Ko'zgudagi yolg'on  ( 7876 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:15:02

Dunyo bir imtihоn vа o’tkinchi ishlаr mаkоnidir. Ilk bоqishdа ko’zgа rаng-bаrаng ko’rinаdi. Nаfsni qitiklаydi. Lеkin bu bir tuzоq bo’lib, nаfsini jilоvlаy оlmаgаnlаr bu girdоbdа cho’kib kеtаdilаr. Bu dunyo suv bulib kuringаn sаrоb yoki bo’lmаsа bоlаlаr ko’zigа tоtli bulib kuringаn оlmа, lеkin uning ichi chirigаn vа аchchiqdir. Uni sеvgаnlаrni sеhrlаr vа yanglish yo’llаrgа оlib kirаdi. Uning zоhiriy ko’rinishigа uchgаnlаr аbаdiy оlаmlаrigа ziyon bеrаdilаr. Buning nаtijаsi Esа so’ngsizlikkа qаdаr nаdоmаt yoshlаrini to’kish bo’lаdi.Insоn hаm kаttа оlаmning kichik bir kurinishidir. Uning mаnа shu sоddа ko’rinishi Аllоhning еrdаgi хаlifаsi sifаtidа tаlqin qilinаdi. Lеkin ruhiy vа mа’nаviy jihаtdаn bаrkаmоlikkа Erishgаn insоn mаvjudоtlаrning eng
shаrаfli а’zоsi bo’lаdi. Аksinchа nаfsоniy оrzulаrigа qul bo’lsа, аbаdiy bаdbахtlikkа duchоr bo’lаdi. Mаvlоnо hаzrаtlаri bu hаqdа: "Nаfsigа аmr etgаn jаnоbdir, nаfsigа аsir bo’lgаn quldir", dеgаn edi. Iymоn shuuri bilаn qurоllаnmаgаn insоnning jiddiy hаyot kеchirishi vа insоniy hаyosini qo’rishi imkоnsizdir. Tuprоq ustidа g’аflаt ichidа o’tkаzgаn kunlаrimizni охirаt ko’zgusidа bir kun tоmоshа qilаmiz. Hаr bir kishi o’lim shаrbаtini tоtib ko’rаjаk. Mоziydа qоlgаn kunlаr аsа охirаt hisоbigа yozilib bоrаdi.
"Dunyogа kеlish vа dunyodаn kеtish" dеya аtаlgаn ikki mаnzilning o’rtаsidа sаrsоn qоlgаn insоn idrоki, dunyogа tааlluqli hаqiqiy qоnun-qоidаlаr bilаn bоshqаrilmаsа, bu nisbiy оlаmdаn hаqiqаt vаtаnigа tоmоn mа’nаviy yo’l tоpib bo’lmаydi.
Охirаtdа sаоdаtgа Erishish uchun bu zаmоn vа mаkоndа yaхshi аmаllаr qilish lоzim. Hаr bir оnimizni аmаllаrning оng fаzilаtlilаrigа аyirishimiz kеrаk. Vаqt nаmlаngаn sоvungа o’хshаydi. Uni qo’ldа tutib turish qiyin. Sirg’аnib kеtаvеrаdi. Zаmоn bir o’tkir qilich kаbidir. Ungа hоkim bo’lish uchun mоhirlik tаlаb qilinаdi. Bu qilichini yaхshi ishlаtish, аhаmiyatli nаrsаlаrni оlib, аhаmiyatsiz nаrsаlаrni chеtdа qоldirish lоzim. Bu zsа hаqiqаtni аnglаb еtgаn аql bilаn bo’lаdi.Shuning uchun hаm pаyg’аmbаr (s.а.v) bir ishni: "Ertаgа bаjаrаmаn, dеya оrqаgа surgаnlаr hаlоk bo’ldi", dеgаn edilаr.
Insоn shu qаdаr аjоyib mаvjudоtki, bir-ikki kungа mеhmоngа kеlgаn bu dunyodа o’zini-o’zi аldаydi. Hаr kuni jаnоzаlаrgа ishtirоk Etа turib, o’limni o’zidаn uzоqdа, dsb o’ylаydi. O’zini hаr оn yo’qоtib qo’yishi mumkin bo’lgаn оmоnаtlаrning dоimiy Egаsi, dеb bilаdi. Hоlbuki insоn ruhigа jаsаd kiydirilib, bu dunyogа yubоrilgаn оndа o’lim yo’lоvchisigа аylаngаn Edi. Insоn bu yo’lning hоzirlik bоsqichidа turgаnligini hеch hаm хаyoligа kеltirmаydi. Bir kun kеlib, ruh jаsаddаn аyrilаdi. Охirаt Eshigi bo’lgаn qаbrdа bоshqа uzоq yo’lchilikkа chiqаdi. Yosin surаsining 68-оyatidа: "Biz kimgа (uzun) umr bеrsаk, uning хilkаtini (jismu jоnini) tubаn nоchоr qilib quyurmiz. Ахir аql yurgizmаydilаrmi? (ya’ni bir kishining surаt vа siyrаtidа yosh-yalаngligi bilаn qаri-qаrtаngligi o’rtаsidа nаqаdаr kаttа fаrq bоrligini ko’rib, ibrаt оlmаydilаrmi?)", deyilаdi.
Bu оyati kаrimа bilаn insоnlаrgа Eng go’zаl shаkldа nаsihаt qilinmоqdа. Dunyoning mа’nоsi vаfоsizliklаrdаn ibоrtdir. Dunyo bеrgаn оmоnаtini tеzdа qаytаrib оlаdi. Bir kun ko’kkа ko’tаrsа, Ertаsi kun yuz tubаn yiqitаdi. Dunyo bir sоya kаbidir. Uni ushlаmоqchi bo’lsаng оldinggа tushib qоchаdi. Ungа Ergаshib sаrsоn sаrgаrdоn bo’lgunchа umr o’tib kеtаdi. Dunyogа ko’ngil qo’yish hаyosiz аyolgа ko’ngil qo’yish kаbidir. Bu ishq bir kun insоnni yuz tubаn qilаdi. U dоimо qаlbgа vаsvаsа sоlаdi. So’ngidа insоnni bоr-yo’g’idаn аyirаdi...
"Nаfs"igа hоkim bo’lgаnlаr uchun esа zаmоn hеch bir nаrsаgа qiyoslаnmаydigаn nе’mаtdir. Аllоh Tаоlо Аsr surаsini "Zаmоngа qаsаm" bilаn bоshlаydi. Hаmmа nаrsаni sоtib оlish yoki qаytаrib оlish mumkindir. Lеkin zаmоnni аslо qаytаrib оlib bo’lmаydi.
Nаdоmаt vа аfsusning Eng buyuk sаbаblаridаn biri hаm zаmоnni bеkоrgа o’tkаzishdаn ibоrаtdir. Ulimning mа’nоsini bilgаnlаr fоniy dunyoning lаzzаtlаrigа, yo’lchilikning mа’nоsini bilgаnlаr Esа mеhmоnхоnаdаgi o’yinlаrgа аldаnmаydilаr. CHunki bu dunyodаgi nоz-nе’mаtlаr bu dunyodаn аyrilmаydigаn dаrаjаdа ungа bоg’liqlаr. Butun fоniy nоz-nе’mаtlаr bir kishining qo’lidа to’plаnsаyu, bu оdаm ming yil yashаsа bundаn nimа fоydа bоr? Охir-оqibаtdа bоrаdigаn jоyi tuprоqning tubi Emаsmi?
Ulimsiz bir hаyot, kеksаymаy dоimо yosh qоlish fаqаt nаfsni qo’lgа оlish, yolg’оnchi vа fоniy nоz-nе’mаtlаrning tа’siridаn qutulib, Jаnоbi Hаqqа ko’ngil qo’yish bilаn аmаlgа оshаdi.Оriflаrdаn biri hikmаtlаr vа ibrаtlаr ko’rgаzmаsi bulgаn bu оlаmni аqllilаr uchun go’zаllik sаyridаn, аqlsizlаr uchun Esа еyish vа shаhvаtdаn ibоrаtdir, dеya tа’riflаgаn edi. Nаfsоniy оrzulаr bilаn o’tkаzilgаn umr insоnni hаlоkаtgа оlib bоruvchi hiylа vа murаkkаbliklаr bilаn to’lаdir.Хаzrаti Mаvlоnо insоnning yoshlik vаqtidа sоdir bo’lаdigаn o’tkinchi mаjоrаlаrini vа ulаrning оqibаtlаrini shu misоllаr bilаn аnglаtаdi:

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:17:37

"Ey sеn, bаhоr go’zаlligigа ko’ngil qo’ygаn yigit! Kuzning хаzоnlаri vа sоvuqligi bоrligini hаm unutmа!"
"Shаfаq vаqtidа quyosh chiqishini ko’rgаndа, оqshоm pаyti uning o’limni bildirаdigаn bоtishini hаm unutmа".
"Bu do’sh chаrdоqdа, ya’ni mаhtоbli bir kеchаdа bаdir хоlidаgi qаmаrning lаtоfаtini ko’rаsаn. Uning оy so’ngidа kichik vа kurimsiz hоlgа tushishini hаm unutmа".
"Insоn hаm аyni mаjоrаni bоshidаn o’tkizаdi. Kаmоli vа jаmоli zаvоlgа mахkumdir".
"Go’zаl yosh yigit bir qаrаsаng, хаlqning sеvgili o’g’lоnigа аylаnаdi. Оrаdаn ko’p o’tmаy qаri chоlgа аylаnib, Elu хаlqqа kulgu bo’lаdi".
"Аgаr kumush vujudli go’zаllаr sеngа tuzоq qo’yadigаn bo’lsа, qаrilik kеlgаndа ulаrping shudgоrgа аylаngаn vujudigа bоq".
"Ei yog’li аsаlli tаоmlirgа ko’ngil qo’ygаn kishi. O’rningdаn turib, hоjаtgа bоr vа ulаrning hоlini ko’r".
"Ахlаtgа qаrаb: sеning tаоmligingdаgi go’zаlliging vа shirinliging qаеrdа qоldi, dеya so’rа".
U sеngа shundаy jаvоb bеrаdi: Sеn аytgаn nаrsаlаr bir gunchа edi. mеn esа bir tuzоq edim. Sеn kеlib tuzоqqа ilingаn dаmdа u g’unchа so’lib quridi vа хаzоngа аylаndi.
"Ustаlаrni hаyrоn qоldirgаn shundаy mаhоrаtli qo’llаr bоr ediki, охir-оqibаt titrаshgа tushdilаr".
"Ko’zgu kаbi nаrgiz bоqishli ko’zlаrni, ахir-оqibаt mungli vа yoshgа to’lgаn hоldа ko’rаsаn".
"Yanа аrslоnlаr sаfidа o’rin оlgаn аrslоn kаbi bir yigitning kun o’tib, sichqоngа mаg’lub bo’lgаnini ko’rаsаn".
"Yanа istе’dоdli bir sаn’аtkоrni qo’lidаn ish kеlmаydigаn nоchоr hоlidа ko’rаsаn".
"Yanа аqllаrni bоshdаn uchirgаn хushbo’y hidli zulf sоchning, qаrilikdа eshаkning dumi kаbi chirkinlаshgаnini ko’rаrsаn".
"Bu nаrsаlаrning ilk vа lаtоfаtli hоligа bоq! Kеyin ulаrning chirkinlаshib, nе hоllаrgа tushgаnligipi ko’r".
"Chunki bu оlаm sеngа tuzоq qo’ygаn vа shu yo’l bilаp qаnchа хоm аrvоhni pаrishоn hоlgа sоlgаndir".
"Hаr kimki, nаfsning аsiri bo’lishdаn vа mеjоzlаrgа (sоyalаrgа) аldаnishdаn qutulgаn bo’lsа, Аllоhgа shu qаdаr yaqinlаshаdi".
"Go’zаlligi bilаn iftiхоr etgаn, оy kаbi pоrlоq go’zаllаrning yuzigа bоq! Fаqаt yoshligini ko’r gаping kаbi, qаrilik hоligа hаm nаzаr sоlki, shаytоn kаbi bir ko’zli, ya’ni nаrsаning dunyo tоmоnini ko’rib, охirаt tоmоnini ko’rmаslik ахmоqligigа tushmаgаysаn".
"Shаytоn оdаmning lоyini ko’rdi, ulug’ligini ko’rа оlmаdi. Fаqаt u оlаmgа оid mа’nаviy sifаtini bilа оlmаdi. Shаytоn bilmаgаn tаrаf, insоnning Hаqning хаlifаsi ekаnligidir".
"Ey insоn, dunyodаn bir-birigа zid ikki оvоz eshitilmоqdа. Аjаbо, sеning qаlbing ulаrdаn qаysi birigа mоyildir?".
"Bu оvоzlаrdаn biri Аllоhgа yaqinlаshishgаnlаrning, ikkinchisi esа аldаngаnlаrning оvоzidir".
"Bu оvоzlаrdаn birigа оshnо bo’ldingmi, ikkinchisi qulоg’inggа kirmаydi".
"Chunki оshiq mа’shuqаsigа zid bo’lgаn nаrsаlаr qаrshisidа o’z-o’zidаn ko’r vа kаrgа аylаnаdi".

"Ey murid! Kuzgugа sung sоlingаn nаqshgа bоq! Bir guzаlning qаrilikdаgi хunukligini nа bir binоning хаrоbа hоligа kеlishini unutmа vа ko’zgudаgi yolg’оngа аldаnmа".
"Hаq Erlаri Eshitgаn оvоzni аvvаlrоq Eshitgаn kishi nаqаdаr bахtiyordir".
Hаzrаti Mаvlоnо bаhs yuritgаn vа bir-birining ziddi bulgаn ikki оvоzdаn biri bu dunyogа mаyl, ikkinchisi esа bu dunyodаn nаfrаtdir. Ulаrdаn qаy birigа qulоq tutib, аmаl qilаdigаn bo’lsаng, ikkinchisining ziddi vа mаhrumigа аylаnаsаn.Hаdisi shаrifdа:
"Dunyo vа охirаt ikki kundоsh аyol kаbidir. Birini nаqаdаr хursаnd qilsаng, ikkinchisini shu qаdаr хаfа qilgаn bo’lаsаn", dеyilаdi.
Ya’ni, dunyogа dа’vаt оvоzi kungildа jоy tоpsа, охirаt hаqidаgi nаsihаtlаr bu ko’ngilgа tа’sir qilmаydi. Охirаtgа dа’vаt оvоzi bir kungildаn jоy оlsа, bu dunyogа dа’vаt оvоzi ungа tа’sir qilmаs.
Bir qаlbdаn dunyogа mоyillik urin оldimi, bundаy qаlbni tоzаlаsh judа mushkul bo’lаdi. Qоpgа tеkkаn yomоn hidli nаrsаdаn qutulishning yo’li kоpni оlоvgа tаshlаsh bulgаni kаbi, yomоn ахlоqdаn qutulish jоyi hаm jаhаnnаmdir. Insоniyat bu fоniy bоrliqning tоzаligi zаmоn tеgirmоni аylаnishi bilаn аmаlgа оshishidаn nаhоt ibrаt оlmаsа? Охirаtni o’ylаmаy, nаfsоniy оrzulаrgа ergаshish vа bu оrqаli buyuk istiqbоlni qo’lgа kiritishni rеjаlаshtirish nаqаdаr dаhshаtli аldаnishdir. Bоlаlikni uyin, yoshlikni shаhvаt, bаlоg’аt yoshini g’аflаt bilаn o’tkаzish vа kеksаlikdа qo’ldаn kеtgаnlаr uchun hаsrаt chеkish, o’zini hаr tоmоngа urib, nаdоmаt ko’z yoshlаrini tukish g’оfillik bilаn umr utkаzishning аlоmаtlаridir. Zikrni dudоg’i vа qаlbigа yaqinlаshtirmаgаn, mаrhаmаtdаn nаsibsiz, iztirоb chеkuvchilаrning dаrdini his qilishni istаmаgаn bаdbахt vа tаkаbburli kishilаrni ulаr qоchаdigаn o’lim hаr dоim pistirmаdа kutib turаdi. Охirаtsiz dunyo mаishаtini qo’lgа kiritish uchun dunyo go’zаlliklаrigа burkаngаn, so’nggi kunini hаm fоniy lаzzаtlаr ichidа o’tkаzishgа uringаnlаrning umri nаqаdаr mа’nоsizdir.
Insоn umumiyatlа hаyotning ming bir jilvаlаri ichidа ko’zgudа аks etgаn yolg’оnlаrning аsiridir. Hаr оni bu yolg’оn vа vаfоsizliklаrdаn ibоrаt bo’lgаn dunyo, sохtаkоrlik mаkоni bo’lmаy, nimа bo’lur edi?

http://www.robitauz.com/mywebsite/maqolalar/m6.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:19:14

Yozning engil shamoli qishloqning chang ko'chalari labidan bo'y cho'zgan uzun-uzun teraklarning barglarini omonatgina hilpiratib, odatdagi "shitir-shitir" musiqasini chalib turibdi. Uzoq-uzoqlardan qishloq itlarining biri ikkinchisiga qo'shilib hurishi eshitilmoqda. Ikki yonini qalin ajriq bosgan kichik ariq va ko'lmaklar tomondan eshitilayotgan baqalarning sayrashi qishloq oqshomiga o'zgacha ko'rk berib turganday. Otabek ancha vaqt jarlikning shundoqqina yonginasidan o'tgan chang ko'chaning chap tomonidagi olma chorbog'ning bir burchidagi eski tashlandiq chaylada ketma-ket tutatgancha sigareta chekib, qosh qorayishini kutib o'tirdi. Qishloqdan ikki-uch chaqirim naridan oqib o'tadigan daryo bo'yidagi yaylovda mol boqib, uzun karvondek tizilib qaytgan poda, uning ortidan bir-biri bilan hazillashib, qiziqdan-qiziq hangomalar qilib qaytayotgan qishloq yigitlari, ulardan so'ng daladan qaytayotgan qishloq dehqonlari. Bu manzara Otabekning ko'z o'ngidan birin-ketin o'tayotganda uning hayoli tamomila boshqa joyda edi, garchi bir juft mungli ko'zlari hadiksiraganidan har tomonga o'ynoqlab turgan bo'lsa ham. U ettinchi sigaretini chekib bo'lib, oyog'i ostiga yiqilib qolgan tamaki qoldiqlarini eskiligidan yon tomonlari taram-taram bo'lib ketgan botinkasi bilan yaxshilab ezg'ilab, tuklari qo'lga sanchilgudek o'sib ketgan soqolli iyagini ishqalagancha o'rnidan turdi. Otabek hali chayladan tashqariga qadamini bosmasdanoq chorbog', uning atrofi va chang yo'lni u boshidan bu boshigacha poyloqchiga o'xshab ko'zdan kechirdi. Hech kim yo'q. Demak, endi qo'rqmay chiqsa ham bo'laveradi. U sekin chayladan chiqib, ustiga tushgan barg-hazon va changlarni qoqqancha chorbog' oralab qishloq tomonga yo'l oldi. Chorbog'ning narigi tomoni kichik tosh yo'l bilan tutashgan bo'lib, yo'lning narigi tomonida qator past-baland uylar solingan. O'sha uylardan biri Otabekning uyi.
Otabek chorbog'ning oxirgi qatoridagi katta olma daraxtining yoniga o'tirib, uyining darvozasi bilan tutash guzarni o'gri mushukka o'xshab ko'zdan kechirib chiqdi. Faqat bir chirog'i yonadigan Ergash tog'aning traktori yo'lni changitib o'tib ketgandan so'ng uning yon qo'shnisi Arofat xola qo'liga qozon ko'tarib, darvozasidan tashqariga chiqdi. Ketidan darvozaxonaning chirog'ini yoqib, to'qqiz yasharlik o'g'li Kamoljon ham. Otabek yo'ldan yugurib o'tib, uyiga kirib ketmoqchi edi, ularni ko'rib yana biroz o'sha daraxt ostida o'tirishga qaror qildi. Arofat xola darvozaning chap tomonidagi simyog'och ostiga to'kilgan bir uyum qora qum yoniga o'tirib olib, qo'lidagi qozonini qum bilan ishqalagancha yuva boshladi.
-Kamol, bolam, hech qayoqqa ketma, kech bo'lib qoldi. Bir pas yonimda tur, qozonni dog'ini ketkazib olay.
-H'ech qayoqqa ketayotganim yo'q, oyi. Siygim kelayapti.
-Voy uyatsiz, shamollab kelgim kelayapti desang bo'lmaydimi, katta bola bo'lib qolding endi. Ha mayli, chorbog'qa o'tib kelaqol.
Kamol yugurib chorbog'qa kirdi. U to'g'ri haligi daraxt yoniga kelayotganini ko'rgan Otabek sekin o'rnidan turib, ortiga qaramasdan indamay chorbog' ichkarisiga qarab yura boshladi. Kamol uni orqasidan tanib qoldi, shekilli, ishonchsizroq ovozda ortidan chaqirib qoldi.
-Otabek aka, sizmisiz? Otabek aka...
-...
Otabek chorbog'ni aylanib o'tib, hovlisiga devor oshib tushgan ham ediki, darvozasi taqillab qoldi. U chapdastlik bilan hovlining burchagi xojatxonaning chirog'ini o'chirib, ichkariga kirib oldi-da, chirib ketganidan ilma teshik bo'lib ketgan yog'och eshikning tirqishidan darvozaxonani kuzatishni boshladi. Bir payt hovlida boshidagi ro'molini to'g'irlagancha xotini Ozoda paydo bo'ldi. U darchani ochar-ochmas ichkariga ming bir vajohat bilan Arofat xola, ketidan eri Toshmat aka kirib keldi. Birozdan so'ng Arofat xolaning qo'liga xoda olgan ikki barzangi o'g'li ham ularning hovlisida hozir bo'ldi.
-Ozoda, qani u betofiq?! Chaqiring bu yoqqa?! Qachongacha yashirinib yuradi u yuzsiz?!
-Kim, Arofat xola?!
-Kim bo'lardi, qasamxo'r eringizda!
-Uyda yo'q, hali kelgani emas!..
-E menga qarang, qo'shnichilik uchun andisha qilib shuncha vaqt indamay keldim. Etar! Jonga tegdi! Bilaman uyda u, tez chaqiring, bo'lmasa o'g'llarim hozir uyingizni kulini ko'kka sovuradi.
-Jon Arofat xola, gapimga ishoning. Otabek akam hali kelgani yo'q, rost aytayapman!..
-Yolg'on! Oilang bilan firibgar bo'lib ketibsanlar! Kamol o'g'lim hozirgina chorbog'da ko'ribdi-ku! U muttaham o'z uyiga, ona qishlog'iga yashirincha keladigan bo'libdi!
-Kelin, yaxshilikcha chaqiring. Uyda bo'lib turib yo'q deyishga uyalmaysizmi? Axir hamsoya-haq de...
-E-e, siz dadasi aralashmang, xo'pmi? Bularga odamgarchilik yuzasidan gapira-gapira charchadim. Bas endi! Yig'ishtiring, muloyim gaplaringizni!.. Bularning terisi eshakning terisidan ham qalin bo'lib ketgan. o'zi hammasiga siz aybdorsiz!
-Yana boshladingmi?
-Ha, boshlaymanda! Oilamizni, bolalarimni rizqini qiyib bu muttaham firibgarga pul bermaganigizda bunaqangi hangoma yo'q edi. E, o'lsin o'sha prasenti, xo'pmi? Oyiga faloncha pul tug'adi, yotib olib eysan xotin, deganinigiz nima bo'ldi, ko'rdingizmi? Menga shu baqir-chaqirlar yoqadi deb o'ylayapsizmi? Hay kelin, menga qarang, jiddiy aytayapman. Eringizni chaqirsangiz chaqirdingiz, bo'lmasa o'zim kirib u muttahamni sudrab chiqaman. Manavi o'g'illarim suyagini bitta qoldirmay sindiradi. Ana undan odamlarni aldash qanaqa bo'lishini ko'rib qo'yadi u!
-Arofat xola, oyog'ingizga yiqilib yolvoray, yolg'on gapirganim yo'q. Erim kelgani yo'q. Ishonmasangiz kirib ko'ravering. Qaynonam betob bo'lib yotibdi. Endi ko'zi ilingan edi-ya. Uch kundan beri inqillab yotibdi, mijja qoqqani yo'q. O'ar kuni shu ahvol, har kuni! To'yib ketdim..
-Hay, hay kelin, o'zingizni bosing. Voy mayli, mayli, uyda bo'lmasa bo'lmasin-e, qo'ying, qo'ying, yig'lamang. Biroz qizishib ketibmanda.
-Ishoning, Arofat xola...
-Bo'ldi, bo'ldi, ishondim. Hoy kim bor, suv olib chiqinglar. Dadasi, Botir, Alisher yugur! Ozoda o'zidan ketib qoldi.
-Uyiga olib kir, Arofat, uyiga!..
Arofat xola bir zumda hovuridan tushdi, hatto yuzidagi jahl alomatlarining o'rnini bir zumda rahm-shavqat alomatlari egalladi. Eri Toshmat akaning ham rangi uchib, xotini ikkalasi chalajon bo'lib qolgan Ozodani suvoqlari ko'chib ketgan uyning chala bitgan peshayvoniga olib kirishdi. Poli yo'q peshayvonning o'rtasiga kichikroq kiygiz yozilgan bo'lib, uvadasi chiqqan kir ko'rpachalar o'rtasiga kichik xontaxta qo'yilgan. Xontaxta atrofida o'tirgan uchchala bolaykaylar onasini ko'rgan zahotiyoq baravariga yig'lab yuborishdi. Birozdan so'ng Ozoda o'ziga keldi. Qo'shnilar qilgan ishlaridan afsus chekib, bosh chayqagancha ortga qaytishdi. Hatto shovqin-so'ron bilan kirib kelgan Arofat xola ko'zlariga yosh olib, o'z-o'ziga ezilib birnarsalarni gapirgancha hovlini tark etdi.
Qo'shnilar chiqib ketganiga uch-to'rt daqiqa o'tgach, peshayvonning bir tabaqasi yo'q eshigi oldida Otabek paydo bo'ldi. Uning ko'zlari g'am-alamga to'la bo'lsada xotini va bolalarini kayfiyatini ko'tarish uchun bo'lsa kerak ularga qarab omonatgina jilmayib qo'ydi, ammo bunga hech kim, hech qanday javob qilmadi. -Qoyil Ozoda, zo'r o'ynading. Endi ancha vaqt kelishmaydi.
-Otabek aka, bu galgisi o'yin emas, chindan... Chindan ham yuragim alag'da bo'lib, oyoqlarim ostidagi er gir aylanib, charxpalak bo'lib ketdi.
-Oyim tuzukmilar?
-Uch kundan beri tuz totmaydilar, mijja qoqmadi ham.
-Barot aka keldimi?
-Keldi, shaharga, shifoxonaga yotqizish kerak, deydilar.
-Men hozir, xabar olay-chi. Sen o'rningdan turib, bolalarni ovqatlantir, xo'pmi? Keyin menga ham biror narsa tayyorla. Uch kundan beri tuzukroq ovqatlanganim yo'q.
Otabek osti chiriy boshlaganidan g'ichirlaydigan polga oyoqlarini ehtiyotkorlik bilan bosib, yarim qop unning yonida yoziq qolib ketgan surpa turgan kichikroq xonadan o'tib, eshik o'rniga qorayib ketgan doka ilingan xujraga kirdi. Xona burchagida karovot qo'yilgan bo'lib, qat-qat ko'rpachalar ustida ozib-to'zib ketgan kampir chala uyqu holatda yotardi. Otabek beixtiyor yutalib yuborgan edi, Marziya xola o'yg'onib qoldi.
-Keldingmi bolam?
-Tuzukmisiz onajon?
-Ishlaring yaxshimi? Anavi ishing bo'lay deb qoldimi?
-Ha, ha, bo'lay deb qoldi. Siz havotir olmang oyi. Hammasi joyida.
-Yo'q, sen mendan havotir olma. Men ancha tuzukman. Dori-pori qilib yurmagin, tag'in. Kasalxonaga ham yotmayman. Meni kunim yaqin bolam, tushimda otang yoniga chaqirdi.
-Qo'ying unaqa gaplarni oyi, hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi.
Otabek boshini xam qilgancha onasining yonida o'tirar, uning qoq suyakka qoraya boshlagan teri qoplanganday bo'lib qolgan qo'llarida maxkam ushlab yuzlariga bosardi. Marziya xola esa eti qolmaganidan kalla suyagining har bir chuqur joyi bilinib turgan yuzida mo'ltillab turgan mehrli ko'zlari bilan boqib, har safar takrorlaydigan so'zlar bilan o'g'lini ovuta olardi, xolos.
-Bolam, meni aytdi dersan. Hali bu kunlarni ko'rmaganday bo'lib ketasan. Qarzlariningni qutilgach, uylarni ta'mirla, bolalaringga to'y qil. O'z kuningga omon bo'l, bolam. Ie, tentakvoyim, nega yig'layapsan?
Yig'lama! Axir men seni nima umidlarda katta qildim. Otangdan qolgan yolg'iz yodgorim o'zing bo'lsang. Bilasan, meni boshimdan ham ne ne qora kunlar o'tmadi. Beva qolganimda hali o'ttizga to'lmagan edim. Seni baxting, kelajaging uchun turmush qurmay umrimni hazon qildim. Emay edirdim, kiymay kiydirdim, bolam. Mana, xudaga shukr oilali, bola chaqali bo'lding. Yoshing ham o'ttizdan oshib qoldi. Endi o'zingni emas, jo'ja bir jon bolalaringni, bechora xotiningni o'yla. Men oshimni oshab, yoshimni yashab bo'ldim. Endi jonim uzilgach, joyimga olib borib qo'ysang bo'lgani. Yig'lama, yig'lama... Kim xato qilmaydi, deysan. Sen ham shunday bo'lsin demagansan-ku, axir, to'g'rimi? Kim bilibdi, u nokaslarni o'g'ri-muttaham ekanligini. Balki pullaringni qaytib berishar, bolam, ko'p kuyunma.
-Otabek aka, sizni chaqirishayapti.
-Kim?
-Akbar qassob!
-Yo'q degin.
-Kelganingizni Arofat xolaning o'g'lidan eshitibdi. Iltimos chiqing, u bilan hazillashib bo'lmaydi, bolalarimni bir balo qilib qo'ymasin, tag'in.
-Shuni onamni oldida aytmasang bo'lmaydimi?
-Oyim hammasidan xabardor...
-Bor bolam, bor.
Otabek ichida nima deb bahona qilish o'ylagancha qanday qilib tashqariga chiqqanini bilmay qoldi. Tashqarida uni garchi g'azabga to'lib turgan bo'lsa ham yuziga omonatgina tabassum yugurtirib turgan Akbar aka kutib turardi. U Otabekning ahvolini to'lig'icha tushunar, buning ustiga hozir kelgan mavzusi yuzasidan allaqachon bir necha marta baqirib-chaqirib olishga ulgurgan edi. Shuning uchun u bu safar baqir-chaqirsiz, obdon, ochiq-oydin gaplashib olish uchun kelgandi.
-Otabek, bilaman bu yaqin kunlar ichida mendan olgan qarzingni qaytara olmaysan. Buni talab qilib kelaverganimni ham foydasi yo'q. Shuning uchun o'tgan safargidek san-manga bormay yotig'i bilan gaplashib olaylikda oradagi oldi-berdini uzaylik.
-...
-Bundan bir yilu ikki oy oldin mendan qancha pul qarz olganingni bilasan.
-Hm...
-Qancha foiz ustamaga kelishganinigizni ham, to'g'rimi? Agar o'sha pulga foizini hisoblasa ham qancha bo'lishini ham hisoblagandik. Men o'ylab ko'rdim, Otabekjon. Menga pulning foiz-poizi kerakmas. Qiziqtirganing uchun o'shanda mayli degandim, endi afsus chekayapman. Kel, bunday kelishaylik. O'sha pulga hisoblab uyingdagi biron narsangni ber. Qurilish materiallari olishim kerak edi. Bilasan, katta o'g'limga uy solayapman. Shuni sendan olaqolay. Nima deysan?
-Akbar aka, hovlimda mol-hol, avvalgidek qo'sh-qo'sh mashina yo'q, ko'rib turibsiz. Nimani ma'qul topsangiz, o'zingiz aytganday puliga hisoblab olib ketavering.
-Shu og'ilingni shifrini hisoblab ko'ruvdim. Chamamda haligi pulga kelib qoladi. To'g'ri, yangisiga kelmaydi baribir, shunday bo'lsa ham... Bo'pti uka, ergaga o'g'illarim bilan kelib, o'zim olib ketaman. Xafa bo'lmaysan endi, o'zing bilasan, meni ham etti bolam, qariya ota-onam bor. Bo'lmasa shu hangomani qilib o'tirmay, qaytanga qo'limdan kelgancha yordam berardim.
Akbar aka ertaga kelishini qayta-qayta takrorlab, chiqib ketdi. Otabek esa chuqur xo'rsinib, darvozani endi tambalayotgan edi, kimdir "Shoshma!" deb baqirgancha oyog'ini darchaning orasiga tiqdi.
-Ahtamxon aka, sizmisiz?
-Menman, menman! Nima, tanimay qoldingmi?
-Nega endi tanimay, tanidim. Ichkariga kiring!..
Darvozadan egniga kostyum shim kiyib, galstuk taqkan shlyapali kishi kirib keldi, ortidan ikki barzangi yigit ham. Mehmon avval bamaylixavotir ko'rimsiz holga kelib qolgan hovlini obdon ko'zdan kechirdi. Keyin bir Otabekka, bir ortida bos desa yopirilgudek shay turgan yigitlarga ma'noli-ma'noli qarab qo'ydi-da, tilla soati yaltirab turgan chap qo'lini mezbonning elkasiga qo'yib, bir-ikki qoqib qo'ydi.
-Pulni taxlab qo'ygan bo'lsang kerak-a?
-Haligi...
-Tushunarli! Meni yaxshi bilasan, ertak tinglashga toqatim yo'q. Bo'lmasa bir hisob-kitob qilib qo'yaylik. Anchadan beri dumingni ushlatmaysan. Seni qaysidir firibgarlar uxlatib ketgani meni qiziqtirmaydi. Mendan pul olganiningni, uni vaqtida qaytarolmaganing uchun pulim pul tuqqanini bilasan. Buni sen bilan ko'p marotaba gaplashib olganmiz.
-Ahtamxon aka, yana bir imkoniyat bering, pullarin...
-Bas qil dedim senga! Men senga ertaksevar bola emasman, yo tushunmadingmi? Xullas, gapni cho'zib o'tirmayman. Xujjatlarni olib chiq!
-Qanaqa xujjatlarni?
-Qanaqa xujjat bo'lardi, uyning xujjatlari-da!
-Axir...
-Bo'lmasa xotiningni olib ketaman. Meni bilasan, gapirgan gapini qaytib oladiganlar xilidan emasman.
-Nima?! Xotinimni?! Yo'q! Bekorlarni aytibsiz. Xotinimga qo'lingizni tekkizib ko'ring-chi... Uyimga ham tegmaysiz! Hey, menga qarang, katta bo'lsangiz o'zingizga, bildingizmi? "Qachon topsang berasan", deganingiz yodingizdan chiqdimi?
-U vaqtlar boshqacha edi! Yaxshilikcha olib chiq, dedim senga, bo'lmasa...
Axtamxon aka haligi yigitlarga bir qarash qilgan edi, Otabek ulardan bittasining tushirgan mushtiga dabdirab qolganida, ikkinchisining aylanib tepgan zarbiga uchib tushdi. Bu shunday tez sodir bo'ldiki, go'yo Otabek bir soniya ichida urib tushirilgan yovvoyi kabutarga o'xshab chir aylanib er bilan bitta bo'lganini sezmay qoldi.
-Tur o'rningdan! Bor, hujjatlarni keltir. Yo xotiningni olib ketaveraymi?..
-H'ozir, hozir...
Otabek labining bir uchidan sizib chiqqan qonni jahldan qaltirayotgan qo'llari bilan artganicha o'rnidan turdi-da ustini qoqib, uyiga kirib ketdi. U eski sandiqdan sarg'ayib ketgan xujjatlarni olib chiqquncha Ahtamxon hovlini u yog'idan bu yog'iga yurib, o'zicha pulga chaqib chiqdi.
-Mana!
-Uy kimning nomida?
-Meni.
-Gap bunday, Otabek. Senga 10 kun muhlat. 10 kundan keyin bu uyda qorangni ham ko'rmay, tushundingmi? Men haqini oldirib qo'yadiganlar xilidan emasman.
-Shunchalik tubanlikka bordingizmi, Ahtamxon aka?
-Tubanlikka men emas, sen bording. Men senga o'sha zahotiyoq aytgandim, qo'y bu ishni qilma, bir tushsang xonavayron bo'lasan, men u firibgarlarni bilaman, deb. Sen bo'lsang quloq solmading, o'z bilganingdan qolmading. Shu ishlarga bosh qo'ymaganingda tinchgina ishlab yuruvding-ku, to'g'rimi? O'ylamay bosilgan qadam ana shunaqa bo'ladi. O'zing o'ylab ko'r, qaysi ahmoq senga oyiga 25 foiz naq pul to'laydi. Sen ularning qarmog'iga tushib, hamsoya-haq, tanish-bilishdan qarz olib yig'ib bergansan. Nima, yotib olib eyman, debmiding? Bir tishlam non eyish uchun ham mehnat qilish kerak. Qani, o'sha kimsalarga faloncha miqdorda pul qarz berganman, deb kimga isbotlay olasan. Men senga hammasini qonunlashtirib ol, keyin qulog'ingni ushlab qolma, tag'in, deb ogohlantirgan edim, sen esa ularga ishonding. Xullas, meni tuban demay qo'yaqol. Ahtamxon vijdonini egani yuq, haqqimni olib ketayapman, xolos. Agar boshqa birov bilan shu o'yinni o'ynaganingda uyingni emas, joningni olib ketishardi. Undan keyin bunaqangi o'yinlarni chidaganga chiqargan! Men ham hamma qatori bandaman, xudodan ko'rqaman. Omon bo'l!..
Otabek suvga tushgan mushukdek uyiga qaytdi. U peshayvonning o'rtasiga qo'yilgan xontaxtaga o'tirishi bilan Ozoda dasturxon yozib, bir kosa ovqat ham qo'ydi. Otabekning qo'llari ochligidan kosadagi qoshiqni ko'tarar, biroq miyasida asalarining uyiday to'zg'igan hayollar ovqatni og'zigacha etkazishga qo'ymasdi. U beixtiyor qoshiqni tashlab yuborgan edi, ro'parasida unga mungli boqib turgan xotini uchib tushdi va o'rtadagi sokinlik tarqaldi.
-Otabek aka, oling, sovib qolmasin.
-Bolalar, oyim ovqatlandilarmi?
-Ha, allaqachon uxlab qolishdi ham.
-Gapir, kimlar keldi?
-Qo'ying shularni. Men sizga bir gap aytmoqchi edim. Kecha katta opam bilan ukam kelib ketishdi. Uydagilar... -Gapiraver, gapiraver.
-Xullas, "Erini ishlari hal bo'lib ketguncha bolalari bilan biznikida yashab tursin", deb yuborishdi. -Onam-chi?
-Men ham shuni aytdim. Siz havotir olmang, men hech qayoqqa ketmayman. Keyin...
-Kim keldi?!
-Rahim aka keluvdi. Og'ildagi taxtalarni olib ketdi. Yana Zokir akaning o'g'li bilan Ashraf aka keldi. Yaqinda to'y qilarmish... Anavilardan darak yo'qmi?
-Yo'q.
-Otabek aka, uyni sotsak-chi?
-Uy sotilib bo'ldi. Hozir kelgan Ahtamxon edi, xujjatlarni olib, 10 kun muhlat berib ketdi. Uyni ham bo'shatib qo'yishga to'g'ri keladi.
-Nima?! Sotildi?! Bundan chiqdi, xonavayron bo'lib o'tirganimiz etmaganday yana ko'chada ham qoldikmi? Ey xudo, bu nima ko'rgilik?! O'zi qanaqa odamsiz? Bir yildan beri na kechasi, na kunduzi halovat bor. Uyimizdagi bor-butimizni sizning qarzlaringizga bergan bo'lsak kerak. O'zi qancha qarz olgansiz?!
-O'zingni bos, Ozoda. Hammasi yaxshi bo'ladi.
-Qachon, Otabek aka, qachon?! Bu ko'rgiliklarning oxiri bormi? Nima bo'ldi o'zi sizga? Nima gunoh qilgandingizki, bu kuyga tushib o'tiribmiz?
-Jim xotin, jim. Bolalarni o'yg'otib yuborasan. Oyim betob...

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:19:38

-Bolalar?! Bolalarning ahvoliga bir qarang. Xarob bo'ldi-ku! Bir yildan beri topganimizni la'nati qarzlarga to'lasak. Ustidagi kiyimlari yirtilib, ado bo'ldi. Ro'zg'orda etishmovchilikdan tishlari qorayib ketdi, bechoralarni. Na mahalladagi bolalarga qo'shilib o'ynaydi, na...
-Bas qil dedim senga!
-Yo'q! Bas qilmayman! Etar shuncha ezilib, xo'rlanib kelganim. Xudoni bermish kuni qarzini qistab keluvchilarning janjali. Yuragim bezillab qolgan, darvoza taqilladi deganda ichimda ming xil bahona to'qiy boshlayman. O'zimni talvasaga, bechoraga solaman. Men ham odamman, axir. Men ham odamlarday yashashni, bundoq hamsoya-haqqa qo'shilishni xohlayman. Bilasizmi, darvoza hatlab chiqolmay qolganman, xuddi ko'chada hamma mendan arzini talab qilayotgandek bo'laveradi. Salom-alik, mahalla-kuychilikni-ku aytmasam ham bo'ladi. Bu yoqda bechora oyim ham ezilaverib tamom bo'ldilar. Har tong kirganimda yig'lab o'tirgan bo'ladilar. Siz bularni bilmaysiz. Qo'lingizdan kelsa qarz olib, qarz bering edi-da! Bu turishda siz qanday qilib bolalaringizni kelajagini o'ylaysiz, mening guldek umrim shundoq xam hazon bo'layapti. Bas endi, etar, ortiq chiday olmayman! Otabek aka chiday olmayman!!!
Otabek xotinini tinchlantirish uchun o'rnidan turmoqchi bo'lgan ham edi, yuragini changallab, ikki qatlangancha o'tirgan joyida yiqilib tushdi. Keyin bir qalqidi-yu...
Tong. A'zaga butun qishloq yig'ildi. Vaqti kelganda mayitni tobutga solib, qibla tomonga ko'ndalang qilib qo'yishdi. Kishilar jonaza o'qish uchun qator-qator bo'lib tizilishgandan so'ng, imom ikki-uch qadam oldinga chiqib, yig'ilganlarga yuzlandi. Uning ovozi eshitilgan zahoti bir burchakdagi ayollarning ovozi sal tinchigandek bo'ldi.
-Musulmonlar! Har birimiz ham Olloh Taolloning bandalarimiz va borar joyimiz bitta. Bugun oramizda yurgan Otabek akamiz bandalikni bajo keltirib, rihlatga yuz tutibdilar. Olloh rahmat qilib, joylarini jannatdan ato etsin. Shariyatga ko'ra, u kishining hayotligida bajarolmay qolgan ishlari, biror kishi bilan oldi-berdisi bo'lsa aytib, jonaza o'qishimiz kerak. Agarda ichlaringizda kimda kimning marhum bilan oldi-berdisi bo'lsa aytsin. "Jonni topshirib, qarzni berib qutiladi" degan gap bor.
Shu payt jonaza o'qishga yig'ilganlar orasida o'zaro g'ala-g'ovur, pichir-pichir boshlandi, lekin hech kim baralla gapirishga botinolmadi. Bu shovqin mahalla oqsoqoli oldinga chiqqandan so'ngina asta-sekin tinchib qoldi.
-Musulmonlar, ahli fuqaro! Bugun boqiy dunyoga kuzatayotgan mahalladoshlarimizni ko'pchiligingiz yaxshi taniysizlar, shu bilan birga uni ancha oldi-berdilari borligini ham. Uning bajarilmay qolgan ishlarini nihoyasiga etkazadigan aka-ukasi ham yo'q. Buni ham yaxshi bilasizlar. Men marhumning qarz-qurzlarini hammamiz bir bo'lib, tosh-tarozisini to'g'irlab qo'yishini taklif qilaman. Rozimisizlar?!
-Rozimiz!
-Kechib yuborganmiz!
-Biz rozi!
Mahalla oqsoqoli qatorga qo'shilgandan so'ng, imom jonaza o'qishni boshladi. Keyin tobutni ko'tar-ko'targa ayollarning yig'i-sig'isi jo'r bo'lib ketdi. Kimdir "Musulmonlar, Otabek qanday inson edi?" degan savolga ko'pchilik baravariga "Yaxshi inson edi" deb qo'yishdi, garchi buni ayrimlar odatdagi gap uchun aytgan bo'lsa ham.




Ulug'bek Urunov

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:21:19

197..., Afg'oniston.
Zulmat. Tana bo'ylab chidab bo'lmas og'riq. Zokirning qulog'iga qandaydir shovqin eshitila boshladi. U na o'likligini, na tirikligini bilmasdan yotardi. Zokir bir amallab ninadek qotib qolgan kipriklari sanchilgan qovoqlarini ochdi, keyin yorug'lik... Biroz engil tortgandek bo'ldi, shekilli, ko'zini ochib, zo'rg'a atrofga nigoh tashladi va o'zini shifoxonada ekanligini fahmladi. Ro'parasida bir shifokor bilan hamshira qiz turishardi.
Shifokor Zokirning qovoqlarini ko'tarib qo'rib, bir narsadan mamnun bo'lganday qarash qildi-yu, palatadan chiqib ketdi. Ortidan shosha-pisha hamshira qiz ham ergashdi. Derazaning kichik romi ochiq. Yonida bir kishi tashqariga boqqanicha sigareta chekar, uning har bir nafas olishida og'zidan buriqsib chig'ayotgan tutun go'yo tutun emas, yuragiga og'riq solgan dardlarday otilib chiqardi. Zokir uni tanidi. U mayor Qarshiev. Zokir uni xarbiy tayyorgarlik o'tayotgan vaqtda bir bor ko'rgandi. Mayor o'yga cho'mgan ko'zlari bilan bemor tomonga ohista qaradi. U Zokirning o'ziga kelganini bilgach, yuragidan hapqirib chiqayotgan dardlarga to'la ko'zlarini yashirish uchun bo'lsa kerak ich-ichidan lovullab yonayotgan alam bilan yo'g'irilgan nigohi ohista so'ndi. Mayorning achinish hissining bo'yoqlari chizgi solgan yuziga omonatgina tabassum yugurdi. U elkasiga tashlab olgan oq xalatini to'g'rilab, Zokirning krovati yonidagi kursiga o'tirdi. Mayor Zokirning ming bir savollarga intiq nigohlarini ko'zlaridan o'qiyotgan bo'lsa ham gapni yomon xabardan boshlagisi kelmadi.
-Ahvoling qalay, askar...
Zokir o'rnidan turishga xarakat qildi, lekin uddasidan chiqolmadi. Mayor esa uning og'riqdan zirqirayotgan elkasidan ohista bosib, turishiga yo'l qo'ymadi.
-Yot, qimirlamay yot! Senga turish mumkin emas. Biroz quvvatga kirishing kerak!
-"Sanchas"damanmi, o'rtoq mayor?!
-O'a, shunday. Tinchlan, hammasi joyida!
-Quroldoshlarim qaerda? Ular tirikmi?..
Zokirning savolidan so'ng palataga sukunat cho'kdi. Mayor erga qaradi... Uning ko'zlari yig'lab yubormoqchi bo'lganday mo'ltiradi-yu, ammo bisotida bir tomchi ham ko'z yoshi qolmagani uchun bir-ikki kiprik qoqdi, xolos. Zokir xuddi shunday bo'lishidan, to'qrirog'i savoli javobsiz qolishidan qo'rqqandi. Uning badaniga muzdek ter yugurgandek bo'ldi, oyoq-qo'lini titroq bosdi, ko'zlaridan shashqator yosh oqdi. Uning nazarida bu oddiy ko'z yoshlari emas, qon aralash yiring edi.Zokir shiftga tikilganicha ancha vaqt o'zini yig'idan to'xtata olmadi. Unga tirik bo'lib buncha azob egandan ko'ra, o'sha ilonlarga em bo'lish afzalday tuyuldi. U biroz yuragini bo'shatib, o'ziga kelganini bilgach, mayor boshini xam qilganicha so'zini davom ettirdi.
-Bundan bir xafta oldin ko'prik atrofida dushmanlarning ikkita ayg'oqchisi qo'lga olingandi, biroq uchinchisi tuta olmagandik. Avvaliga ayg'oqchilar so'roq davomida hech bir sirni oshkor qilmadi. Faqat bittasini "Bolalaringni, xotiningni topib, otib tashlaymiz!" deb qo'rqitganimizdan keyingina qo'rqqanidan hammasini aytib berdi. Dushmanlarga katta karvon qurol-yarog' kelayotgan ekan. Uni faqat sizlar qo'riqlayotgan ko'prikdan olib o'tish mumkin bo'lgan. Shu to'fayli u erda doim ayg'oqchilar izg'ib yurgan. Biz bundan xabar topib, qo'shimcha kuchlar bilan ko'prikka etib borganimizda juda kech bo'lgandi. Kechki payt,askarlar uxlayotgan vaqtda xujum qilishgan ko'rinadi. Ko'pchilik ekan shekilli, bitta ham o'q ishlatmasdan xamma askarlarni pichoqlab, so'yib ketishibdi. Keyin qurol-yaroqlarni ko'prikning narigi tomoniga o'tkazib olishgan bo'lsa kerak. Ketishayotganda har doimgidek "sovg'a" qoldirishibdi, xarom o'lgurlar!.. Ko'prik va ko'prik atrofini minalashtirishgan ekan, ikkita sapyor yigitlarimizdan ayrilib qoldik. Chodirlarni buzib, o't quyib yuborishibdi. Faqat bitta dushmanning jasadini omborxona eshigi yonidan topdik. Ko'zlari ochiq qolibdi, katta-katta bo'lib, ko'karib ketgan. Og'zi ko'pirib ketgan, tilini ham qattiq tishlagan shekilli, yarmi uzilib tushibdi. Siz esa yonida behush holda yotardingiz...
Bu gaplarni eshitish Zokir uchun juda ham og'ir edi. Negaki uning xizmatdoshlari endi yo'q, ulardan sovuq jasadlar qolgan, xolos. Mayorning nigohidan "Qanday qilib tirik qoldingiz, nima uchun omborga teginishmadi? Axir qurol-yaroq ham, oziq-ovqat ham omborda edi-ku?!" degan so'zlarni o'qish mumkin edi. Lekin buni bir holda yotgan askardan ochiqcha so'rashga botinolmadi. Buni fahmlagan Zokir voqeani birma-bir, ora-chorada og'riqdan betini burishtirganicha so'zlab berdi.

Davomi...http://www.uni-hildesheim.de/~sfah0014/arvilo.html

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:21:50

Gar boqsak ko'zguga barchamiz,
Ko'rinamiz bekamu ko'stsiz.
Eh ko'zgujon, kishilar yuzinimas,
Qalbini ham ko'rsatolsang, essiz...

Qayd etilgan