Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391926 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 62 B


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 07:57:49

Sahobalar ham ulardan har qanday narsani so‘rayvermas edilar, balki Qur’ondagi ba’zi qissalarning mo‘‘jaz joylarini tavzihlash uchun so‘rardilar, ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ushbu muborak so‘zlari: "Ahli kitoblarni tasdiq ham qilmanglar, yolg‘onga ham nisbat bermanglar! Biz: "Allohga va u Zot tomonidan bizga yuborilgan kitoblarning hammasiga imon keltirdik",— denglar!" (Al-Buxoriy. «Fathul-Boriy»ning "œKitob at-Tafsir" bobi. 8-j. 120-b.) ga amal qilgan holda ularni hech qachon Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan vorid bo‘lgan hadislarga teng ko‘rgan emaslar va ahli kitoblardan (Ashobi Kahf itining rangi, Muso (a.s.) qavmlari o‘likni molning qaysi a’zosi bilan urganligi, Nuh (a.s.) kemalarining hajmi, qaysi daraxt yog‘ochidan yasalgani, Xizir (a.s.) o‘ldirgan bolaning ismi va hokazo singari) molo, ya’ni (behuda) hisoblangan savollarni ham so‘ramaganlar. Ad-Dehlaviy aytadi: "Sahobalar bunday behuda savollar berishni "vaqtni zoe qilish" deb bilganlar va o‘zlariga or sanaganlar". (Al-Favzul kabir fiy usulit-Tafsir, 35-b.)

Sahobalar ahli kitoblardan eshitgan shariatga yoki aqidaga xilof bo‘lgan javoblarni tasdiq etmaganlar, balki ahli kitoblarning shunday javoblarini xato ekanligini ko‘rsatib, ularga to‘g‘ri javobni tushuntirganlar.

Masalan: Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilarki, "Payg‘ambarimiz (s.a.v.) juma kuni to‘g‘risida gapirdilar: "Juma kunida bir soat bor, shu soatda qaysi mo‘min tik turgan, namoz o‘qigan va qo‘lini ochib Allohdan maqsadini so‘ragan holda bo‘lsa, Alloh Ta’olo u mo‘minning duosini ijobat qiladi", — dedilar va qo‘llari bilan bu soatning juda qisqaligiga ishora qildilar". (Al-Buxoriy. Bobul-jum’a, 2-j. 13-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 07:59:45

Ulamolar bu soatning ta’yinida ixtilof qilganlar, shu soat hozir ham mavjudmi yoki Alloh uni bekor qilganmi? Agar mavjud bo‘lsa, bir yilda faqat bir jumadami yoki har bir jumada mavjudmi? Ushbu savolni hal qilish uchun Abu Hurayra (r.a.) yahudiy olimi bo‘lgan Ka’b ul-Axbordan so‘radi. Ka’b ul-Axbor, bu soat bir yilda bir jumada ekanligini aytdi. Abu Hurayra (r.a.) esa uning javobini tasdiq qilmasdan, mazkur soat har bir jumada mavjud ekanligini aytdi. Ka’b ul-Axbor Tavrotni varaqlab, Abu Hurayra (r.a.)ning gapi rost ekanligini tasdiqladi. (Al-Qastaloniy, 2-j. 190-b)

Abu Hurayra (r.a.) jumadagi mazkur soatning vaqtini boshqa bir yahudiy olimi Abdulloh ibn Salomdan so‘radi. Abdulloh ibn Salom: "Jumadagi bu soat shu kunning eng oxirgi soatidir",— deb javob berdi.

Abu Hurayra (r.a.) unga raddiya berib: "Mazkur soat qanday qilib eng oxirgi soat bo‘ladi, eng oxirgi soatda(kun botayotgan vaqtda) namoz o‘qish mumkin emas-ku! Vaholanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Namozda turgan holda ro‘baro‘ kelsa...",—deganlar",— dedi. Abdulloh ibn Salom ham bo‘sh kelmay: "Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Kimki namozga muntazir bo‘lib o‘tirsa, namoz o‘qiyotgan hisobida bo‘ladi",— demaganmidilar?"— deb javob berdi. (Al-Qastaloniy. 2-j. 190-b. Imom Molik, Abu Dovud, At-Termiziy)

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:01:01

Sahobalar ahli kitoblardan savol so‘rash va ularning javoblarini tasdiqlashda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) belgilab bergan xududdan tajovuz qilmaganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning: "Mendan bir oyat bo‘lsa ham boshqalarga yetkazinglar! Banu Isroildan eshitganlaringizni ham gapiraveringlar, hech zarari yo‘q. Kimki qasddan menga yolg‘onning nisbatini bersa, u o‘ziga do‘zax olovidan o‘tiradigan joy tayyorlabdi", (Al-Buxoriy. Fathul-Boriy. 6-j. 329-b.) — degan hadislari bilan "Ahli kitoblarni tasdiq ham, takzib qam qilmanglar, biz Allohga va u bizga nozil qilgan muqaddas kitoblarga imon keltirdik, denglar!" (Al-Buxoriy. Fathul-Boriy. 8-j. 120-b.) — degan hadislari orasini jam qilgan holda, ularning gaplarini yolg‘on emasligini bilib turib, kerakli, foydali gaplarni aytganlar. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qech kimga yolg‘onni muboh qilmaganlar.

Jobir ibn Abdulloh (r.a.) shunday rivoyat qiladiki, bir kuni Umar ibn alXattob (r.a.) ahli kitoblardan o‘z qo‘llariga tushib qolgan bir kitobni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga olib kelib, o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni eshitib qattiq g‘azablandilar va dedilar: "Ey Ibn al-Xattob, shu kitobni o‘qib hayron bo‘lyaptilarmi? Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki,  men sizga undan go‘zalrog‘ini keltirdim. Sizlar ahli kitoblardan hech narsa so‘ramanglar, ular sizga rost xabarni bersalar sizlar uni yolg‘onga chiqarib qo‘yishlaringiz, agar yolg‘on xabarni bersalar rost deb tasdiqlab qo‘yishlaringiz mumkin. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar Muso(a.s) tirik bo‘lganda edi, menga ergashishdan boshqa yo‘l topa olmas edi". (Imom Ahmad. Al-Musnad. 3-j. 387-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:01:56

Jobir ibn Abdullohning mazkur hadislari avvalgi ikki hadisga mu’oriz kelmaydi. Chunki, ahli kitoblardan Qur’on tafsirida foydalanishdan man etuvchi ushbu hadis Islomning boshlanish davrlarida aytilgan edi, unda Islom ahkomlari ham qaror topmagan edi. Bu qaqda Al-Hofiz ibn Hajar "Al-Fath" nomli kitobida shunday yozadi: "Jobirning hadisidagi nahiy(man etishlik) Islomiy ahkomlar va diniy qoidalar qaror topmasidan oldin fitnaning oldini olish uchun qilingan edi. Fitna zamoni o‘tgandan keyin esa ahli kitoblardan eshitilgan xabarlarga ham e’tibor kuchli bo‘lgani uchun izn berildi". (Al-Fath, 6-j. 320-b.)

Yuqorida aytilgan gaplar va keltirilgan uch hadisning mazmunidan isroiliyotlardan tafsirda foydalanish uchun shariat izn bergan miqdor ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga sahobai kiromlarning ahli kitoblardan rivoyat qabul qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lishlari Abu Hurayra misolida ko‘rib o‘tildi va Ibn Abbosdek ulug‘ sahobaga ahli kitoblardan rivoyatlarni beparvolik va palapartishlik bilan qabul qilishlari haqida aytilgan ta’nalarning asossiz va botil ekanligi ham o‘z isbotini topdi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:03:27

3. Ammo tobi’iylarga kelsak, ular ahli kitoblardan juda ko‘p so‘rar va ularning xabarlarini tasdiq qilishar edilar. Shuning uchun tobi’iylar davridagi tafsirlarda isroiliyotlar haddan ortiq ko‘payib ketdi. Hatto mufassirlar orasida shunday guruh paydo bo‘ldiki, bu guruh Qur’oni Karim tafsirlarini yahudiy va nasroniylardan eshitgan rivoyatlar, bir-biriga zid bo‘lgan hikoyalar, qissalar bilan to‘ldirib tashladi. Ulardan biri hijriy sananing 150-yilida vafot etgan Muqotil ibn Sulaymon edi. Abu Hotimning aytishicha, Muqotil "o‘zining Qur’on tafsiri bo‘yicha ilmini nasroniy va yahudiylardan olgan ilm bilan boyitgan va Qur’onni ularning kitoblariga muvofiqlashtirib olgan edi". (Vafayotul-a’yon. 2-j. 568-b. )

Tobi’iylarning davrida ish shu darajaga yetdiki, ular Qur’on oyatlari va Islomga aloqador boshqa narsalar bilan kelajak to‘g‘risida bashorat bera boshladilar. Qur’on oyatlarini kohinchasiga sharhlay boshladilar va ilmi g‘aybga daxl qilishdan qaytmadilar. Bunday tajovuzkorlarning eng birinchisi yana Muqotil ibn Sulaymon bo‘ldi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:05:43

Muqotil Alloh Ta’oloning ushbu oyati karimasi

وَإِنْ مِنْ قَرْيَةٍ إِلا نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ الْقِيَامَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا كَانَ ذَلِكَ فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا

"Har bir qishloq borki, biz ularni qiyomatdan oldin halok qiluvchimiz yoki ahlini qattiq azob bilan azoblaymiz. Bu narsa Kitobda (Lavhul mahfuzda) yozib qo‘yilgan" (Al-Isro surasi, 58) ning tafsirida Qustantiniya (Istanbul)ning fath etilishiga va Andalus (Ispaniya)ning vayron etilishiga ishora qiladi va shunday deydi: "Men Zahhok ibn Mazohimning tafsirida ko‘rdimki, unda: "Makkani habashlar xarob qiladi, Madina ahli ochlikdan halok bo‘ladi, Basra suvga g‘arq bo‘ladi, Kufani turklar vayron qiladi, tog‘lar momaqaldiroq va zilzilalar bilan yiqiladi, Xurosonning halokati ham shunga o‘xshash narsalar bilan...", — deb, har bir shaharning halokati to‘g‘risida "bashorat" beradi".  (Tafsirul Olusiy, 15-j. 93-b.)

Muqotil ibn Sulaymon yana Vahb ibn Munabbahdan shunday rivoyatni keltirgan: "Armaniston xarob bo‘lmaguncha Jazira (Saudiya Arabistoni) xarob bo‘lmaydi, Misr xarob bo‘lmaguncha Armaniston xarob bo‘lmaydi, Kufa xarob bo‘lmaguncha Misr xarob bo‘lmaydi va "Katta urush" "bo‘lmaydi, Katta urush bo‘lsa, Baniy Hoshimdan chiqqan bir kishi qo‘lida Qustantiniya fath etiladi, zanjiylar tarafidan Andalus vayron qilinadi, Andalus tarafidan Afriqo xarob etiladi, askarlar orasidan nizo chiqishi va Nilning qurishidan Misr xarob bo‘ladi, Iroq aholisi ochlikdan qiriladi, Kufa dushman tarafidan muhosara qilinadi va Furot suvi bo‘g‘ib qo‘yiladi, Basra Iroq tarafidan suvga g‘arq qilinadi, Ayla (Qizil dengiz sohilidagi shahar) dushman tarafidan quruqlikdan ham, suvdan ham qamal qilinib, vayron etiladi, Ray shahri Daylam (Eronning Qazvin viloyatidagi tog‘lik maskan) tarafidan, Xuroson Tibet tarafidan, Tibet Xitoy tarafidan yakson etiladi, Hindiston va Yaman chigirtka balosidan, Makka habashlar sababidan, Madina ochlikdan barham topadi". (Tafsirul Olusiy, 15-j. 93-b)

Tobi’iylar zamonidan yana bir oz muddat o‘tgandan keyin bunday tajovuzkorlik, isroiliyotlarga berilish shu darajaga yetdiki, endi har bir rivoyatni rost-yolg‘onligini, kimdan va qaerdan eshitilganligini surishtirmay, agarchi aql ko‘tarmasa ham, Qur’on oyatlari qatoriga tafsir sifatida qo‘shib aytila boshlandi, Tafsirlarni kitob qilib yozish — tadvin davrida esa tafsir kitoblari ana shunday isroiliyotlar va asossiz rivoyatlar bilan to‘ldirildi.



Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:07:12

Isroiliyotlar  uch qismga bo‘linadi:

 1. Sahihligi aniq bilingan, ya’ni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql qilingan xabar, masalan: Muso (a.s.) bilan hamroh bo‘lgan solih kishining ismi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u zotning ismi Xizir (a.s.) ekanligini ochiq aytib berganlar. (Fathul-Boriy, 8-j. 297-b.)

Bunday rivoyatlar shubhasiz qabul etiladi.

2.  Yolg‘onligi  aniq bilingan, aqlga ham to‘g‘ri kelmaydigan va shariatga mutlaqo zid bo‘lgan rivoyatlar bo‘lib, bunday rivoyatlar qabul etilmaydi.

3.   Birinchiga ham, ikkinchiga ham kirmaydigan rivoyatlardan foydalanish joiz, ammo ularni tasdiq ham qilinmaydi, yolg‘onga nisbat ham berilmaydi. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar va takzib ham qilmanglar, ularga: "Biz Allohga va u nozil qilgan narsalarga imon keltirdik", denglar!"— deganlar".

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:08:43

Tayanch iboralar:Tafsiri ma’surning vujudga kelish davri ikki bosqichdan iboratdir. Birinchisi rivoyat davri, ikkinchisi tadvin davridir, ehtiyojga muvofiq ijtihod, taba’a tobi’iylar (tobi’iylardan keyingi avlod), tafsirda mavzu’ gaplarning paydo bo‘lishi, "ahli sunna val-jamoa"ni ayblash, Islomga kuch ishlatish va urushlar qilish, ilmiy nuqtai nazardan qaraganda g‘arazgo‘y kimsalarning harakati ham ilmiy qiymatga ega, garchi ularning ijtihodini isnod jihatidan mavzu’ (yolg‘on, to‘qima) deyilsa ham, tafsir, ta’vil, ijtihod va mustaqil fikr jihatidan qimmatli ilmiy yangilik deyish mumkin, "Isroiliyot" so‘zi, yahudiy va nasroniylardan rivoyat qilingan asarlar, nasroniylar o‘z Injillarini "yangi ahd" deb atab, o‘zidan oldingi muqaddas Tavrot va Zaburni "qadimiy ahd" nomi bilan Injilga qo‘shib oldilar, mo‘‘jaz joylarini tavzixlash, Ashobi Kahf itining rangi, Muso (a.s.) qavmlari o‘likni molning qaysi a’zosi bilan urganligi, Nuh (a.s.) kemalarining hajmi, qaysi daraxt yog‘ochidan yasalgani, Xizir(a.s) o‘ldirgan bolaning ismi, Sahobalarning ahli kitoblardan savol so‘rashi va ularning javoblarini tasdiqpashda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) belgilab bergan hududdan tajovuz qilmaganlari, Qur’on oyatlarini kohinchasiga sharhlash, Isroiliyotlar uch qismga bo‘linadi: sahixdigi aniq bilingan, yolg‘onligi aniq bilingan, birinchiga ham, ikkinchiga ham kirmaydigan rivoyatlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 08:10:20

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri deganda nima nazarta tutiladi?
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Tafsirda mavzu’ (to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi deganda nimani tushunasiz?
4. Tafsirda  isroiliyotlardan foydalanishning ahamiyati qanday?
5. Isroiliyotlar necha qismga bo‘linadi?   

Tavsiya etilgan va foydalanilgan   adabiyotlar ro‘yxati

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent: 1995.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz:.1996. 9-nashr.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
4. Tafsiru ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut. 1999. 3-nashr. 1-j.
6. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr, 1997. 640 bet..
7. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At-gahrir vat-tanvir. Tunis. 1-j.
8.  Muhammad Ali Davla. Qisasun min hayati Ar-Rasul va ashabihi. Damashq. 1999. 12-j.

Qayd etilgan


Musannif Adham  04 Oktyabr 2008, 07:36:36

16-MAVZU. ISROILIYOT ROVIYLARINING ULUG’LARI

Dars rejasi:
1. Isroiliyot roviylarining mashhurlari:
a)  Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi;
b)  Ka’bul   Axborning  tarjimai   holi;
v)  Vahb ibn Munabbahning   tarjimai holi;
g)  Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.
2. Roviylarning sanadini tark etish.


Qayd etilgan