Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva  ( 3570 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« : 31 Iyul 2008, 16:39:10 »
XXI asr she'riyati:

Sayyora Ergasheva

ONAJON


Sog‘inib olisda yashayman Sizdan,
Intizor kutasiz, ko‘nglingiz ilhaq.
Nima ham ko‘ribsiz mendayin qizdan,
Endi olmoqdaman barini ilg‘ab.

Fikru shuurimni so‘zlarga bog‘lab,
Bitgan she’rlarimga bo‘libman shaydo.
Ishqqa baytlar atab, vaqtimni chog‘lab,
Bitta tandirga o‘t qo‘ymabman hatto.

Yugurib-elibman ertadan to kech,
Ko‘proq kunim o‘tdi tahririyatda.
Goho tayziqlarga kelib qoldim duch,
Goho qarshilashdi samimiyat-la.

Ba’zan to‘yga shoshdim, ba’zan majlisga,
Chap berib qoldim ko‘p muammolarga.
Rahmlar qilmasdan mendayin qizga,
Ko‘nglimni to‘ldiring iddaolarga.

Do‘stlar davrasiga oshiqqanim rost,
Rost ustun qo‘yganim hammadan o‘zni.
Bugun tinchlik bermas bir istak, xolos,
Onajon, avf eting mendayin qizni.

Shunda yengilgina nafas olaman,
Shunda taskin topar hilviragan jon.
Bilsam buyuk She’rim o‘zingiz ekan,
Qoshingizga uchib boryapman, Onajon!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« Javob #1 : 31 Iyul 2008, 16:39:19 »
*  *  *

Muhabbat,
Kel, zabt et ko‘nglimni,
Sokin yuragimni qiymala,
Chorlayapman seni baralla.
Muhabbat,
Kel, zabt et ko‘nglimni,
Azobingda qovrilay, kuyay,
Halovatni unutib qo‘yay,
Muhabbat,
Kel, zabt et ko‘nglimni,
Telba bo‘lay, karaxt bo‘layin,
Ko‘ksi yongan daraxt bo‘layin.
Muhabbat,
Kel, zabt et ko‘nglimni,
Men o‘yingga bo‘lay giriftor,
So‘ng, ko‘yingda o‘lay telbavor.
Muhabbat!
Kel, mahv et ko‘nglimni.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« Javob #2 : 31 Iyul 2008, 16:39:27 »
*  *  *

Sevdim,
Intiq hislarimning ko‘zi yorishdi,
Sog‘inchlar umidga qorishdi.
Sevdim,
Yuragimga oqdi ilohiy nurlar,
Sadoqatdan so‘zlab kelganda hurlar
Sevdim,
Uzlatga chekinda g‘amu azoblar,
Anduh tund yuziga tortdi hijoblar.
Sevdim,
Ko‘nglimda g‘unchalar guliston bo‘ldi,
Dilistonga dilim shahriston bo‘ldi.
Sevdim.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« Javob #3 : 31 Iyul 2008, 16:39:39 »
*  *  *

Sovugan ko‘nglingiz o‘ng, hushidaman,
Lov-lov yonayotgan yuragimda so‘z.
Muzrang hijronlarning og‘ushidaman,
Poyimga qovjirab to‘kilmoqda kuz.

Yo‘lak to‘la xazon ovunchoqlarim,
Toliqqan sabrning sadosi ular.
Qayrilib qaytmaydi xushnud chog‘larim,
Unutiladi go‘yo tiniq kulgular.

Ko‘ring, hasratlarga yuk bo‘lgan ko‘zim,
Tubida muhabbat binolari bor.
Qo‘lim uzatyapman. Tangrining men-chun
Oydayin yop-yorug‘ dunyolari bor.

Hali huzur topar ozurda dilim,
Tabassum o‘qiysiz qaroqlarimda.
Muhabbat nurida oqaman yana
Yana kuyajaksiz adog‘larimda,
Yana kuyajaksiz adolarimda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« Javob #4 : 31 Iyul 2008, 16:39:46 »
*  *  *

Yana Sizga yukinyapti dil,
Yana Sizni sog‘inyapman men.
Intizorlik mamlakatida,
Ko‘ngil olib bo‘lmas ekan tin.

Sizga borar yo‘llarim yiroq,
Nega ketdim buncha olislab.
Horigan dil so‘roqlarini,
Xayollarim olgan opichlab.

Unutmoqqa yetmaydi kuchim,
Hijron  g‘olib, men esa ojiz.
Ayriliqqa yon berib yig‘lar,
Sog‘inchlarni yengolmagan qiz.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Sayyora Ergasheva
« Javob #5 : 31 Iyul 2008, 16:39:58 »
KO‘NGIL IZHORI

Xaroba ko‘nglimda xaroba Ishqim,
Kechirgin sen tomon bo‘ylay olmayman.
Bolalikka qaytgim kelsa-da mening,
Hatto u haqida o‘ylay olmayman.
Bolalik!
Ayt, ko‘chang shuncha tormidi?
Ko‘changdan haydading juda ham erta.
Muhabbat!
Ayt, dillar senga zormidi?
Ortingdan termuldim men keta-keta.
Bolalik!
Aylanding quyosh, oyimga,
Endi tushlarimga kirasan bot-bot.
Muhabbat!
Sidrilib tushding poyimga
Kuylaganim endi mahzun munojot.
Xaroba ko‘nglimda xaroba ishqim.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3338
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3937
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3105
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2883
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3173
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir