Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391746 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 62 B


Musannif Adham  20 Avgust 2008, 09:02:32

Agar «Dengiz» va «Yer» so‘zlarining Qur’onda zikr etilishi raqamlarini qo‘shsak, jami 45 bo‘ladi. 32 raqamini 45 ga taqsim qilinsa, taxminan birning 70 foizi chiqadi. Agar 13 raqamini 45 ga taqsim qilinsa, birning salkam 30 foizi kelib chiqadi. Demak, Alloh Ta’olo «Dengiz» so‘zini Qur’oni Karimda 32 marta zikr etish bilan butun Yer yuzasining yetmish foizi suvlikdan iborat, qolgan qismi quruqlik ekanligiga ishora qilyapti. Bu haqiqiy mo‘jizadir.

Quroni Karimda "œOdam" so‘zi 65 marta zikr eti di. Uning yaralish jarayoni ham shuncha marta zikr etilgan. Masalan: tuproq 17 marta, maniy 12 marta, laxta qon (alaqa) 6 marta, muzg‘a (umurtqa pog‘onasining shakllanishi) 3 marta, suyak 15 marta, go‘sht 12 marta —  jami 65 marta zikr etilgan. Albatta, bu raqamlarning o‘ta aniqlik bilan mos kelishi tasodif emas

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Avgust 2008, 09:03:21

Tayanch iboralar: Qur’onning nazmi she’riyatning barcha qoidalariga muxolifdir, «Qur’onning uslubi insonlarning xitobat uslubiga ham o‘xshamaydi, balki uning jumlalari darhol yodda qoladigan va tilovat qilinadigan uslubdadir. Bu uslub Qur’onning o‘ziga xos mo‘‘jizaviy yo‘li bo‘lib, odamlarning kalomida uchramaydigan xususiyatdir», — deb yozadi Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur, Mahmud Az-Zamaxshariyning «Kashshof»ida ishora qilinishicha, Qur’oni Karimni juzlarga, hizblarga va suralarga taqsim qilinishi ham arab kalomida yangilik bo‘lgan, Qur’onning yana bir xususiyati boshqa millat kishilarining ismlarini maqomiga muvofiq fasohatli arabcha ismga aylantirib zikr etilishidadir. Masalan: Dovud (a.s.) qissalarida Shovil ismli podshohni Tolut deb nomlanishi, Ibrohim (a.s.)ning otalari Torihni Ozar deb o‘zgartirilishi shular jumlasidandir, Arablar biror hodisani ifoda etish uchun zarbulmasal usulini qo‘llar edilar; Qur’oni Karimda tamsillarni tashbeh usulida keltirish ham Uning xususiyatlaridan biri bo‘ldi va arablarni lol etdi, Qur’oni Karimda shunday ifoda odati mavjudki, bir lafz qaerda kelsa ham bir xil ma’noni anglatadi. Bu jihatga ba’zi mufassirlar juda ahamiyat berganlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Avgust 2008, 09:04:48

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1.  Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.  Qur’onda zarbulmasalga qanday e’tibor berilgan?
3.  Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
4.  Qur’oni Karimda so‘zlar nisbati qanday saqlangan?

Foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Muhammad Mustafo Muhammad. Qur’oni Karim oyatlarining mavzular bo‘yicha mundarijasi. Bag‘dod, Matbaa al-Xulud. 1984 y.
2. Abdulaziz Mansur. Qur’on ma’nolarining tarjimasi. 598-bet.
3. Alouddin Mansur. Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima. 746-bet.
4. Al-Jalol As-Suyutiy. Al-Itqon. 1-j.
5. Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-tanvir.Tunis. 1-j.
6. Qurtubiy. Al-Jomi li-ahkomil-Qur’on.Bayrut. 1-j.
7. Mahmud Az-Zamaxshariy. Al-Kashshof. 1-jild. (1308-h. Mustafo Muhammad matba’asida chop etilgan).
8. Shayx Hasanayn Maxluf. Safvatul-bayon li-ma’onil-Qur’on. 1-jild.
9. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 1381 h. 1-j. 348-bet.
10. Ibn Jarir At-Tabariy. Bayrut. 1999 y. Uchinchi nashr. 1-j.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:20:28

8—MAVZU. QUR’ONI KARIMDA NOSIX VA MANSUX OYATLAR

Dars rejasi:

1.  Nasx so‘zining ma’nolari.
2.  Nasxning turlari.
3.  Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari.


Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:27:33

1. Arab tilida «Nasx» so‘zi bir necha ma’noni anglatadi:

1) O’chirish, ketkazish. Bunda ma’nosi butunlay yo‘q qilish bo‘lib, o‘rniga hech narsa qoldirilmaydi. Masalan: «Nasaxot ash-Shamsu az-Zilla (Quyosh soyani ketkazdi)». Ushbu oyati karimaning ma’nosi ham shunga o‘xshash:

فَيَنْسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ

«Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani bekor qilur». (Haj, 52)

2) Ko‘chirish, nusxa olish. Masalan: «Nasaxtu al-kitaba (Kitobdan nusxa ko‘chirdim)». Ushbu oyati karimada shunday ma’no istalgan:

«Albatta, biz sizlar qilayotgan narsadan ko‘chirma oluvchi edik».

3) Boshqaga nisbat berish. Masalan: «Nasxul merosi min vohidin ilo vohidin axor(Bir odamning merosini boshqasiga berish)». Bu yerda meros o‘zgargani yo‘q, balki uning egasi o‘zgardi.

4) O’zgartirish. Masalan: «Nasaxal Qoziy al-hukma (Qozi hukmini o‘zgartirdi)». Qur’oni Karimdagi nasx shu ma’noni bildiradi. Demak, shari’atda bir shar’iy hukmni bekor qilib, uning o‘rniga boshqa hukmni joriy qilishni nasx deyiladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:32:36

Nasx haqidagi oyati karimaning nozil bo‘lishiga quyidagi voqe’a sabab bo‘lgan. Yahudiylar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ustilaridan kulishib: «Muhammadning qilgan ishini ko‘ringlar, axir ummatlariga bugun bir ishni buyurib, ertaga undan qaytarib, o‘rniga boshqa ishni buyurishi, bugun bir gapni aytib, ertaga undan qaytishi ajablanarli emasmi?! Bu Qur’on Muhammadning o‘zi ichidan chiqarib, to‘qib, yozayotgan narsadan boshqa emas. Shuning uchun bir oyatning ma’nosi ikkinchisiga mos kelmaydi», — deyishardi. Alloh Ta’olo ularning gaplariga raddiya va javob sifatida quyidagi nasx oyatini nozil qildi. (Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 94-b.)

مَا نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا

«(Ey Muhammad) biror oyatni bekor qilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog‘ini (ummatingizga munosibrog‘ini) yoki o‘shaning (aynan) o‘ziga teng (boshqa oyatni) keltiraveramiz». (Baqara, 106)

Yahudiylar shariatda nasx bo‘lishini butunlay inkor qiladilar. Holbuki, nasx barcha samoviy kitoblar va shariatlarda bo‘lgan. Tavrotda yozilishicha, Odam (a.s.)ning shariatlarida aka-singilning nikohiga ijozat berilgan edi. Keyingi payg‘ambarlardan birining shariatiga muvofiq bunday nikoh harom qilingan. Qur’oni Karimda xabar berilishicha, Iso (a.s.)ga payg‘ambarlik maqomi berilgandan so‘ng, o‘z ummatlari bo‘lgan yahudiylarga:

وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلأحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ

«Men o‘zimdan oldingi (nozil etilgan) Tavrotni tasdiqlash va sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilib berish uchun keldim» (Oli Imron, 50) — deb o‘zlarini tanishtirganlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:37:46

Islom ulamolaridan Abu Muslim Al-Isfahoniy Qur’oni Karimdagi nasxni inkor qiladi va so‘zining isboti sifatida dalillar keltiradi. ( Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 101-bet)

Alloh Ta’olo Qur’oni Karim haqida:

وَإِنَّهُ لَكِتَابٌ عَزِيزٌ (٤١)لا يَأْتِيهِ الْبَاطِلُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَلا مِنْ خَلْفِهِ

«Shubhasiz, u aziz Kitobdir. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas» (Fussilat, 41-42-oyatlar), — degan.

1. Agar nasx joiz bo‘lsa, unga botil kelganligi ma’lum bo‘ladi.

2. Nasx haqidagi oyati karima avvalgi kitoblar — Tavrot va Injil shariatlarining nasx qilinganligiga dalolat qiladi yoki «Lavhul mahfuz»dan nusxa ko‘chirish ma’nosini beradi.

3. Oyati karimaning ma’nosi nasx sodir bo‘lganligi haqidagi xabar emas, balki, agar nasx sodir bo‘lsa, avvalgisidan yaxshirog‘iga bo‘lardi, degan farazni ifoda qiladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:40:49

Abu Muslimning fikriga qarshi Jassos o‘zining «Ahkom ul-Qur’on» nomli tafsirida shunday yozadi: «Fiqh ilmidan bexabar bo‘lgan ba’zi mutaaxxir ulamolar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning shariatlarida nasx yo‘q, Qur’oni Karimda nasx haqida kelgan oyatlarning hammasi avvalgi payg‘ambarlar shariatlarining nasx etilishi haqida edi, deb da’vo qiladilar. Bunday gaplari bilan ular o‘zlarining tavfiqdan yiroq kishilar ekanligini izhor qiladilar. Chunki, Islom shariatida nasx bo‘lganligini mutaqaddim olimlar ham, mutaaxxir olimlar ham ochiq-oydin e’tirof etadilar. Islomda bunga misollar keragidan ham ko‘proqdir. Qur’onda nasx yo‘q degan kimsa, nosix va mansux oyatlarining tafsirida Islom ummatiga qarshi turib, o‘zining taxminiy fikrlarini aytadi va chalasavodligi tufayli katta gunohni sodir qiladi». (Al-Jassos. Tafsiru ahkomil-Qur’on. 1-j. 67-bet)

Musulmonlarning jumhur ulamolari Qur’oni Karimda nasx sodir bo‘lganiga ittifoq qiladilar va e’tirof etadilarki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning nubuvvatlari nasx orqali o‘z tasdig‘ini topgan. Zero, payg‘ambar o‘zidan oldingi payg‘ambarning shariatini butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun ummatlarga payg‘ambar etib yuboriladi.

Jumhur Qur’oni Karimda nasx borligiga hujjat va Abu Muslim Al-Isfahoniyning dalillariga raddiya sifatida bir necha dalillarni keltiradilar. Masalan, Alloh Ta’oloning oyati karimasidan anglashiladigan:

نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا

«(Ey Muhammad) biror oyatni bekor dilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog‘ini (ummatingizga munosibrog‘ini) yoki o‘shaning (aynan) o‘ziga teng (boshqa oyatni) keltiramiz» (Baqara, 106) — degan ma’no nasxni sodir bo‘lganiga ochiq-oydin dalolatdir. Qur’oni Karimda esa qibla, idda, jihod va boshqa hukmlarda nasx mavjud.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:42:56

2. Qur’onda nasxning mavjudligiga ulamolar ittifoq qilgan holda, uni uch qismga bo‘ladilar:

1)  Tilovati ham, hukmi ham nasx qilingan oyatlar;

2)  Tilovati nasx qilingan, hukmi qoldirilgan oyatlar;

3)  Tilovati qoldirilgan, hukmi nasx qilingan oyatlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Avgust 2008, 07:45:22

Birinchi qismga kiruvchi oyatlar Qur’onda aytarli ko‘p emas.

Oysha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Qur’on oyatlari orasida:"œO’n marta ochiq-oydin emizish nikohni harom qiladi" (Ya’ni, bir ayolni o‘n marta to‘yib emgan go‘dak, uning farzandiga aylanadi va ayolning boshqa farzandlari ham go‘dak uchun nikohi haromga aylanadi)degan oyat bor edi. Keyin bu oyatning lafzi ham, hukmi ham «besh marta to‘yib emsa...» degan oyat bilan nasx qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlarida ham, mazkur nosix oyati qiroat qilinardi». (Muhammad Ali As-Sobuniy. Ravoi’ul bayon. Bayrut. 1980 y. 103-bet)

Al-Faxr Ar-Roziy aytadilar: «Mazkur hadisning birinchi yarmi «tilovati ham, hukmi ham nasx qilingan», ikkinchi yarmi, ya’ni «besh marta...» esa Imom Shofiiy nazdilarida «tilovati nasx qilingan, hukmi qoldirilgan». (Tafsiru Al-Faxr Ar-Roziy. 3-j. 230-bet)

Qayd etilgan