XXI asr she'riyati: Mansur Bek  ( 3806 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  31 Iyul 2008, 14:43:10

XXI asr she'riyati:

Mansur Bek


SOG‘INTIRMA


Ishon, nigohingni qo‘msab yashardim,
O‘rnin bosolmadi o‘zga nigohlar,
Ne-ne azoblarni yanchib tashladim,
Seni ko‘rgim kelgan, sog‘ingan chog‘lar.

Goho bedor bo‘ldim, gohida bemor,
Yurak so‘rayverdi seni tunu-kun.
Evoh, hijronlardan bo‘lib ko‘p bezor,
Mana qarshingdaman, xayriyat, bu kun.

Endi sog‘intirma, oy hadya etgan,
O‘smalar qo‘yilgan kamon qoshingni,
Endi sog‘intirma, charaqlayotgan
Ko‘zlaringni hamda uzun sochingni.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 14:43:22

KUYGANIM QOLDI XOLOS...

Sizni sevib dunyoda
Kuyganim qoldi xolos,
Dilda ne-ne azobni
Tuyganim qoldi xolos.

Ishonib men sevgiga
Qo‘yibman mehru ixlos,
Evaziga yurakning
Kuygani qoldi xolos.

Oqshomlar she’r bitardim
Ishqu muhabbatga xos,
Ushbu kunda qalamim
Singani qoldi xolos.

Yo rab, endi ne derdim,
Nodon nomi menga mos.
G‘irrom taqdir o‘qidan
O‘lganim qoldi, xolos.

Ey, g‘animlar, ortimdan
Toshlar otmang, iltimos.
O‘sha toshlar zarbidan
Bezganim qoldi xolos..

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan