Imtihon taassurotlari  ( 30879 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ulugbek-Uz  08 Avgust 2008, 15:15:51

Forumimizdagi barcha talabaga aylangan abuturietlarga omadlar tilayman!

nima mandat boldimi?

Qayd etilgan


Fatima  11 Avgust 2008, 11:33:20

Mandat bo`madi-yu hali, yoki bo`ldimi? Man eshitmay qoldimmi? Rostan bo`ldimi?
Mandat bo`lsa hamma joydan xabar bo`lardi, hali imtihon javoblari chiqqani yo`q.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Avgust 2008, 18:08:48

Imtihon javoblari ertaga - 12 avgust yoki chorshanba kuni chiqadi.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  14 Avgust 2008, 12:24:47

Оллоҳга шукур синглим сқишга кирди!

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2008, 12:42:58

Оллоҳга шукур синглим сқишга кирди!

Tabriklayman Ulugbek-Uz, Alloh bundanda ziyoda qilsin singlizni ilmlarini!

Boshqa abituriyentlardan ham xushxabarlarni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


siddiqa  01 Avgust 2009, 05:13:33

 :as:
barcha abiturentlarga shu qatori bu yil o'qoshga topshirayotgan birodarlarimga Allohning hayirli oqibatini so'rayman ,va omadlar tilab qolaman ,bir necha yil oldin 1 avgust tongida katta hayojon bn oliy dargoh eshiklarini taqqillatganim hali hamon esimda.

Qayd etilgan


Robiya  01 Avgust 2009, 15:10:16

 :as:

Demak,demak... birinchilardan bo'lib Mr.Twister telefon qilib, bugungi imtihondan taassurotlari juda zo'r ekanini aytdilar. Qolganini o'zlaridan eshitamiz. Boshqa abituriyentlar, siz ham o'z taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz xursand bo'lardik.

Qayd etilgan


Hadija  02 Avgust 2009, 13:25:27

:as:

Demak,demak... birinchilardan bo'lib Mr.Twister telefon qilib, bugungi imtihondan taassurotlari juda zo'r ekanini aytdilar. Qolganini o'zlaridan eshitamiz. Boshqa abituriyentlar, siz ham o'z taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz xursand bo'lardik.

 :as:
Bilasizmi, imtihon ta'surotini, abuturentdan ko'ra, uning yaqini ayniqsaki ONAlarimizdan so'rash kerak, ular abuturentdan ko'ra ko'proq hayajon va duolarda bo'lishishadi :) Baxtimizga Onajonlarimiz sog' bo'lsinlar hamisha.

Qayd etilgan


Foniy  03 Avgust 2009, 14:17:23

Sir emas-ki, imtihonlarning o`tishi haqida ba'zan har xil gaplar yuradi, albatta ijobiy emas.
... iks variant, telefon,.. noqonuniy yo`llar bilan, yana qanaqadir akaxonlarning yordami bilan emas, o`z bilim saviyasini ishga solib imtihon topshirib chiqqan abituriyentlarimizga chinakam omadlar tilaymiz.
Yuqorida aytilgan yordamlarga muhtoj abituriyentlarga esa eng avval insof,.. tilagan bo`lardik, shu bilan birga agar qabul qilsalar, o`sha noqonuniy yo`llarga sarflagan pullarini tayyorlanishga (repititor) sarflash natijasida bilim olib, kelajaklari uchun zamin yaratishlarini maslahat berardik,..

Qayd etilgan


Afruza  03 Avgust 2009, 15:47:42

Yaxshi niyatlar bilan davlat imtihonlarini topshirib chiqqanlar ilohim niyatlariga yetishsin! Mandatdan keyin yaxshi yangiliklarni o'qiylik, quvonchlaringizga sherik bo'laylik.

Qayd etilgan