XXI asr she'riyati: Suhrob Tillo  ( 3667 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  31 Iyul 2008, 13:07:17

XXI asr she'riyati:

Suhrob Tillo


RASSOM

Hayot degan buyuk musavvir,
Chizar taqdir chizgilarini.
Kelajakni etadi tasvir,
Qalbimizdan olib ranglarni.

Kimga chizib nurafshon osmon,
Ishq gulidan boshda gulchambar.
Kimlar uchun dovul va to‘fon,
Kimlar uchun hadsiz kengliklar.

Kimlargadir shunchaki ranglar:
Qizil, sariq, oq, jigar, qora...
Kimlar uchun kulrang qalamlar,
Qismat — chizmoq bilan ovora.

Qancha tasvir, qancha taqdirlar...
Ishlayverar musavvir betin
Jazolar, u hamda taqdirlar,
Demoq oson, aslida... lekin.

Qalbimizdan olinsa bo‘yoq,
Bo‘yoq bilan bitilsa taqdir
Qora ranglar bo‘lmagay-ku oq,
Oq rang qaro bo‘lmas-ku, axir!

Hayot degan buyuk musavvir,
Taqdir chizgilarini solar.
Uning  uchun hamma odam bir,
U ranglarni dillardan olar.

Har ne bo‘lsin — shohlik, gadolik,
Va har neki qismat atalgan.
Bular bari salomga alik,
Bari qalb rangidan yaralgan!

G‘amgin kuylar kuylama, shamol,
Oltin kuzni to‘kmagin, daraxt.
Bugun omad kulmadi xiyol,
Erta albat nasib bo‘lar baxt.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:07:32

* * *

Garchi suvlar oqmas teskari,
Xatolar ham qiynaydi bot-bot.
Umid aziz, ammo baribir
Armon bilan go‘zaldir hayot
Garchi suvlar oqmas teskari.

Hayot, sendan qarzdorman hali,
Bir kun hadya etmoqligim bor.
Ishq atalgan tuyg‘ular selin
Lek menga kam atalgani bor
Hayot, mendan qarzdorsan hali!

Oltin ko‘zyosh to‘kmagin daraxt,
Erta albat nasib etar baxt.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan