Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Muhabbat  ( 3655 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Muhabbat
« : 31 Iyul 2008, 14:32:41 »
XXI asr she'riyati:

Muhabbat




MUHABBAT AHLIN FALAK...

Falak manim yozug‘im bunchalar qaro yozmish,
Dilimga hijron otlig‘ tuzalmas yaro yozmish.

Ming bor o‘ldim majnundek xayollar taloshinda,
Muhabbat deb umrimga kuy ila navo yozmish.

Ishqimni aytolmasam tonglar yuzin siypalab,
Ne desam ko‘nglimdagin yod olib sabo yozmish.

Men g‘aribni ko‘chamdan yor o‘tganda uyg‘oting,
Izidan qolgan gardni dardima davo yozmish.

Ishqida chekkan g‘amlar ko‘zimga to‘tiyodir,
Muhabbat ahlin falak shoh emas, gado yozmish.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Muhabbat
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:32:58 »
KUYLA, KO‘NGUL...

Kuyla ko‘ngul, charxning senga vafolari o‘zgacha,
Majnun kezgan  sahrolarning safolari o‘zgacha.

Tonglar mening yuragimdan boshlanadi har sahar,
Shul sababkim dil toring sadolari o‘zgacha.

G‘anim manim mulki dilim vayron etolmagay hech,
Garchi menga tosh deb otgan jafolaring o‘zgacha.

Sultonlig‘ing unut ey dil, yor qoshida bir qulsan,
Muhabbat deb kuygan ko‘ngil gadolari o‘zgacha.

Ne navolar soz aylading hanuzam  dahriy tilim,
Uyg‘on endi bugun Ishqning paydolari o‘zgacha.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Muhabbat
« Javob #2 : 31 Iyul 2008, 14:33:12 »
MASHRABONA

Ishq yo‘lida meningdek ovorai sarson yo‘q,
Yo holimni so‘rgali Nodira davron yo‘q.
Junun holim so‘ylasam ko‘ngil orom olar deb,
Boqsam undan yaqinim, undan o‘tlig‘ zabon yo‘q.
Ming yoqqa ursam o‘zni hama yo‘l unga eltar,
Ishqimdan ayru manzil, muhabbatsiz makon yo‘q.
Izlariga bosh qo‘ymoq nasib etarmi desam,
Uni yolg‘iz uchratgan biror xoli maydon yo‘q.
Ko‘zlarimga dunyo tor, ishq yurakni  osur dor,
Vale ishqsiz xayolim, xayolisiz zamon yo‘q.
Bu o‘tli Muhabbatdan qochib qayga ketay men,
Parvonadek charx urdim, izlaganim hamon yo‘q.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Muhabbat
« Javob #3 : 31 Iyul 2008, 14:33:28 »
                           *  *  *

Chax-chax urib bulbulday topganim choh bo‘ldi, oh,
Marvarid deb tutganim bo‘g‘zimda oh bo‘ldi, oh.

Ko‘zlariga ilinmas mening boru yo‘qligim,
Yuragi ming bittalar diliga shoh bo‘ldi, oh.

Uz, dedim bu ko‘nglima xazon bo‘lma ishqida
Naylayin ko‘nglim shoxi yolg‘iz ul toq bo‘ldi, oh.

Dengizday mavjlanma dil tunlari yor ko‘yida
Ko‘r, hamrohing — uyqusiz ul sovuq shoh bo‘ldi, oh.

Bir Muhabbat yo‘lida kechma xonu moningdan
Bu sahroda bemor ko‘p, ishqda kim sog‘ bo‘ldi, oh.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Muhabbat
« Javob #4 : 31 Iyul 2008, 14:33:39 »
AYOL SURATI

Sabring kosasi oqarmas,
Borini quysa-da, to‘lmaydi.
Zamonlar chirpirak, zamin chirpirak
Negadir bolasi to‘ymaydi.

Tun bo‘yi kipriklar beorom,
Yurak hech yig‘lashin qo‘ymaydi.
Tonggacha rizq terar, ertalab,
Baribir bolasi to‘ymaydi.

Kun bo‘yi jilmayar mehmonga,
Qo‘lidan kelgancha siylaydi.
Ortgani yetmasa indamas,
Negadir bolasi to‘ymaydi.

Ming bitta kechani varaqlab,
Aldovga bir  ertak izlaydi.
Bor-budi tugaru, ertak tugamas,
Baribir bolasi to‘ymaydi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Muhabbat
« Javob #5 : 31 Iyul 2008, 14:33:53 »
SEHR

Yalmog‘iz bir kecha sochimga,
Sehrli taroqni qo‘yibdi sanchib.
Men ko‘zimni ocha olmayman,
Yo‘limda ne bo‘lsa  keturman yanchib.

Yuragim uxlaydi, uxlaydi vujud,
Bu g‘ofil ko‘ngilni uyg‘otib bo‘lmas.
Boshimni ko‘tarsam sanchilar taroq,
Muhabbat haqida so‘z qotib bo‘lmas.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

Umar Hayyom ijodida ruhiy muhabbat

Muallif shoirBo'lim Madaniyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 27290
So'nggi javob 05 Noyabr 2006, 00:38:16
muallifi Chustiy
Hayotga muhabbat (hikoya). Jek London

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5186
So'nggi javob 02 Noyabr 2006, 07:21:33
muallifi AbdulAziz
Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!

Muallif Dilmurod NizamutdinovBo'lim She'riyat

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 26877
So'nggi javob 27 Sentyabr 2011, 01:02:36
muallifi aka sohib
haqiqiy muhabbat mana shu!

Muallif biarrBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 15557
So'nggi javob 11 Aprel 2019, 13:38:52
muallifi MirzoMuhammad
Sevgi va muhabbat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 227718
So'nggi javob 03 May 2013, 21:19:40
muallifi ilmitolib0720