Muallif Mavzu: XXI asr she'riyati: Shohista Soatova  ( 3245 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
XXI asr she'riyati: Shohista Soatova
« : 01 Avgust 2008, 11:08:47 »
XXI asr she'riyati:

Shohista Soatova



KUZ QO‘SHIG‘I

Xazon yoqqan bog‘larni kezdim,
Dov-daraxtga  termuldim uzoq.
Sovuq shamol nafasin sezdim,
Vujudimga yoyildi titroq.

So‘ngsiz sog‘inch ila to‘kildi,
Boshim uzra qon talosh yaproq.
Afsus menmas, bag‘rini ochdi,
Uning uchun manguga tuproq.

Daydi shamol kular holimga,
Osmon esa o‘kirib yig‘lar.
Asrolmadim men bitta bargni,
Hasrat, armon qalbimni tig‘lar:
Asrolmadim men bitta bargni..

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: XXI asr she'riyati: Shohista Soatova
« Javob #1 : 01 Avgust 2008, 11:09:01 »
ILTIJO

Ey, osmon, men uchun imkoning bormi,
Yulduzga yetgulik narvoning bormi.
Kerakmas, bu yerdan olib ket meni,
Oylarda yurguvchi karvoning bormi.

Olib ket, mayliga yulduz bo‘layin,
Xohlasang quyoshga kunduz bo‘layin.
Faqat qoldirmagin, yolg‘on dunyoda,
Rostlik bo‘lsa menda, ildiz bo‘layin.

Ko‘z yoshim qo‘shilib, yomg‘irlar yog‘sin,
G‘uborli dunyoga qorlarim og‘sin.
Bulutlar boshimga yostiq bo‘lsa gar,
Do‘stu dushmanlarim havas-la boqsin.

Yolg‘on bu dunyoni endi netarman,
Ruhimni vujuddan yechib ketarman.
Ey, osmon! Chorlagin yoningga bir zum,
Borligu yo‘qlikdan kechib ketarman.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

 

Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 63
Ko'rilgan: 28807
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 08:58:57
muallifi AbdulAziz
XXI asr she'riyati: Asror Mo‘min

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3301
So'nggi javob 01 Avgust 2008, 11:02:48
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Musallambonu

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3874
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 11:57:30
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Baxtiyor Bobonov

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3052
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:03:52
muallifi shoir
XXI asr she'riyati: Muqaddas Salomova

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2829
So'nggi javob 29 Iyul 2008, 12:06:55
muallifi shoir