Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391497 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 B


Musannif Adham  08 Noyabr 2008, 09:05:49

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Shiy’alar toifasi asosan necha guruhga bo‘linadi?
2. Shiy’alar tafsirining «ahli sunna val jamoa» tafsiridan nima farqi bor?
3. Shiy’a ulamolarining mashhur tafsirlaridan qaysilarini bilasiz?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va rag‘oibul-Furqon.30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut-tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:00:32

32-MAVZU. XORIJIYLAR VA BOSHQA YO’NALISHLAR BO’YICHA YOZILGAN TAFSIRLAR.

Dars jadvali
1. Xorijiylar tafsiri.
2. Tasavvuf ahli tafsiri.
3. Faqihlar tafsiri.
4. Ilmiy tafsirlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:06:18

1. Xorijiylar(ajralib chiqqanlar) toifasi aslida yettinchi asr o‘rtalarida musulmonlardan, ya’ni Hazrat Ali va Muoviya tarafdorlari orasidan ularning har ikkoviga ham itoat etmasdan ajralib chiqqan isyonchi toifadir. Ahli sunna val-jamoa ulamolari: «Qaysi zamonda va makonda bo‘lmasin, Islomiy davlat rahbariga itoat qilishdan bosh tortgan kishi xorijiylar toifasidan sanaladi»,— deb qaror qilganlar.

Ularni «Shakkokiylar» deb ham nomlanadi, chunki, ular Hazrat Ali (r.a.) ga: «Sen o‘z tinchligingni o‘ylab, dushmaning foydasiga hukm chiqarding, shuning uchun sening diningga shubhamiz bor»,— dedilar.

Hazrat Alidan ajralgach, Kufa shahridan tog‘lar bilan o‘ralgan Harura qishlog‘iga borib makon tutganlari uchun, ular «Haruriylar» deb ham nomlanadi.

«Biz o‘zimizni Alloh Ta’olo yo‘liga sotganmiz», deganlari uchun ularni «Shurotlar» ham deyiladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:07:28

Xorijiylar toifasi haqida Imom Buxoriy o‘zlarining «Al-Jomi’ As-Sahih» kitoblarida ko‘plab hadislar rivoyat qilganlar, jumladan: Abdulloh ibn Umar (r. a.) huzurlarida «Haruriya» haqida gapirildi. Abdulloh dedilar:

"œRasululloh (s.a.v.) shunday degan edilar: «Ular kamondan o‘q otilgandek imondan tez chiqadilar".

Ibn Umar (r.a.) xorijiylarni odamlarning eng yomoni deb hisoblaganlar. Qoziy Al-Iyoz o‘zining «Muslim sahihiga sharh» kitobida Al-Movardiydan naql qilishicha, qadimgi Islom ulamolari xorijiylarning kufriga ittifoq qilganlar.

Xorijiylarning har bir firqasi o‘zaro kelisholmasdan ko‘plab guruh va firqalarga ajralib ketganlar. Shuning uchun bu firqalarning qaysi biri asosiy katta firqa, qaysi biri ajralib chiqqan kichik firqa ekanligi ulamolar o‘rtasida ajrim qilinmagan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:10:44

Ali ibn Muhammad Al-Faxriy «Talxisul-bayon fiy firaqi ahlil-adyon» kitobida xorijiylar firqalarining sonini o‘n sakkizta ekanligini aytib, ularning nomlarini quyidagicha keltirgan:

«Xorijiylar toifasi e’tiqod masalalari bo‘yicha o‘n sakkiz firqaga bo‘linib ketganlar va bu firqalar o‘z yo‘lboshchilari nomi bilan: Al-Azraqiyya, Al-Iboziyya (Ibodiyya), As-Sufuriyya, Al-Bayhasiyya, Al-Ajradiyya, Al-Mufazzaliyya, An-Najadot, Al-Avniyya, Al-Matbaxiyya, Al-Axnasiyya, Ash-Shamroxiyya, Al-Bakkoriyya, Al-Bakriyya, Al-Ma’lumiyya, Al-Yaziydiyya, Al-Abdaliyya, Al-Mutaoliyya, As-Saltiyya, deb nomlanadilar»

Sadrul-Islom Abdul Qohir ibn Tohir Al-Bag‘dodiy At-Tamimiyning «Al-farq baynal-firaq» kitobida xorijiy firqalar sonini yigirmata deb ko‘rsatilgan va biz sanab o‘tgan firqalardan ba’zilari o‘zaro bo‘linib ketgan kichik firqalar qatorida keltirilgan bo‘lsa, ba’zilarining nomi umuman aytilmagan. Ularning o‘rniga boshqa nomlar tilga olingan. Masalan: mazkur kitobda xorijiylar firqasi yigirmata deyilishiga qaramasdan, 24-sahifada 19 ta firqaning nomi, 72-sahifada 22 ta firqaning nomi ko‘rsatilgan. Ularning nomlari quyidagicha:

Al-Muhakkimatul uvlo, Al-Azoriqa, An-Najadot, As-Sufriyya, Al-Ajorida, Al-Xozimiyya, Ash-Shuaybiyya, Al-Ma’lumiyya, Al-Majhuliyya, Allohni istamay toat qiluvchilar, As-Saltiyya, Al-Axnasiyya, Ash-Shabiybiyya, Ash-Shayboniyya Al-Ma’badiyya, Ar-Rashiydiyya, Al-Makramiyya, Al-Hamziyya, Ash-Shamroxiyya, Al-Ibrohimiyya, Al-Voqifa, Al-Iboziyya.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:12:53

Shunday qilib, har birini sanab o‘taman deyilsa, yana o‘nlab firqalarning nomini keltirish mumkin. Ammo ko‘rinib turibdiki, bir-biridan aqida masalalarida qat’iy farq qiluvchi asosiy firqalar soni o‘n sakkizdan oshmaydi. Biroq ana shu o‘n sakkiz firqani boshqalaridan tanlab, ajratib olishda yoki firqalarni nomlashda ulamolar ixtilof qilganlar. Shu sababli, Al-Faxriyning kitoblaridagi asosiy firqalarning nomlari bilan At-Tamimiyning kitoblaridagi asosiy firqalarning nomlari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud.

Yuqorida sanab o‘tilgan xorijiylarning biror firqasi ham jaholatdan va o‘ta tajovuzkorlikdan xoli emas. Ular ham Qur’onni o‘zlarining hukm manba’lari deb biladilar. Lekin, Qur’onda o‘z e’tiqodlariga muvofiq oyatni topsalar, uni mahkam ushlaydilar. Agar o‘z e’tiqodlariga qarshi oyatni ko‘rsalar, undan chetlanishga, oyatning mazmunini ta’vil qilishga kirishadilar.

Xorijiylar shiy’alarning aksi o‘laroq, Qur’on oyatlarining faqat zohiriga e’tibor qilib, undan ham yuzaki xulosalar chiqaradilar. Masalan: Xorijiylarning Iboziy firqasi ahllaridan biri o‘zining joriyasiga bir xizmat buyurdi. Joriya biroz imillab harakat qilgani uchun, xo‘jayin uni musulmon bo‘lmagan arabga sotib yuborishga qasam ichdi. Yaqinlaridan biri: «Muslima joriyani kofirga sotasanmi?» — deb e’tiroz bildirgan edi, unga:

وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا

«Alloh bay’ni halol qildi va riboni harom qildi» (Baqara, 275) — deb javob berdi. (At-tabsir fid-din. 35-bet)

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Noyabr 2008, 09:14:01

Xorijiy ulamolardan ham Qur’oni Karimning hamma oyatlariga batartib ravishda yozilgan tafsir qolmagan. Ular ham boshqa bid’atchi firqalar singari o‘z e’tiqodlariga va muxoliflariga javob berish uchun kerak bo‘ladigan oyatlargagina tafsir yozganlar. Ulardan ham kutubxonalarda biror alomat qolmagan. Lekin Misr kutubxonasida xizmat qiladigan, Iboziya firqasi e’tiqodida bo‘lgan Ash-Shayx Ibrohim Itfishning guvohlik berishicha, xorijiy ulamolardan ham bir qancha tafsir sohasida ilmiy meros qolgan. Ulardan:

1. Tafsiru Abdurrahmon ibn Rustam Al-Forsiy ( III asr);
2. Tafsiru Hud ibn Mahkam Al-Havoriy (III asr);
3. Tafsiru Abu Ya’qub Al-Varjaloniy (VI asr);
4. Tafsir Do’il amal li yavmil-amal. Muhammad Itfish (XIX asr)
5. Tafsiru Hamyonuz-zod ilo doril ma’od. M. Itfish.

Bulardan 1- va 3- raqamdagi tafsirlar mavjud emas, qolganlari esa mavjud.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:02:02

2. «Tasavvuf» so‘zining kelib chiqishida ulamolar tomonidan turli fikrlar aytilgan. Ba’zilar bu so‘zni «suf»—yung, degan ma’nodan olingan. Shuning uchun tasavvuf ahli boshqa faxrli liboslardan zuxd qilib, yungdan to‘qilgan dag‘al kiyim kiyishadi, deydilar. Ba’zilar bu so‘zning o‘zagi «safo»-pokiza ekanligini, yana boshqalar esa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida «ahli suffa»lar bo‘lib, ular asosan ilm o‘rganish va ibodat bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Tasavvuf so‘zi shundan olingan deyishadi. Ammo bu oxirgi fikr noto‘g‘ri ekanligini Qushayriy shunday izohlaydilar: «Tasavvuf so‘zini «suffa», «safo» so‘zlaridan olinganligi arab lug‘ati nuqtai nazaridan to‘g‘ri emas». (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 250-b. Umar Foruq. Tasavvuf sirlari. Toshkent. 2001. 46-bet.)

Ammo tasavvufning ma’nosi nafsni Allohning irodasiga topshirib qo‘yishdir. Ba’zilarning fikrlariga qaraganda, tasavvufning qisqacha ma’nosi tafakkur (Tafakkur Allohning qudrati, malakutus-samovoti val-arz haqida fikr yuritish), amal (amal - Alloh buyurgan barcha farz va vojiblardan tashqari sunnat va mustahab ibodatlarni ham astoydil qilish), dirosa (dirosa bilmaganini o‘rganish, ilm talabida bo‘lish, suhbatlarni g‘animat bilish) va suluk (suluk yuqorida aytilgan amallarni o‘zboshimchalik bilan emas, bir murshid tariqatida yurib amalga oshirish)dir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:03:49

Tasavvuf ikki qismga bo‘linadi: nazariy tasavvuf, amaliy tasavvuf. Nazariy tasavvuf nazariy bahslar va falsafiy ta’lim ustiga qurilgan bo‘lib, bunday mutasavvuf Qur’oni Karim oyatlaridan ham o‘zi istagan nazariyotga muvofiq ma’no qidiradi. Holbuki, Qur’oni Karim arab tilida insonlarni hidoyatga chaqirish uchun kelgan dasturdir. Shuning uchun har bir oyatdan chiqadigan hukm ochiq-oydin va unga amal qilishga buyuriladi. Kimlarningdir din ruhidan uzoq bo‘lgan nazariyotini isbotlash uchun nozil qilinmagan. Shunga qaramasdan, ba’zi tasavvuf ahllari o‘z nazariyotlarini Qur’on oyatlari bilan isbotlashga urinadilar va buning natijasida Qur’on oyatlarida umuman ishora bo‘lmasada, bor deb, shariat ko‘zlagan ma’nodan butunlay uzoq bo‘lgan, arab tili lug‘ati ham ko‘tarmaydigan sharhlarni qiladilar.

Ulug‘ mufassirlardan biri Muhyiddin ibn Al-Arabiy ana shu nazariy tariqatning shayxi sanaladi. Uning muallafotlari orasida «Al-futuhot Al-Makkiya», «Al-Fusus» nomli mashhur kitoblari borki, ularda Qur’on oyatlari ma’nolarini o‘zining tasavvufiy-falsafiy nazariyotlariga tatbiq qilgan. Masalan, Idris payg‘ambarning maqomi haqidagi «Maryam» surasining 57-oyati:

وَرَفَعْنَاهُ مَكَانًا عَلِيًّا

«Biz uni yuksak maqomga ko‘tardik», — degan oyatning tafsirida Ibn Arabiy shunday deydi: «Makonlarning eng oliysi falaklar olamining charxpalagi aylanadigan joydir. Bu Quyosh falagidir. Idris(a.s)ning ruhoniy maqomlari o‘sha joydadir. Uning tagida yetti falak mavjud. Ustida ham yetti falak mavjud. Idrisning maqomlari o‘n beshinchi falakdadir».

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:08:29

«Ar-Rohman» surasining 19-20-oyatlari

مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ (١٩)بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لا يَبْغِيَانِ

«U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar»—tafsirida Ibn Al-Arabiy, bu inson jismiga ishora ekanligini, ikki dengizning biri insonning jismi, ikkinchisi esa uning ruhi ekanligini, ikkovi hech qachon aralashib ketmasligini ta’kidlaydi. (Adan ko‘rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob Al-Mandab bo‘g‘ozida va Atlantika okeani bilan O’rta Yer dengizi tutashgan Gibraltar bo‘g‘ozida ikki dengiz suvi aralashib ketmaydi. Bu mo‘‘jizani tan olgan mashhur sayyoh kapitan Kusto Qur’onning ilohiy mo‘‘jiza ekanligiga imon keltirgan.)(A. Mansur. Qur’on tarjimalari. 531-bet.)

Ibn Al-Arabiy tasavvufi «vahdatul vujud»(Alloh bilan inson vujudining birlashuvi)ni yoqlagani uchun Qur’oni Karimning juda ko‘p oyatlarini, masalan, «Niso» surasining 1-oyati, «Fajr» surasining 29-30-oyatlari, «Oli Imron» surasining 191-oyati va «Shams» surasining 9-10-oyatlari ma’nolarini majburiy ravishda o‘z e’tiqodi tarafga buradi va oyatlardan bunday ma’nolar chiqmasa ham, ra’y bilan o‘zi xohlagan ma’noni ifoda etadi. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 2-j. 253-b.)

Bunday tasavvufiy nazariy usulda yozilgan mukammal tafsirlarning o‘zi mavjud emas, balki yuqorida keltirilgan misollar ham Ibn Al-Arabiyning alohida tafsir kitobidan emas, balki, «Al-futuhot Al-Makkiya» va «Al-Fusus» kitoblaridan olingan terma fikrlardir. Agar shunday mukammal tafsir bo‘lganda ham, uni qabul etmaslik muhimdir. Chunki, Qur’on oyatlarini ra’y bilan tafsir qilish, xususan, «vahdatul vujud» e’tiqodini da’vat qilish ahli sunna val-jamoa nazarida xatodir.

Qayd etilgan