Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Hotam Rahim  ( 2478 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Hotam Rahim
« : 31 Iyul 2008, 14:38:36 »
XXI asr she'riyati:

Hotam Rahim


TOG‘ QOYALARI


Go‘yo ko‘kka qadam qo‘yaman asta,
Vujud yashnar qoya ustida.
Bu keng zamin poyondoz misol,
Qolib ketar oyog‘ ostida.

Kengliklarga hayrat-la boqib,
Quvonaman ichimdan, ammo —
Ammo qushlar uchar balandda,
Men oyog‘i ostida go‘yo.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Hotam Rahim
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 14:38:53 »
OY NURLARI

Oy nurlari asta xonamga,
Kirib kelar ibolangancha.
Ul makriga ishondi go‘yo,
Va aldandi qo‘riqchi archa.

Shiddat bilan shabboda esar,
Shovqin-suron ko‘tarar u — on.
Nurlar shosha-shosha berkinar,
Yig‘lar sag‘ir bulut va osmon.

Men-ku dardning azobin tortib,
Bexabarman ko‘k durlaridan.
Shamol qurg‘ur to‘kib ko‘z yoshim,
Voh, ayirdi oy nurlaridan.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3311
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3885
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3061
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2844
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3131
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir