XXI asr she'riyati: Feruza Ahmadjon qizi  ( 3007 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  31 Iyul 2008, 13:05:30

XXI asr she'riyati:

Feruza Ahmadjon qizi




YURTIM

Osiyoning erkasi,
Barchinoylar o‘lkasi,
Tariflasam arziydi,
Yurtimning har jabhasin.
Ko‘rkamdir binolari,
Shifobaxsh irmoqlari.
Mehmondo‘st momolari,
Musaffo samolari.
Yigitlari alp qomat,
Dilda imon, sadoqat.
Qizlar husn, hayoda
Tengi yo‘qdir dunyoda.
Jajji bolajonlari
Yurtning jonajonlari.
Aqli, fe’li rasodir,
O‘tkir zehnga qodir.
Onalari farishta,
Mehri daryo sarishta.
Otalari duogo‘y,
Shunga, elda kunda to‘y.
Saxovatda tengi yo‘q,
Yashar barcha erkin, to‘q.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:05:48

SOG‘INDIM, BAHOR

Erka tabiatning injiqliklarin,
Sharqiragan soyning har sho‘xliklarin,
Ko‘z ochgan maysaning nozlanishlarin,
Qaldirg‘och juftiga rozlanishlarin,
Sog‘inib yashayman takror va takror,
Yurtimga qut qadam bo‘lib kel, bahor.
Go‘zallik uyg‘onar, qalblar to‘lg‘onar,
Zerikkan tabiat qo‘lga tor olar,
Shabnamlar quvonchi, shamol jarangi,
Jar solar olamga, borliq mavjlanar.
Sog‘inib yashayman takror va takror,
Yurtimga ezgulik olib kel, bahor.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan