Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391546 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 62 B


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:09:28

Nasroniylar «Qadimiy axd»ning birinchi qismi 38 kitobdan iborat, deb aytadilar va quyidagicha nomlaydilar:

1)  «Borliq (ibtido)»             
2)  «Chiqish»                           
3)  «Levit»
4) «Sonlar»
5) «Ikkinchi qonun».


Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:09:59

Ushbu besh kitob Tavrot deb ataladi va Muso (a.s.) ga nisbat beriladi.

Tavrot lafzi gohida majoziy ma’noda "œQadimgi ahd" ning hamma kitoblariga nisbatan qo‘llaniladi:

6)    Yusha’ ibn Nun kitobi
7)    Hukmlar kitobi
8    Ruf kitobi
9)    Samuilning I kitobi
10)  Samuilning II kitobi
11)  «Podshohlar» I kitobi
12)  «Podshohlar» II kitobi
13)  «Kun xabar.» I kitobi
14) «Kun xabar» II kitobi
15)  Uzayrning I kitobi
16)  Uzayrning II kitobi
17)  Ayyub kitobi
18)  Zabur
19)  Sulaymon masallari
20)  «Jomeo» kitobi
21)  «Qo‘shiklar qo‘shig‘i»
22)  Ash’iyo kitobi         
23) Amriyo kitobi
24) «Amriyo marsiyalarda»
25)  Hazqiyol kitobi
26)  Doniyol kitobi
27)  Xavsha kitobi
28)  Yuil kitobi
29)  Amos kitobi
30)  Avdiy kitobi
31)  Yunon kitobi
32)  Mixo kitobi
33)  Noho‘m kitobi
34)  Hiqo‘q kitobi
35)  Safoniya kitobi
36)  Hajjiy kitobi
37)  Zakariyo kitobi
38)  Malaxiya kitobi
Malaxiya Bani Isroil payg‘ambarlaridan edi. U Isodan 420 yilcha oldin yashab o‘tgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:11:54

Qadimgi ahdning ikkinchi qismi 9 kitobdan iborat:

1)  Aster kitobi             
2)  Borux kitobi             
3)  Doniyol kitobi,1-qismi     
4)  Tubiyo kitobi             
5)  Yahudiyat kitobi
6)  Vazdem kitobi
7)  Ekliz Yastekuz kitobi
8   Makobiylarning I k.
9)  Makobiylarning II k.

Tavrot ham Allohning hidoyat kitobi bo‘lgani uchun, uning asliy nusxasida avvalo Bani Isroil qavmini Allohning borligi va birligiga imon keltirishga — tavhidga, odob-axloqqa, insoniy fazilatlarni kasb qilishga, payg‘ambarlariga itoat etishga va Allohga ibodat qilishga chaqirilgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:14:33

Qur’onning ko‘plab oyatlarida Tavrot oyatlaridan jumlalar iqtibos qilinganki, bu oyatlarning mazmunini Qur’onning boshqa oyatlari bilan taqqoslanganda yahudiylarga ham musulmonlarga buyurilgan amallar va ibodatlar buyurilganining shohidi bo‘lamiz. Masalan, Alloh shunday deydi:

وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا

«Biz Muso uchun Lavhlarga(Tavrotga)har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma narsaning tafsilini qilib berdik». (A’rof, 145.)

«Al-A’lo» surasida shunday deyilgan:

قَدْ أَفْلَحَ مَنْ تَزَكَّى (١٤)وَذَكَرَ اسْمَ رَبِّهِ فَصَلَّى (١٥)بَلْ تُؤْثِرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا (١٦)وَالآخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَى (١٧)إِنَّ هَذَا لَفِي الصُّحُفِ الأولَى (١٨)صُحُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى

«Darhaqiqat, (kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigori ismini yod etib, namoz o‘qigan (har bir) kishi najot topgandir. Yo‘q, sizlar hayotiy dunyoni ustun qo‘yursizlar. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. Albatta, bu (surada mazkur bo‘lgan gaplar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda — Ibrohim va Muso sahifalarida mavjuddir».( A’lo, 14-19.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:16:07

Yana bir oyati karimada Alloh shunday deydi:

وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالأنْفَ بِالأنْفِ وَالأذُنَ بِالأذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ

«Unda (Tavrotda) yahudiylarga, «jonga-jon, ko‘zga-ko‘z, quloqqa-quloq, burunga-burun, tishga-tish va (boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos olinadi», — deb yozib qo‘ydik».( Moida, 45)

Alloh Ta’olo Tavrotda mo‘minlarni qanday sifatlar bilan sifatlaganligini Qur’onning «Al-Fath» surasida shunday bayon kilgan:

تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلا مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِمْ مِنْ أَثَرِ السُّجُودِ ذَلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ

«Ularni (mudom) Allohdan fazlu marhamat va rizolik tilab, ruku’, sujud qilayotgan hollarda ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan belgi-alomatlari bordir. Mana shu (ya’ni kofirlarga qahrli bo‘lish, mo‘minlarga mehribonlik va ko‘p namoz o‘qib, ruku’,sujud qilish) ularning Tavrotdagi misollaridir. (Ya’ni Tavrotda ham Alloh Ta’olo mo‘minlarni ana shunday sifatlar bilan sifatlagan)».( Fath, 29)

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:17:54

Muso (a.s.) va u kishining qavmlarining ham musulmon atalishini Qur’onning «Yunus» surasi, 84-oyatidan bilib olamiz:

وَقَالَ مُوسَى يَا قَوْمِ إِنْ كُنْتُمْ آمَنْتُمْ بِاللَّهِ فَعَلَيْهِ تَوَكَّلُوا إِنْ كُنْتُمْ مُسْلِمِينَ

«Muso dedilar: «Ey qavm, agar Allohga imon keltirgan va musulmon bo‘lsangizlar unga tavakkul qilinglar!»

Tavrotda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak ismi shariflari aniq yozilganini ushbu oyatdan bilamiz:

وَرَحْمَتِي وَسِعَتْ كُلَّ شَيْءٍ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالَّذِينَ هُمْ بِآيَاتِنَا يُؤْمِنُونَ (١٥٦)الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإنْجِيلِ

«Rahmatim (Mehribonligim) esa hamma narsadan kengdir. Men uni taqvo qiladigan, zakotni beradigan zotlarga va bizning oyatlarimizga imon keltiruvchi bo‘lgan kishilarga yozurman. Ular shunday kishilardirki, ummiy (xat bilmas) payg‘ambarga — nomini o‘zidan oldingi Tavrot va Injilda yozilgan holda topadigan elchimizga ergashadilar».( A’rof, 156-157.)

Mazkur iqtiboslar — Tavrot oyatlari Qur’ondan olindi, chunki birinchidan, avvalgi barcha ilohiy kitoblar mohiyati Qur’onda mujassam. Ikkinchidan, bu kungi Tavrotdan iqtibos olishning iloji yo‘q, uning matni Alloh nozil qilgan asl holida qolgan emas.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:19:35

Isroil tarixidan ma’lumki, Buxtunnasr (Navuxodonosorning arabcha nomi, miloddan oldingi 605—562 yillarda Bobilda yashagan) hukmronligi davrida yahudiylarning muqaddas diniy markazi bo‘lgan Yevrushalim (Quddus shahri) vayron etilib, yahudiylar asir olingan va barcha diniy kitoblar yoqib yuborilgan, yo‘q qilingan. Tavrotning asl nusxasi ham o‘sha paytda yo‘qolgan. Uni yod olgan oz sonli tavrotxonlar olamdan ko‘z yumganlar. Tavrotni yod olgan birgina Uzayr (a.s.) yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgandan, so‘ngtina uni qayta yozib, kitob holatiga keltirganlar. Alloh o‘zining qudratini namoyon qilish uchun Uzayr (a.s.)ni uzoq muddat — yuz yil uxlatib, qayta o‘zlariga keltirdi va bu muddatda yo‘qolib ketgan Tavrotni Uzayrning qo‘llari bilan asl holatiga keltirib yozdirdi. Qur’oni Karimning «Baqara» surasi, 259-oyati tafsirida shunday ma’lumotbor. (Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut: 1969. 1- tom, 235-6.)

«Yahudiy qomusi»da bunday deyiladi: «Ular unutilib ketgan edi, ammo Azro ularni qayta tikladi. Matndagi ba’zi so‘zlarning to‘g‘riligiga shubhalanganini bildirish maqsadida Azro ularning ustiga nuqtalar qo‘yib chiqdi. «Agar Ilyos (payg‘ambar) bu matnni ma’qullasa, nuqtalarga ahamiyat bermaydi», — dedi u o‘zicha. «Agar maqullamasa, u holda shubhali tuyulgan ushbu so‘zlar matndan chiqarib tashlanadi».(Yahudiy qomusi, 5-tom, 322-6)

Iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, Tavrotning umumiy matni, Uzayr (a.s.) nusxalaridan qat’i nazar, Alloh Ta’olo dastlab nozil qilgan paytdagidek sof, musaffo bo‘lgan emas. Biroq «Azroning kitobi» yoki «Azroning yunoncha kitobi» deb atalgan o‘sha kitoblar ham hozirgi Bibliyada yo‘q. Keyinchalik taniqli nasroniylar ruhoniysi Yerome «ibriycha asl nusxasi yo‘q ekan» degan bahona bilan uni Bibliyadan chiqarib tashlagan, chunki unga Rim papasi muqaddas kitobni tahrir etishni topshirgan edi.

Demak, Iso (a.s.)dan qariyb 450 yil avval yashagan Uzayr (a.s.) davrlarida Tavrot va boshqa kitoblar aralash-quralash bo‘lib ketgan. O’sha paytdayoq bu kitoblarning birorta ishonchli nusxasi yo‘q edi. Uzayr (a.s.) Tavrotni qaytadan yozib chiqdilar. Endi esa bu nusxa ham saqlanmagan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 18:59:53

3. Bani Isroil qavmidan bo‘lgan Dovud (a.s.)ga (Muso (a.s.) Tavrotlaridan keyin) Zabur kitobi nozil qilingan. Alloh Ta’oloning so‘zi:

وَآتَيْنَا دَاوُدَ زَبُورًا

«Dovudga Zaburni ato etdik».( Niso, 163)

«Zabur» so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifodalaydi:

1. Yozuv.
2. Aql.
3. Mustahkam.
4. Man etmoq.
5. Kasrali «zibr» yozilganda — kitob, ikki zamma bilan «zubur» yozilganda esa kitoblar.
6. Temir parchalari.
7. "œLavhul mahfuz" (taqdir lavhi).( "œAl-Qomus Al-Jadid". 1985 yil. Tunis. "œAxtari kabir". 1913 yil, Qozon.)

Hozirgi Zabur asosan diniy she’riyat usulida yozilgan bo‘lib, mazmunan duolar, Allohni ulug‘lovchi madhiyalar hamda Allohning savob va iqoblari vasfini o‘z ichiga olgan. Xolbuki, asl Zaburda ham amr-nahiylar, halol-harom to‘g‘risidagi ahkomlar va ibodatlarga da’vatlar bo‘lganligi shubhasizdir. Bu haqda Qur’oni Karimning «Sod»surasida Alloh Ta’olo shunday xabar qiladi:

يَا دَاوُدُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الأرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ

«Ey Dovud, albatta biz seni Yerga xalifa qildik. Sen odamlar orasida (senga nozil qilingan)haq bilan hukm qilgin, havoga berilmagin! (Agar havoga berilsang) unda seni Alloh yo‘lidan adashtiradi». (Sod, 26)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:01:55

Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda Zabur kitobidan ham ba’zi jumlalarni iqtibos qilib oyat keltirgan. Misol uchun «Anbiyo»surasida shunday oyat bor:

وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِي الزَّبُورِ مِنْ بَعْدِ الذِّكْرِ أَنَّ الأرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِيَ الصَّالِحُونَ

«Darhaqiqat, Biz «Zikr»dan (Ibn Abbos va Hasan Basriydan rivoyat qilingan tafsirda Tavrotdan) keyin Zaburda: «Albatta yerga mening solih bandalarim voris bo‘ladilar», deb yozib quyganmiz!». (Anbiyo, 105.)

Alloh Ta’olo Dovud (a.s.)ga ulug‘ fazl-martaba ato etib, tog‘larni va quyoshni ul zot bilan birga Allohga tasbeh aytadigan qilib, bo‘ysundirib qo‘ygani Qur’onning «Saba’» surasi, 10-oyatida bildiriladi.

Parvardigor Dovud (a.s.)ga shunday xush ovoz bergan ekanki, u kishi Zaburni tilovat qilayotganlarida uchib ketayotgan qushlar uchishdan to‘xtar va chor atrofdagi tog‘u toshlar bilan birga payg‘ambarga jo‘rovoz bo‘lib tilovat qilishar ekan. (Tafsiri Ibn Kasir, 3-j. Bayrut. 1969.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:02:34

Dovud (a.s.) vafotlaridan keyin Zaburga ham o‘zgartirishlar kiritilgani, ahkom oyatlari olib tashlangani, faqat duolarning o‘zinigina qo‘yib, unga yana bema’no sahifalar qo‘shilgani kitobni qo‘lga olishingiz bilan ayon bo‘ladi.

Injilning o‘zbekcha tarjimasiga yozilgan so‘z boshining Zaburga kirish qismida «Hozirgi Zaburning 73 ta sanosi Dovud (a.s.) qalamiga mansub, qolgan sanolarni Dovud o‘g‘li Sulaymon, Muso payg‘ambar, Asaf, Ko‘rah o‘g‘illari nomli muxlislar yaratganlar», (Injil, Stokgolm, 1992.) — deya izoh beriladi. Ko‘rinib turibdiki, ilohiy kitobni istagan kishi yaratib ketaveradigan oddiy ijod namunasi sifatida talqin qilinmoqda va nomlari mazkur bo‘lgan shaxslarning Zaburga tajovuz qilganlarini e’tirof etilmoqda! Hattoki Muso payg‘ambarning Dovud (a.s.)dan oldin o‘tganlari va ul zotga Tavrot nozil bo‘lganligini ham unutib, chalkashtirib yuborilgan.

Qayd etilgan