustiy  05 Noyabr 2006, 01:06:15

hozirda ko'plab o'zbek filmlarda ham har hil ziddiyatlar uchrab turibti. bazi bir joylarda ochiqdan ochiq Shirkka ham yo'l qo'yishgan Astag'firulloh.

Begona Bahor ham yaxshiroq ekan.

Qayd etilgan