Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391529 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 62 B


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:31:40

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Toshkent Islom Universiteti

Rahmatulloh qori Obidov

QUR’ON VA TAFSIR ILMLARI
fanidan o‘qiladigan ma’ruzalar matni

«Toshkent Islom Universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi
2003

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:32:35

Ushbu darslikda Qur’on va tafsir ilmlari haqida so‘z yuritiladi. Unda har xil davrlarda — payg‘ambarimiz (s.a.v.), sahobiylar, tobi’iylar va keyingi davrlardagi Qur’oni Karim tafsiri va mufassirlar haqida, shuningdek turli davrlarda yashagan mufassirlarning tafsir qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Darslik islomiy o‘quv yurtlari talabalari va Qur’on va tafsir ilmlari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

MUNDARIJA

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:35:37

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

1-MAVZU. PAYG’AMBARLAR VA ILOHIY DIN HAQIDA

Dars rejasi
1.   Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir.
2.   Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati.
3.  Hamma payg‘ambarlar keltirgan din islomdir.
4.   Islomdan boshqa dinlar haqida:
a)  Islomiylikdan chiqarilgan dinlar;
b)  Insoniy (bashariy) dinlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:38:43

1. Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa ko‘pchilikka sir emas. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

«Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz)uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir". (Hujurot, 13)

Qur’oni Karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha,

وَعَلَّمَ آدَمَ الأسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلائِكَةِ فَقَالَ أَنْبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَؤُلاءِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ

«Alloh Ta’olo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31) oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berib, so‘nggi holatiga keltirilgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:41:33

Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, Inson zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqega ega bo‘ldi.

Ba’zi islom olimlari shunday fikr beradilar: "œQur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etgan. Qur’oni Karim bir necha oyatlar bilan insonning tuproqdan yaratilganligi xabarini beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga  xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta qismi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqab ketganlar. Shu sababdan, Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:42:26

Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni — vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi.

Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaga oid, «insoniyatning dastlabki davri vahshiylik davri bo‘lgan», degan fikrni rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga, ularga ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqpashib, birinchi darsni unutish darajasida» vahshiylashganlar. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni — vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:44:46

2. Alloh Ta’olo o‘z qudrati bilan jannatda yaratib keyin yerga tushirgan Odam ota va Momo Havvodan ko‘plab o‘g‘il-qizlarni paydo qildi. Ular ham o‘z navbatida oila qurib, farzandlar ko‘rishdi, shu tariqa yer yuzida insonlar ko‘payib bordi. Yerning turli joylarida o‘zlariga makon qurishib, sharoit taqozosi bilan turli qavmlarga, qabilalarga va millatlarga bo‘linib ketdilar. Ranglar, tillar hamda urfu-odatlar o‘zgardi. Bularning hammasi Allohning hikmati sababidan bo‘ldi. Alloh Ta’olo o‘z hikmatini kalomi sharifda shunday bayon qilgan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالا كَثِيرًا وَنِسَاءً وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالأرْحَامَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا

«Ey odamlar, rabbingizdan qo‘rqinglar, u shunday zotdirki, sizlarni bir kishidan yaratib ko‘paytirdi. Undan (avval) xotinini yaratdi va ikkovidan ko‘plab erkaklarni va xotinlarni yaratdi». (Niso. 1-oyat. Ushbu kitobda kelgan barcha oyati karimalarning tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansurning «Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi» kitobidan foydalaniladi.) 

Boshqa bir oyati karimada shunday deydi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

«Ey odamlar, albatta biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Birbirlaringiz bilan tanishib, aloqa o‘rnatish oson bo‘lsin uchun sizlarni qabilalarga va millatlarga bo‘ldik. Allohning nazdida ulug‘roqlaringiz taqvodorroqlaringizdir». (Hujurot, 13.)                                                       

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:46:42

Insonning rangi, tili va millati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uning Alloh oldidagi mas’uliyati, vazifasi bir, ya’ni Allohni tanish, uning buyrug‘iga bo‘yinsunish, nahiy qilgan narsalardan saqlanishdir. Ularning o‘z mas’uliyatlarini his qilib yurmoqlari, Alloh oldidagi javobgarliqdan qo‘rqib turmoqlari, imon-e’tiqodda mustahkam bo‘lmoqlari, shayton vasvasasiga aldanmasliklari uchun hamisha ogohlantirib turuvchi payg‘ambarlarni — elchilarni Alloh Ta’olo yuborib turdikim, bu payg‘ambarlar qaysi qavmga yuborilgan bo‘lsalar, o‘zlari o‘sha qavm ichidan tanlab olindilar.

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ فَيُضِلُّ اللَّهُ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

«Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) o‘z tillarida bayon qilib berishlari uchun shu qavmning ichidan tanlab yuborganmiz». (Ibrohim, 4.)

Buning hikmati shundan iboratki, birinchidan, har bir qavmning ichki ahvolotidan shu qavm orasida birga yashagan odamgina mukammal xabardor bo‘ladi. Ikkinchidan, Allohning topshirig‘ini o‘z qavmiga yetkazishda ta’sirliroq usulni yaxshi biladi. Uchinchidan, qavm begona odamga qaraganda o‘zlari tanigan, hurmat qilib yuradigan odamga tezroq va yaxshiroq ergashadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Avgust 2008, 12:48:15

Alloh insonni ikki borliq — ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi Haqni taniyolmay qoladi. Fazilat yo‘llari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni gushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdanbir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy — yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir.

Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfi, insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning muborak hadislarida Alloh Ta’olo Odam otadan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi. Jumladan, Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: «Sahobai kiromlardan ba’zilari (Abu Zarr Al-G’iforiy) payg‘ambarimizdan so‘radilar: «Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.): «Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan», — dedilar. «Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?» Rasululloh(s.a.v.): «Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir», — deb javob berdilar.

Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men rasulullohtsan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir». (Ibn Kasir, I tom, 46-56-betlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:27:15

Alloh subhonahu va Ta’olo har bir payg‘ambarni alohida o‘ziga xos mo‘‘jizalar bilan quvvatladiki, bu mo‘‘jiza o‘z sohibini haqiqatdan ham Allohning vakili — elchisi ekanligini isbotlaydi. Ana shunday mo‘‘jizakor payg‘ambarlarning 25 tasini Alloh Qur’oni Karimda nomlarini keltirib, ba’zilarining hayot va faoliyatlari haqida, ummatlari bilan bo‘lib o‘tgan munosabatlari haqida, ba’zi ummatlarga Alloh Ta’olo tomonidan qilingan karamu marhamatlar va ba’zilariga qilingan uqubatlar haqida bayon qilgan.

Mo‘jizalar ko‘rinishdan tabiat qonunlariga ziddir. Har qanday kishining ham bu narsaga aqli yetavermaydi. Lekin mo‘‘jizalar bor va haqiqatdir. Bu mo‘‘jizalarni tushunib yetish, qabul qilish uchun inson, avvalo, Allohning buyuk qudratiga, ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ba’zi haqiqatlarga ishonmog‘i kerak bo‘ladi. Qur’oni Karim aql bovar qilmaydigan hollarning ham bo‘lishi mumkinligi xabarini berib, mo‘‘jizalarning yolg‘iz Alloh tomonidan sodir bo‘lishini, payg‘ambarlar ham xohlagan paytda mo‘‘jiza ko‘rsata olmasliklarini bildiradi.

Mo‘jizalarga ishontirmoq uchun ko‘rsatilgan dalillar nihoyat darajada haqiqiy bo‘lishi kerak. Karamu marhamatlar, uqubatlar Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari bilan bog‘liq bo‘lgan dalillar boshqa hodisalarning tarixiy dalillaridan ham ishonarli va quvvatlidir.

Ilohiy payg‘ambarlarning birinchisi, Allohning huzuridan avlodlari — ummatlariga Islom dinini birinchi olib kelgan zot — Hazrati Odam (a.s), payg‘ambarlarning eng oxirgisi, ummatlariga hech qachon buzilmas, o‘zgarmas Islom dinini keltirgan zot — Hazrati Muhammad(s.a.v.) dirlar.

Insonlar orasidan payg‘ambarlik darajasiga tanlab olingan kishilarning soni juda ko‘p. Payg‘ambarlik vazifasi nuqtai nazaridan hamma payg‘ambarlar tengdirlar, oralarida farq yo‘q. Fazilat jihatidan esa ular bir-birlaridan ajralib turadilar. Bu jihatdan Muhammad, Ibrohim, Muso, Iso, Nuh alayhissalomlar boshqalarga qaraganda ustundirlar. Bularning ham ichlarida eng afzali Payg‘ambarimiz Sarvari olam Muhammad Mustafo (s.a.v.)dirlar.

Qayd etilgan