Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391921 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 62 B


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 17:06:01

1. As-Sabaiya (Bu firqa Abdulloh ibn Saba’ning tarafdorlari bo‘lib, u Hazrat Aliga: «Siz haqiqiy ilohsiz!»—degan. Hazrat Ali undan  g‘azablanib, uni va tarafdorlarini surgun qilib, turli shaharlarga ko‘chirib yuborganlar. Ularning e’tiqodicha, Ali o‘lmagan. Ibn Muljam Alini emas, balki uning suratiga kirib olgan shaytonni o‘ldirgan. Ali bulut ustiga chiqib ketgan, momaqaldiroq uning ovozi, chaqmoq esa uning qilichidir. U yaqinda yerga tushadi va butun jahon uning adolati bilan to‘ladi. Shuning uchun havo bulut bo‘lib, momaqaldiroq gumburlaganda, ular bulutga qarab: «Sizga ham salomatlik bo‘lsin, ey mo‘minlarning amiri!»— deb baqirishadi. Agar yomg‘ir yog‘sa bolalar yalangoyoq yomg‘ir suvida yuradilar va baland ovoz bilan «Ey Alining barakasi, yana ko‘paygin!» — deb duo qiladilar. (Al-farqu  baynal-firaq, 225-b.) firqasi Hazrat Alini iloh deb e’tiqod qilishadi. Ulardan bir nechtasini olovda kuydirilganda, bu toifaning boshqa a’zolari: «Sizning ilohligingizga avval ishonmagan bo‘lsak ham, endi ishondik. Chunki, olov bilan faqat Alloh kuydirib jazolaydi» — deyishgan. (Al-farqu  baynal-firaq, 225-b.)

2.  Al-Bayoniya firqasi ham o‘z ma’budlarini inson suratidagi nur deb da’vo qiladilar.

3. Al-Mansuriya firqasining rahbari Abu Mansur Al-Ijliy o‘zini parvardigorga o‘xshatadi. Uning da’vosicha, Abu Mansur osmonga ko‘tarilgan, Allohning yoniga borgan. Alloh qo‘llari bilan uning boshini silagan va: «Ey o‘g‘lim, bor mendan qavmingga xabar yetkaz!»— degan.

4. Al-Xattobiya firqasi alaviy imomlarni va Abul Xattob Al-Asadiyni iloh deb e’tiqod qiladi. Bu firqaning ba’zi a’zolari esa, Abdulloh ibn Muoviya ibn Abdulloh ibn Ja’farni iloh deb sanaydilar.

5.  Al-Hululiya firqasining gumonicha, Alloh Ta’olo imomlarga hulul qilib, o‘zini ularda zohir qilgan. Shuning uchun imomlarga sig‘inish mumkin, deydilar.

6.  Al-Muqanna’iya firqasi Movarounnahrda o‘z rahbarlari Muqannaning iloxligini da’vo qiladilar.( Muqannaning xudolik da’vosini qilgani haqida majusiylar bobida bayon etilgan)

7.  Al-Azofira firqasi Bag‘dodda o‘ldirilgan rahbarlari Ibn Abil Azofirni ilohlik darajasiga ko‘targanlar.

8. Islom millatining ba’zi toifalari (qadariylarning Al-Xobitiya va mo‘‘taziliylarning An-Nazzomiya firqalari) hamda ba’zi din ahllari Hazrat Isoni ikkinchi iloh deydilar.( O’sha manba, 227-228-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  04 Avgust 2008, 06:05:45

Hech kimga sir emaski, sobiq Sovet ittifoqi davrida agarchi Stalinning o‘zi ochiq-oydin xudolik da’vosini qilmagan bo‘lsa ham, lekin aksar xalq uni Xudo maqomiga ko‘tardilar va hamma narsasini: molu mulkini ham, izzat-nafsini ham, imonini, hatto  .jonini ham unga bag‘ishladi. Ayniqsa, jang maydonida o‘lim bilan yuz-mayuz bo‘lganda, imon kalimasini o‘girish o‘rniga «Stalin uchun!» deb baqirishib, o‘zini o‘qqa tutib berdi. Albatta bunday o‘lim qahramonlik emas, bu narsa jasorat emas, balki jaholat bo‘lib, insonparastlikning, shirkning ayni o‘zidir. Shirkning yana bir ko‘rinishi yahudiylarning «Uzayr Xudoning o‘g‘li» — deyishlari, nasroniylarning «Iso Xudoning o‘g‘li» — deb e’tiqod qilishlaridir.

Tasavvufda johil muridlarning ba’zi tariqat peshvolarini hamma narsadan ustun bilib, uning huzurida haddan ortiq tavoze’, balki ta’zim va sajda qilishlari, tilaklariga Alloh emas, pirlarining yetkazishiga umid bog‘lashlari, ziyoratgoh joylarni faqat ziyoratgoh emas, mushkulkushod joylar, tilakka yetiladigan, maqsad hosil bo‘ladigan joylar deb, o‘sha ziyoratgohlardan tilak tilashlari, boshiga musibat tushgan odamlarning Allohdan najot tilamasdan, balki mushkulkushod Bibi Seshanba onadan najot tilab, sham yoqishlari, qolaversa folbindan bashorat kutishlari, shularning hammasi buzuq e’tiqod va shirk amalidir. Holbuki, bizlarni yo‘qtsan bor qilib qo‘ygan, hayotimiz uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitlarni mukammal yaratib qo‘ygan parvardigorimiz, bizlarning har qanday tilakmaqsadlarimiz va orzuniyatlarimizni yetkazishga qodir. Shuni tushungan holda, faqat uning o‘zigagina ibodat qilishimiz va faqat uning o‘zidangina yordam so‘rashimiz lozimdir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  04 Avgust 2008, 06:07:09

Tayanch iboralar: Ilohiy din, buyuk mo‘‘jizasi, Yerdagi xalifa, payg‘ambarlar yuborilishi, ilohiy hikmat, (bashariy) din, Qur’oni Karim, Odam qissasi, ibodat sajdasi, «sizlarni bir kishidan yaratib ko‘paytirdi», insonning moddiy borlig‘i va ma’naviy borlig‘i, ilohiy vahiy — yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir, karamu marhamatlar, uqubatlar, Payg‘ambarimizning mo‘‘jizalari, Din — har bir payg‘ambarning vahiy orqali Alloxdan olgan hukmlar yig‘indisi, Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir, «Payg‘ambarlarning hammalari ota bir, ona boshqa birodarlardir», Ashobur-ruhoniya, Oyga sig‘inuvchilar, Sobiiylar — quyoshga sig‘inuvchi, oftobparastlardir, «As-Sa’dul akbar»(katta baxt) yulduzi, suvga sig‘inuvchilar — Hulyoniya nomi bilan mashhur, Ular orasidan Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasr nomli besh kishi o‘zlarining solihliklari, taqvolari va imonlarining mustahkamligi bilan el orasida mashhur bo‘lganlar, Amr ibn Yahyo Hubalni olib Makkaga keltirdi, Takabburlikning beshinchi darajasi esa Iblisning kibru havosidan ham yuqori bo‘lib, Allohni mensimaydi, o‘zini yaratuvchi, ma’bud, yakka xudo deb hisoblaydi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  04 Avgust 2008, 06:08:40

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Insoniyatning taraqqiyot bosqichini siz qanday izohlaysiz?
2. Payg‘ambarlar yuborilishining hikmati nima?
3. «Hamma payg‘ambarlar keltirgan din islomdir»—degan fikrga siz qanday munosabatdasiz?
4. Mo‘‘jiza nima va siz unga ishonasizmi?
5. Bashariy din bilan ilohiy dinning farqi nima?



Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T., 2001.
2. Obidov R. Q. Ilohiy kitoblar. TDShI., 2000.
3. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira.
4. Afif Abdul Fatgoh. Ma’al-anbiyo fil-Qur’on. Lubnon. 226-6.
5. A. Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 1997.
6. F. Sulaymonova. Sharq va G’arb. Toshkent:O’zbekiston. 1997 y.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 15:57:55

2- MAVZU. ILOHIY KITOBLAR

Dars rejasi:

1.  Ilohiy kitobning xususiyatlari.
2.  Tavrot haqida.
3.  Zabur haqida.
4.  Injil haqida.


Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:00:00

1. Olamlar parvardigori, ulug‘ Alloh tomonidan payg‘ambarlar vositasi bilan bandalarga nozil qilingan, muqaddasligiga shak-shubha bo‘lmagan, Qur’oni Karimda ta’kidlangan va tasdiqlangan kitoblar ilohiy sanaladi.

Hamma dinlar, payg‘ambarlar va ilohiy kitoblarga islomiy nuqtai nazardan qarash zaruriyati bor, chunki Allohning huzuridan kelgan barcha dinlar aslida bir din, ya’ni islom dini hisoblanadi. Allohning oyatida:
إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الإسْلامُ

«Haqiqatda Allohning huzuridagi din — dini islomdir» — deyilgan. ( Oli Imron, 19.)

Islomiy nuqtai nazar bilan qarashning zaruriyati yana shunda namoyon bo‘ladiki, dunyodagi turli din, falsafa va mafkura sohiblari Allohning pok payg‘ambarlariga turlicha nazar bilan qarab, ularni nojoiz sifatlar bilan qoralaganlar. Islomda esa hech bir payg‘ambarni ajratmay, barchasini teng ko‘rish uqtiriladi. Allohning so‘zi:
لا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ

«Payg‘ambarlardan birortasini ajratmaymiz». (Baqara, 285 )

Alloh dinni ham, payg‘ambarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni ham bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy-ma’naviy tarbiyasi uchun yuborgan. Qaysi zamonda, qaysi makonda va qaysi millatga yuborilgan bo‘lishidan qat’i nazar, Allohning maqsad-irodasi yagona, ya’ni O’zining mukarram xalifasi — Odam zurriyotini poklash va hidoyatga chorlashdir:

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنْزَلَ التَّوْرَاةَ وَالإنْجِيلَ (٣)مِنْ قَبْلُ هُدًى لِلنَّاسِ وَأَنْزَلَ الْفُرْقَانَ

«Alloh sizga shubhasiz o‘zidan oldingi kitoblarni tasdiq etuvchi «Kitobni»(Qur’onni) yubordi. Undan avval odamlarni hidoyat yo‘liga boshlovchi Tavrotni va Injilni ham yuborgan edi. Va yana Furqonni yubordi». (Oli Imron, 3-4.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:01:08

Shu jihatdan qaraganda, ilohiy kitoblarning barchasida ham bir nechta umumiy xususiyatlar mavjud bo‘lishi taqozo qilinadi:

1.  Tavhid — Allohning yakkayu-yagonaligi, undan boshqa ilohning yo‘qligidir. Qaysi bir kitobda tavhidga xilof gap yozilgan, ko‘pxudolilik ma’qullangan, shirk aralashgan bo‘lsa, u ilohiy mohiyatdan mahrumdir. Unga asoslangan din ham botildir.

2.  Alloh Ta’olo o‘zi nozil qilgan barcha kitoblarni «Furqon» deb ataydi. «Furqon» — «farq» so‘zidan olingan bo‘lib, haq bilan nohaqni ajratib beruvchi ilohiy kitob ma’nosidadir. Qaysi bir kitobda furqonlik xususiyati bo‘lmasa, uning ilohiy mohiyatiga putur yetgan, inson qo‘li bilan o‘zgartirilgan bo‘ladi.

3.  Qaysi bir kitobda Allohning payg‘ambarlari badnom etilgan, qora chaplab, tuhmat bilan axloqiy noqis qilib ta’riflangan bo‘lsa, bu uning ilohiy kitob emasligidan dalolat beradi.

4.  Qaysiki kitobda tarixiy voqealar buzib ko‘rsatilgan, bir payg‘ambar voqeasi boshqa payg‘ambarga nisbat berilgan bo‘lsa, u ham ilohiy kitob emas.

5.  Qaysi kitobda g‘oyaviy bog‘liqlik va izchillik bo‘lmas ekan, bir jumla bilan ikkinchi jumla o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud ekan, uning ham ilohiylik mohiyati qolmaydi.

6.  Alloh tarafidan nozil qilingan kitoblarning ikkinchi bir ko‘rinishi yoki muqobillari bo‘lmaydi. Aks holda u ilohiy kitob emas.

7.  Ilohiy kitob faqat payg‘ambarlargagina ilohiy vahiy bilan nozil qilingan bo‘ladi, uni biror kimsa «Xudodan ilhomlanib» yozolmaydi.

8.  Ilohiy kitoblarning barchasida ham bandalar ibodatga va boshqa amali solihlarga buyurilgan, inson degan sharafli nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul ishlardan qaytarilgan bo‘lishi kerak. Aks xrlda kitobning ilohiyligi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Ana shunday nuqsonlardan xoli bo‘lgan kitobnigina ilohiy sanalib, insoniyat hayotiga tatbiq etilishi mumkin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:02:16

Allohning kitobida shunday deyiladi:

وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ

«Muttaqiy kishilar (ey, Muhammad s.a.v.) sizga yuborilgan Qur’onga va sizdan avvalgi payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblarga ham imon keltiradilar».( Baqara, 4.)

Bunday ilohiy kitoblardan to‘rttasi Qur’oni Karim oyatlarida zikr etilgan bo‘lib, bulardan: Tavrot Muso (a.s.)ga, Zabur Dovud (a.s.)ga, Injil Iso (a.s.)ga, Qur’oni Karim Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilinganligi bizga ma’lum. Bulardan tashqari Qur’on tafsirlarida Alloh Ta’olo ba’zi payg‘ambarlarga ayrim sahifalarni ham tushirganligi xabar qilinadi. Jumladan, Odam (a.s.)ga 10 sahifa, Shish (a.s.)ga 50 sahifa, Idris (a.s.)ga 30 sahifa, Ibrohim (a.s.)ga 10 sahifa — hammasi bo‘lib 100 sahifadan iborat Allohning hukmlari nozil etilgan. Mazkur muqaddas to‘rt kitob va sahifalarning barchasi Allohning payg‘ambarlariga ummatlarini hidoyatga chaqirish uchun yuborilganiga imon keltirish farzdir. Tilga olingan 4 kitobning har biriga qisqacha izohlar berib o‘tish o‘rinlidir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:04:35

2. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimda Tavrotning muqaddas kitob ekanligini shunday bayon qilgan:

إِنَّا أَنْزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ

«Albatta, biz o‘zida hidoyat va nurni mujassam qilgan Tavrotni nozil qildik».( Moida, 44)

Uni Muso payg‘ambar (a.s.) va ummatlariga yuborilgani quyidagi oyatda o‘z aksini topgan:

قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ (١٤٤)وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الألْوَاحِ مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْعِظَةً وَتَفْصِيلا لِكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

«Alloh dedi: «Ey Muso, albatta men seni o‘z payg‘ambarligim va o‘z kalomimni berishligim bilan odamlardan ortiq qildim. Men senga bergan bu narsalarni (ne’matlarni) olgin va shukr qiluvchilardan bo‘lgin. Biz Muso uchun Lavhlarga (Tavrotga) har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma narsaning tafsilini qilib berdik (va dedik): «Ey Muso, bu lavhlarni g‘ayrat bilan olgin, qavmingga buyurgin, uning chiroyli hukmlarini olsinlar(ya’ni, amal qilsinlar)».(A’rof, 144-145.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Avgust 2008, 16:07:15

Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida Muso (a.s.) ga yuborilgan muqaddas kitobdir. «Tora» «qonun, shariat» deganidir. Musodan 600 yil keyin ana shu yahudiylarga payg‘ambar qilib yuborilgan Iso (a.s.) Tavrotni ham Injilni ham yaxshi bilganliklari Qur’oni Karim oyatlaridan ma’lum.

Chunki, Iso (a.s.) «Oli Imron» surasi, 50-oyatida aytilganidek

وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلأحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ

«Tavrotning ba’zi hukmlarini bekor qilib, o‘rniga boshqa hukmni joriy qilish uchun» yuborilganlar.

Nasroniylar esa, Tavrot va Zaburni Injilning birinchi qismi deb, aralashtirib yuborganlar va uni «Qadimiy ahd» deb ataydilar. Holbuki, mazkur uch muqaddas kitob «Bani Isroil» qavmining uch ulug‘ payg‘ambarlariga alohida-alohida yuborilgani Qur’on oyatlarida sobitdir. Alloh aytadi:

لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا

«Sizlarning har biringiz uchun alohida shariat va sunnat qilganmiz».( Moida, 48)

Qayd etilgan