Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz  ( 5710 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« : 31 Iyul 2008, 14:29:01 »
XXI asr she'riyati:

Ravshan Hamroz


ARMONLI GULIM


Armonga aylanib ulgurgan gulim,
Qaytding-u yurakda yondirding gulxan.
Yana sochlaringni siladi qo‘lim,
Men seni sevaman, seni sevaman.

Bahorim kechikdi, kuzga uzrim bor,
Egasin izlagan so‘zga uzrim bor,
Umr yo‘ldosh bo‘lgan qizga uzrim bor,
Men seni sevaman, seni sevaman.

Sen bilan bu telba ko‘nglim edi xush,
Sen-la o‘tgan damlar shiringina tush,
Dil shoxiga qo‘nmay uchib ketgan qush,
Men seni sevaman, seni sevaman.

Ovozlaring buncha mayindir, erkam,
Sen bo‘lsang bilinmas yurakdagi g‘am,
Senga yetmaganim qilsa ham alam,
Men seni sevaman, seni sevaman,

Ko‘zlarim yo‘lingga boqar intizor,
Ilhaqman, o‘tsa ham qancha kuz, bahor,
Kunu tun vaslingni kutarman bedor,,
Men seni sevaman, seni sevaman,

Boshga qor yog‘dirgan jonim dard emas,
Xatoni qaytargan endi mard emas.
Muhabbat yurakka qo‘ngan gard emas,
Men seni sevaman, seni sevaman.

Armonga aylanib ulgurgan gulim,
Qaytding-u borligim qopladi tuman.
Yana baxshidadir senga kunlarim,
Men seni sevaman, seni sevaman!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:29:19 »
BAXTING SHUMI, YOR

Qaylarga berkingan kamon qoshlaring,
Yuzingda g‘am qazgan so‘qmoqlar qator.
Ishonmam, sevinchdan dema ko‘z yoshim,
Mendan tonib topgan  baxting shumi, yor?

Yerga termulasan xorg‘in bir nafas,
O‘ylaysan, bu dunyo endi tor qafas,
Nahot shu hayotni qilgansan havas...
Mendan tonib topgan  baxting shumi, yor?

Bahoring kechikdi, baxting kechikdi,
Omad yo‘ling poylab, jonim, ichikdi.
Mehribon deganing bag‘ritosh chiqdi,
Mendan tonib topgan baxting shumi, yor?

Tushlarimga goho kirasan yig‘lab,
Qo‘llarimga qo‘ling berasan yig‘lab,
Baxtliman, deb bugun ikkimiz aldab,
Mendan tonib topgan baxting shumi, yor?

Bedor kechalarda chekib iztirob,
Gul umring qilasan kimni deb xarob,
Bilarmi u uchun chekkaning azob,
Mendan tonib topgan baxting shumi, yor?

Qaylarga berkingan olov ko‘zlaring,
Sochingga yog‘ishga ulguribdi qor.
Jonim, seni baxtli qilar edim-ku,
Mendan tonib topgan baxting shumi, yor?

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #2 : 31 Iyul 2008, 14:29:45 »
TASHLAB KETMAYSIZMU

Go‘zal, sizga ko‘ngil bersam,
Ko‘zim yoshlab ketmaysizmu?
Agar sizni sevdim desam,
Meni tashlab ketmaysizmu?

Yetdim desam suyganimga,
Tanlab ko‘ngil qo‘yganimga,
Parvo qilmay kuyganimga,
Dilim tashlab ketmaysizmu?

Baxt degani muhabbat deb,
Berolmasam ziynatu zeb,
Bir kun kelib alvido, deb,
Ko‘zim yoshlab ketmaysizmu?

Yoshim o‘tib, cho‘ksa qomat,
Boshdan uchar bo‘lsa omad,
Og‘ir kunga qilmay toqat,
Meni tashlab ketmaysizmu?

Go‘zalginam, berdim savol,
Balki sizga kelar malol,
Ko‘zga boqib ayting takror,
Meni tashlab ketmaysizmu?

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #3 : 31 Iyul 2008, 14:30:00 »
O‘ZGANI YOR SAYLAGAN DILDOR

Ishonmayman endi sevgiga,
Ko‘zlarimga dunyolar tor.
Nega meni sevdim deganding,
O‘zgani yor saylagan Dildor?

Olov bo‘lib shiddatu shaxding,
Buzibsan-da oxiri ahding,
Men bilan ham kulardi baxting,
O‘zgani yor saylagan Dildor.

Tushlarimda seni kutarman,
Qo‘llaringa gullar tutarman,
Endi sensiz yolg‘iz o‘tarman,
O‘zgani yor saylagan dildor.

Kimga qiziq kambag‘al zori,
Qalin uchun yo‘q uning nori,
Shu ekanda manglayda bori,
O‘zgani yor saylagan Dildor.

Muhabbat bu sarson etishmi,
Mag‘rur boshni yerga egishmi,
Sovchi kelsa tegib ketishmi,
O‘zgani yor saylagan Dildor?

Buguncha men bo‘lsam ham alo,
Hech kimsa toq o‘tmaydi aslo,
Menga ham baxt beradi Xudo,
O‘zgani yor saylagan Dildor.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Ravshan Hamroz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 5
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #4 : 08 Mart 2009, 11:40:01 »
Mendan sirlaringni yashirgin mayli,
ko'zingdan yoshlaring oqizma faqat.
Do'st bo'lib qolaylik bir umr mayli,
Lekin izhor qilma menga muhabbat.

Ravshan Hamroz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 5
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #5 : 08 Mart 2009, 11:52:17 »
TASHLAB KETMAYSIZMU

Go‘zal, sizga ko‘ngil bersam,
Ko‘zim yoshlab ketmaysizmu?
Agar sizni sevdim desam,
Meni tashlab ketmaysizmu?

Yetdim desam suyganimga,
Tanlab ko‘ngil qo‘yganimga,
Parvo qilmay kuyganimga,
Dilim tashlab ketmaysizmu?

Baxt degani muhabbat deb,
Berolmasam ziynatu zeb,
Bir kun kelib alvido, deb,
Ko‘zim yoshlab ketmaysizmu?

Yoshim o‘tib, cho‘ksa qomat,
Boshdan uchar bo‘lsa omad,
Og‘ir kunga qilmay toqat,
Meni tashlab ketmaysizmu?

Go‘zalginam, berdim savol,
Balki sizga kelar malol,
Ko‘zga boqib ayting takror,
Meni tashlab ketmaysizmu?
« So'nggi tahrir: 08 Mart 2009, 11:54:11 muallifi Ravshan Hamroz »

Ravshan Hamroz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 5
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #6 : 08 Mart 2009, 11:57:40 »


Киз бокканнинг гунохи нима?

Бўйга етиб колди деб кизим,
Оналарни босар вахима.
Сеп йигишар тугилганидан,
Киз бокканнинг гунохи нима?

Эшик кокиб келар совчилар,
Хаммасида ваъдалар бир хил.
Бермасангиз бўлмас кизингиз,
Ўз кизимдек бўпколган ахир.

Хали кизим ёшдир кудажон,
Хали тўйга тайёр эмасмиз.
Насиб килса сепин буд килиб,
Келаси йил бахор берармиз.

Аммо бунга кўнмас кудалар,
Бизлар ахир тушунган одам.
Бизга факат кизингиз керак,
Бахтли бўлса бўлгани болам.

Тўй хам бўлар икки томонда,
Бошланади жанжаллар секин.
Магзарлари бунчалар оз деб,
Хўрланади уч кунлик келин.

Унутишиб берган ваъдасин,
Совчиликка борган аёллар.
Элдан аввал ногора кокиб,
Гийбатларин ўзлари бошлар.

Кирки чикмай ота кўрдиси,
Чакирдиси бўлсин дейдилар.
Бошкалардан ўглим кам эмас,
Битта мошин берсин дейдилар.




Кайдан килар киз томон буни,
Хар кун карзга ботиб боради.
Тунлар йиглаб ота-онаси,
Бир-бирига дардин ёради.

Бўлиб ўтар карз ила бари,
Ота кўрди, чакирдиси хам.
Уйин сотиб берса-да мошин,
Чикиб колар яна битта кам.

Киз дунёга келса отанинг,
Дерлар хамма кулиб давлати.
Лекин ўша киз сабаб бугун,
Ерга эгик ота савлати.

Нима бўлди сизга одамлар,
Бир мато деб урушмок нима?
Ўн саккиз йил силаб-сийпалаб,
Киз бокканнинг гунохи нима?

Ахир сизнинг кизингиз бордир,
Кайтар дунё нега сезмайсиз.
Келинга не килсангиз бир кун,
Кизингиздан кайтар билмайсиз?

Эсингизни йигинг одамлар,
Кўнгилларга етказманг озор.
Бахтли бўлсин ўгил, кизингиз,
Бойликни деб урушманг бекор.

Киз, аёллар хар хонадоннинг,
Дейдилар-ку саришталари.
Биздан ранжиб кетиб колмасин,
Хонадоннинг фаришталари.


Равшан Хамроз
« So'nggi tahrir: 08 Mart 2009, 12:02:30 muallifi Ravshan Hamroz »

Ravshan Hamroz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 5
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #7 : 08 Mart 2009, 12:08:20 »
  Кўз ёш тўкарсан

Нега кўз ёш тўкарсан,
Тўйингда эй нозанин?
Ё ёдингдан чикдими,
Ўзинг рози бўлганинг?

Хеч ким сени зўрлабон,
Узатмади, йиглама.
Хомуш бокиб хамманинг,
Юрак багрин тиглама.

Килма дилни бунча кон,
Орзу кушинг ўлдими?
Ё кечиккан мухаббат,
Эшик кокиб келдими?

Ота уйингни ташлаб,
Кетмок бўлдими огир?
Ой нурида ялтираб,
Кўзингдан ёгар ёмгир.

Нега кулиб турмайсан,
Ох уриб олдинг нафас.
Ок либосинг ё сенга,
Бўлдими тилло кафас?

Кизлар бировнинг хасми,
Хар кизда шу кисмат бор.
Йигламасдан ёрингга,
Бўлгин энди вафодор.

Бир нуктада кўзларинг,
Кандай хаёл сурарсан.
Пешонангда бори шу,
Такдирга тан берарсан.
                Равшан Хамроз


Ravshan Hamroz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 5
Re: XXI asr she'riyati: Ravshan Hamroz
« Javob #8 : 08 Mart 2009, 12:10:54 »
Йигладим


Юлдузлар холимга йиглаган кеча,
Ёлгонлар юрагим тиглаган кеча,
Севганим севгимни билмаган кеча,
Бошимни деворга уриб йигладим.

Кўнглимдек зимистон бу кеча йўлим,
Гарчи осмонда ой бўлсада тўлин,
Бугун у бегона, бугун у келин...
Ўтмишнинг хаёлин суриб йигладим.

Хаётим мазмуни кўзлари чарос,
Сенга дил беришда янглишдим бироз,
Кутганим чироймас, бахт эди холос,
Бевафо дастидан куйиб йигладим

Ишкфуруш ишкини сотаколсайди,
Умиднинг куёши ботаколсайди,
Чарчадим, тезрок тонг отаколсайди...
Кераксиз бу жондан тўйиб йигладим.



Равшан Хамроз


 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3225
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3756
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 2989
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2746
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3050
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir