Imtihon taassurotlari  ( 46938 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Robiya  01 Avgust 2008, 13:12:56

  Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Bugun yurtimizda Oliy o'quv yurtlariga kirish imitohnlari bo'lib o'tyapti. Sizlar ham hayotingiz davomida qandaydir imtihonlardan o'tgansiz. Kelinglar, xotiralar bilan almashamiz. Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?

PS.: Bu mavzuda faqat Oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlari topshirganlar emas, umuman imtihon topshirganlar ham ishtirok etishi mumkin (chet elda o'qish, ishlar uchun grant dasturlariga, va h.k.)

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  01 Avgust 2008, 15:05:26

Sizning imtihoningiz qanday bo'lgan?

Бакалавриатурага имтихон топширишм схши утган. Лекин мандат куни... А­рталаб келганман. Масъул ходим мани олдимдан утиб жавобларни доскага илган. Шу билан.. 15.00 ларда билагнма балимни.. унгача асаббузарликлар .. сх.. номеримни топлмай.. хадеб охиридан бошлаб караб келган сканман нкул.. йукда палкат чикмайяди, тушдан кейин навбат ташкиллаштириб битта битта курдик.. биринчи варакни дастлабки унлигига турибманда.. ана снди хурсандчилик :)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Avgust 2008, 19:36:39

Men o'qishga 3-yil kirganman. Lekin rosa qattiq tayyorlanganman. 3-yil ertalab uyquda yotar ekanman. Otam akamdan mening natijalarimni so'rayotgan ekan. Akam o'sha kecha tumanimizga borib Toshkentdagi yana bir akam orqali gaplashgan ekan. Uyqu aralash gaplarini eshitdim. Akam meni kiraolmaganimni aytayotgandi. O'shanda shunchalik afsuslandimki umuman o'rnimdan turgim ham kelmadi. Yig'lagim keldi nahotki yana bir kutishimga to'g'ri kelsa deb. Lekin Allohga shukurki akam meni natijamni xato eshitib borhan ekan. Toshkentdagi akam kelgach men tabrikladi va o'zida yo'q xursand edi. O'shanda men ham shunchalik xursand bo'ldimki Allohga hamdu sanolar aytdim. Mana Allohga shukur hozir TMI da 3-kurs bo'ldim.

Allohim barcha abuturentlarni student bo'lishini nasib aylasin!!!

Qayd etilgan


NafisaBonu  02 Avgust 2008, 11:32:28

Assalomu  alaykum  Aziz  Abiturentlar!  man  Navoiydan  Nafisaman.  Man 1-marta  imtihonga  kirishim  edi (Navoiy  Davlat  Konchilik  INS.ga) hayojon bo'ldi  ozgina  albatta.  2 ta  ayolcha  tushdi  bizaga tekshiruvchi  bo'p.  ruschani  bilmiydi, (man rus fakultetga  topshirdim)  oddiy  krilchani  ham  yozolmidi  bilmiman  qanaqa  o'qituvchi ekan, varaqalani  to'ldirishni  ham  eplab  tushuntirisholmadi,  hamma  bolla  qayta-qayta  so'ravurib  g'ala-g'ovur  bo'p  ketdi. Jiim  bo'lilaaaaaaa!  deb  baqrishni  qoyillatar  ekanla:)  30  min  10 ta  bolani  kutib  o'tirdik  ungacha  bizani  joyimizga  o'tirg'izdila,  keyin 10 ta  bola  keldi  tirjayib:)  hammani  jahli  chiqdi,  test   boshlandi!  deyishi  bn  hamma  <A'lo Domlo>  deb  baqirishni  boshladi  ko'rsez:)  tekshiruvchiladan 1tasi kep  qosa  yana  jimlik,  keyin  yana  shu  ahvol.  bir  safar  tekshiruvchi  kep  qop  1 ta  bolani  telefoni  jaranglab  ketdida  ko'rsez  hamma  guuuurrrrr  etib  kuldida,  kamina  misollani  terlab yechyapti,   2 ta oson misolimni chiqorolmay  asabim  chiqib ketdi.  shpargalkadan  boshqa  3  ta  misolimga  javob  ololdim;)  telimni  chiqarib  endi  alo  duvdim  ko'rib  qolishdida  olib  qo'yishdi (eshikni  ro'parasida  o'tiruvdimda) sekin-sekin  misollarimni  ko'rib  chiqdimda  imtihon tugashiga  30  min  qolganda  telimni  amallab  oldim:)  4,5 ta  chiqmagan  misolimga  javob  oldim. Xaligi  10 ta kechikib kelgan  bolalardan 1 tasiga  qarasam  o'zimni  parallel  sinfdoshim,  manga  qarab,< qalaysan> deydi  manam <yaxshi>  dedim.  nimani  ishlayoptikan  deb  qarasam  o'ynab  o'tiribdida,  gulcha  chiziiib.  Asabim  chiqib  ketdi  sunaqangi,  asti  qo'yovuring.  xullas  Xaligi  baqiroq  ayol  bo'lilacha-bo'lila  deb  qoldi.  keyin  hamma  chiqib  ketdi  shu  jumladan  manam.   keyin  shuncha  orziqib  kutgan  imtihonim  ham  tugaganligini  tushundim.  So'z  berganlariz  uchun  rahmat! 
Allohim  biz  abiturentlani o'z  panohiga olsin!  hamma  o'zi hohlagan,  orzu  qilgan  o'qishiga  GRAND ga  kirib ketsin!  Shu  jumladan  manam:)  Fatima  sizam:)  xullas  hamma!  :)

Qayd etilgan


NafisaBonu  02 Avgust 2008, 13:01:07

Assalomu alaykum, forumdoshlar!
Robiya opajon, sizga ham katta rahmat bizga atab shunaqa mavzu ochganiz uchun.
So`z manga kelib qolibdi-da, shunday bo`lsa manam yozaqolay.

Man ham Nafisaga o`xshab 1-avgustda bo`ladigan imtihonga 1-marta kirishim (Ilohim oxirgisi bo`lsin) edi, ko`pchilik telefonda, yuzma-yuz bo`lib manga ancha maslahatla berishdi (Imtihonga kirgandan keyin bo`ladigan har qanday holatlar haqida).  Ularga katta rahmat.
 
Man topshirgan joyda Imtihon jaa ajoyib o`tdi. Kirganimizdan boshlandi hammasi. Imtihonni kuzatish uchun bizga 1 o`zbek, 1 rus o`qituvchilani qo`yishdi. Rus o`qituvchi umuman gapirmadi, savol varaqasini topshirib bo`lib o`zini ishi bilan bo`lib bizga hecham e`tibor qimadi. Anu o`zbek o`qituvchi, 1-avgustga imtihonga ko`p kirganmi deyman, malakasi ancha yuqori ekan. Savollar varaqasini olganimizdan keyin, bir abiturientka hammadan 5 mingdan yig`ib o`qituvchiga topshirdi. Shundan keyin hech kim abiturientlarga indamadi. Faqat SMB odamlari kelsa, hamma telini yig`ishtirishini aytishdi. Xuddi shunaqa bo`ldi ham. Keyinroq imtihon oxirlashganda SMB odamlarini o`zi ham indamadi, hamma narsa ochiq -oydin bo`lib ketdi. Shu qatorida man ham vaziyatdan foydalanib tushunmagan savollarimga javob ham oldim, manga yordam berganlarga ham katta rahmat aytaman, Alloh rozi bo`lsin ulardan.
Javoblar varaqamni 60 ta abiturientlar ichidan 54-si bo`lib topshirdim. Shungacha anu odamla peshonamizda o`tirib: "Bo`lila, tezroq. Sanla o`qishga kirgandan keyinam odamni "qon" qilasanlami?"-deb odamni shoshiltirib qo`ydi. Man ham olgan bilimlarini bir joyga jamlab hammasini bo`yab chiqdim. Endi bu yog`i yolg`iz Allohdan. Duo qiling!

PS: Nafisa, dugonajon, Man ham sizga omad tiliman, qolaversa forumni a`zosi va a`zosi bo`lmagan abiturientlarga ham katta omad. Hammamizga STUDENT bo`lishdek baxt nasib etsin.
  Hurmat bilan Fatima
  Assalomu alaykum
Ha  Ozodaxon  Aytganiz  kelsin,  Alloh  hammamizga  Student  bo'lishni  nasib  aylasin!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  02 Avgust 2008, 13:26:18

   ҳм, жуда схшатибсизлару имтиҳонни ҳам, шпаргалка, телефон, сҳҳ....

   нимага йилдан йилга сқувчиларни салоҳисти тушиб кетспти, ёки ҳаммада "барибир пули бор киради" деб сқишни йиғиштириб қсйишдими?

   тушунмадим, тушунмадим...

   Форумдош сингилларимга талаба булишларига омад тилайман!

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Avgust 2008, 14:37:54

Assalamu alaykum.
Hmm.. mavzu bo'yicha bildirilgan fikrlarni o'qib hayron qoldim..
Nahotki bizdagi imtihonlar shunday o'tsa??!!
Bilmadim-ku lekin bu menimcha imtihon deb hisoblashga arzimaydigan oddiy savol-javob desa to'g'ri bo'ladigan narsa ekan..
Bu yerlarda imtihon bo'lsa ehhheeee o'qib yodlamagan odam hech qachon o'ta olmaydi chunki imtihon xonasiga kirganda o'qituvchilar sumkalarni olib qo'yishadi telfonlarni esa o'chirib uni ham olib qo'yishadi umuman g'irromchilik qilish mumkin emas. Imtixon vaqtida esa bir birimizga qarab qo'yish ham mumkin emas. O'qituvchi imtihon boshlanishidan avval Payg'ambarimiz (sallohu alayhi va sallam) "g'irromchi bizdan emas " deganlar ikki soat vaqtingiz bor bemalol o'ylab yozinglar  eng muhimi imtihondan o'tish emas muhimi shuncha o'qiganingizni oqlashingiz sizlarga omad! deyishadi.. Agar kimningdir biror qog'ozga yozib olgani yoki shunday narsalarni bilib qolishsaaa imtihon varaqlarini yirtib tashlab boshqa varoq berishadi..
O'zbekistondagi "imtihon"larning judayam "qiyin" ekanigini o'qib juda hayron qoldim.......

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 15:22:26

Assalomu alaykum!
Men ham bundan 3 yil oldin oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish niyatida Buxoro Davlat Universiteti, Gumanitar fanlar fakulteti, milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limiga hujjat topshirganman. Aslida"¦
  Maqsadim O’zMU jurnalistika fakultetida yoki Islom un-tetida islom fiqshunosligi fakultetida o’qish edi. Ammo,"¦ taqdirimda o’zim tug’ilib o’sgan shahrim Buxoroda o’qish yozilgan ekan, Allohga shukr.
  19 iyulda hujjat topshirishga bordim, sinfdoshim bilan. Tarixga topshirmoqchi edik, qarasak, da’vogarlar soni 800dan oshib ketibdi, shunda milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limini ko’rsak 220 ta ekan, tavakkal deb shunga topshirdik.
  31 iyulda DTMlarni olib ketishga keldik. Guruhimizga qarasak, bir guruhga tushibmiz, xursand qiladigani yana bir sinfdoshimiz biz topshirgan fakultetga topshirib, u ham imtihon kunida biz bilan kiradigan bo’libdi, juda xursand bo’lib ketdik. Bunaqasi hech bo’lmagandi. 3 sinfdosh bir fakultetga topshirib, yana bir guruhga tushsaya,"¦ hali hammasi oldinda ekan "¦.
  1 avgust kuni keldi"¦ Ertalab 6-30 da yo’lga chiqdik (Kogon shahri Buxorodan 12-13 km uzoq, shu sababli yo’l yopilmasligi uchun vaqtliroq chiqdik). Soat 7-10 larda bordik. Abiturieyntlar ko’p, ulardan ham ota-onalar ko’p edi. Guruhimizni topib o’z navbatimizni kutdik, atrof to’la notanish kishilar, bolalar, qizlar, hammasi bir maqsadda o’qishga kirish uchun yurakda hayajon bilan o’tirishibdi.
  Bir payt qarasak, hali aytgan sinfdoshim (Maxmud)ni otasi yelkasidan tutib, zo’rg’a olib kelyaptilar. Xavotirlanib yoniga borib nima bo’ldi desak, kecha ko’richak bo’ldim, kecha kechki 8 larda operatsiya qilishdi. Bugun qarshilik qilishsa ham keldim, dedi sinfdoshimiz terga botib. Ana matonat, ana xohish, keyinchalik esa ana omad,"¦ dedik.
  Test topshiriladigan xonaga olib kirishdi, notanish zinalardan chiqib bir xonaga kirdik. Men sinfdoshim bilan bir partaga o’tirdim, kasal bo’lgan sinfdoshimiz esa bizdan bir parta oldinga o’tirdi. Buni qarangki eshikni yoniga o’tirib olibmiz qaramasdan. Ha mayli, deb nazoratchi o’qituvchini eshitdik, maslahatlar olib, Bismilloh deb testni yechishni boshladik. Xullas, hammasi emasu, ko’pchiligi o’qigan narsamizdan tushdi, oson hal qildik. O’zimizni testimizni yechish barobarida Maxmudga ham yordam berdik. Yarim soatcha o’tgach uni variantini olib ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanidan testlarini yechib berdik, u esa bizga tarixni hal qilishga yordam berdi. Xullas, 1 soatga qolmasdan betob sinfdoshimizni chiqarib yubordik. Keyin yeng shimarib javoblarni ko’chirdik, ingliz tilidan, ona tilidan 1-2 savollarni maslahatlashib belgiladik. Soat 12 larda biz ham chiqdik. Chiqqanimda birinchi bo’lib duch kelgan onam ha qizim nima bo’ldi dedilar. Men esa kontrakt-da dedim beparvo. Bechora onamni ko’zlariga yosh keldi o’shanda, unaqa dema, shuncha qiynalganingga yarasha grantga kirginda dedilar. Xullas, test o’tdi"¦
  Ana endi boshlandi haqiqiy o’ylovlar"¦ o’qishga kirdimmi, yo’qmi"¦?
  Dadamdan sekin so’rayman: "œDada, kontraktga o’qitasizmi?" "œKo’ramiz" — deb qo’yadilar dadam e’tibor bermay. Tog’am esa mayli xafa bo’lma 1 yil kontraktingni men to’layman dedilar.
Har xil taxminlar, fikrlar bilan javob chiqadigan kun ham yaqinlashib qolibdi. 11 avgustda hech nima yo’q, 12 avgustda ham shu gap. 13 avgust kuni ertalab sinfdoshimni otasi telefon qilib DTM raqamimni so’radilar. Yarim soatlardan keyin telefon qilib tabriklayman qizim, 3-o’rin bilan byudjetga o’qishga kiribsan desalar bo’ladimi"¦ Ana xolos, "¦. Ana xursandchiligu, ana baxt. Aslida o’sha payt xursand bo’lishni ham , bo’lmaslikni ham bilmay qoldim. Javoblarni boshqadan eshitish boshqayu, o’zingiz borib ko’rganingiz boshqa, to’g’rimi? Shunga biroz talmovsirab qoldim. Keyin gap nimadaligini anglagach baqirib yuboribman. Onam ishonmasdan borib ko’rib kelamiz dedilar. Bordik, DTMimni olib solishtirsam haqiqatda 3-o’rinda turibmanda, onam quchoqlab Qizim o’qishga kirdi, ishonchimni oqladi deb bir-ikki ko’z yosh ham to’kib oldilar.
  Ana keyin hammasi boshlandi, tabriklar, qutlovlar, havaslar,"¦
  Ha-ya, aytish yodimdan ko’tarilay deb qolibdi, hali aytgandimu hammasi oldinda deb, eshiting, biz 3 sinfdosh, bir fakultetga hujjat topshirib, bir guruhga tushib, uchalamiz ham grantga o’qishga kirdik. Bunaqasini hech eshitmagan bo’lsangiz kerak-a? SubhanALLOH!!!
  Men o’zim grantga kirishimni kutmagandim, to’g’ri, juda ko’p o’qigandim, ammo mendan ham yaxshi tayyorlanganlar bo’lishi mumkinku degan o’ylov bilan borgandim.
  Alloh qilgan xayrli amallarva yomonliklarga javobni shu dunyodayoq ko’rsatadi deyishadiku. Balki sinfdoshimizga bergan yordamimiz sababli grantga kirgandirman deb o’ylayman hali ham. Nima bo’lganda ham men BIRINCHI yildayoq TALABA bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Allohga hamdlar bo’lsinkim, hozirda bitiruvchiman, yana bir yildan so’ng, jonajon universitetimni tugataman.

Uzun hikoyamni sabr-toqat bilan o’qiganingiz uchun katta rahmat. Barcha abituriyentlarga o’zlari xohlagan o’quv yurtlari talabasi bo’lish nasib etishiga tilakdoshman.

Qayd etilgan


Fatima  08 Avgust 2008, 14:34:43



Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.

Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.



Assalomu alaykum
Birodarni gaplariga qo`shilaman.
Manimcha, bu userimiz hammasini to`lig`icha tushuntira olganlar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Avgust 2008, 15:02:31

Forumimizdagi barcha talabaga aylangan abuturietlarga omadlar tilayman!

Qayd etilgan