Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391660 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 B


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:13:03

Tasavvufiy tafsirlarni(bular «tafsiri ishoriy» deyiladi) quyidagi shartlar mavjud bo‘lsa, qabul etish mumkin:

1. Ishoriy tafsir Qur’oni Karim oyatining zohiri ma’nosiga teskari bo‘lmasa;
2. Ishoriy tafsirni tasdiqlovchi shar’iy hujjat bo‘lsa;
3. Ishoriy tafsirning ziddiga shar’iy yoki aqliy hujjat bo‘lmasa;
4. Ishoriy tafsir olimi oyatning botiniy ma’nosini tafsir qilishdan oldin zohiriy hukmini bilsa.

Avvalda nomlari zikr etilgan mufassir ulamolardan Al-Bayzoviy va Az-Zamaxshariylar o‘z tafsirlarida ishoriy ma’nolarga ahamiyat bermaganlar va Qur’oni Karimning faqat zohiriy tafsiriga urg‘u berganlar.

An-Naysoburiy va Al-Olusiylar o‘z tafsirlarida asosan oyatlarning zohiriy ma’nolari tafsirini birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsalarda, ba’zi oyatlarning ishoriy ma’nolarini ham tafsir qilganlar.


Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:13:21

Mufassirlardan Saxl At-Tasatturiy ishoriy tafsirni birinchi o‘ringa qo‘yib, ba’zi o‘rinlarda zohiriy tafsirga ham e’tiborni jalb qilgan.

Abu Abdurrahmon As-Sullamiy esa o‘z tafsirida oyatlarning zohiriy tafsiridan voz kechib, butun himmati va ijtihodini ishoriy tafsirga bag‘ishlagan.

Ibn Al-Arabiy ham o‘z tafsirida zohiriy tafsirdan butunlay yuz o‘girib, tasavvufiy nazariy va tasavvufiy ishoriy tafsirga bel bog‘lagan. (O’sha manba, 306-bet.)

Tasavvufiy nazariy va ishoriy tafsirlardan tushuncha hosil bo‘lishi uchun Ibn Arabiyning yuqorida keltirilgan ba’zi oyatlarga qilgan tafsiri kifoya qiladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:15:52

3. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni fiqhiy hukmlar bilan nozil qilgan. Fiqqiy hukmlar asosan insonning dunyoviy va uxraviy ishlarini yaxshilash, tartibga solish, yaxshisi bilan yomonini ajratish uchun yuborilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning davrlarida sahobalar Qur’ondagi fiqhiy hukmlar har bir musulmonga qanday mas’uliyat yuklashini bilganlar. Agar fiqhiy masalalarda biror mushkullik paydo bo‘lsa, darhol uning yechimini Rasululloh (s.a.v.)dan bilib olardilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng bunday hukmlarni hal etishda avval Qur’onga, keyin Sunnatga, undan keyin esa o‘z ijtihodlariga suyanib amal qilar edilar. Qur’on oyatlaridan chiqadigan ijtihodiy hukmlarda sahobalarning hammalari ham hamfikr bo‘lmas edilar. Masalan, eri o‘lgan homilador ayolning iddasida Umar(r.a.) bolasi tug‘ilishini shart qildilar. Hazrat Ali(r.a.) esa to‘rt oyu o‘n kun bilan bola tug‘ilishi muddatlari(ikki muddatning)ning uzunrog‘ini shart qildilar.

Vafot etgan ayolning eri va ota-onasi hayot bo‘lsa, ularga tegadigan meros to‘g‘risida Ibn Abbos(r.a.) va Zayd ibn Sobit(r.a.) o‘rtalarida ham ixtilof bo‘lgan. Ibn Abbos(r.a): «Merosning yarmi eriga, uchdan biri onasiga, qolgani esa otasiga beriladi», — deb fatvo chiqardilar. Zayd ibn Sobit(r.a.) esa: «Merosning yarmi eriga, qolgan yarmi uchga bo‘linib, bir hissasi onasiga, ikki hissasi otasiga beriladi», — deb fatvo berdilar. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 319-b.)

Sahobalar orasidagi fiqhiy masalalardagi bunday ixtilof ommaviy musulmonlar orasiga kirganda jiddiy tus oldi va natijada fiqhiy mazhablar vujudga kela boshladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:18:12

Natijada ahli sunna val-jamoa mazhablari qatorida turli firqalar ham o‘z mazhablari bo‘yicha hukmlar chiqarilgan tafsirlarni birin-ketin yuzaga chiqara boshladilar.

Hanafiy mazhabida: Jassos nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Bakr Ar-Roziy (vafoti 379 h.) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqxiy tafsir yozdilar. Bu tafsir katta-katta uch jildda nashr etilgan.

Mullo Juyun nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad ibn Abu Sa’id (XI asr) «At-tafsirot ul-ahmadiya fiy bayon iloyot ish-shar’iya» nomli fiqqiy tafsir yozdi. Bu tafsir Hindistonda katta kitob shaklida nashr qilindi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:19:23

Shofe’iy mazhabida: Abul Hasan at-Tabariy (vafoti 504 h.) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqhiy tafsir yozdi. Bu tafsirning katta hajmdagi qo‘lyozmasi Misr va Al-Azhar kutubxonalarida saqlanmoqda.

Shahobiddin Abul Abbos Ahmad ibn Yusuf al-Halabiy (vafoti 756 h.) «Al-qovlul vajiz fiy ahkomil Kitobil-aziz» nomli fiqqiy tafsir yozgan. Muallifning o‘z qo‘li bilan yozilgan qo‘lyozma Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Ali ibn Abdulloh Mahmud Ash-Shanfakiy (IX asr h.) «Ahkomul Kitobil-mubin» nomli tafsir yozgan. Bu asar muallifning qo‘lyozmasi sifatida Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda.

Jaloliddin Suyutiy (vafoti 911 h.)ning «Al-Iklil fiy istinbotit-Tanzil» nomli fiqhiy tafsiri ham Al-Azhar kutubxonasida saqlanmoqda. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 322-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:19:48

Molikiy mazhabida: Abu Bakr ibn Al-Arabiy (vafoti 543 h) «Ahkomul-Qur’on» nomli fiqhiy tafsir yozgan. Bu tafsir ikki jildda nashr etilgan.

Abu Abdulloh Al-Qurtubiy (vafoti 671 h.) «Al-Jomi’ li-ahkomil Qur’on» fiqhiy tafsirini yozgan. Bu kitob Dorul-kutub nashriyoti tomonidan ko‘p jildli nusxada nashr etilgan. (O’sha manba va sahifa)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:21:05

Zaydiya mazhabida: Husayn ibn Ahmad An-Najariy (VIII asr h.) «Sharhul xomsa mia oyat» nomli fiqhiy tafsir yozgan. Lekin u hozir mavjud emas.

Shamsiddin ibn Yusuf ibn Ahmad (IX asr h.)ning «As-samarotul yoni’a val-ahkom ul-vozihat ul-qoti’a» nomli fiqhiy tafsiri Misr kutubxonasida saqlanmoqda.

Muhammad ibn Al-Husayn ibn Al-Qosim (XI asr h.) «Muntaho Al-marom sharhu oyotil-ahkom» nomli tafsir yozgan bo‘lsa ham, hozircha bu tafsir topilgan emas. (O’sha manba, 323-b.)

Imomiya mazhabida: Miqdod As-Suyuriy (VShasr h.) «Kanzul-Furqon fiy fiqhil Qur’on» nomli tafsirini yozgan. Bu tafsir ham Misr kutubxonasida mavjud. (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 323-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:42:34

4. «Ilmiy tafsir» iborasidan murod Qur’oni Karim oyatlarining tarkibiy tuzilishidagi istilohlarni, ilmiy tushunchalarni aniqlashdir. Ana shu ilm bilangina oyatlar ma’nolaridan ijtihodiy va falsafiy fikrlar, xulosalar chiqarish mumkin. Ilmiy tafsir ulamolarining fikrlariga qaraganda, Qur’oni Karim diniy-e’tiqodiy va diniy-ilmiy ilmlardan tashqari dunyo ilmlarining barcha turlarini ham o‘zida mujassam qilgan.

Ulug‘ mufassir va kalom ilmining bilimdoni Imom G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida shunday yozadi: «Shubhasiz, Qur’oni Karim yetmish yetti ming ikki yuz ilmni o‘z ichiga olgan. Uning har bir so‘zi bir ilm. Har bir so‘zning esa zohiri va botini, chegarasi va chegara bilmas oliy martabasi bor. Demak, bir so‘zda to‘rt ilm mavjud». (Imom G’azzoliy. Ihyo ul-ulum. 3-j. 135-bet)

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) shunday deganlar: «Avvalgilarning ham va keyingilarning ham ilmlarini bilishni kim xohlasa, u Qur’onni tafakkur qilsin». (O’sha manba.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:43:30

Imom G’azzoliy o‘z so‘zini davom ettirib, shunday deydi: «Ilmning barchasi Allohning fe’llari va sifatlari haddiga doxildir. Qur’oni Karim esa Allohning zoti, fe’llari va sifatlarini sharh qiladi. Bu ilmlar cheksiz bo‘lib, Qur’on ularning majma’iga ishora qiladi. E’tibor qilgan odamlarga tushunish mushkul tuyulgan narsalar haqida hamda nazariyot va ma’qulotlarida turlicha fikrda bo‘lgan odamlarga Qur’oni Karimda ramz va dalolatlar borki, ularni faqat tadabbur, tafakkur qiluvchi, farosat ahli bo‘lgan kishilargina idrok eta oladilar». (O’sha manba.)

Imom G’azzoliy o‘zining «Javohirul Qur’on» nomli tafsirida ham Qur’on ilmlari borasidagi suhbatlarini davom ettirib, jumladan shunday deydi: «Qur’on ilmlari ikki qismdir. Birinchisi sadaf va qobiq ilmi (Bu ilm bilan Qur’on oyatlarining tarkibiy va zohiriy qismi o‘rganilgani uchun mag‘izning ustidagi danagi yoki marvaridaing ustini qoplab turuvchi g‘ilofga tashbeh qilingan) bo‘lib, u lug‘at, nahv (grammatika), qiroatlar, arab harflarining talaffuzi va zohiriy tafsir ilmini o‘z ichiga oladi.

Ikkinchisi mag‘iz ilmi bo‘lib, u tarixiy qissalar, kalom, fiqh, usulul-fiqh, Alloh va oxiratni bilish, shariat ilmida to‘g‘ri yurish, tariqat yo‘lini tanlash ilmlarini o‘z ichiga oladi». (Imom G’azzoliy. Javohirul Qur’on. Kurdiston matbaasi. 1329 h. 21-31-betlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:44:55

Imom G’azzoliy mazkur kitobida tibbiyot, astronomiya, kimyo, fizika, biologiya, sehr, tilsim va boshqa ilmlar haqida gapirib, ularning barchasi Qur’onda mavjud ekanligini, bu ilmlarning barchasini garchi imkoniyat bo‘lmasa ham, inson o‘rganishga harakat qilishi lozim ekanini aytadi va Alloh Ta’olo bu ilmlarning barchasining yagona sohibi ekanligiga ishora qiladi. Masalan, dard va shifo har ikkisi ham Allohning fe’lidir. Alloh Ta’olo Qur’onda Ibrohim (a.s.) tillari bilan o‘zining bu fe’liga ishora qilib shunday deydi:

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

«Kasal bo‘lganimda, Uning O’zi menga shifo berur». (Shuaro, 80.)

Allohning yagona shu fe’lining sir-asrorini tib ilmidan xabardor bo‘lgan olimgina bilishi mumkin.

Qayd etilgan