Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Munavvara Toshpo‘latova  ( 2958 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Munavvara Toshpo‘latova
« : 31 Iyul 2008, 14:25:38 »
XXI asr she'riyati:

Munavvara Toshpo‘latova




AYTMANG

Sevgimizni hammaga aytmang,
Ko‘z tegadi, ko‘zlar tegadi.
Qancha hasrat egmagan boshni,
Yaxshi-yomon so‘zlar egadi.

Berkitaymi ko‘z gavharimga,
Qarog‘imda tinchgina yotsin.
Aytay kiprik lashkarlarimga,
Yomon ko‘zga kamonlar otsin.

Sevgimizni hammaga aytmang,
Ikkalamiz bilsak bo‘ladi.
Bilib qolsa yomonlar - Majnun,
Kunin boshingizga soladi.

Layli demang, Zuhro deb aytmang,
Gul ishqimga doston kerakmas.
Men bir miskin Munavvar bo‘lib,
Vaslingizga yetib olsam bas.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Munavvara Toshpo‘latova
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:25:58 »
EY, TOG‘

Ey, tog‘, sening qizingman,
Aytolmagan so‘zingman.
Bilmasang, aytib qo‘yay,
Mening yuragim toshdan!

Bulut mendan suv ichar,
Har kun yonimga tushar.
Sin solib ko‘r, bilasan,
Ko‘zimdan  oqqan yoshdan.

Bo‘ylarim senga tortgan,
Kiyik sut berib boqqan.
Bilib olsang bo‘ladi,
O‘- kiprik, kamon qoshdan.

Ey, tog‘, mening otam, sen,
Ko‘nglim senikidan keng.
Sinab ko‘rsang, bilasan,
Tog‘day g‘urur, bardoshdan.

Sening bolangman, ey, tog‘,
Beqaror, g‘alatiroq.
Izlasang izla, faqat
Andijondan yo Shoshdan.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3260
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3818
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3024
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2792
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3087
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir