Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391526 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 62 B


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 07:41:10

v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan keyingi davrda sahobai kiromlar agar biror oyatning tafsirini Qur’onning o‘zidan topmasalar, Payg‘ambardan so‘rab bilishga ham imkoniyat topmagan bo‘lsalar, o‘z ra’ylari va ijtihodlari bilan tafsir qilar edilar. Bu ishni ular besh narsaga  ishongan holda amalga oshirar edilar:

1)  Lug‘at ilmini va asrorlarini yaxshi bilishlariga;

2)  Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilishlariga;

3) Arabistonda yashovchi yahudiylar va nasroniylarning  ahvolini yaxshi bilishlariga;           

4)  Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilishlariga;

5)  O’zlaridagi fahm-farosatning o‘tkirligiga.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 07:43:03

 Lug‘at sirlarini yaxshi bilishlik Qur’on lafzlaridan Allohning murodini idrok etish va yaxshiroq fahmlashga yordam beradi.

Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilish urf-odatga aloqador oyatlarni tushunishga yordam beradi. Masalan:

إِنَّمَا النَّسِيءُ زِيَادَةٌ فِي الْكُفْرِ

 "œIbodatlarning vaqtini va tartibini o‘zgartirish kufrda haddan oshishdir" (Tavba, 37) yoki

وَلَيْسَ الْبِرُّ بِأَنْ تَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ ظُهُورِهَا

"œUylaringizga uning tomidan oshib tushishingizda hech bir yaxshilik yo‘q" (Baqara, 189) — degan oyatlarning ma’nosini faqat arab urf-odatini yaxshi bilgan va "ibodatlarning vaqtini kim o‘zgartirgan edi, nima uchun uyning eshigidan emas, tomidan oshib tushar edilar", buning sababini yaxshi bilgan odamgina, bu oyatlarning ma’nosini tafsir qila olishi mumkin.

Qur’on nozil bo‘lgan vaqtdagi yahudiylarning va nasroniylarning ahvolini, oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilish ham oyatlarning ma’nolarini chuqur idrok etishga yordam beradi.

Ammo insonning o‘ziga berilgan fahm-farosat, muhofazat va chuqur idrok etish qobiliyati Alloh Ta’olo tomonidan unga berilgan ulug‘ ne’mat va fazilatdir. Sahobai kiromlar orasida Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning duolari barakotidan ana shunday ulug‘ fazilat sohibi bo‘lgan edi. Ibn Abbosning haqiga Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Yo Alloh, Ibn Abbosni din ilmida faqih qilgin, unga Qur’on ma’nosini bildirgin",— deb duo qilgan edilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 07:44:28

g) Tafsirda "ahli kitoblar"dan foydalanish.

Ma’lumki, Qur’oni Karim ba’zi masalalarda, xususan, payg‘ambarlar qissalarida yoki o‘tmish qavmlar haqidagi xabarlarda Tavrot bilan, Iso (a.s.) ning tug‘ilishlari va payg‘ambarlik mo‘‘jizalari to‘g‘risida Injil bilan hamohangdir. Lekin Qur’onda shariat ahkomlarining ba’zi masalalari, hatto payg‘ambarlar qissalarining hammasi ham mufassal bayon qilinmagan. Inson doimo eshitgan, o‘qigan yoki ko‘rgan narsalarini mukammalroq tushunishni xoxdaydi. Shuning uchun sahobai kiromlar qissalarni mukammalroq bo‘lishini ko‘zlagan holda, Islomni qabul qilgan Abdulloh ibn Salom, Ka’bul-axbor va boshqa yahudiy hamda nasroniy olimlariga murojaat qilib, ularning xabarlaridan foydalanganlar. Lekin, tafsirda ahli kitoblardan foydalanish avvalgi uch usuldagidek ahamiyatli va keng miqyosdagi usul bo‘lgan emas. Chunki, ahli kitoblar Tavrot va Injilni buzib, ba’zi ahkomlarni aslidan o‘zgartirib yuborganlar. Shuning uchun aqida masalasida muvofaqat qiladigan, Qur’oni Karim oyatlariga zid kelmaydigan ma’lumotlardan tafsirda foydalanganlar. Agar Islom aqidasiga mos kelmasa yoki oyatning ma’nosiga xilof bo‘lsa, ularning ma’lumotlari tasdiq etilmagan. Uchinchi holat ham borki, ahli kitoblarning ma’lumotini rost deyishga ham, yolg‘on deyishga ham asos yo‘q, bunday holatda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: "Ahli kitoblarni tasdiq ham etmanglar, yolg‘onchi ham demanglar. Ularga: "Biz Allohga va bizga nozil qilingan muqaddas kitobga imon keltirganmiz", — deb aytinglar", — degan muborak so‘zlariga amal qilib, ularning ma’lumotlarini mo‘hmal qoldirganlar, yolg‘on ham, rost ham demaganlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 07:45:25

Tayanch iboralar: Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish, Qur’onni hadis bilan tafsir qilish, Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish, Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish, johiliyat davri, mufassal va mukammal tushunganlar, U Zotga Qur’onni yodlatish va ma’nolarini tushuntirish kafolatini Alloh Ta’olo o‘z zimmasiga olgan, g‘arib kalimalar, mutashobih oyatlar, "va fakihatan va abban", "taxavvufning ma’nosi tanaqqus (ayblash)", "Fatiris-samavati", "Qur’on tarjimoni", qisqa yoki uzun, mujmal yoki ochiq, mutlaq yoki muqayyad, umumiy yoki xususiy ma’noli oyatlar, Odam va Iblis qissasi, Muso(a.s) va Fir’avn qissasi, "fas’av"ning o‘rniga "famzu", "Qintorning miqdori ming o‘qiyah", Lug‘at ilmini va asrorlarini yaxshi bilishlari, Arablarning urf-odatlarini yaxshi bilishlari, Arabistonda yashovchi yahudiylar va nasroniylarning ahvolini yaxshi bilishlari, Oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini yaxshi bilishlari, O’zlaridagi fahm-farosatning o‘tkirligi, "œBu yerdagi zulmdan murod ham shirkdir", "Bilinglarki, albatta bu kuch — o‘q-yoydir", "Rabbim menga ato qilgan Kavsar jannatdagi bir daryodir", "Ibodatlarning vaqtini va tartibini o‘zgartirish kufrda haddan oshishdir", "Uylaringizga uning tomidan oshib tushishingizda hech bir yaxshilik yo‘q", "Ahli kitoblarni tasdiq ham etmanglar, yolg‘onchi ham demanglar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 07:48:06

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Payg‘ambar zamonlarida Qur’on oyatlarining ma’nolarini sahobalar qanday tushunganlar?
2. Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilishning qanday usullari bor?
3. Qur’onni hadis bilan tafsir qilish mumkinmi?
4. Sahobalar Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilishda nimalarga e’tibor berganlar?
5. Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish masalasiga Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning munosabatlari qanday?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. At-Termiziy. Sunani Termiziy. 1-j. Toshkent. Adolat. 1999. 688 bet.
3. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j..
4. Abdulvahhob Xallof. Usulul fiqh (Arabchadan S.Muhiddin tarjimasi). Toshkent. Adolat, 1997. 218 bet.
5. Karomatov H. O’zbek adabiyotida Qur’on mavzulari (doktorlik dissertadiyasi). Toshkent. 1993. 281 bet.
6. Usmon Keski o‘g‘li. Siyari Nabiy. Turkchadan Ibrohim Yo‘ldosh Jo‘raboy o‘g‘li tarjimasi. Anqara. Bars. 1997.128 b.
7. Obidov R.Q. Ilohiy kitoblar. TDShI. 2000.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Avgust 2008, 08:30:51

Kitobning uchdan bir qismi yakunlandi. Foydalanuvchilarga qulay bo'lishi uchun shu joygacha bo'lgan mavzularning mundarijasini keltirib o'taman:

MUNDARIJA
QUR’ON VA TAFSIR ILMLARI

1-Mavzu. Payg‘ambarlar va Ilohiy din haqida
1. Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir
2. Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati
3. Hamma payg‘ambarlar keltirgan din Islomdir
4. Islomdan boshqa dinlar haqida
a) Islomiylikdan chiqarilgan dinlar
b) Insoniy (bashariy) dinlar
Ashobur ruhoniyya
Sobiiylar
Oyga sig‘inuvchilar
Zuhalparastlar
Zuhraparastlar
Sha’roparastlar
Suvparastlar
Olovparastlar
Butparastlar
Insonparastlar

2-Mavzu. Ilohiy kitoblar      
1. Ilohiy kitobning xususiyatlari     
2. Tavrot haqida            
3. Zabur haqida             
4. Injil haqida       

3-Mavzu. Qur’oni Karim - Allohning muqaddas kalomi     
1. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi         
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblari       
3. Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’oni Karimning sahifalarga jamlanishi

4-Mavzu. Qur’oni Karimning yetti harfda nozil qilinishi             
1. «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan ta’villari      
2. Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari          
3. Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi

5-Mavzu. Qur’oni Karimning tarkibiy tuzilishi           
1. Qur’on suralari va oyatlari haqida           
2. Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari         
3. Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi         
4. Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida

6-Mavzu. Qur’oni Karimning muborak nomlari           
1. Qur’oni Karimning turli nomlar bilan atalishi         
2. Imom As-Suyutiy Qur’on nomlari haqida          
3. Qur’oni Karimning urfda mashhur bo‘lgan nomlari       

7-Mavzu. Qur’oni Karim nazmidagi o‘ziga xoslik         
1. Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalariga xilofdir         
2. Qur’onda zarbulmasalga e’tibor berilishi         
3. Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi

8-Mavzu. Qur’oni Karimda nosix va mansux oyatlar           
1. Nasx so‘zining ma’nolari           
2. Nasxning turlari            
3. Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari

9-Mavzu. Qur’oni Karimning tarjimasi, tafsiri va ta’vili            
1. Qur’onning tarjimasi. So‘zma-so‘z tarjima, uning usullari. "œBilmisl" tarjima. "œBig‘ayril misl" tarjima. Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari          
2. Qur’on oyatlarini tafsir qilish. Tafsir so‘zining ma’nosi, lug‘aviy izohi va ta’rifi. Tafsir ta’riflarining ko‘pligi, mazmunan o‘xshashligi va bir xilligi        
3. Ta’vil, uning lug‘aviy izohi va ta’riflari. Tafsir va ta’vilning farqlari. Ta’vilda isbot va dalillar. Ta’vil qiluvchilarga qo‘yiladigan talablar

10-Mavzu. Payg‘ambar zamonida Qur’oni Karim tafsiri            
1. Payg‘ambarimizning sahobalarga ba’zi oyatlar tafsirini aytib berishlari         
2. Sahobalarning Qur’oni Karimni tafsir qilishdagi usullari         
a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish           
b) Qur’onni hadis bilan tafsir qilish             
v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish         
g) Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Sentyabr 2008, 05:43:04

11-MAVZU. SAHOBALARDAN CHIQQAN MUFASSIRLAR

Dars rejasi:

1. Sahobalardan chiqqan mufassirlar.Ularning tafsirdagi xizmatlari.
2. Ba’zi mufassirlarning tarjimai hollari:
a) Abdulloh ibn Abbos (r.a.);
b) Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.);
v) Ali ibn Abi Tolib (r.a.);
g) Ubay ibn Ka’b (r.a.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Sentyabr 2008, 05:44:17

1.   Sahobalardan chiqqan mufassirlar.

Sahobalarning orasida Qur’onni tafsir qilish bilan shuhrat topganlar ozchilikni tashkil qiladi. Imom As-Suyutiy "Al-Itqon" nomli kitobida mufassir sahobalarning nomlarini sanab o‘tgan. Avvalgi o‘ntalikka to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali), Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit, Abu Muso AlAsh’ariy va Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) lar kiritilgan. Ulardan keyin Anas ibn Molik, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Oisha (r.a.)lar qayd etilgan. Ammo "keyingilar"dan tafsir sohasida juda kam rivoyat bor. Ularning bu sohadagi shuhrati avvalgi o‘ntalikka barobar kelmaydi. Avvalgi o‘ntalikka kirgan sahobalarning ba’zilaridan ko‘proq, boshqalaridan ozroq tafsir naql qilingan bo‘lsada, ular xalq orasida Qur’onni yaxshi bilish va yaxshi tafsir qilishlari bilan shuhrat topganlar. Abu Bakr, Umar va Usmon(r.a.)lar xalifalik ishlari bilan ko‘proq band bo‘lganlari, vafotlari ham nisbatan tez bo‘lganligi, u davrda olim va mufassir sahobalar ko‘p bo‘lib, musulmonlarning ilmga bo‘lgan ehtiyoji ular bilan qondirib turilganligi sababidan, xalifalardan  juda kam tafsir  naql qilingan. Ammo Ali ibn Abu Tolibdan juda ko‘p tafsir naql qilingan. Buning sababi esa, U zotning xalifalik ishidan ko‘p vaqt forig‘ bo‘lganlari, boshqa xalifalardan umrlari uzoq bo‘lganligi, turli millat kishilari ham Islomni qabul qilgan bo‘lib, bu davrda Qur’on tafsiriga ehtiyoj katta bo‘lganligidadir. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubay ibn Ka’blardan ham juda ko‘p tafsir rivoyat qilingan. O’ntalikdan qolganlari (Zayd ibn Sobit, Abu Muso va Abdulloh ibn Zubayr) nint mohir mufassir ekanliklari musulmonlarga ma’lum bo‘lsada, ulardan ko‘p rivoyat qolmagan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Sentyabr 2008, 05:46:05

2. Tafsir sohasida barakali meros qoldirgan mufassir sahobalardan ba’zilarining tarjimai hollari bilan quyida tanishib chiqamiz:

a) Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ning tarjimai holi.

Tafsir sohasida so‘zlari eng ko‘p naql qilingan, barakali mufassir Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dirlar. U kishining to‘la nomlari Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdi Manof Al-Qurashiy Al-Hoshimiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga amakivachcha bo‘ladilar. Ibn Abbosning onalari Luboba Al-Kubro Horis ibn Huzn Al-Hiloliyning qizidir. Ibn Abbos tug‘ilgan vaqtlarida, chaqaloqni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ga olib kelishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chaqaloqning tanglayiga o‘zlarining muborak tupuklaridan surtib qo‘ydilar. Bu voqea hijratdan uch yil oldin bo‘lgan edi. Ibn Abbos juda yosh bo‘lishlariga qaramay, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga qarindoshliklari ham bo‘lgani uchun (Ibn Abbosning xolalari Maymuna Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning zavjalari edi), Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan ajralmas edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etganlarida Ibn Abbos o‘n uch yoshda edilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan keyin sahobai kiromlarning ulug‘lari etagidan ushlab, ulardan tafsir va hadis ilmini chuqur o‘rgandilar. Ibn Abbos 68 hijriy yilda, 70 yoshlarida Toifda vafot etdilar va shu yerga dafn qilindilar.

Ibn Abbosning janozalari va dafnlarida ishtirok qilgan Muhammad ibn Hanafiyya: "Bugun bu ummatning donishmandi vafot etdi", — dedi. Ibn Abbos ilmda dengiz misol edilar. Allohning kalomini bilishda buyuk mujtahidlik maqomida edilar. Hazrati Umar (r.a.) Ibn Abbosning so‘zlariga yosh bo‘lishlariga qaramay e’timod qilardilar. U haqda: "Ibn Abbos Qur’oni Karimning qanday ajoyib tarjimoni!" — deb maqtov so‘zini aytgan edilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Sentyabr 2008, 05:49:54

Imom Al-Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.) shunday eslaydilar:

"Hazrat Umar (r.a.) meni yosh bo‘lishimga qaramay, Badr jangi ishtirokchilari bilan bo‘ladigan kengashga kiritdilar. Yoshi ulug‘lar taajjublanib:"O’g‘limiz, nabiramiz bilan teng bo‘lgan yosh bolani bizning oramizga kiritdi", —deb Umar (r.a.) dan ranjishdi. Shunda Umar (r.a.): "Bu bola yosh bo‘lsa ham barchangizdan olimroqdir", — dedilar. Bu gaplarini isbotlash uchun yana bir kuni hamma yoshi ulug‘larni jam qilib, meni ham taklif etdilar. Keyin
o‘tirganlardan:


إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ

(Ey Muhammad), qachonki Allohning nusrati va g‘alabasi kelsa" ( Nasr, 1) degan oyati haqida qanday fikrdasizlar? — deb so‘radilar. O’tirganlarning ba’zilari: "Alloh Ta’olo bizga, agar g‘alaba va nusratga erishsak, unga hamd va sano aytishimizni buyuryapti", — dedilar. Ba’zilar esa sukut sakladilar. Shunda Hazrat Umar menga qarab: "Ey Ibn Abbos, sen qanday fikrdasan?" — deb savol qildilar. Men: "Alloh Ta’olo bu oyat bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ajallari yaqinlashgani xabarini bermoqda", — dedim. Hazrati Umar (r.a.) mening javobimni tasdiq qilib: "Men ham shunday deb o‘ylagan edim", — dedilar.

Qayd etilgan