Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov  ( 4145 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« : 01 Avgust 2008, 11:04:04 »
XXI asr she'riyati:

Otabek Ismoilov




BAHOR

Izg‘irinning  pasaydi zabti,
Hovuridan tushdi qahraton.
Tundmas bugun osmonning afti,
Tugadi qish — sovuq imtihon.

Uylar chekmay qo‘ydi. Ko‘rinmas
Mo‘rilarda endi tutunlar.
Boshlandi o‘n sakkiz yashar qiz —
Nafasiday yoqimli kunlar.

Bo‘rtayotgan kurtakka boqib,
Mo‘ltiraydi hayratda ko‘zlar.
Yer ostida omonligidan,
Darak berayotir ildizlar.

Bunday kezlar chor-atrofingga,
Bir sidra ko‘z tashlaganing choq.
Bu ne hikmat: juda ham oson,
Kim tirik, kim o‘lik - farqlamoq!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #1 : 01 Avgust 2008, 11:04:21 »
DANAK ARMONI

Metin yerni yorib
Chiqdim-u lekin
Bo‘y cho‘za olmadim ko‘kka
Oshiqlar?
Daraxt bo‘lardim,
Meva tutardim,
Qattiq toptamasa balki
Poshnalar.

* * *
     
Til gapirsa,
Yoqtirmas quloq.
Ko‘z ko‘rsatsa
Ters yurar oyoq,
Hammasiga
Burun jiyrilgan.
Bu holatga
Bor-e, deb
Bosh ham,
Ketib borar
O‘zi oqqan
Tomonga.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #2 : 01 Avgust 2008, 11:04:35 »
XUSHOMADGO‘Y

Yurar bulutlarga
Burni tekkuday.
Na keksa, na yoshni
Nazarga ilmas.
Mansabdor uchrasa
Qoshiga yelar,
oyog‘i tagida,
bo‘lar xoru xas.

 *  *  *
Bu sho‘rlikning
Boshiga.
Ne kaltaklar
Tushmagan...
Qolmagan hech
xom yeri,
bir og‘zi bor -
pishmagan.
 
*  *  *
Oldda qanday yo‘l kutar -
Peshonamdan ko‘raman.
Orqada qolgan yo‘llar
Ko‘rar ensam chuqurin.
O‘tmish-kelajak aro
Alanglaydi yuragim.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #3 : 01 Avgust 2008, 11:04:48 »
SEVGANIMNING TO‘YI

Demangiz, savdolar
Tushdi boshimga,
Bu bosh o‘zi
Savdolarga tushdi.
Qattiq sevgan ekan
Meni ayriliq,
Bugun u visolga
Butkul yetishdi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #4 : 01 Avgust 2008, 11:05:00 »
YOLG‘ONDAN BO‘LSA HAM...

Yolg‘ondan bo‘lsa ham boraman deb ayt,
Yo‘ling qarayverib ko‘zim to‘rt bo‘lsin.
Yolg‘ondan bo‘lsa ham boraman deb ayt,
Ko‘rolmaslar kuyib ichi o‘t bo‘lsin.

Yolg‘ondan bo‘lsa ham o‘ldiraman, de,
Yaxshi ko‘rishingni mayli, bilsinlar.
Mening-ku sen uchun jon bermog‘im naqd,
Raqiblarim mendan burun o‘lsinlar.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #5 : 01 Avgust 2008, 11:05:20 »
QISH BERGAN IMTIYOZ

Qahraton,
sovqotib o‘ylayman:
Qachon kelar bahor - men suygan,
lekin yaxshi, ushbu kunlarda
ayollar hech rashk qilmay qo‘ygan.
Tashqarida izg‘irin shamol,
Uy-chi issiq, eh kirasolib,
quchoqlashing mumkin bemalol -
pechni? Xotin bir chetda qolib.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Otabek Ismoilov
« Javob #6 : 01 Avgust 2008, 11:05:28 »
          *  *  *

Donishmand el ko‘p topib aytgan,
Hikmat o‘zi xalqning dil rozi.
Demishlarki hamma narsaning
Yaxshi erur ko‘pidan ozi.

Ozroq bo‘lsin mayli va’dalar,
Bajarolmay qolar baribir.
Lek qismasin bitta narsadan,
Ko‘proq bersin xudoyim sabr.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3263
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3821
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3025
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2793
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Vazira Shodiyeva

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3090
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:22:25
muallifi shoir