Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Minhojiddin Mirzo  ( 3027 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Minhojiddin Mirzo
« : 31 Iyul 2008, 14:19:07 »
XXI asr she'riyati:

Minhojiddin Mirzo

*  *  *
Giyohlardan so‘rdim sening ta’rifing,
Kiyiklar ko‘zidan o‘qidim doston.
Yulduzlar qo‘shig‘in tinglab  uyg‘ondim,
Boshimda termulib o‘tirardi tong.

Quyosh yuragimga sochdi taftini,
Shundan  qalbim seni angladi, sezdim.
Subhidam ochganda zamin kaftini,
Men masrur kaftdagi jannatni kezdim.

G‘urraklar terakda chalar chanqovuz,
Ko‘rdim yuzin suvga chaygan gullarni.
Zamin ulashardi har murg‘ak dilga,
Xumo nigohidan tushgan nurlarni.

Ukamday siladim yashil maysani,
Singlimday suydim men qizg‘aldoqlarni.
Otamday chinorga qarab bo‘yladim,
Mehri bog‘ onamday kezdim bog‘larni.

Tog‘laring ko‘nglimda tikladi g‘urur,
Suvlaring qalbimning yuvdi zangini.
Hatto chumolilar tilida shukur,
Men shundan angladim Vatan rangini...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Minhojiddin Mirzo
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:19:26 »
*  *  *

She’r  o‘zi nimadir, ishqiy kalima,
Oydin buloq guli - shaffof bir tuyg‘u!
Yo, ko‘ngil yig‘isi, shuur gavhari,
Yo, hayrat, yo hasrat, eng shirin qayg‘u!

She’r nima, paykonmi, ruhga sanchilgan,
Yoki, qalb daraxtin sirli yaprog‘i.
Balki nilufardir dilda ochilgan,
Ko‘ngilda ulg‘aygan Majnun titrog‘i?

She’r nima, dardmi u yo zikr ajib,
"Analhaq" degan ul ko‘ngilning ohi.
Dildagi jannatmi, bog‘lari najib,
Qayda u ruhdagi darvesh dargohi?

She’r nima, tilsimli zulmat vujudning,
Qa’ridan oy kabi chiqqan ifoda.
Ko‘ngil tog‘lariga qo‘ngan burgutning,
O‘tli nigohidan to‘kilgan boda?

Anglamoq  ko‘yida dil so‘ylar toshib,
Chin she’rki, bir qaqnus - dilga ravodir.
U - mujda -etti qat osmondan oshib,
Haqdin kelayotgan toza havodir...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Minhojiddin Mirzo
« Javob #2 : 31 Iyul 2008, 14:19:51 »
TA’ZIM

Andijonim-ko‘zlarimda kulgan dunyom,
Nechun senga talpinmayin, sig‘inmayin?
Qayga borsam yuragimda cho‘g‘day armon,
Nega ildiz otgan joyim sog‘inmayin?!

Ming yillarki oqib yotar Qoradaryo,
Suvlarida yalpizlarning iforlari.
Majnuntollar nigohida uychan hayo,
Qizg‘aldoqqa sir aytadi bahorlari.

Yiroq ketsa bag‘ri o‘rtab sabot bilan,
Diydor istar umid bilan sobirlari.
Shox ersa-da yolg‘iz qolgach dovot bilan,
Andijon deb bo‘zlab yotar Boburlari.

Tun ma’vosi kabi to‘lqin-to‘lqin sochlar...
Yorqin bir nur so‘nganini eslab doyim.
Andijonim to qiyomat ingranasan,
Kechalari yig‘lab kelsa Mohlaroyim!

Har yulduzning qismatida so‘lmoq bordir,
Buncha ko‘pdir shoir ahlin o‘lponlari.
Vatan mehrin tuyganingda qalbda mudom,
Yuraginga kirib kelar Cho‘lponlari.

Bog‘ishamol Bobur ruhi kezgan makon,
Adirlarda uyg‘oq sabo, yellar halak.
Kuzda ketgan qushlar bahor qaytar tayin,
Qaytmas bo‘lib ketdi qancha shoir yurak...

Andijonim, otam o‘zing, onam o‘zing,
Jonni o‘rtar gar un cheksang nidolaring
Bizlar olim, muallimmi va shoir,
Qayda bo‘lsak bizni asrar duolaring!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Minhojiddin Mirzo
« Javob #3 : 31 Iyul 2008, 14:20:16 »
ONAM EKKAN RAYHONLAR

Onam Ergashxon Yo‘ldoshboy qizi xotirasiga

Hovlimizga jannat bo‘yin taratgan,
Sabolarga ifor tutgan, yayratgan,
Ko‘kdan oyu oftobin ham qaratgan,
Borlig‘ida malaklarmi nihonlar,
Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.

Kapalaklar arimasdi qoshidan,
Bolarilar ketolmasdi boshidan,
Unganmidi, onamning bardoshidan,
Oh kaftdagi jannat, derdi giryonlar,
Ehson ekan onam ekkan rayhonlar.

Garchi gul ko‘p bu olamda iforli,
Qo‘l cho‘zsang gar ozorligu, tikonli,
Tarovatli, muslim kabi iymonli,
Uni arshdan tushirmishmi posbonlar,
Jahon ekan onam ekkan rayhonlar.

Har tong turib siypalardi gul yuzlarin,
Erkalagan ona kabi qizlarin,
Sirdosh bilib aytganmi dard, so‘zlarin
O‘sha chog‘lar neni qilmish bayonlar,
Doston ekan onam ekkan rayhonlar.

Boshim qo‘ysam men ko‘ksiga onamni,
Rayhon isi chulg‘ar edi tanamni,
Oh, u jannat tark etdimi olamni,
Yaprog‘iga yig‘lab taqdim marjonlar,
Fig‘on ekan onam ekkan rayhonlar.

Ona desam zor titraydi bu jonim,
Ketdimi-ya bor davlatim, jahonim,
Mehribon yo‘q, qayda u mehribonim,
Dardim endi qanday tutay pinhonlar
Darmon ekan onam ekkan rayhonlar.

Sog‘inchimga bu dunyoda yo‘q chora,
G‘arib bog‘man, bog‘bonsiz qalb ming pora,
Onamsiz men kim bo‘ldim, bir bechora
Tatirmidi menga bu shirin onlar,
Davron ekan onam ekkan rayhonlar.

Bir kun men ham bu dunyodan o‘tarman,
Balkim, qo‘lda rayhon bilan ketarman,
Shunday onam diydoriga yetarman,
Darkor emas bundan  o‘zga unvonlar,
Imkon ekan onam ekkan rayhonlar...

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

Minhojiddin Mirzo. Visol xabari

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4719
So'nggi javob 06 Iyul 2010, 15:12:29
muallifi AbdulAziz
Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman (she’rlar to’plami)

Muallif ZiyoBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 205
Ko'rilgan: 152245
So'nggi javob 24 Fevral 2010, 09:14:09
muallifi AbdulAziz
Bobur Mirzo hayoti va ijodi

Muallif Muhammad AminBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 50212
So'nggi javob 19 Noyabr 2007, 10:42:57
muallifi Muhammad Amin
Mirzo Abdulqodir Bedil

Muallif shoirBo'lim Sharq mumtoz she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 39756
So'nggi javob 19 Iyun 2008, 13:01:30
muallifi shoir
Mirzo G'olib

Muallif shoirBo'lim Sharq mumtoz she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 12387
So'nggi javob 02 Iyul 2008, 09:36:33
muallifi shoir