Imtihon taassurotlari  ( 30957 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muzayyana  13 Avgust 2009, 12:54:52

Assalamu alaykum.
Mana bugun vanihoyat imtihon javoblari ilindi.
Garchi bizlarga forumdosh bo'lmasada, mani singlim ham o'qishga kirdi, alhamdulillah.
Qolgam forumdoshlardan ham ijobiy habarlar kutib qolamiz, inshaAlloh.

Sir emas-ki, imtihonlarning o`tishi haqida ba'zan har xil gaplar yuradi, albatta ijobiy emas.
... iks variant, telefon,.. noqonuniy yo`llar bilan, yana qanaqadir akaxonlarning yordami bilan emas, o`z bilim saviyasini ishga solib imtihon topshirib chiqqan abituriyentlarimizga chinakam omadlar tilaymiz.
Yuqorida aytilgan yordamlarga muhtoj abituriyentlarga esa eng avval insof,.. tilagan bo`lardik, shu bilan birga agar qabul qilsalar, o`sha noqonuniy yo`llarga sarflagan pullarini tayyorlanishga (repititor) sarflash natijasida bilim olib, kelajaklari uchun zamin yaratishlarini maslahat berardik,..

Mana shu fikrlar isboti uchun ikki og'iz gap!
Mani o'zimni singlim bu yil imtihon topshirdi.
Singlim imtihondan kelib taassurotlarni aytib berdi, endi juda chegara qolmabdi. Hozirgi ishlar iks variant, telefonlardan ham o'tib tushayotgan emish.
Abiturientga beriladigan savollar kitobchasi shundoq tashqariga olib chiqilib, 3ta malakali, lekin insofsiz o'qituvchilarga yechtirilib, tayyor javoblar abiturientni qo'liga berilayotgan ekan.
Odamlarga nima bo'lgan o'zi, insof, diyonat degan narsalarni pulga qo'sgib yeb qo'yishayapti, Ja'zakallohul Hayron!

Qayd etilgan


Mr.Twister  14 Avgust 2009, 00:43:00

 :as:

Allohga hamd aytib postimni boshlayman. Alhamdullilah bugun javoblar chiqdi...
Va men javobimni eshitish uchun Toshkent shahridagi qarindoshimizga tel qildim, 15 mindan keyin esa telefon orqali mana bu so`zlar yangrayotgandi (iltimos buni maqtanishga yoymang.):

"... Tabriklayman... Grantga kiribsan... 202,6 ball bilan kiribsan, Erkin tabriklayman, ota-onangni boshlarini egmading. San bilan faxrlanaman, ilmingni bundanda ziyoda qilsin..."

ko`zimda xursandchilik yoshlari bilan ota-onamga xabarni yetkazdim, oyimni ko`rganingizda edi... Eh bu mehribon ko`zlardan oqayotgan yoshlar...

Alloh o`zing eng mehribon zotsan, o`zingga shukur. Do`st-u dushmanlarim oldida boshimni egmading. Senga bandalaring olayotgan nafasdan, yog`adigan yomg`ir tomchilaridan, dengizdagi tomchilardan o`zing bilagan adadingcha ko`p hamd-u sanolar bo`lsin, Amin.

Barcha birodarlarim shu jumladan talaba bo`lgan forumdoshlarni (hozircha Fatimani bilaman, ilmlari ziyoda bo`lsin, Agrarga grant asosida talaba bo`ldilar) chin qalbimdan tabriklayman.

Qayd etilgan


Muhammadiy  14 Avgust 2009, 01:09:26

:as:

Allohga hamd aytib postimni boshlayman. Alhamdullilah bugun javoblar chiqdi...
Va men javobimni eshitish uchun Toshkent shahridagi qarindoshimizga tel qildim, 15 mindan keyin esa telefon orqali mana bu so`zlar yangrayotgandi (iltimos buni maqtanishga yoymang.):

"... Tabriklayman... Grantga kiribsan... 202,6 ball bilan kiribsan, Erkin tabriklayman, ota-onangni boshlarini egmading. San bilan faxrlanaman, ilmingni bundanda ziyoda qilsin..."

ko`zimda xursandchilik yoshlari bilan ota-onamga xabarni yetkazdim, oyimni ko`rganingizda edi... Eh bu mehribon ko`zlardan oqayotgan yoshlar...

Alloh o`zing eng mehribon zotsan, o`zingga shukur. Do`st-u dushmanlarim oldida boshimni egmading. Senga bandalaring olayotgan nafasdan, yog`adigan yomg`ir tomchilaridan, dengizdagi tomchilardan o`zing bilagan adadingcha ko`p hamd-u sanolar bo`lsin, Amin.

Barcha birodarlarim shu jumladan talaba bo`lgan forumdoshlarni (hozircha Fatimani bilaman, ilmlari ziyoda bo`lsin, Agrarga grant asosida talaba bo`ldilar) chin qalbimdan tabriklayman.

Tabriklayman, Mr. Twister. Hali hayot oldinda. Sakkiz yil muqaddam biz ham shunday hayajonlarni boshimizdan o'tkazganmiz. Vaqt o'tgan sari yangi tashvishlar, imtihonlar kelaverar ekan. O'shanda bu kungi tashvishu-hayajonlar arzimas bo'lib ko'rinadi, hatto esingizdan ham chiqib ketadi. :)

Qayd etilgan


Zayd  14 Avgust 2009, 11:40:45

      Mr. Twister, sizni man ham tabriklayman, zero bu hayotdagi imtihonlardan faqat biri bulishiga qaramay keyingi hayotingiz uchun yahshi zamin hozirlovchi jarayon buladi deb uylayman. (Muhammadiy, hursand bulib turgan odamni unaqa gaplar bilan hurkitib yubormang-da endi... ba'zida odamzodning usha vaqtinchalik bulsa ham hursand bulgan paytlari noyob bulib qolarkan... :D :D )

Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2009, 16:50:23

 :as:

Talabalik nomiga musharraf bo'lgan barcha yoshlarni tabriklayman!!!

Kecha Fatima, Mr.Twister bilan taassurotlarni o'rtoqlashdik,juda havasim kelib ketdi, yana abituryent bo'lgim keldi rosti :)

Zamiraxon ham kiribdilar deb eshitdim, u kishiga ham muborak bo'lsin!

OFF.: o'qishga kira olmagan forumdoshlarimizga shunday deb qolaman: "Hali hayot oldinda!!! Faqat olg'a!!!"

Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2009, 14:21:42

A.alaykum. Hayot rostanam doimo imtihonlardan iborat ekan. Tug'ilganimizdan beri bizga tushgan vazifani maromiga yetkazib ado etish, bu yorug' olamda inson bo'lib yaratilganimiz uchun ham qarshimizga chiqqan qiyinchiliklarga matonat, sabr bilan kurash berish aslida barchamizni bahtiyor qilishi kerak, deb o'ylayman. Bir paytlar intenetta bir e-mail o'qigan edim. Agar dunyoni bir qishloq, deb oladigan bo'lsak, butun dunyodagi insonlar ichida faqatgina bittasi Profesor bo'lgan bo'lishi mumkin, ekan. Tabi u yerda hamma statistikalar o'lchab, o'ylab qilingan. Hullas, payti kelganda imtihonlarning stresi bilan barchamiz ufff deganmiz, siqilganmiz, o'zimizga bo'lgan ishonchimiz kamaygan. Lekin yanada shukr qiladigan shunchalik ko'p sabab borki, meni bu yerda yozishim, sizning bu yozuvlarni o'qishingiz, hammasi aslida buyuk bir ne'mat. Ko'zlarimiz ko'ryapdi, demak ki...Allohga hamdu-sanolar bo'lsin. Men ham imtihonga kirgan kunlarimni hech unutmadim, unutilishi mumkinmiii, aslo. Bizni fakultetga kirganlarni ularga oid bo'lgan nomerlarini o'qishar ekan, birdan kirganlarni ichida 25 bo'lib (u yili 50 kishi olishgan edi) meni nomerim o'qildi. 25 ga kelguncha, qancha vaqt o'tdi, meni ichimdan ne qirindilar o'tdi, siz hisoblang. O'qishga kirganimni eshitib, yerga o'tirdim. Dadam men bilan kelgan edilar. Ko'zlarida yosh, kulimsirayapdilar, qizim tabriklayman, o'qishga kirding, deb. Qani endi, o'rnimdan turolsam, shu holatda yarim soat yerda o'tirdim. Butun qiyinchiliklarga qaramay, imtihonlar bizni ulg'aytiradi, hayotga kuchli qadam tashlashimizda yordam beradi.
Bu bahona bilan bu yil "talaba" degan oliy martabaga loyiq topilgan qardoshlarimga omadlar tilayman. Bu yil nasib bo'lmagan bo'lsa, Alloh hech bir narsani bizni qarshimizga sababsiz chiqarmaydi, albatta bunda ham bir hayir alomati bordir, deb o'yalshlarini, bu yo'lda yana ham g'ayrat bilan o'qib izlanishlarini tilab qolaman.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Avgust 2009, 02:20:37

 :as:
kech bo'lsada barcha forumdoshlarni talaba bo'lganliogi bn tabriklayman ,oliy dargohning mevalaridan endi mazza qilib bahramand bo'lasizlar  ;) ;) ;)
qolgan birodarlarga sabr tilayamn ,hayirlisida.......

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyun 2010, 17:59:26

:as:

Xo'sh.... Hamma imtihon topshiryaptiyu, negadir bu yerda taassurotlarini yozmayapti  ???

Janob Y_U_R_I_S_T, boshlang qani :) Harqalay Sizda davlat imtihonlari edi (maktabning 9 - sinf o'quvchilari bo'lsa, ularga ham taalluqli bu gap), qanday topshirdingiz? Hayotda bir marta bo'ladigan bunday imtihondagi taasurotlar bilan o'rtoqlashing endi, kutamiz...

Boshqa forumdoshlarda ham imtihonlar qanday bo'lyapti?

Qayd etilgan


Zulfina  03 Iyun 2010, 21:08:07

Bugun eng asosiy fanimizadan bittasi bo'lmish anatomiyadan opros topshirdik. Guruhdan 3kishi o'tdik. Alhamdulillah bizagayam shulani qatorida bo'lishlik nasib qildi. Faqat shu 5amas 4bo'b qoldide :-[

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Iyun 2010, 01:55:15

Bugun manda Matimatikadan 3 soatlli examen bor edi. torisi uncha qiyin mas-edi-yuu lekin mayda ishlari judayam kop edi..
soat 9;30 boshlanib 12;30 tugashi kereak edi.. yonimdagi ottirigan bola 11ga kelib hamma yozgan narsalarini ochirib boshidan boshlab qoldi,.... ichimda AXMOQ dib qoydim..

Qayd etilgan