Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391667 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 62 B


Musannif Adham  14 Avgust 2008, 09:10:54

Islom dini kelgan davrda arablar orasida hijoziy xat qo‘llanilar edi. Shuning uchun, vahiylar ham, Abu Bakr mushaflari ham, Hazrat Usmon mushafda olgan nusxalar ham ayni shu xat bilan yozilgan edi. Kufa xati paydo bo‘lib, uning afzalligi mashhur bo‘lgandan so‘ng, bir guruh hattotlar chiqib, Usmon mushafidan nusxalar ko‘chira boshladilar.

Shu vaqtdan e’tiboran Qur’on va boshqa yozuv asarlari «Kufiy xat» deb nomlangan yangi yozuvda yozila boshlandi. Keyinchalik Qur’onni o‘qish oson bo‘lishi uchun Abul Asvad ad-Dualiy harakat alomatlarini bildiruvchi nuqtalarni va Nasr ibn Osim esa bir xil shakldagi, masalan «sin» va «shin»ga o‘xshagan harflarni ajratuvchi nuqtalarni ijod qildilar. Uch harakat(fatha, zamma, kasra) alomatlarini esa Abbosiylar xalifaligi davrida yashagan arab tili ustozlaridan bir Xalil ibn Ahmad Farohidiy(vafoti 170 h.) yo‘lga qo‘ydi. (Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 63-b. Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafi tarixi. T. «Movarounnahr». 1995. 30-31-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Avgust 2008, 09:11:22

Tayanch iboralar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Qur’on yetti harfda nozil bo‘lgan, bu borada o‘ttiz beshta fikr bildirilgan, Imom Qurtubiy «Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on» nomli tafsirida eng mashhur bo‘lgan beshta fikrni aytib o‘tgan, Qur’oni Karim oyatlari orasida arablarning yetti qabilasi gaplashadigan lug‘atlar mavjud, Hazrat Usmon (r.a.) Qur’oni Karimni yozayotgan vaqtda kotiblarga: «Agar biror so‘zda Zayd bilan ixtilof qilsalaringiz Quraysh lug‘ati bo‘yicha yozinglar, chunki Qur’oni Karim Quraysh lug‘ati bo‘yicha nozil bo‘lgan», — deganlar, Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Abu Bakr Qur’onni varaqlarga jam qildi», Qur’onni o‘zgartirmay qiyomatga qadar saqlashni Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olgan, Hazrat Usmon nusxa yozdirgan mushaflarning soni xususida ham ulamolar turli fikrlar aytganlar, O’sha paytdagi xat turi anboriy-himyariy deb atalgan. U Hijozda keng tarqalgandan so‘ng, xijoziy deb atala boshladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Avgust 2008, 09:11:59

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Qur’oni Karimning «etti harf»da nozil qilinishiga sabab nima edi?
2. «Yetti harf» dan murod nima ekanligi borasida ulamolar ning fikrlari qanday?
3. Hazrat Usmon Qur’oni Karimni qaytadan jam qilishlarining hikmati nima?
4. «Yetti harf» tushunchasi bilan «Yetti qiroat» tushunchasi ning o‘zaro bog‘liqligi bormi?
5.  Qur’on kotiblari tomonidan qaysi yozuv istifoda etilgan?                                                                                       

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara.1j.T: 1995 yil.
2. Shayx Ismoil Maxdum. Usmon Mushafining tarixi.T. «Movaroun nahr». 1995 yil.
3. Al-Jalol as-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
4.  Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir.Tunis. 1-j.
5. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
6. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
7. Mahmud Zamaxshariy. Al-Kashshof. 2-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon  li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
9. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1381-h. 1-j. 348- bet.

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 04:19:41

5-MAVZU.QUR’ONI KARIMNING TARKIBIY TUZILIShI

Dars rejasi:
   
1.  Qur’on suralari va oyatlari haqida.
2.  Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari.
3.  Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi.
4.  Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida.


Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 04:21:11

1. «Sura»ning ma’nosi «balandlik, tepalik» deganidir. Qur’onni o‘quvchi odam tasavvurida go‘yo bir  tepaliqdan ikkinchisiga ko‘chib yurgandek bo‘ladi. Ba’zi olimlar: «Shaharning qo‘rg‘oni yuksak bo‘lgani uchun «suvarul buldon» deyilganidek, Qur’onning sharafi yuksak bo‘lgani uchun «suvarul Qur’on» deb atalgan», — deydilar. Yana bir toifa olimlarning fikricha, idishning tagida qolgan suv yuqini «Asarul inai» deyilganidek, Qur’onning bir bo‘lagini «sura» deyilgan.

Bu borada Ibn Kasirning o‘z fikri bor. Uning aytishicha, barcha imoratlar va inshootlarni ihota qilib turgani uchun shahar devorini «suratul balad» deyilganidek, Qur’onning bir necha oyatlari va kalimalarini ihota qilib turgan muayyan bo‘laklarini «suratul Qur’on» deyiladi.

Rasululloh (s.a.v.)ning zamonlaridayoq Qur’on suralari bir yuz o‘n to‘rt (114)ta sanalib, vahiy kotiblarining va ba’zi sahobalarning o‘zlari uchun yozib olgan ashyolardagi majmu’ada shunday belgilangan. Faqat Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning mushaflarida Qur’onning eng oxirgi ikki surasi—«mu’avvazatayn» (Ikki Qul a’uzu suralari) yozilmagan edi. Bunga sabab, Abdulloh ibn Mas’ud mazkur ikki surani Qur’ondan emas, balki Rasulullohga xos yuborilgan duo, deb tushunganlar. «Fil» surasi bilan «Quraysh» surasini bitta sura, «Qunut» duosini esa yana bitta sura, deb uni «Al-Xul’» deb ataganlar». (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis 1-j. 85-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 04:22:55

Qur’oni Karimdagi bir yuz o‘n to‘rt (114) suradan yigirma oltita (26) sura Madinada nozil bo‘lgan. Qatoda (r.a.)ning rivoyatlariga ko‘ra ular: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Tavba, Ra’d, Nahl, Haj, Nur, Ahzob, Muhammad, Fath, Hujurot, Ar-Rahmon, Hadid, Mujodala, Hashr, Mumtahana, Saf, Jum’a, Munofiqun, Tag‘obun, Taloq, Tahrim (Tahrim surasining avvalgi to‘qqiz oyati), Izo zulzil, Iza jaa nasrulloh suralaridir. Qolgan sakson sakkiz (88) sura Makkada nozil qilingan. (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-jild. 7-b. Qurtubiy Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 61-b)

Misrning Qohira Nasr shahrida 1999 yilda, Bayrutda 1994 yilda va Madinada, Urdunda Hazrat Usmon mushaflariga muvofiq ravishda chop etilgan Qur’oni Karim nusxalarining barchasida, hattoki Toshkentda nashr etilgan Shayx Abdulaziz Mansurning «Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi» kitobida ham Madinada nozil bo‘lgan suralarning soni yigirma sakkizta(28), Makka suralarining soni esa sakson oltita(86) deb, «Bayyina» va «Inson» suralari ham Madaniy suralar qatorida ko‘rsatilgan.

«Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara» kitobining muallifi esa: «Qur’on suralarining to‘qson uchtasi (93) Makkada, yigirma bittasi(21) Madinada nozil bo‘lgan» (Zakoi Kunrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995 y. 87-b) deb yozadi. Ammo muallif bu raqamlarni qaysi manba’dan olinganini aytmagan va bu ma’lumot ulug‘ mufassirlarning fikrlariga ham xilofdir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 04:25:38

Suralarning makkiy va madaniyligi borasidagi ixtilofga sabab, suralarning ba’zi oyatlari Makkada, qolganlari Madinada nozil bo‘lganligi yoki ba’zi suralar Makkada ham, Madinada ham nozil bo‘lganligidir.

Shuningdek, Makkiy suralarning tartibida ham ixtilof mavjud. Masalan: Ismoil Haqqiy nozil bo‘lish sanasiga muvofiq Makkiy suralarni quyidagi tartibda joylashtiradi:

1)  «Alaq» surasi;                   
2)  «Nuh»,«Qalam» suralari;   
3)  «Muzzammil»;
4)  «Muddassir»;
5)  «Fotiha» surasi.

Imom Suyutiy esa Makkiy suralarni:

1)  «Fotiha»;     
2)   «Alaq»;           
3)   «Nuh»;
4)   «Muzzammil»;
5) «Muddassir» tarzida sanaydi. (Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995 y. 87-88-betlar)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 05:21:17

«Oyat» ning ma’nosi uch xil: bir jumlaning ma’nosi ikkinchi jumlaning ma’nosidan ajralgani uchun «alomat» ma’nosiga, harflar majmu’asidan iborat bo‘lgani uchun «jamoat» ma’nosiga va har bir oyat balog‘at va fasohatda insonni ojiz qilgani uchun «hujjat» ma’nosiga ta’vil etilishi mumkin.

Qur’on oyatlarining 6000 tasi barcha ulamolar va mufassirlar tomonidan tasdiq qilingan, undan ziyodasida esa turli fikrlar mavjud. Masalan, yurtdoshimiz, ulug‘ alloma Abulqosim Jorulloh Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariy (vafoti 1143 yil) «A-lKashshof» nomli mashhur tafsirida yozishicha, Qur’oni Karim 114 sura, 6666 oyat, 77. 439 so‘z, 325. 343 dona harfdan tarkib topgan. (Zamaxshariy. Kashshof.1-j. 87-b)

Kamol Poshozoda Ahmad Shamsuddin(vafoti 1533 yil) Qur’on oyatlari qaqida nazmiy yo‘l bilan shunday yozgan:

Bilmoq istarsan agar sen oyatlar adadin,           
Jumlasi olti ming va olti yuz oltmish olti.     
Minggi va’da bayon aning, mingi esa va’id,
Mingidur amri ibodat, mingi nahy va tahdid.
Mingi amsoli ibardur, mingi axbor va qisas,
Besh yuz oyati halol birlan haromga muxtas.
Yuz oyatida jamlanmish duo va tasbeh,
Oltmish oltisi esa nosix ila mansux.

Ya’ni, bulardan 1000 oyat va’dalar, 1000 tasi va’idlar (Haq Ta’oloning ogohlantiruv, tahdid, qo‘rqituvlari),  1000 oyat amr, buyruqpar,  1000 oyat nahy (qaytariq, yomonlikdan man etishlar), 500 oyat hillu hurmat, 100 tasi duo oyatlari, 66 tasi nosix (oyat hukmini bekor qiluvchi) va mansux (hukmi bekor qilingan) oyatlardan iboratdir. (Zakoi Ko‘nrapa. Paig‘ambarimiz va Asharai mubashshara. — Toshkent. 1995 y. 86-87-betlar.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 05:26:06

Ibn Kasirda esa bunday deyilgan: «Qur’oni Karim oyatlarining soni olti mingdir. Undan ziyodasi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar biror oyatni ham ziyoda qilmaydilar. Ba’zilar esa olti mingdan ziyodasi ikki yuz o‘n to‘rtta (Madina ulamolaridan Ismoil ibn Ja’farning aytishicha, olti ming ikki yuz o‘n to‘rt oyatdir), ikki yuz to‘rtta (Basra ulamolarining hisobicha, olti ming ikki yuz to‘rtta oyatdir), ikki yuz o‘n to‘qqizta (Makka ulamolarining hisobicha, olti ming ikki yuz o‘n to‘qqizta oyatdir), ikki yuz yigirma beshta (Shom ulamolaridan Yahyo ibn AlHorisning aytishicha, olti ming ikki yuz yigirma beshta oyatdir), ikki yuz yigirma oltita (Yahyo ibn Al-Horisdan ikkinchi bir rivoyatda olti ming ikki yuz yigirma oltita oyatdir), ikki yuz o‘ttiz oltita (Kufa ulamolaridan Muhammad ibn Isoning ta’kidlashicha, olti ming ikki yuz o‘ttiz olti oyatdir), degan fikrlarni aytadilar». (Ibn Kasir tafsiri. Bayrut. 1969 y. 1-jild. 7-b. Qurtubiy. Al-Jomi’ li-ahkomil-Qur’on. Bayrut. 1-j. 65-bet).

Qur’oni Karim oyatlarining sonidagi ixtilofga sabablar turlichadir.

Suralarning boshlarida kelgan harflar majmu’ini Kufa ulamolari alohida oyatlar ekanligini aytadilar. Ularning fikrlaricha, «(to ho)», «(yosin)», «sod» shaklidagi birikmalar ham alohida oyatdir. Boshqa olimlar esa, bu harflar suralarning boshlanishi bo‘lib, ularning oyatga aloqasi yo‘q ekanligini aytadilar.

Ba’zi olimlar «bismillah»ni «Fotiha» surasining bir oyati, deb sanasalar, boshqalari uni alohida oyat, uchinchi toifa esa hech qanday oyat emas, deb hisoblaydilar. Ana shunday sabablarga ko‘ra oyatlar soni birlarida ko‘proq, boshqalarida ozroq bo‘lib qolgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 05:32:38

2. «Kalima» harflar birikmasidan tashkil topgan, mustaqil bir ma’noni ifoda etuvchi shakldir.

Kalimaning eng uzuni o‘n harfdan tarkib topgan. لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ («Layastaxlifannahum» (Ularni     (yer yuziga) xalifa qilganidek) — Nur, 55),أَنُلْزِمُكُمُوهَا  («Anulzimukumuha» (Uni Sizlarga majburlaymizmi?) — Hud, 28), فَأَسْقَيْنَاكُمُوهُ («Faasqoynakumuhu» (Sizlarni u bilan sug‘ordik) — Hijr, 22) birikmalari o‘n harfli kalimalar jumlasiga kiradi.

Kalimaning eng qisqasi esa bir harfdan iborat. Masalan: قِ («Qi» so‘zi «vaqo, yaqiy» fe’lidan chiqqan, «saqla!» degan buyruqdir), أَ («A» so‘zi savol alomati bo‘lib, gapning boshida keladi va «(shunday)mi» degan ma’noni bildiradi),  وَ («Va» so‘zi bog‘lovchidir) kalimalari shular jumlasidandir.

Kalimaning bitta o‘zi butun oyat bo‘lishi mumkin. Masalan: وَ الضُّحِي , وَ الْعَصْرِ , وَالْفَجرِ kalimalari hamda ba’zi suralarning boshida keladigan  الم , حم , الر , طه singari harf birikmalari ham Kufa ulamolari nazdida alohida oyat hisoblanadi. 

Qayd etilgan