Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391464 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 62 B


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:21:09

Hammod ibn Salama Abu Sannondan Vahbning shunday deganini rivoyat qilgan: "Men taqdir to‘g‘risida o‘zimcha masala aytardim. Fikrimni ravshanlashtirish maqsadida o‘tgan anbiyolarning kitoblaridan yetmishdan ortig‘ini mutolaa qilib chiqdim. Barchasida ham: "Kimki xohishim o‘zimda, taqdirim o‘z qo‘limda desa, u odam albatta kofir bo‘ladi"— deyilganini o‘qib, men taqdir haqidagi o‘z fikrimdan voz kechdim.

Al-Juzjoniy aytadi: "Vahb qadar to‘g‘risida bir kitob yozgan edi, keyin tushunib pushaymon yedi".

Musanno ibn As-Saboh aytadi: "Vahb ibn Munabbah yigirma yil xufton namozi bilan bomdod nomozi o‘rtasida tahorat yangilamagan".

Vahb ibn Munabbah qadimiy kitoblar va Qur’on ilmini mukammal bilish bilan birga, kechasi bilan ibodatga mashg‘ul bo‘lgan, haq oldida doim taslim edi, insofli edi. O’zining qadar to‘g‘risida xato ketganini tan olishi va pushaymon yeyishi uning naqadar e’tiqodi mustahkam ekanligini, uning haqida ta’na va malomat qilinishiga asos yo‘qligini  ko‘rsatadi.

Vahb xususida juda ko‘p ulamolar yaxshi ta’rif berganlar. Uning nomiga yetkazilgan ta’nalar tuhmatdan boshqa narsa emas.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:22:29

g) Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.

Uning to‘liq ismi Abu Xolid yoki Abul Valid Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj Al-Umaviy bo‘lib, asli rumlik nasroniy edi. Islomga kirgandan so‘ng Makka ulamolaridan va muhaddislaridan biri bo‘ldi. Ibn Jurayj Hijozda kitob yozgan birinchi olimdir. U tobi’iylar davrida isroiliyotlarning qutbi(koni) bo‘lgan edi. Agar Ibn Jarir At-Tabariyning tafsirini varaqlab ko‘rsak, nasroniylar haqidagi oyatlarning barchasida Abdulmalik nomidan Ibn Jurayj taxallusi bilan rivoyat qilinganini ko‘ramiz.

Ibn Jurayj o‘z otasi Abdulaziz, Ato ibn Abiy Raboh, Zayd ibn Aslam, Az-Zuhriy va boshqalardan rivoyat qilgan. Undan esa ikki o‘g‘li Abdulaziz va Muhammad, Al-Avzo’iy, Al-Lays, Yahyo ibn Said Al-Ansoriy, Hammod ibn Zayd va boshqalar rivoyat qilganlar.Ibn Sa’dning aytishicha, Ibn Juraij hijriy sananing saksoninchi yilida tug‘ilib, taxminan bir yuz ellik yoki bir yuz ellik to‘qqizinchi yilda vafot etgan.

Ibn Jurayj Molik ibn Anas tabaqasidan hisoblanib, hadis jam qilgan va ularni kitob qilib yozgan birinchi muallifdir. Uning tug‘ilgan joyi Makka bo‘lsa ham, ilm talabida juda ko‘p shaharlarni kezgan, Basra, Yaman va Bag‘dodda ta’lim olgan edi.

Ibn Xaldunning aytishicha, Ibn Jurayj yoshi o‘tgan vaqtda ilm o‘rganishga kirishdi. Agar yoshlik paytidan boshlaganda edi, ko‘plab sahobiylardan ta’lim olgan bo‘lardi. Ilm o‘rganishda sabr-toqati beqiyos edi.

U o‘zi haqida shunday degan edi: "Men juda ko‘p o‘rgandim. Menga: "Agar sen Atoni mahkam ushlaganingda..."— deyilgandan so‘nggina men Atoni o‘n saqkiz yil etagidan mahkam ushladim".

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:23:31

Ibn Jurayjdan Qur’on tafsirida juda ko‘p rivoyatlar kelgan, ularning hammasi Ibn Abbos nomiga bog‘liq bo‘lib, bu rivoyatlarning ba’zilari sahih bo‘lsa, ba’zilari sahih emas. Chunki, Ibn Jurayjning maqsadi har bir oyat tafsirida qilingan rivoyatlarni jamlash bo‘lgan, ularni sahih va nosahihini saralash emas. Shuning uchun rivoyatlarni aralash jamlayvergan.

Ibn Jurayjning adolati yuzasidan ulamolar huzuridagi e’tiborini olsak, uning haqida hamma   ulamolar bil-ittifoq xayrixoh emaslar. Ba’zilari unga ishonchli deb baho bergan bo‘lsalar, ba’zilari zaiflikka nisbat beradilar. Ulamolardan Al-Ajaliy, Sulaymon ibn An-Nazr, Yahyo ibn Said Ibn Jurayj haqida yaxshi fikr bildirganlar.

Yahyo ibn Said aytadi: "Ibn Jurayj eng rostgo‘y roviylardandir, agar u "haddasaniy" so‘zi bilan rivoyat qilgan bo‘lsa, ishonchli ekanligiga,  agar "œaxbaroniy" so‘zi bilan rivoyat qilgan bo‘lsa, ishonchsiz ekanligiga dalolatdir".

Ammo ulamolardan Ad-Doruqutniy Ibn Jurayj haqid: "Ibn Jurayjning tadlisidan qoching! Chunki u juda yomon tadlischidir", — deydi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:24:38

Ibn Hibbon "As-Siqot" kitobida, Az-Zahabiy "Mezonul e’tidol" kitobida Ibn Jurayjni o‘zi ishonchli roviy, ammo rivoyatida tadlis bor, deyishgan.

Abdulloh ibn Ahmad ibn Xanbal  Ubaydan rivoyat qilib aytadi: "Ibn Jurayjning rivoyat qilgan mursal hadislari mavzu’ (yolg‘on) hadisdir. Ibn Jurayj hadis rivoyat qilayotganda, hadisni kimdan olayotganligiga e’tibor qilmaydi va "axbartu, haddastu an fulonin",— deb aytaveradi". (Mezonul e’tidol)

Al-Xazrajiyning aytishicha, Ibn Jurayj "œolti sahih"ning mualliflari tomonidan ishonchli roviy sifatida tan olingan va xadislari rivoyat qilingan!

Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, deyishimiz mumkinki, har bir mufassir agar Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayjdan rivoyat oladigan bo‘lsa, avval u rivoyatni boshqasi bilan tasdikdab olib, sog‘ bo‘lsa olsin, zaif bo‘lsa tark qilsin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:31:50

2. Tafsiri ma’surning   zaif sanalishiga oxir uchinchi sabab — bu roviylarning sanadlarini tushirib qoldirish, ya’ni zikr etmaslikdir. Sahobiylar o‘zlari rivoyat qilgan hadisning rost ekanligiga qattiq ahamiyat berar edilar. Shuning uchun biror sahobiy hadis rivoyat qiladigan bo‘lsa, aytganlariga albatta tasdiqlovchini ham topib qo‘yardi. Sahobiylar hech qachon bir-birlaridan sanad so‘ragan emas, chunki, ular bir-birlarining adolatli va ishonchli ekanliklariga shubha qilmaganlar. Biroq, biror sahobiyda shunday gumon paydo bo‘lib qolsa, darhol guvoh yoki qasam bilan tasdiqlab olardilar. Bu narsa birbirlariga ishonchni yo‘qolganidan emas, ishonchni mustahkamlash uchungina edi.

Ubay ibn Ka’b (r.a.) bir kuni Hazrat Umar(r.a.)ga bir hadisni aytdi. Hazrat Umar (r.a.) : "Shu aytgan hadisingga hujjat keltira olasanmi?"— deb so‘radilar. Ubay ibn Ka’b darhol tashqariga chiqdi va ansoriylardan bir nechasiga o‘zi rivoyat qilgan hadisni gapirib berdi. Ular Hazrat Umar (r.a.) huzurlariga kelib: "Biz bu hadisni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan eshitganmiz", — dedilar. Hazrat Umar (r.a.) Ubayga: "Men seni muttaham qilmoqchi emasman, lekin tasdiqlatib olishni yaxshi ko‘raman",— dedilar. (AlUslubul-hadis. 1-j. 10-b)

Tobi’iylar davrida yolg‘on hadislarni to‘qish ko‘payib ketganligi uchun har bir hadisning sahihligini roviylarning sanadi va ularning adolati bilan tasdiqlashga ahamiyat berildi. Ammo sanad zikr qilinsa ham, zikr qilinmasa ham, agar roviylar ishonchsizroq bo‘lsa unday hadis olinmaydigan bo‘ldi. Imom Muslim o‘z "Sahih"ining muqaddimasida Ibn Siyriyndan shunday rivoyat qilgan: "Avvallari isnoddan so‘ralmas edi. Fitna boshlangandan keyin, har bir roviydan avval kimlar rivoyat qilganligini so‘ray boshlandi". (Sahihu Muslim, 1-j. 112-b)

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:37:40

Tobi’iylar davrida rivoyat qilingan tafsiri ma’surlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan yoki sahobiydan faqat isnod bilan rivoyat qilinar edi. Tobi’iylardan keyingi asrda jamlangan va devon qilingan tafsirlar ham xuddi shunday sanad bilan rivoyat qilib yozilgan. Masalan: Sufyon ibn Uyayna, Vaki’ ibn Al-Jarroh va boshqalarning tafsirlari shular jumlasidandir.

Keyingi asrlarda yozilgan tafsirlarning mualliflari sanadlarni qisqartirib, rivoyat qilgan gaplarining egalarini zikr qilmasdan yozishlari natijasida, ularning sahihligiga putur yetdi, turli ishonchsiz gaplar kirib qoldi va sahih bilan nosahih aralashib ketdi.

Agar yolg‘on to‘qish va isroiliyotlarni qo‘shish har qancha ayb bo‘lsa ham, agar ular isnod bilan berilsa, rost yoki yolg‘onligini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Ammo, har qanday rivoyat isnodsiz berilsa, uning rost yoki yolg‘onligini aniqlab bo‘lmaydi, hamma narsa maxfiy bo‘ladi. Shuning uchun roviylari isnodsiz berilgan tafsir ham, hadis ham nihoyatda zaif, ishonchsizdir.

Yuqorida sanab o‘tilgan uch sabab tafsirlarning zaif sanalishiga olib keladi. Bu xatar keyingi vaqtda ulamolarning ko‘ngliga tushib, ba’zi tafsirlarni isroiliyotlardan va yolg‘on to‘qimalardan tozalashga harakatlar qilindi. Ammo uchinchi va juda xatarli sabab bo‘lgan isnodsiz yozilgan tafsirlarni tozalashga hech kim jur’at etolgani yo‘q. Bu amal bir kishining ishi emas, ulamolar jamoasining ishi bo‘lib, shoyadki kelajakda tafsiri ma’surlarning isnodsiz yozilganlari isloh etilib to‘ldirilsa! — deb umid qilamiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:38:53

Tayanch iboralar: Isroiliyot roviylari, roviylarning sanadini tark etish, "Yahudiylar meni o‘zlarining ulug‘lari va ulug‘larining o‘g‘li, olimroqari va olimroqlarining o‘g‘li, deb biladilar", avboshlarga tanbeh bergan, Allohning qilichi qinida turibdi, uchinchi tabaqa, Abdulloh ibn Salom o‘nta jannati sahobaning o‘ninchisi, mursal hadis, Ka’bning ilmi juda chuqur edi. U Tavrot va Qur’on ilmlarini jamlagan edi. Shuning uchun ham uni "Ka’bul hibr va Ka’bul Axbor, deb atashar edi, Abud Dardo hukamolarning biri, Amr ibn Al-Os ham hukamolarning biri, Ka’bul Axbor esa ulamolarning biridir, Vahb ibn Munabbah fors bolalaridan edi, o‘tmish xabarlar va tarixiy qissalar, Undan "Fil Mag‘oziy" nomli asar ham qolgan, "Vahb qadar to‘g‘risida bir kitob yozgan edi, keyin tushunib pushaymon yedi", isroiliyotlarning qutbi, arab she’rlarini va shajaralarini, ulamolar bilittifoq xayrixoh emaslar,"Ibn Jurayjning tadlisi", roviylarning sanadlarini tushirib qoldirish.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:40:48

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1 Isroiliyot roviylarining mashhurlari kimlar?
2. Abdulloh ibn Salom haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qanday bashorat berganlar?
3. Ka’bul Axborning rivoyatlari haqida ulamolar qanday fikrlar bildirganlar?
4. Vahb ibn Munabbah olim sifatida qanday asarlar yozgan?
5. Roviylar sanadini tark etish tafsirning qiymatiga qanday ta’sir etadi?

Tavsiya etilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Zakoi Ko‘nrapa. Payg‘ambarimiz va Asharai mubashshara. Toshkent. 1995.
2. Doktor Mahmud At-Tahhon. Taysiru Mustalahil hadis. Riyoz. 1996. 9-nashr.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T., 2001.
4. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut: 1969. 1-j.
5. Tafsiri Tabariy. Bayrut: 1999. 3-nashr. 1-j.
6. Sog‘uniy Alixonto‘ra. Tarixi Muhammadiy. Toshkent. Movarounnahr, 1997. 640 b.
7. Muhammad  Tohir Ibn Ashur. At-tahrir vat  tanvir. Tunis. 11-t.
8. Muhammad Ali Davla. Qisasun min hayati ar-Rasul va ashabihi. Damashq. 1999. 12-j.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:42:52

17-MAVZU. TAFSIRI MA’SURNING MAShHURLARI VA ULARNING   XUSUSIYATLARI

Dars rejasi:
                                   
1.  Tafsiri ma’surning mashhurlari.
2.  Ibn Jarir At-Tabariyning tarjimai holi.
3.  Ibn Jarir tafsiriga ulamolarning baholari.
4.  Ibn Jarirning tafsir qilish usuli.
5.  Ibn Jarir tafsirida isroiliyotlarga munosabat.


Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Oktyabr 2008, 06:45:08

1. Mufassirlar tomonidan turli asrlarda yozilgan tafsiri ma’surlarning adadi juda ko‘p bo‘lib, ularning barchasi haqida fikr yuritish imkoniyatiga ega emasmiz. Shuning uchun bu tafsirlar orasidan quyida ro‘yxati berilgan bir nechtasini tanlab olib, ular haqida fikr yuritmoqchimiz, chunki, bu tafsirlar Islom ulamolari orasida eng mashhur, eng mukammal, e’timodga molik bo‘lgan asarlar bo‘lib, kutubxonalarda va olimlarimizning shaxsiy kutubxonalarida mavjuddir:

1. "œJomi’ul-bayon fiy tafsiril-Qur’on", muallifi Ibn Jarir At-Tabariy;
2.  "œBahrul-ulum", muallifi Abul Lays As-Samarqandiy;
3.  "œAl-kashf val-bayon   ‘an tafsiril-Qur’on", muallifi Abu Ishoq As-Sa’labiy;
4.  "œMaolimut-Tanzil", muallifi Abu Muhammad Al-Husayn Al-Bag‘aviy;
5. "œAl-Muharrir al-vajiz fiy tafsiri al-Kitob al-aziz", muallifi Ibn Atiyya Al-Andalusiy;
6. "œTafsirul Qur’onil-azim", muallifi Abul Fido Al-Hofiz Ibn Kasir;
7. "œAl-Javohir Al-Hison fiy tafsiril Qur’on", muallifi Abdurrohman As-Saolibiy;
8.  "œAd-durrul-mansur fit tafsiril-ma’sur", muallifi Jaloluddin As-Suyutiy.

Qayd etilgan