XXI asr she'riyati:
Otabek IsmoilovBAHORIzg‘irinning pasaydi zabti,
Hovuridan tushdi qahraton.
Tundmas bugun osmonning afti,
Tugadi qish — sovuq imtihon.
Uylar chekmay qo‘ydi. Ko‘rinmas
Mo‘rilarda endi tutunlar.
Boshlandi o‘n sakkiz yashar qiz —
Nafasiday yoqimli kunlar.
Bo‘rtayotgan kurtakka boqib,
Mo‘ltiraydi hayratda ko‘zlar.
Yer ostida omonligidan,
Darak berayotir ildizlar.
Bunday kezlar chor-atrofingga,
Bir sidra ko‘z tashlaganing choq.
Bu ne hikmat: juda ham oson,
Kim tirik, kim o‘lik - farqlamoq!