Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391557 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 62 B


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:33:11

3. Bu payg‘ambarlarning hammalari Alloh huzuridan bandalarga keltirgan dinlari — dini Islomdir. Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi.

Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. O’tgan asrlarda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta saqlanib qoladi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda:

إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الإسْلامُ

«Albatta Alloh buyurgan din — Islom dinidir», (Oli Imron, 19)— deb, Islom dini elchilarining hammasini:

وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

«Biz ularning hammasini odamlar orasidan tanlab oldik va ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik», (An’om, 87) — deb aytgan.

Hamma payg‘ambarlarning Alloh elchilari ekanligiga imon keltirish har bir musulmon kishiga farz. Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: «Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Men rasulullohdan so‘radim: «Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?» Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir». (Ibn Kasir, I tom, 46-56-betlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:50:42

Fir’avnning sehrgarlari, hatto Fir’avnning o‘zi ham halokat oldida musulmonlikni e’tirof etgan:

رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ

«Rabbimiz, bizlarning ustimizga sabrni yog‘dirgin, bizlarni musulmon holda vafot etdirgin». ( A’rof, 126.)

حَتَّى إِذَا أَدْرَكَهُ الْغَرَقُ قَالَ آمَنْتُ أَنَّهُ لا إِلَهَ إِلا الَّذِي آمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ

«Fir’avn suvga g‘arq bo‘layotganda dedi: «Men imon keltirdim shungaki, albatta Banu Isroil imon keltirgan zot yakka  yagonadir va men ham musulmonlardanman». (Yunus, 90.)

Sulaymon (a.s.) haqlarida:

إِنَّهُ مِنْ سُلَيْمَانَ وَإِنَّهُ بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ (٣٠)أَلا تَعْلُوا عَلَيَّ وَأْتُونِي مُسْلِمِينَ

«Albatta bu (maktub) Sulaymondan, unda mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan (buyuraman)ki menga kattalik qilmasin va musulmon holda huzurimga kelsin». (Naml, 29-30-oyatlar.)

Iso (a.s.) haqlarida:

فَلَمَّا أَحَسَّ عِيسَى مِنْهُمُ الْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنْصَارِي إِلَى اللَّهِ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنْصَارُ اللَّهِ آمَنَّا بِاللَّهِ وَاشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ (٥٢)رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ

«Iso (a.s.) yahudiylarning qattiq kufrda ekanligini sezganlaridan so‘ng: «Alloh uchun menga kim yordamchi bo‘ladi?» — dedilar. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga imon keltirdik, guvoh bo‘lginki, biz musulmonlardanmiz»,— dedilar». (Oli Imron, 52-53-oyatlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:55:04

Muhammad (s.a.v.) haqlarida:

قُلْ إِنِّي أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللَّهَ مُخْلِصًا لَهُ الدِّينَ (١١) وَأُمِرْتُ لأنْ أَكُونَ أَوَّلَ الْمُسْلِمِينَ

«Ayting, ey Muhammad (s.a.v.): «Men Allohning diniga ixlos bilan ibodat qilishga buyurildim. Va birinchi musulmonlardan bo‘lishga buyurildim». (Zumar, 11-12-oyatlar.)

Payg‘ambarlarning ba’zilariga bu dunyoda boshqalariga berilmagan fazllar berilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zilariga boshqalariga berilmagan mo‘jizalar berilgan bo‘lishi mumkin. Birlari podshoh bo‘lsa, yana birlari faqir bo‘lishi mumkin. Lekin Allohning nazdida hammalari tengdirlar. Hammalarining vazifalari bir, ya’ni Allohga itoat etgan halda ummatni hidoyatga solishdir. Keyingilari avvalgilarini tasdiqlab, quvvatlab kelganlar. Avvalgilari esa o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambarning bashoratini berib ketganlar. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak so‘zlari bor:

«Payg‘ambarlarning hammalari ota bir, ona boshqa birodarlardir. Barchalarining keltirgan dinlari bir dindir». (Muxtasari Ibn Kasir, «Niso», 45-96-oyatlar.)

Ba’zi hukmlar zamon, makon va sharoitlar taqozosi bilan bir-biridan farq qilsa ham, e’tiqod masalasi bir xildir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:57:54

4. Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchradi:

a) natijada, aslida islom bo‘lgan, lekin insonlar aralashuvi bilan paydo qilingan buzuq e’tiqodlar paydo bo‘ldiki, ular islom ahli o‘rtasida «kitobiy dinlar» deb nom oldi. Bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.

b) professor Mahmud As’ad Jo‘shon «Islom, sevgi va tasavvuf» kitobida dinlarning ikki xil bo‘lishini tushuntiradi. Birinchisi — ilohiy dinlar. Bular ulug‘ Alloh tomonidan endirilgan bo‘lib, mohiyatan islomdir. Alloh o‘z amrlarini ilohiy sahifalar yoki kitoblar vositasida bandalariga yetkazgan. Ikkinchisi — insoniy (bashariy) dinlar. Bular — insonlarning o‘zlari o‘ylab topgan aqidalar bo‘lib, ularda ilohiylik, islomiylik xususiyati yo‘q.

Bunday insoniy dinlarda Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egallagan.

Butparastlikning asosi — tabiat kuchlarini ilohiylashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi.

Ular Allohdan boshqa «ilohlar»ga sig‘inuvchilardan tashkil topgan, ya’ni ularga biror payg‘ambar islomni olib kelishidan avval o‘zlaricha shunday e’tiqodni joriy qilganlar yoki payg‘ambar kelib ketgandan keyin uning dinini buzib, o‘z xohishlariga moslab olganlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 06:59:14

ASHOB UR-RUHONIYA

Bu toifaga kiruvchilar farishtalarga sig‘inadilar. Ular asosan hindlardir. Bu toifaning da’vosicha, Allohning huzuridan farishtalar inson qiyofasida ularga hukmlar keltiradilar, ularga shariatlar va hududlarni o‘rgatadilar. Shuning uchun ular farishtalarga sajda qiladilar.

Ularning bir guruhi gumon qilishlaricha, ularning payg‘ambari ruhoniy farishta bo‘lib, ismi Shit deyiladi, har kelganda boshiga uchburchakli munavvar qizil qalpoq kiyib keladi, unga sajda qilishadi.

Yana bir guruhning payg‘ambari osmondan odam suratida keladigan farishta bo‘lib, har kelganda olovni ulug‘lashga, unga sajda qilishga da’vat etadi, deyishadi va farishtaga hamda olovga sajda qilishadi.

Yana bir guruh yohudiya deb nomlanadi. Ularning da’vosicha, osmondan bir Yohud nomli farishta otga mingan, o‘liklarning‘ suyaklaridan boshiga toj kiygan va bo‘yniga marjon taqqan holda keladi, hammani Allohga, o‘ziga ibodat qilishga, o‘ziga sajda qilishga va o‘zining timsolida bir sanam yasab, o‘sha sanamga sig‘inishga buyuradi. Farishta, o‘zi ketgandan keyin, odamlar ham o‘liklarning suyaklaridan toj taqishadi, tarki dunyo qilishadi.

Kelgan farishtaning nomi bor, qalin sochli, bir qo‘lida og‘zini ochib turgan zaharli ilon, yana bir qo‘lida hassa, uchinchi qo‘lida bosh suyagi, to‘rtinchi ko‘lini tepaga ko‘targan, ikki qulog‘iga don osilgan, badanini ikki ajdar o‘ragan, boshida o‘liklarning suyaklaridan yasalgan toj, bo‘ynida esa suyaklardan marjon osilgan.
Bu guruhning da’vosicha, ularning farishtalari barcha yomon va yaxshi xislatlar, masalan: saxovat va ziqnalik, yaxshilik va yomonlikning sohibi bo‘lgani uchun sig‘inishga loyiq zotdir. Shuning uchun ham ular farishta timsoli yonida ibodat qilishib, hojatlarini tilar ekanlar, qattiq qo‘rquvda bo‘ladilar. Bu farishtaga atab Hindistonda katta uy qurilgan, uning yoniga har kun uch yuz odam kelib, unga sig‘inadilar va undan hojatlarini so‘raydilar, hatto erkaklar: «Mening xotinim falonchi, mendan falon narsani olib berishimni so‘rayapti, shu narsani menga ato qilgin», — deb, arzimas narsalarni xam farishtadan so‘rayveradilar.

Ba’zilar kelib u farishtaning yonida bir necha kun va tun istiqomat qiladilar, shu muddatda ovqat yemaydilar, ichimlik ichmaydilar, unga yolvorib, hojatlarini so‘raydilar, tasodifan hojatlariga erishsalar, farishtadan yuz o‘girib, uni la’natlab ketadilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 07:02:00

SOBIIYLAR

Sobiiylar quyoshga sig‘inuvchi oftobparastlardir. Ular har kuni besh marta quyoshga sig‘inadilar.

Sobiiylarning da’vo qilishlaricha, Quyosh Allohning farishtalaridan biri bo‘lib, uning ham nafsi, aqli, qulog‘i, ko‘zi, idroki va ma’rifati bor. Oyning nuri ham, butun olamning ziyosi ham, barcha mavjudotning hayoti ham Quyoshdandir. U falakning podshosi, shuning uchun ham ta’zimga, sig‘inishga va undan najot so‘rashga loyikdir.

Sobiiylar Quyosh timsolida bir sanam yasaganlar uning ikki qo‘li bo‘lib, bir qo‘lida olov rangli gavxar bo‘lgan.

Sanam uchun katta uy yasashib, unga xizmat qiladigan maxsus odam tayinlashgan va bu xodimni Quyosh farishtasining elchisi, deb ataydilar. Har kun bu uyga uch marta kelib, sanamga sajda qilib, go‘yoki Quyoshga atab namoz o‘qiydilar. Bu yerga turli mubtalo kasallar kelishib namoz o‘qiydilar, ro‘za tutadilar va sanam guvoxligida Quyoshdan najot, shifo so‘raydilar.

Quyoshga sig‘inuvchi toifalarning kelib chiqishi juda qadimiy bo‘lib, ular faqat Hindistonda emas, balki Yamanning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi arab qabilalari orasida ham mavjud. Bu qabila Qur’oni Karimda qissasi keltirilgan Bilqisning mamlakati Saboda yashaydi. Ular haqida Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda xabar bergan:

فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِ وَجِئْتُكَ مِنْ سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ (٢٢)إِنِّي وَجَدْتُ امْرَأَةً تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌ (٢٣)وَجَدْتُهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ فَهُمْ لا يَهْتَدُونَ

«Hudhud kelib Sulaymon (a.s.)ga dedi: «Men sen ogoh bo‘lmagan narsalardan ogoh bo‘ldim va senga Saba’ shaxridan ishonchli xabar keltirdim. Men bir ayolni ko‘rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo‘lib, ulkan taxti ham bordir. Men uning va qavmining Allohni qo‘yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko‘rdim». (Naml, 22-24-oyatlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 07:04:08

OYGA SIG’INUVCHILAR

Bu toifaning so‘zlariga qaraganda, Oy Alloh Ta’oloning farishtalaridan eng ulug‘i bo‘lib, ta’zimga va unga sig‘inishga loyiqdir. Chunki, Alloh Ta’olo butun olam tadbirini, olamdagi barcha juz’iyotning o‘zgarishi, kamayishi, ko‘payishi sabablarini unga topshirib qo‘ygan. Zamon, kecha-kunduz va soatlar uning harakatidan bilinadi. U Quyoshning yo‘ldoshi bo‘lib, nurining ko‘payishi yoki kamayishi unga bog‘liq.

Bu toifaning ibodat yo‘li shundayki, ular to‘rt oyoqli buzoq shaklida sanam yasaganlar, uning qo‘li ham bo‘lib, bu qo‘li bilan munavvar, shaffof bir gavharni tutib turadi.

Oyparastlar Oyning noibi sifatida buzoq qiyofasidagi sanamga ibodat qiladilar, unga atab har oyning birinchi yarmida ro‘za tutadilar va Oy chiqmaguncha og‘izlarini ochmaydilar. Oy chiqqandan keyin yemak-ichmaklarini Oyning noibi bo‘lgan buzoq — sanamning oldiga olib keladilar. Keyin Oyga astoydil tikilib, hojatlarini so‘raydilar. So‘ng tepalikka chiqadilar va olov yoqib, yana qattiq duoga beriladilar, keyin pastga tushib sanam yonida tong otguncha taom yeydilar, ichimlik ichadilar, xursandchilik qilib, raqsga tushadilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:44:39

ZUHALPARASTLAR

Bu toifadagilar Zuhal yulduziga sig‘inuvchilardir. Bular toifasiga barahmanlardan ba’zilari, astronomlar va munajjimlarning ko‘pchiligi kiradi. Ular Zuhal yulduzini «As-Sa’dul akbar»(katta baxt) deb nomlaydilar. Ularning fikricha, mazkur yulduz tadbir qilish fazilatiga ega bo‘lib, inson tilagini beruvchi, rad etuvchi, ko‘taruvchi, tushiruvchi, zarar yetkazuvchi, manfaat yetkazuvchi hisoblanadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:45:46

ZUHRAPARASTLAR

Bu toifa asosan Yamanning San’o shahrida podshoh Zahhok tomonidan qurilgan «Zuhra» nomli qasrda mavjud bo‘lgan. Ular Zuhra yulduzini iloh darajasiga ko‘tarib, tadbir qilish, dunyoni boshqarish, yaxshilik va yomonlik qilish xususiyati bor deb e’tiqod qilganlar.

Bu qasr Hazrat Usmon xalifalik davrlarida buzib tashlangan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 08:52:02

SHA’ROPARASTLAR
Sha’ro yulduzi mashhur yulduzlardan biri bo‘lib, har yili Javzo oyining o‘rtalarida, havo qattiq isib ketgan paytda chiqadi va uzoq turmay g‘oyib bo‘ladi. Munajjimlar bu yulduzning chiqishi har yili bir muhim hodisaga sabab bo‘ladi, deb uni ulug‘laydilar, unga ibodat qiladilar.

Johiliyat davrida bu yulduzga muntazam sig‘inuvchilar Hijozda istiqomat qiluvchi Xuzo’a qabilasining a’zolari edilar.

Qayd etilgan