Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391274 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 62 B


Musannif Adham  09 Avgust 2008, 19:33:38

Sha’biy aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida Qur’onni olti kishi jam qilgan edi: Ubay, Zayd, Muoz, Sa’d ibn Ubayd, Abu Zayd va Mujammi’ bin Joriya». (To‘liq nomlari Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Mu’oz ibn Jabal, Sa’d ibn Ubayd, Abu Zayd Qays bin As-Sakan, Mujammi’ ibn Joriya.)

Muhojirlardan Usmon (r.a.), Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.), Solim mavlo Huzayfa(r.a.), Abdulloh ibn Umar (r.a.) va Amr ibn Os(r.a.)lar qam Qur’onni jam qilganliklari haqida rivoyatlar bor. Masalan: Ibn Sirinning rivoyat qilishicha, Hazrat Ali (r.a.) shunday degan ekanlar: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida, to Qur’onni jam qilmagunimcha jum’a namozidan boshqa namozlarda rido (ustki kiyim)imni kiymayman, deb qasam ichdim. Shunday qilib uni jam qildim(yod oldim)».

Qur’onni to‘plam holida jam qilganlar orasida Miqdod ibn Amr va Abu Muso Al-Ash’ariylar ham bor edi. Al-Ash’ariy keyinchalik o‘zlarining to‘plamlarini «Lubobul-qulub» deb ataganlar (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.: «Movarounnaxr», 1995. 11-b.)

Yuqorida rivoyat qilingan hadislarning ma’nolaridan kelib chiqadiki, Qur’oni Karim Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlik paytlaridayoq sahifalarga jamlanib mushaf qilinmagan bo‘lsa ham, qorilarning dilida to‘liq yodlangan va turli ashyolarga to‘liq yozilgan edi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Avgust 2008, 20:48:16

Imom As-Suyutiy «Al-Itqon» kitobida shunday keltiradi:

«Al-Xitobiy degan zot shunday deydi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning davrlarida Qur’oni Karimni mushaf qilib jamlanmaganligining sababi, Rasululloh (s.a.v.) Qur’onni ba’zi hukmlariga, uning tilovatiga nosix (hukmni bekor qiluvchi) oyatlar yoki ziyoda oyatlar kelib qolarmikin, deb kutganlaridandir. Payg‘ambarning vafotlari bilan Qur’onning nuzuli intihosiga yetgach va nosix yoki ziyoda oyatlarning kelishlik ehtimoli tugagandan so‘ng, Alloh Ta’olo Payg‘ambardan keyingi birinchi xalifaga Qur’onni to‘plam qilishlikka ilhom berdi»(As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j. 58-bet.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:43:47

3. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng ba’zi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. Arab jazirasining sharqida Yamomalik Musaylama ismli kazzob va soxta payg‘ambar chiqib, Islomga jiddiy xavf sola boshladi. Abu Bakr Siddiq unga qarshi Xolid ibn Valid boshchiligida islom qo‘shinini yubordilar. Shiddatli jangda musulmonlardan bir ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin murattab qorilar shahid bo‘ddilar. Buning xabari Madinaga yetib kelganda, Hazrat Umar (r.a.) tashvishlanib Abu Bakr Siddiqqa murojaat qildilar: «Ey amiral mo‘miniyn, boshqa janglarda ham ko‘p qorilar shahid bo‘laversa, Qur’oni Karim yo‘q bo‘lib ketadi, deb qo‘rqaman».

Abu Bakr Siddiq darhol Zayd ibn Sobitni chaqirtirdilar.

Ibn Abu Dovud aytadi: «Hazrat Abu Bakr Qur’oni Karimni jam qilishga boshlaganlarida Umar bilan Zaydga: «Masjidning eshigi oldida o‘tiringlar, kimki Qur’ondan ikki kishi guvohligida biror narsa olib kelsa, uni yozib olinglar!» — deb buyurdilar. Hazrat Umar (r.a.)ning e’lonlaridan so‘ng, odamlar o‘z qo‘llarida bo‘lgan, turli ashyolarga yozilgan Qur’on oyatlari va suralarini olib kela boshladilar. Agar ikki guvohi bo‘lmasa, ulardan hech narsa qabul qilinmas edi».

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:46:57

Ikki guvohning qanday guvoh ekanligida ulamolar turli fikrlar bildirganlar. Imom Buxoriy: «Ya’ni o‘sha yozuv Rasululloh(s.a.v.)ning o‘zlaridan eshitib yozilganligiga ikki kishi guvohlik berishi kerak edi», — deydi.

Az-Zuhayriy aytadi: «Bundan maqsad faqat, yod olishning o‘zigagina e’tibor qilib qolmasdan, balki, yodlangan va yozilgan ikki manba’ga e’timod qilish edi».

Abu Shommaning fikricha, maqsad shunchaki yod olinganini emas, balki aynan Rasululloh (s.a.v.)ning xuzurlarida yozilgan bo‘lishligini isbotlashdan iborat edi.

As-Suyutiy esa: «Bundan maqsad shu narsa Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafot yillarida qilgan xatmlariga muvofiq ekanligini isbotlashdir», — deydi.

Shunday qilib, qorilarning dilidagi va turli ashyolarga yozilgan tarqoq holdagi suralar va oyatlarni xalifa Abu Bakr as-Siddiq (r. a.) bir mushafga(muqovali kitobga) jamladilar. Bu ishni bajarishda Hazrat Umar(r.a.)ning tashabbuslari va Zayd ibn Sobit (r.a.)ning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ammo bu majmu’ada suralar hozirgi ko‘rinishda yozilmagan edi. Har bir sura alohida sahifaga yozilib, mustaqil suralar yozilgan sahifalar yig‘indisi tashkil etilgan edi.

«Al-Muvatto» da Imom Molik rivoyat etishlaricha, Abdulloh ibn Umar(r.a.) aytadilar: «Abu Bakr Kur’onni varaqlarga jam qildi».(Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 87-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:48:52

Abu Bakr Siddiq (r.a.) Qur’onni jamlashga g‘ayrat qilgan vaqtlarida, qog‘ozdan tayyorlangan varaqlarga yozdirdilar. Kitob mukammal bo‘lgandan keyin, sahobalarga: «Bu varaqpar majmu’asiga nom topinglar!» — deb buyurdilar. Sahobalar: «Kitobni «Injil» deb nomlashni taklif etdilar. Nasroniylarning muqaddas kitoblari Injil bo‘lgani uchun, bu fikr rad etildi. Ba’zi sahobalar: «Sifr» deb atashni maslahat berdilar. Yahudiylar Tavrotni «Sifr» deb ataganlari uchun, bu fikr ham ma’qul ko‘rilmadi. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Men Habashistonda bo‘lganimda, katta bir kitobni «Mushaf» deganlarini eshitganman», — dedilar. Abdullohning so‘zlari barchaga ma’qul bo‘lib, varaqlarga jamlab yozilgan va muqovalangan Qur’onni «Mushaf» deb atadilar. (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1j. 73-74-b.)

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Abu Bakr davrlarida jamlangan va sahifalangan Qur’onning suralarini va oyatlarini tartiblashda kotiblar unchalik sarosimaga tushmaganlar va qiynalmaganlar. Chunki, Qur’oni Karimning qaysi surasi yoki oyati nozil bo‘lsa, ularning joyini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroildan o‘rganib, kotiblarga ham buyurardilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:49:22

«Ibn Vahb Imom Molikdan rivoyat qilishlaricha, Qur’oni Karim Payg‘ambarimiz(s.a.v.) ning o‘zlarining aytganlariga ko‘ra tartiblangani haqida hadis keltirilgan. Demak, suralar va oyatlarning joylashish tartibi Payg‘ambarimizning ko‘rsatmalari bilan qilingan tavqifi ilohiydir».( O’sha manba, 79-bet.)

Abu Bakr Siddiqning xalifalik davrlarida bu Mushaf xalifa huzurida turdi. Hazrat Umar(r.a.)ning davrlarida ham xalifaning qo‘lida bo‘ldi. Hazrat Umarning vafotlaridan so‘ng, ota vasiyati tufayli meros buyumlari qatorida Mushaf Umarning qizlari, Rasululloh (s.a.v.)ning zavjalari Hafsa(r.a.)ning qo‘llarida bo‘ldi. Qachonki, Hazrat Usmon xalifalik rutbasini egallab, Qur’onni qaytadan jamlab, undan nusxalar ko‘paytirishni istaganlarida, Hafsa (r.a.)dan Mushafni so‘rab oldilar, Qur’onni tartiblash va nusxa ko‘paytirishda undan foydalandilar. Keyin Uni Hafsaga qaytarib berdilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:51:16

Tayanch iboralar: Hamma dinlar, payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarga islomiy nuqtai nazardan qarash zaruriyati bor, chunki Allohning huzuridan kelgan barcha dinlar aslida bir din, Alloh dinni ham, payg‘ambarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni ham bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy-ma’naviy tarbiyasi uchun yuborgan, muqaddasligiga shak-shubha bo‘lmagan, Qur’oni Karimda ta’kidlangan va tasdiklangan kitoblar ilohiy sanaladi. Bu ulug‘ payg‘ambarning payg‘ambarlik mo‘‘jizalari va ummatlariga dasturulamal sifatida, muqaddas kitoblarning oxirgisi va mukammali Qur’oni Karimni nozil qildi, «zohidlar» va «haniflar», Rasululloh (s.a.v.) menga: «Zaydni chaqir, lavhu qalam va kurak suyagini olib kelsin!» — dedilar. Zayd kelgandan so‘ng, unga: «Yoz, «Lo yastavil qo’idun» — deb amr qildilar».

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Avgust 2008, 08:52:07

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’oni Karim qachon nozil bo‘lgan?
2. Qur’oni Karim kotiblaridan kimlarni bilasiz?
3. Qur’oni Karim necha marta jamlangan?
4. Abu Bakr jamlagan Qur’on nima deb atalgan?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar   
                      
1. Zakoi Ko‘nrapa.Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. 1-j. T: 1995 yil.
2.  Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi.T.: «Movarounnahr», 1995 y..
3. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4.  Muhammad Tohir ibn Oshur. AtTahrir vat-Tanvir.Tunis. 1j.
5. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut, 1-jild.
6. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1jild (1308 h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
7. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 2-jild (1308 h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil Qur’on. 1-jild.

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Avgust 2008, 07:30:00

4—MAVZU. QUR’ONI KARIMNING YETTI HARFDA
NOZIL QILINISHI

Dars rejasi:
1.  «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan tavillari.
2.  Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari.
3.   Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Avgust 2008, 07:40:38

1. Imom Buxoriy «Jomi’us-sahih»larining «Tafsir kitobi» bobida Ibn Abbos (r.a.)dan shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil(a.s) menga Qur’onni bir qiroat bilan o‘rgatdilar. Men Ul zotga murojaat qilib, qiroat yo‘lini ko‘paytirishni so‘radim. To qiroat yetti xilga yetmaguncha, men so‘rashdan, Ul zot esa ziyoda qilishdan to‘xtamadilar». (Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi. T.: «Movarounnahr», 1995. 17-6.)

Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.) rivoyat qildilar: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Qur’on yetti harf(Hadisning arabcha matnidagi «etti harrf» so‘zi yetti qiroat, yetti lug‘at va yetti xil ma’no, deb tarjima qilinadi.)da nozil bo‘lgan. Har bir harfning ichki va tashqi holati mavjud. Har bir harfning haddi-chegarasi bor. Har bir had ochiq-oydin ma’lumdir». (Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j. 35-bet.)

Qayd etilgan