Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom  ( 5229 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« : 31 Iyul 2008, 14:14:34 »
XXI asr she'riyati:

To‘lan Nizom




* * *

Tongga yaqin she’r bitdi!
Shoir yozdi kechalab.
Qalbini o‘tga qalab,
Ishga ketdi ertalab.

Tongga yaqin she’r bitdi!
Yelpinar uzun terak...
Unga nima ham kerak?
Payqadimi tevarak?

Tongga yaqin she’r bitdi!
Yulduzlar so‘ngan zamon.
Quyosh chiqdi bag‘ri qon,
Tabiat bunga hayron.

Tongga yaqin she’r bitdi!
Ilhom charchadi, toldi.
Qalb ohista tin oldi,
Qalam yonboshlab qoldi...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:14:53 »
MENING ISHIM

Mening ishim nedur o‘zim sezaman,
Sog‘ qalbimni o‘zim har kun tilaman.
Oq qog‘oz betiga so‘zlar tizaman,
Dam nimadir, tun bo‘yi ish qilaman,
Men Vatanim yuragini chizaman.

Chekkada ulg‘aygan bir bo‘z bolaman,
Yozganim o‘xshamas birov xatiga,
Kimdir nazar solar, o‘ylab qolaman,
Yarim kecha yig‘lab qog‘oz betiga,
Men xalqimning suratini solaman.

G‘aflat meni so‘rab kelsa mabodo,
She’rlarimga berkinaman ohista,
Topolmayin ortga qaytar u asta,
Ruhim o‘lkam bo‘ylab esgan shabboda,
Quyosh kabi abadiyman dunyoda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #2 : 31 Iyul 2008, 14:15:11 »
G‘UNCHALAR

Ochilmoq istarlar,
Sochilmoq istarlar,
Lablanmoq ishiga
Ilhomni qistarlar —
G‘unchalar, g‘unchalar!

Ochilmoq istarlar,
Sochilmoq istarlar,
Shamollar kaftida
Kulmoqqa qistarlar —
Shosharlar shunchalar.

O‘ylamoq fursati,
Kuylamoq fursati
Keldimi, keldimi,
Shoiring bildimi,
Hoy tugunchalar?..
G‘unchalar, g‘unchalar!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #3 : 31 Iyul 2008, 14:15:41 »
NAVBAHOR

Qish bo‘yi orziqib kutardim uni,
Kela qol, der edim zoru intizor.
Omadim bor ekan, ajab shu kuni,
Shu sahar olisdan ko‘rindi bahor.

Shu zamon lang ochib qo‘ydim derazam,
Xonamga liq to‘ldi yorug‘, so‘lim tong!
Jismim dengizida to‘lqinlar zam-zam,
Qalamim tilida jarangdor ohang.

Yel bo‘lib guvullab yurdi yonimda,
Tuvak gul shoxida o‘ylandi birpas.
Jamolin ko‘z-ko‘zlab xonadonimda,
Qizlarim husniga qilardi havas.

Yog‘dudek yugurib chiqdi tashqari,
Borliqni kuldirdi quyoshga boqib.
Tuproqqa singidi simob singari,
Giyoh bosh ko‘tardi joniga yoqib.

Qush yanglig‘ daraxtga borib qo‘nganda,
Nozik novdalarni bezadi kurtak.
Gullarning shoxida g‘uncha unganda,
Mavjudot bag‘rida uyg‘ondi istak.

U  g‘ayrat bo‘ldi-yu, dalaga chopdi,
Traktor rulini ushladi darrov.
Katta yer boshida dehqonni topdi,
Doshqozon qurildi, ko‘k choy va palov...

Qirlarga to‘sh urdi maysalar yumshoq,
Qo‘y-qo‘zi na’rasi yaylovni tutdi.
Uning yetagida sanoqsiz buloq
Bir chiroy taratib bog‘lardan o‘tdi.

Va yana xonamga kirdi otilib,
She’rimga termildi mehnatkash kabi.
Minnatdor bo‘laman, u shoir bilib,
She’rimni o‘qirdi pichirlab labi.

Nurli kun boshlandi, qo‘shni tarafdan
Qutlug‘ sumalakning taraldi bo‘yi.
Jala sharros quydi nedir sababdan,
Endi avjga minar Navbahor to‘yi!

Marhabo, ey, aziz qalbim xumori,
Ulug‘ mujdalaring mana, qo‘limda!
Kuchga to‘l! Guvulla, yurtim bahori!
Baxtni poyandoz qil yurgan yo‘limda!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #4 : 31 Iyul 2008, 14:15:55 »
ISHQ

Tinchim tamom bo‘ldi, orom yo‘q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va xanda,
Shundan buyon  oyoq-qo‘lim kishanda,
Qaydanam, oh seni ko‘rdim o‘shanda;
Men qattiq sevibmen, qattiq suyibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Har lahza tegrangda parvonaman, gul,
Izma-iz yuraman, devonaman, gul,
Poyingda xoksormen, ostonaman, gul,
Hasrating tuganmas, so‘zonaman, gul,
G‘am yukin yurakda shuncha  uyibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Ey oy, bilgaymusen zarra muruvvat,
Porloq ko‘zlaringda yo‘qmidur shafqat,
Hijron daftarlari bo‘ldi-ku qat-qat,
O‘tda o‘lmas mendek olamda faqat —
Samandar debman-u, o‘zim kuyibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Qay kun oqshom bog‘da yurganing ko‘rdim,
To‘liqib xayolda turganing ko‘rdim,
Ag‘yor bilan suhbat qurganing ko‘rdim,
Qaydan ham ko‘rdim-a, nega ham ko‘rdim,
Ikkala ko‘zimni o‘zim o‘yibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Dil olgan qora soch, qora qoshlaring,
Ko‘zimni qul qilgan ko‘z taloshlaring.
Rashk o‘tin yoqarlar do‘st — sirdoshlaring,
Ko‘nglimga urilur ta’na toshlaring,
Ne yomonlik kelsa, yaxshi yo‘yibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Qancha alam o‘tdi, chidadim rosa,
Necha g‘animlar-la aylab murosa,
Sendan kecholmadim, palagi toza,
Yana seni dedim, ko‘nglimni eza,
Mehrsizlik aro cho‘kdim, g‘oyibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

Umrim kechsun seni so‘rab-so‘roqlab,
Tashlab ketma endi yuragim bog‘lab,
Mayliga mahliqo, sen dog‘lab-dog‘lab,
Bir vafo qil, so‘ngra o‘ldir qiynoqlab,
Men oshiq jonimdan  bugun to‘yibmen,
"Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen".

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #5 : 31 Iyul 2008, 14:16:06 »
TONG

Shamol gulni uyg‘otdi,
Gul ko‘ngilni uyg‘otdi,
Ko‘ngil yorni uyg‘otdi,
Yor bulbulni uyg‘otdi,
Bulbul yig‘lab so‘z qotdi:
"Bo‘ldi, endi tong otdi,
Oy quyoshni uyg‘otdi".

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #6 : 31 Iyul 2008, 14:16:17 »
SANAM

Jon Sanam, jonon Sanam,
Jonimda har on, Sanam,
Sen uchun men yonaman,
Men uchun sen yor, Sanam.

Menga sen — imon, Sanam,
Bu boshim osmon, Sanam.
Ko‘zlarim yo‘lingda zor,
Qilmagil giryon, Sanam.

Sen toza vijdon, Sanam,
Chin bashar, inson, Sanam.
Yurakda yolg‘iz o‘zing,
Qolmasin armon, Sanam.

Sensiz yo‘q bu jon, Sanam,
Dil bo‘lmas shodon, Sanam.
Sensiz menga na hojat —
Bo‘zu Shahrixon, Sanam.

Jon Sanam, jonon Sanam,
Jonimda har on, Sanam.
Sen uchun  men yonaman,
Men uchun sen yon, Sanam.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #7 : 31 Iyul 2008, 14:16:27 »
SURAT

H.Sa’dullaga

Otang surati, deb berib ketdi u,
Onamga ko‘rsatmay to‘lib qaqshadim.
Otang surati, deb berib ketdi u,
Oynaga qarasam, unga o‘xshadim...

Otang surati, deb berib ketdi u,
Entikib-entikib bosdim yurakka!

Otang surati, deb berib ketdi u,
Yigitman: mendadir qasosning  gali.

Otang surati, deb berib ketdi u,
Otamni ko‘rmadim urush tufayli!..

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #8 : 31 Iyul 2008, 14:16:35 »
* * *

Bulbulga gulshan kerak,
Vodiylarga suv kerak.
Tog‘larga salobatu
Soylarga g‘uluv kerak.

Bolaga doim o‘yin,
Do‘stlarga-chi, ahd kerak.
Qushlarga keng osmonu
Odamlarga baxt kerak.

Xalqlarga tenglik kerak,
Birlikni istar yurak.
Shoirga mudom tinchlik,
Ko‘ngliga kenglik kerak.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #9 : 31 Iyul 2008, 14:16:46 »
XALQIMGA

Xalqim, buyur menga yumushlaringni,
Amring ado etay toki jonim bor.
Boshimga olayin tashvishlaringni,
Qadoq qo‘llaringni o‘payin takror.

Menga shon darkormas, shuhrat kerakmas,
Mehrga zor bo‘lib o‘sgan bolangman.
Menga muhabbat ber, minnat kerakmas,
Sening armoningman, sening nolangman.

Sharafli qarzim bor, uzmog‘im kerak,
Senga fido bo‘lsin umrim, hayotim.
Seni deb yonadi bu yonar yurak,
Senga qo‘shiqlarim, boru bisotim.

Seni deb yashayman, qancha umrim bor,
O‘zing bor ekansan, o‘lmagan jonman.
Meni yaratgansan, tashakkurim bor,
Bugun men ham bitta O‘zbekistonman.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: To‘lan Nizom
« Javob #10 : 31 Iyul 2008, 14:16:56 »
NAVRO‘Z QIZI

Navro‘z qizi bog‘imga keldi bugun tong chog‘i,
Alvon-alvon gullarga to‘la ekan quchog‘i,
Yuragida ishq o‘ti, yonar ikki yonog‘i,
Xino bog‘labdi oqshom, lola edi barmog‘i,
Gullar bilan bezanmish boshidan to oyog‘i.

Savatin yerga qo‘ydi, ichi to‘la chuchmoma,
Quyosh tuhfasi edi chuchmoma  kiygan joma,
Sahar cho‘miltiribdi oydan nur  toma-toma,
Qiz qo‘limga tutqazdi navbahordan bir noma,
Shu on yengil  shabboda ko‘rsatdi zo‘r hangoma.

Silkinib qoldi bog‘da Binafshayu Na’matak,
Tojixo‘roz Majnundek egnida qonli  yaktak,
Lablandi Gulisafsar, zebolandi Boychechak,
Orolanib Gulsumbul, Sallagul, shum Marmarak,
Karnaygulga qayrildi, hasad qilsalar kerak.

Gul qatma-qat tebrandi, jilmaydi Gulibeor,
Atirgul titrab qoldi, Gulxayrida bir sir bor.
Kampirchopon, Boyxalcha yaprog‘i tumor-tumor,
Rayhonga sariq Sadbarg termular xumor-xumor,
Lek Chinnigul negadir xayol surar beozor...

Navro‘z qizi bir kulib, gullarga imo etdi,
Gullar ochilib ketdi, hidlar sochilib ketdi.
Bu xushxabar butun el, butun olamga yetdi!
Boshlandi ulug‘ Bayram, quvonch borliqni  tutdi,
Bahor kutgan  ko‘ngillar g‘am-qayg‘uni unutdi!

Dasturxonga tortildi: sumalak, ko‘k chuchvara,
Ko‘k somsa ham ko‘k manti, halimiga bir qara,
Qiz-juvonlar raqs etur, kokillari sharshara,
Tabassumi jon olar, biri-biridan sara,
Do‘stlar, mening bog‘imda bo‘ldi shunday manzara!

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3222
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3752
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 2986
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2745
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3046
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir