XXI asr she'riyati:
Mansur Bek
SOG‘INTIRMAIshon, nigohingni qo‘msab yashardim,
O‘rnin bosolmadi o‘zga nigohlar,
Ne-ne azoblarni yanchib tashladim,
Seni ko‘rgim kelgan, sog‘ingan chog‘lar.
Goho bedor bo‘ldim, gohida bemor,
Yurak so‘rayverdi seni tunu-kun.
Evoh, hijronlardan bo‘lib ko‘p bezor,
Mana qarshingdaman, xayriyat, bu kun.
Endi sog‘intirma, oy hadya etgan,
O‘smalar qo‘yilgan kamon qoshingni,
Endi sog‘intirma, charaqlayotgan
Ko‘zlaringni hamda uzun sochingni.