Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391758 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 62 B


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:09:54

Muallif bu tafsirida Qur’on oyatlarini birma-bir sharhlab o‘tirmagan. O’zi aytganidek, uning maqsadi oyatlarning muhkami bilan mutashobihini ajratib berish bo‘lgan. Yana ham aniqroq aytiladigan bo‘lsa, muallifning asosiy maqsadi «ahli sunna» ulamolari tomonidan qilingan oyatlarning ta’viliga qatgiq raddiya berishdan iborat bo‘lgan, go‘yoki «ahli sunna» fariqining tafsir sohasidagi «xato»larini aniqlab bergan. «Ahli sunna» esa barcha tafsirlarida e’tizoliy aqidadan uzoq bo‘lib, ularning ra’ylarini butunlay inkor etadi.

Qozi Abduljabbor o‘z tafsirini «Fotiha» surasidan boshlagan va «An-Nos» surasi bilan yakunlagan. Lekin unda barcha suralar va oyatlar tartib bilan tafsir qilingan emas, balki uning tafsiri savol-javob usuliga binoan bo‘lib, ba’zilari Qur’oni Karim oyatlarining arab tili nuqtai nazaridan nazmi xususida bo‘lsa, ba’zilari e’tizoliy aqidaga mos kelmaydigan e’tiqodlar xususidadir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:14:01

Qur’oni Karim oyatlarining arab tili nuqtai nazaridan nazmi xususidagi savol-javobga misol keltiramiz. Masalan: «Al-Hamdu» surasining tafsirida shunday savol-javob o‘tadi:

Savol: «Alhamdu lillahi» xabardir. Agar Alloh Ta’olo o‘ziga hamd aytsa, buning foydasi yo‘q. Agar bandalarga buyurgan bo‘lsa, "œqulu(aytinglar!)" so‘zi bo‘lish kerak edi?»

Javob: «Bu yerda oyatdan murod Allohning ne’matla riga shukr aytishga amr qilinyapti. Amr lafzi tark qilingan bo‘lsa ham, uning mavjudligiga

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

«Faqat o‘zinggagina ibodat qilamiz va o‘zingdangina yordam so‘raymiz» oyati karimasi dalolat qiladi. Uning ma’nosida yashiringan "œqulu(aytinglar!)" amri «Al-hamdu» ga ham dalolat qiladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:17:39

Qur’onda bunga o‘xshash misollar ko‘p. «Ar-Ra’d» surasidagi

وَالْمَلائِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِمْ مِنْ كُلِّ بَابٍ (٢٣)سَلامٌ عَلَيْكُمْ

«So‘ng ularning huzurlariga har bir eshikdan farishtalar kirib (derlar):«Sizlarga tinchlik bo‘lgay!» (Ra’d, 23-24.)

«Al-Baqara» surasining tafsirida:

Savol: «Alloh Ta’olo nima uchun
 
ذَلِكَ الْكِتَابُ

«Zalikal Kitab» (Arab tilida «zalika» va «haza» kalimalari ismi ishoratlar deyiladi. «Zalika» uzokdagi narsaga ishora, «haza» esa yaqindagi narsaga. Savoldan murod shuki, Qur’on Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nozil etilayotgan, deyarli o‘z qo‘llarida bo‘lgan, yaqindagi kitobga nima uchun uzoqning ishorasi berilyapti?) dedi, «hazal kitab» demadi?».

Javob: «Alloh Ta’olo bu yerda o‘zining Payg‘ambariga «suv o‘chirolmaydigan», ya’ni «lavhul mahfuz»dagi kitobni va’da qilyapti. Oyatning ma’nosi: «Sizga va’da qilgan Kitob» — demakdir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:21:20

«Hud» surasining tafsirida:

أَفَمَنْ كَانَ عَلَى بَيِّنَةٍ مِنْ رَبِّهِ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِنْهُ وَمِنْ قَبْلِهِ كِتَابُ مُوسَى إِمَامًا وَرَحْمَةً

Savol: «Parvardigori tomonidan hujjatga ega bo‘lgan, ketidan undan guvoh kelgan, undan oldin peshvo va rahmat sanalmish Muso kitobi ham bo‘lgan kishi...» (Hud, 17) oyatida mubtado bo‘lib, xabari esa kelmagan, ya’ni jumla tugallanmay qolgan. Buning sababi nima?»

Javob: «Xabar avvaldan ma’lum bo‘lsa, goqida tark ham qilinadi. Oyatdan murod shuki, «Shunday fazilatga ega bo‘lgan kishi kofir bo‘lgan va ibodat qilmaydigan odam bilan barobar bo‘ladimi?» — demakdir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:24:56

Endi e’tizoliy aqidaga mos kelmaydigan e’tiqodlar xususidagi savol-javoblarga misol keltiramiz. Abduljabborning tafsiridagi savol-javoblarning aksari shu xususdadir. «Al-Baqara» surasining tafsirida:

Savol: «Alloh Ta’olo aytadi:

خَتَمَ اللَّهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ وَعَلَى سَمْعِهِمْ وَعَلَى أَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ

«Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan. Ko‘zlarida esa parda bor». (Baqara, 7) oyati karimasi, ularni imondan Allohning o‘zi man etib qo‘yganini bildiradi. Sizlarning mazhablaringiz boshqacha-ku! Bu oyatni qanday ta’vil qilasiz?

Javob: «Ulamolarimiz bu savolga ikki xil javob beradilar:

Birinchisi, bu oyatda Alloh Ta’olo kofirlarning holini "œqulog‘i to‘silgan va ko‘zi pardalab qo‘yilgan" odamga o‘xshatilyapti. Buning misoli shuki, bir odam haqiqatni tushunib turibdi, ammo o‘sha haqiqatga uni da’vat qilsangiz, u bosh tortadi. Shunda siz uni «eshak» deb haqoratlaysiz. Aslida esa u eshak emas, tashbeh xolos. Oyatda ham Alloh Ta’olo kofirlarni oqil va mukallaf bo‘lgani uchun tanbeh ma’nosida mazammat qilyapti, xolos.

Ikkinchisi, "œmuhr" degan so‘zdan Alloh Ta’olo qalbiga alomat qo‘yishni iroda qilyapti, toki ularning imonga kelmaganini farishtalar bilsinlar va ularni mazammat qilsinlar, boshqa kofirlar ham bilib o‘zlarining xatolaridan qaytsinlar. Bu javob Al-Hasanning javobi edi».

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:28:18

Mo‘‘tazila ulamolarining javoblaridan ko‘rinib turibdiki, ular qech qachon "œbandalarni hidoyatga keltiruvchi ham, zalolatga kirituvchi xam yagona Alloh" degan e’tiqodga yaqin bo‘lmaydilar, undan qochadilar.

Ular insonlarga shaytonning ta’siri borasida ham ixtilof qiladilar. Qur’oni Karimning «Al-Baqara» surasi, 275-oyati va «An-Nos» surasi, 1-4-oyatlarida Alloh bayon etgan ta’sirni, ular vasvasa bilan qilinadigan ta’sir deb ta’vil qiladilar.

Qiyomatda ahli jannatlar Allohning jamolini ko‘rishi xususida ham mo‘‘taziliylarning ixtilofi juda kuchlidir. Masalan: «Yunus» surasining tafsirida shunday savol-javob bor:

Savol: Alloh Ta’olo:

لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا الْحُسْنَى وَزِيَادَةٌ

"œEzgu ish qilganlarga chiroyli (savob-jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko‘rishlik) bordir" (Yunus, 26) degan oyati karimasi bilan hadisda kelgan «Allohni ko‘rish» aqidasiga ishora qilmayaptimi?»

Javob: «Oyatdagi «ziyoda» so‘zidan murod, savobdagi ortiqliqdir. Chunki savob bilan Allohni ko‘rish boshqa-boshqa narsa. Ziyodalik esa bir jinsli narsada bo‘ladi. Buning ustiga «Ahli sunna» ning nazdida Allohni ko‘rish eng katta savob bo‘lsa, u bilan ziyodalikning orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:31:19

«Allohni ko‘rish» masalasida «Al-Qiyomat» surasining   tafsirida ham shunday savol-javob mavjud.

Savol:

وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ (٢٢)إِلَى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

«U kunda ba’zi yuzlar yashnovchi, Parvardigorlariga boqib turuvchidir» (Qiyomat, 22-23.) oyati karimasi Qiyomatda Allohni ko‘rishlikka eng kuchli va eng ochiq-oydin dalil emasmi?

Javob: «Kimki, Qiyomatda Allohni ko‘rish mumkin, deb e’tiqod qilsa, u Allohni ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan jism deb e’tiqod qilgan bo‘ladi. Biz u bilan nizo’ qilmaymiz, balki unga: «Bor, Alloh bilan qo‘l berib so‘rash, quchoqlash, silash!» — deymiz. Alloh bundan pokdir. Biz Allohni jism emas, deguvchilar bilan gaplashamiz. Modomiki Alloh jism emas ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas. Insonning ko‘zi harakatlanib, bir jismdan ikkinchi jismga o‘tganda, jismlarning shakli, rangidan ajratadi va ko‘radi. Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan qo‘rish mumkin emasdir. Demak, oyatning ma’nosini ta’vil qilishga majburmiz, ya’ni Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas, balki «savoblarining ko‘pligidan yuzlari yashnaydi».

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:34:46

Bandalarning fe’llarini yaratilishida ham mo‘‘tazila Allohning qudratini inkor etadi. Ularning aqidasi bo‘yicha, bandalarning ishiga Alloh aralashmaydi, kim nima qilayotganidan ham Alloh xabardor emas. Bu mavzuda «Al-Anfol» surasi tafsirida bayon etiladi.

Savol:
 
فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَكِنَّ اللَّهَ قَتَلَهُمْ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَكِنَّ اللَّهَ رَمَى

«Ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki ularni Alloh o‘ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey Muhammad), balki Alloh otdi». (Anfol, 17) oyati karimasining ma’nosi nima?

Javob: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Badr jangida o‘q otardilar, Alloh Ta’olo o‘ldiruvchi o‘qini yetkazib turardi. Shuning uchun ham Alloh Ta’olo o‘ldirishni o‘ziga izofa qildi, avvalda o‘qni ham o‘ziga izofa qilganidek».

Muallif bu javobida ham go‘yoki kofirlarning halokatini Alloh Ta’olo yaratgan emas, balki «o‘ldiruvchi o‘q» bilan o‘zlari o‘ldi, demoqchi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:37:23

Mo‘‘tazila o‘z e’tiqodida «Al-manzil baynal-manzilatayni» ga e’tiqod qilgani uchun Abduljabbor ham ushbu aqidani butun tafsiri davomida himoya qiladi. Masalan: «Al-Anfol» surasining 2-4-oyatlari

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ (٢)الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

«Mo‘minlar Alloh (nomi) zikr etilganda dillari qo‘rquvda bo‘ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda imonlari ziyoda bo‘ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan, namozni mukammal o‘qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir» (Anfol, 2-4.) tafsirida Abduljabbor shunday deydi: «Oyatdagi barcha kalimalar, albatta imon qavl va amal bilan ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni oyatda keltirilgan ibodatlar imon ichiga kiradi. Mo‘‘min odam ibodat haqqini ado etsagina shu nomga loyiq. Agar u kabira gunohni sodir etarkan, mo‘‘minlikdan chiqadi».

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 07:40:36

«Al-Inson» surasining 3-oyati

إِنَّا هَدَيْنَاهُ السَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا

«Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi(musulmon) bo‘lsin va xoh noshukr (kofir) bo‘lsin, yo‘lga yo‘lladik» (Inson, 3.) tafsirida shunday savol-javob boradi.

Savol: «Ushbu oyat mukallaflar faqat ikki toifa: musulmon va kofir bo‘lishiga dalolat qilmayaptimi?»

Javob: «Shokir agar haqiqiy musulmon bo‘lmasa ham, shokir bo‘lishi mumkin. Fosiq ham shokir bo‘lishi mumkin. Bu oyat «ahli sunna» aytgan gapga dalolat qilmaydi, aksincha, bizning gapimizni quvvatlaydiki, Alloh Ta’olo barchani barobar dalolat qiladi, sababini olib tashlaydi. Kim osiy bo‘lsa, o‘z oyog‘i bilan...».

Qayd etilgan