Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Dilshoda Halimjonova  ( 2875 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Dilshoda Halimjonova
« : 31 Iyul 2008, 16:37:31 »
XXI asr she'riyati:

Dilshoda Halimjonova




BOLALIK

Mahzun nigohimga qulaydi dunyo,
Sabolar ishqimda olmoqchiday tin.
Mening manglayimga bitib ket, Xudo,
Baxtning aytilmagan tasodiflarin.

Yotsirab boryapman hayot yo‘lida,
Bolalik... sog‘indim yuraklaringni.
Yoriq tovonimga tuproq sachratib,
Mensiz qolib ketgan yo‘laklaringni.

Bir umr to‘kildim armonlarimga,
Baxtliman, lek seni kelar o‘ylagim.
O‘rik novdalari tortqilab yirtgan,
Oh, u pushti gulli ipak ko‘ylagim.

Hozir ham bolaman, notavon, g‘o‘rman,
Tonglarga aytaman tilaklarimni.
Sog‘insam yuzimga to‘kilgan o‘sha,
Haliyam puflayman kipriklarimni.

Shomlar lahzasida bo‘zarar rangim,
Hijronda o‘ldirar asotirlari.
Hovlim ishkomiga o‘zini osgan,
O‘sha bolalikning xavotirlari.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Dilshoda Halimjonova
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 16:37:47 »
*  *  *

Samo ko‘zgusida tovlanar borliq,
Bahor xinolaydi gul barmoqlarin.
Tog‘larning musaffo etaklariga,
Tonglar to‘kib ketgan hur titroqlarin.

Maysalar nigohin tikadi ko‘kka,
Duoga to‘ldirar tilaklarini.
Qirlarning duxoba ko‘rpalariga,
Ko‘klam qalab borar yuraklarini.

Alloma fursatning mahsuli olam,
Kunduzlar musavvir muyqalam sabo.
Betizgin hislarning haroratida,
O‘zidan mo‘jiza axtarar dunyo.


"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3301
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3872
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3051
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2827
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3123
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir