XXI asr she'riyati:
Fotima BekchanovaONAPoyingga bosh qo’yib aytay bir kalom,
Kalomki, har jonga xush yoqar sasli
Qalbimda joy olgan bu sehrli nom
Onajon, onajon, ismingiz asli.
Siz-ku, yuragimda uyg’ongan havas,
Qalbimning tubida o’sayotgan nur.
Onajon ko’nglingiz doimo sergak,
Siz bilan umrimda ma’no va huzur.
Boqib to’ymagayman hech ko’zingizga
Siz menga termulib to’ymagan kabi.
Duo qilib turing shu qizingizga
Doim hamroh bo’lsin hayot matlabi..