Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391492 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 62 B


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:53:21

SUVPARASTLAR

Suvga sig‘inuvchilar Hulyoniya nomi bilan mashhur. Ularning e’tiqodicha, suv o‘zi bir farishta bo‘lib, u bilan ko‘p farishtalar birga yuradilar. Shuning uchun ham suv hamma narsaning asli sanaladi, o‘sish, yashash, tug‘ilish, poklanish suv bilandir. Har bir narsaning hayoti ham suv bilan. Suvga muhtoj bo‘lmaydigan biror narsa topilmaydi.

Suvparastlar agar ibodat qilmoqchi bo‘lsalar, yechinib faqat avratlarini o‘raydilar, keyin anhor yoki hovuz suviga tushadilar. Suv o‘rtasiga borib ikki soat yoki undan ortiqroq vaqt suvda turadilar, qo‘llarita rayhon shoxlaridan ushlab olib, uni maydalaydilar va tasbeh aytgan holda suvga oqizadilar. Suvdan qaytib chiqmoqchi bo‘lsalar, suvni qo‘llari bilan harakatlantiradilar yoki suv ostidan hovuchlab suv olib, boshlariga, yuzlariga va butun badanlariga quyadilar. Keyin qirg‘oqqa yetay deganda, suvga egilib ta’zim va uzoq sajda qiladilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:55:39

OLOVPARASTLAR

Bu toifa Alyavotiriya deb nomlanadi. Ularning e’tiqodicha, olov unsurlarning eng ulug‘i, insonga manfaat yetkazish jihatidan, muloyimligi, go‘zalligi, munavvarligi jihatidan tabiatning boshqa unsurlaridan afzalidir.
Olovparastlik dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida, jumladan, Eron, Rusiya, Ozarbayjon, O’zbekiston hududlarida qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, uning tarixi to‘rt ming yillarni o‘z ichiga oladi.

Tarix olimlarining keltirishlaricha, olovparastlik (otashparastlik)ning birinchi tashabbuskori Odam (a.s.)ning o‘g‘li Qobil edi. U ukasi Hobilni o‘ldirgandan keyin, otasi Odamdan qochib Yamanga bordi. U yerda Qobilga Iblis yo‘liqib: «Sening qurbonligingni emas, balki Hobilning qurbonligini olov qabul qildi, chunki u olovga sig‘inardi. Shuning uchun sen ham olovga sig‘insang, kelajaqtsa sening va avlodlaringning ishlari yaxshi bo‘ladi», — deb vasvasa qildi. Qobil olovga sig‘iniladigan birinchi ibodatxona qurdi va birinchi olovga sig‘inuvchi otashparast bo‘ldi.(Tarixi Tabariy. 1-j, 112-b.)

Olovparastlikning juda qadimdan paydo bo‘lganini, uning majusiy diniga aloqasi yo‘qligini tarix va arxeolog olimlar quyidagaicha keltirishadi.

«Chelyabinsk universiteti va Rossiya Fanlar akademiyasi O’rol bo‘limining tarix va arxeologiya instituti olimlari Janubiy Urol dashtligida qadimiy ajoyib shahar Arkaim vayronalarini topdilar. Ularning fikricha, shahar 37 asrlik tarixga ega. Shahar doira shaklida qurilgan, 23 ming aholi yashagan bo‘lsa kerak. Ular olovga sig‘inganlar.» (F.Sulaymonova. Sharq va G’arb. Toshkent. «O’zbekiston», 1997 y. 266.)

«O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi A. Asqarov bergan ma’lumotga ko‘ra, Jarqo‘tonda eradan avvalgi II ming yillikka taalluqli o‘tparastlar olovdoni, Eronda esa faqat eradan avvalgi VI asrga aloqador o‘chmas olov joyi topilgan». (O’sha manba, 266.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:56:45

Olovparastlar ibodat qilish uchun, yerga to‘rtburchak shaklda chuqur qaziydilar, unga olov yoqib, olib kelingan xushbo‘y moddalardan olovga tashlaydilar.

Olovparastlarning juda e’tiqodi kuchlilari o‘zlarini olovga tashlab, badanlarini kuydirib olishlari faxr sanaladi.

Bu e’tiqod Hindistonda ham keng tarqalgan, ayniqsa, qadimgi hind podshoxlari olovga qattiq sig‘inardilar va olovni dunyodagi barcha mavjudotlardan ustun qo‘yardilar.

Hindistonlik ba’zi olovparastlar olovga sajda qilmaydilar, ularning ibodat usullari boshqacharoq kechadi. Ular, ro‘zador holda olov atrofida o‘tirib olishar, duolar o‘qishar, nafaslari olovga yetib ozor bo‘lmasin degan maqsadda nafaslarini ichlariga yutib, sezilar-sezilmas nafas oladilar. Buning sababi shuki, ularning e’tiqodicha, inson o‘z axloqini yaxshilasa, yolg‘onchilik, hasad, tajovuz, hirs va gina-kuduratdan poklansa, olov uni kuydirmaydi, hech qanday zarar ham yetmaydi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 09:05:30

BUTPARASTLAR

Butparastlar ikki xil bo‘lib, birinchilari «sanam»ga ibodat qiladilar. Muqaddas deb bilingan biror inson, hayvon, jins yoki daraxtning ibodat qilish maqsadida maxsus qurilgan haykal yoki tasviri sanamdir.

Ikkinchi guruh butparastlar «vasan»ga ibodat qiladilar. Vasan — bu guruh muqaddas deb sig‘inadigan qaysidir hayvon, tosh yoki daraxtdir.

Vasaniylarning ko‘ziga biror tosh chiroyli ko‘rinib ketsa, uni uylariga olib borib qo‘yib, sig‘ina boshlaydilar. Agar undan chiroylirog‘ini uchratib qolsalar, avvalgisini tashlab yuborib, yangisiga sig‘inaveradilar.

Mufassir ulamolarning so‘zlariga qaraganda, but va sanam oldida sajda qilib sig‘inish birinchi bo‘lib Nuh payg‘ambarning qavmi orasida boshlangan. Ular toshlardan odam suratidagi haykalni yasab olib, unga ibodat qilganlar.
Al-Vohidiy o‘zining tafsirida shunday yozadi: «Muhammad ibn Ka’b Al-Quraziyning rivoyat qilishicha, Odam (a.s.) bilan Nuh (a.s.)ning o‘rtalarida solih qavm yashaganlar. Ular orasidan Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasr nomli besh kishi o‘zlarining solihliklari, taqvolari va imonlarining mustahkamligi bilan el orasida mashhur bo‘lganlar. Ular dunyodan o‘tganlaridan keyin, avlodlari ham ajdodlariga munosib bo‘lib, sof e’tiqodda yurishga harakat qilganlar.

Iblis (a.l.) ularning diliga: «Agar solih ajdodlaringizning suratlarini yasatib, ko‘z oldingizga qo‘yib olsangiz, ibodat qilayotgan paytingizda g‘ayratingiz va ularga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz yanada ziyoda bo‘ladi», — deb vasvasa qildi. Solih qavm yolg‘iz Allohga ibodat qilgan bo‘lsalar ham, ro‘paralariga ajdodlari suratini qo‘yib olganlari uchun xayollari sochildi va yo‘ldan ozdilar. Iblis esa ularning avlodlariga yana vasvasa qilib: «Otalaringiz mana shu suratlarga sig‘inishib, ularni iloh deganlar va ko‘p darajotlar topganlar», — dedi. Shundan so‘ng qavm bu suratlarni haykalga aylantirishib, butparast bo‘lib ketishdi»
.( Ibn Kasir, Qisasul-anbiyo. Qohira, 57-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 09:07:55

Keyinchalik butparastlik shunday avj oldiki, podshoh Namrud ibn Kan’on davrida but va sanamlar uchun katta saroy qurdirildi va bu saroyga turli qabilalar uchun yasalgan 90 ta but qo‘yildi. Yosh Ibrohim (a.s.) sindirgan butlar o‘sha butlar edi. Ibrohim (a.s.) 89 butni bolta bilan sindirib, bir dona eng kattasini sindirmadilar va uning bo‘yniga. bolta osib qo‘ydilar. Qavm bayram xursandchiligidan ibodatxonaga qaytib kelib, hamma butlar sindirilganini ko‘rishdi. Bu ishni Ibrohimdan gumon qilishdi. Ibrohim (a.s.) esa butlarni sindirmaganliklarini aytib, o‘zlariga hujjat uchun sindirilmasdan bo‘yniga bolta osilgan katta butni ko‘rsatdilar va: «Anovi kattasidan so‘ranglar, o‘sha sindirgan bo‘lsa kerak», — deb javob berdilar. Qavm mulzam bo‘lib, jim qolishdi va chidamasdan: «Ilohlaringizga yordam berishni istasangiz, Ibrohimni o‘tda kuydiringlar!» — deb baqirishdi. Alloh Ta’olo o‘z payg‘ambariga najot berdi, Ibrohim (a.s.) olovda kuymasdan sog‘salomat chiqib keldilar. Namrud va uning qavmi esa halokatga uchradi.( Ibn Kasir. Qisasulanbiyo. Qohira, 109-bet)

Butparastlar o‘z e’tiqodlarida qolib, but va sanamlarga sig‘inishda davom etgan bo‘lsalar ham, Makkadagi Allohning Ka’basiga but kiritilmagan edi.

Ka’ba yoniga birinchi butni o‘rnatgan ham, mast qiluvchi ichimlikni birinchi o‘ylab topgan ham Amr ibn Yahyo ismli kimsa edi. Uning haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sen Amr ibn Yahyo, do‘zaxda libosing etagini sudrab yurasan», — degan edilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 09:10:55

Amr ibn Yahyo Quraysh qabilasining avvalgi raisi bo‘lib, Ka’baga xo‘jayinlikni ham zo‘rlik bilan tortib olgan edi. Amr Shomga safar qilganda Balqo nomli shaxar aholisining butlarga ibodat qilishayotganini ko‘rdi va qiziqib: «Bu nima?» — deb so‘radi. Ular: «Butlar bizning rabbimiz, unga sig‘inamiz, dardimizni aytamiz, yordam so‘raymiz, suv so‘rasak — suv, non so‘rasak — non, nima tilak so‘rasak o‘shanga yetkazadi», deb javob berishdi. Amrga ham butlar yoqib qoldi va so‘ragan edi, unga Hubal ismli but hadya qilishdi. Amr ibn Yahyo Hubalni olib Makkaga keltirdi va Ka’baning yoniga qo‘ydirdi. Balqo aholisi Amrga yana ikkita; biri Isof, ikkinchisi Qofila ismli er-xotinning haykalini ham berishgan edi. Bu haykallarning birini Safo tog‘i ustiga, yana birini Marva tog‘i ustiga qo‘ydirdi. Shunday qilib, arab qabilalari orasida but va sanamlarga sig‘inish kuchayib ketdi. Toifliklar ham o‘zlariga but yasab, nomini Lot deb atadilar. Madinada istiqomat qiluvchi kishilar ham o‘zlariga Manot ismli but yasatib olgan va unga ibodat qilar edilar. Shunday qilib, Ka’ba atrofida uch yuz oltmishta but jamlangan edi.( A.Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 1997. 40-46-b. )

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makka fathidan keyin Ka’baga yaqin keldilar va barcha but, sanamlardan uni tozaladilar, shugina emas, butun Arabiston, balki bugun islom mamlakatlari shirkdan tozalandi.

G’atfon qabilasi bir daraxtni muqaddas bilib, unga sig‘inishar, uni Al-Uzzo deb nomlagan edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u yerga Xolid ibn Validni yubordilar. Xolid ibn Valid borib, u daraxtni kesib tashladi. G’atfonliklar esa musulmon bo‘ldilar.

Xas’am qabilasi ham bir katta qadimiy daraxtni muqaddas bilib, unga uzoq vaqtdan buyon sig‘inib kelishar edi. Yashin tushib u daraxt yonib ketdi. Ular bir bino qurib, nomini Al-Ka’ba al-Yamoniya dem nomladilar va o‘sha binoni tavof qila boshladilar. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) Jarir ibn Abdullohni bir yuz ellik otliq bilan yubordilar. Jarir borib, ularning ka’basini buzib tashladi. Shundan so‘ng Alloh ularning qalbiga islom hidoyatini soldi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 09:13:56

Oyga sig‘inuvchilar yahudiylardan bo‘lib, ular ilgari Somiriy yasab bergan buzoqqa sig‘inganlar toifasidan edilar. Bu haqda Alloh Ta’olo Qur’oni Karimning «Toho» surasida xabar bergan:

فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلا جَسَدًا لَهُ خُوَارٌ فَقَالُوا هَذَا إِلَهُكُمْ وَإِلَهُ مُوسَى فَنَسِيَ

«So‘ng (Somiriy) ovozli buzoq haykalini yasab chiqarib berdi. So‘ngra (Somiriy va sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi. Muso unutdi va (izlab boshqa yoqqa ketdi) deyishdi».( Toha, 88 )

Ularning bunday e’tiqodi qattiq zalolat ekanligini yana bir oyati karimada bayon etilgan:

«Shubhasiz o‘zlariga buzoqni ma’bud qilib olgan kimsalarga yaqinda robbilari tomonidan qahrg‘azab va dunyoda xorlik yetadi. Tajovuzkorlarni shunday jazolaymiz».

Majusiylar va hind axlidan bo‘lgan bir toifa sigirlarga sig‘inadilar, ularning siydigi bilan shifolanish va poklanish niyatida yuvinadiganlarning taqdiri ham shunday bo‘lishi tabiiydir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 16:52:52

INSONPARASTLAR

Takabburlik, manmanlik insonda paydo bo‘ladigan eng nomaqbul illat hisoblanadi. Uning darajasi turlicha bo‘lib, ba’zilar faqat oddiy insonlarni mensimay yurish bilan kifoyalanadilar. Bu manmanlikning endi boshlanishi yoki quyi darajasidir. Ba’zi kishilar maqbul yo nomaqbulning, halol yoki haromning farqiga bormaydilar. Bu ikkinchi darajadir. Ba’zilar Yaratganni tan olmaydilar, diyonatdan uzoq yuradilar, lekin Yaratganga, uning elchilariga, valiylariga, va umuman, musulmonlarga munosabat bildirmaydilar, hurmat ham qilmaydilar, haqorat ham. Bu uchinchi daraja hisoblanadi.

Yana ba’zilar Allohning elchilariga tajovuzkorlik qilib, o‘zini uning maqomiga qo‘yadilar, payg‘ambarlik iddaosida bo‘ladilar. Bu kibrning to‘rtinchi darajasidir.

Takabburlikning beshinchi darajasi esa Iblisning kibru havosidan ham yuqori bo‘lib, Alloxni mensimaydi, o‘zini yaratuvchi, ma’bud, yakka xudo deb hisoblaydi.

Tarixda arab va ajam podshoxlaridan ba’zi birlari takabburlikning eng oxirgi darajasiga yetib, o‘zlarini xudo maqomida tutganlar, xalqni esa o‘zlariga sig‘intirib, hidoyatdan adashtirganlar. Odamlar ham goh johilliklari sababli, goh esa qo‘rqqanlaridan mudda’iy ma’budga egilganlar, sajda qilganlar va topinganlar.

Bunday xudolikka da’vogarlardan biri Shaddod ibn Od bo‘lib, u Hijoz bilan Yaman orasidagi qavmlarga podshoh bo‘lgan. Uning amri bilan baland-baland ustunlar yordamida ko‘tarilgan mustahkam imoratlar qurilib Eram nomli shahar barpo etildi. Shaddod esa o‘zini xudo deb e’lon qildi va Allohning jannatiga qiyos qilib, o‘ziga sajda qilgan, itoat qilgan fuqarolarini mukofotlash uchun katta bog‘ qurdirdi. Odamlar unga ko‘rko‘rona topindilar va Allohning payg‘ambarini tan olmadilar. Natijada Alloh Shaddodni va uning qavmini halok qildi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 16:56:06

Xudolik da’vosini qilganlardan yana biri podshoh Namrud ibn Kan’on ibn podshoh Kux ibn Homdir. Namrudning otasi Kan’on va bobosi Kux o‘ta jabbor podshoh bo‘lishgan. Namrud esa otasi va bobosidan ham oshib tushib, xudolik da’vosini qildi va odamlarni o‘ziga sajda qilishga buyurdi.

Shu bilan birga Namrudning o‘zi qavmiga qo‘shilib sanamlarga ibodat qilardi.
Alloh Ta’olo Namrud va uning qavmini hidoyatga chaqirish, Namrudning iddaosidan voz kechirish uchun Ibrohim (a.s.)ni elchi qilib yubordi. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 112-b.)

U esa Ibrohim (a.s.)ni olovda yondirib yo‘qotish payiga tushdi. Alloh Ta’olo Namrud va uning qavmini halokatga mubtalo qilib, uning yerini, mulkini Ibrohim (a.s.)ga meros qilib berdi.

Xudolik da’vosini qilganlardan yana biri Bobil podshohi Buxtunnasrdir. U o‘z davrida Muso (a.s.)ning qavmlari bo‘lgan yahudiylarga ko‘p jabr-sitam yetkazdi, yahudiylarga qiron keltirdi, Quddus shahrini vayron qildi. Nihoyat o‘zi ham Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘ldi.

Amoliqa podshohlaridan ham bir nechasi xudolik da’vosida bo‘lgan. Ular «Ashobul ayka» deb nomlanadilar. Bu podshohlarning har birining o‘z nomi bo‘lib, ular: Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’faz va Qarashat deb nomlanganlar. Ularning eng kattasi Abjad bo‘lib, barchalari ham Allohga qattiq bo‘yintovlik qilishgan, xudolik da’vosida qattiq turishgan. Ammo boshqalari Abjadga sajda qilishgan. Alloh Ta’olo ularni da’vat qilish uchun Shuayb payg‘ambarni yubordi. Ular payg‘ambarni takzib qildilar va o‘ldirishga qasd qildilar. Ammo Alloh Ta’olo ularning o‘zini halokatga mahkum etdi, Shuayb (a.s.) va u kishining mo‘min qavmiga najot berib, ularning mulkini mo‘minlarga meros qilib berdi. (Afif Abdul Fattoh. Ma’al-anbiyo fil-Qur’on. Lubnon. 226-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 17:00:58

Xudolik da’vosini qilgan yana bir takabbur kimsa Misr Fir’avnidir.( Ibn Kasir.Qisasul-anbiyo. Qohira, 237-b.) Uning kibru havosi shu darajada baland ediki, u

فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الأعْلَى

«Men hammadan oliy robbilaringizman!», (Nozi’ot, 23-24.) dedi.

Unga birinchi bo‘lib Iblis, ikkinchi bo‘lib vaziri Homon, keyin esa uning qavmi — «Qibt» qabilasi sajda qila boshladilar. Shu tariqa Fir’avnga sajda qilish to‘rt yuz yil davom etdi. Alloh Ta’olo uni hidoyatga chaqirish uchun Muso (a.s.) va Horun (a.s.)larni elchi qilib yubordi.

Ikkovlari har qancha da’vat qilishlariga va payg‘ambarlik mo‘‘jizasini ko‘rsatishlariga qaramay, Fir’avn ularni takzib qildi, payg‘ambarlarni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Alloh uning o‘zini va qavmini halokatga uchratib, suvga g‘arq etdi, payg‘ambarlarga va Fir’avnning zulmidan ezilgan yahudiylarga esa najot berdi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyin islom ummatlaridan bo‘linib ketgan turli firqalar, masalan: Al-Mushabbiha toifasiga mansub firqalar orasida ham insonlarni iloh deb e’tiqod qiladiganlar mavjud.

Qayd etilgan