Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391491 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 62 B


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:07:17

4-hujjatning raddiyasi. Avvalgi ulug‘ olimlar Qur’oni Karimni ra’y bilan tafsir qilmaganlarining sababi, avvalo, taqvo yuzasidan va o‘zlarini kelajakda yetib qolishi mumkin bo‘lgan ta’nalardan saqlash uchundir. Ya’ni kelajakda biror mutaaxxir olim Qur’onni ra’y bilan tafsir qilishda haddidan oshadi, xatolar qiladi, buning ustiga "Mening bu usulda tafsir qilishni o‘rgangan ustozim falonchi",— deb salaf olimlari nomini qora qilishlari mumkin edi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:14:01

Qur’on oyatlarini ra’y bilan tafsir qilishga ijozat beruvchi guruh o‘zining hujjatlarini shunday bayon qiladi:

1-hujjat. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimning qator oyatlarida Qur’onni tafakkur qilishga, undan istifoda va istinbot etishga buyurgan. Masalan, "Muhammad" surasining 24- oyatida:

أَفَلا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

"Axir ular Qur’on oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarda qulflari bordir". (Muhammad, 24)

"Sod" surasining 29-oyatida:

كِتَابٌ أَنْزَلْنَاهُ إِلَيْكَ مُبَارَكٌ لِيَدَّبَّرُوا آيَاتِهِ وَلِيَتَذَكَّرَ أُولُو الألْبَابِ

«Ey Muhammad, ushbu Qur’on oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir". (Sod, 29)

"An-Niso" surasining 83-oyatida:

وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَى أُولِي الأمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ

"Agar uni Payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan amirlarga yetkazsalar, uni bilib olishni istovchilar o‘shalardan so‘rab bilaverar edilar". (Niso, 83) Alloh Ta’olo tomonidan Qur’onni bilish, tafakkur va tadabbur qilishga ochiqdan-ochiq ijozatlar bor. Xususan, "Niso" surasining 83-oyati aql egalari o‘z ijtihodlari bilan istinbot qilishlari mumkin ekanligiga yaqqol dalildir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:17:05

2-hujjat. Agar ra’y bilan tafsir qilish mumkin bo‘lmaganda, umuman ijtihod qilish mumkin bo‘lmas edi. Qancha qancha hukmlar to‘xtab qolardi. Bu esa botillarning botilidir. Ulamolar uchun shu kunga qadar ijtihod eshiklari ochiqdurki, ular o‘z ijtihodlarida to‘g‘ri topsalar ikki savobga, xato qilsalar bir savobga ega bo‘ladilar.

3-hujjat. Sahobalar Qur’onni o‘qib, uning tafsirida ixtilof qilardilar. Qur’onning hamma tafsirini hamma sahobalar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan to‘liq eshitmaganlar. Ko‘p sahobalar bir-birlaridan eshitib o‘rganardilar, ba’zan o‘zlarining ijtihod va tafakkurlari orqali fahmlardilar. Agar ijtihod man etilgan bo‘lganda, sahobalar man etilgan narsani qilgan, Alloh harom qilgan narsaga kirishgan bo‘lardilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:30:19

v) Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy shunday deydi: "Yuqorida zikr etilgan va ikkovi ham o‘z hujjat-dalillarini keltirgan ikki guruh ham o‘z fikrida g‘uluvga ketgan, ya’ni ikkovining fikrida ham xato mavjud. Chunki, tafsir faqat manqul rivoyatlar bilangina bo‘ladi deganlar ko‘p hukmlarning yechimida muhtojlikda qoladilar.

Ijtihod bilan tafsir qilish huquqini har bir odamga ravo ko‘rish esa Qur’on hurmatining buzilishiga olib keladi va Allohning: "Aql egalari Qur’onning oyatlarini tadbir qilsinlar",— degan xitobining haqiqatiga e’tibor qilinmagan bo‘ladi. (Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir. 423-b)

Ikki guruhning dalillari va Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniyning ularga munosabatidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, avvalo, ra’y bilan tafsir qilishning mohiyatini tushunib olish kerak.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:32:35

Ra’y ikki xil bo‘ladi: birinchisi, tafsirning barcha shartlarini chetlab o‘tmagan holda arab tili qoidasi, Qur’on va sunnatga muvofiq tafsir qilish bo‘lib, ra’y bilan tafsir qilishga ijozat bergan guruhning gapi shunday tafsirga tegishli deb qabul qilinadi.

Ikkinchisi, arab tili qoidalariga muvofiq bo‘lsa ham, shar’iy dalillarga, tafsirning boshqa shartlariga muvofiq bo‘lmagan tafsir bo‘lib, ra’y bilan tafsir qilishga ijozat bermagan guruhning gapi shunday tafsirga tegishli deb qabul qilinadi. Bunday tafsir ulamolar huzurida mardud va quyida aytilgan gaplar shunday tafsir sohiblariga otilgan toshdir:

Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kelajakda shunday qavmni ko‘rasizlar, ular sizlarni Allohning kalomiga da’vat qiladilar, ammo o‘zlari uni orqalariga tashlab yuboradilar, ya’ni beparvo bo‘ladilar, amal qilmaydilar. Sizlar ilmni lozim tuting! Bid’atdan saqlaning!".

Umar (r.a.) shunday deganlar: "Men sizlarni ikki odamdan xavf qilaman: Qur’onni noto‘g‘ri ta’vil qiladigan va o‘zining tug‘ishgan birodari bilan mulk talashadigan odamdan". (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’. 264-sahifa.)

Demak, tafsir qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ilmlarni mukammal egallagan, arab tilini yaxshi bilgan, tafsir aytishda salaf ulamolaridan qilingan naqliy tafsirlarga xilof qilmagan, ijtihod va istinbot qilishga Alloh iste’dod bergan har qanday olim Qur’onni ra’yi bilan tafsir qilishiga ijozat beriladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:34:02

Tayanch iboralar: As-Suyutiy ikki yuz ming hadisni yoddan bilgan, "At-Tanfis" kitobi, "Ravzatul Miqyos" degan joy, karomatlar sodir bo‘lgan, Ilmiy foydalar va shariat ahkomlari haqida yozgan turkum she’rlar, "Ad-Durrulmansur fit-tafsiyril ma’sur", "Tarjimonul Qur’on", toliblarning himmatidagi qusur, "Majma’ul bahrayn va matla’ul badrayn", muallifning olti jildli mazkur tafsiridagi hadislar ham alohida saralanishga muhtoj, Ra’y so‘zining ma’nosi e’tiqod, ijtihod va qiyos deganidir, "Har qanday katta olim, adib, nahv, sarf, axbor va hadis ilmlarini yaxshi bilgan olim bo‘lganda ham Qur’oni Karimning biror oyatiga ma’no aytishi mumkin emas, Qur’onni ra’y bilan tafsir qilish Allohga tuhmat qilishdir, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Kimki Qur’ondan o‘z ra’yi bilan gapirsa, rost gapirsa ham xato qilgan bo‘ladi", Abu Bakr (r.a.): "Qaysi osmon menga soya beradi, qaysi yer meni ko‘taradi, qaerga boraman va nima qilaman, agar men Allohning murodi bo‘lmagan narsani gapirib qo‘ysam?!"— deb e’tiroz bildirdilar, Ulamolar uchun shu kunga qadar ijtihod eshiklari ochiqdurki, ular o‘z ijtihodlarida to‘g‘ri topsalar ikki savobga, xato qilsalar bir savobga ega bo‘ladilar, "Aql egalari Qur’onning oyatlarini tadbir qilsinlar".

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Oktyabr 2008, 08:35:43

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Jaloliddin As-Suyutiyning tarjimai holi, shogirdlari, asarlari va ijod qilgan she’rlarini bilasizmi?
2. Jaloliddin As-Suyutiy qalamiga mansub nechta tafsir mavjud?
3. Ra’y va ijtihod bilan tafsir qilish haqida ulamolar qanday fikrlar bildiradilar?
4. Qur’on oyatlarini tafsir qilishda ijtihodni man etgan ulamolarning dalillari nimalardan iborat?
5. Ijtihodga ruxsat bergan ulamolar ularning dalillariga qanday raddiyalar beradilar?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Tafsiri Ibn Kasir. Bayrut. 1969. 1j.
3. Yoqut. Mo‘‘jamul-udabo, 18-j. Bayrut. 1999.
4. Fatovo Ibn Taymiyya, 2-j. Bayrut. 1996.
5. Muhammad Tohir Ibn Ashur. At--tahrir vat-tanvir. Tunis. 1-15-t.
6. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
7. Muqaddimatu Ibn Xaldun.
8. Tafsiri Al-Bahrul muhit. 1-j.
9. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
10. At-Termiziy. Sunan. 2-j.
11. Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Oktyabr 2008, 06:57:09

22-MAVZU. MUJTAHID  OLIMLARGA ZARUR BO’LGAN ILMLAR

Dars rejasi:
1. Qur’onni   ra’y bilan tafsir qiluvchi olimlar bilishi zarur bo‘lgan ilmlar:
a) lug‘at, nahv, sarf, ishtiqoq ilmlari;
b) ilmi balog‘at—ilmi ma’oniy, ilmi bayon, ilmi badi’, qiroatlar ilmi;
v) usulud-din, usulul-fiqh, asbobun-nuzul, qissalar, nosix va mansux oyatlar, hadislar, ilmul-mavhiba (valoyat).
2.  Tafsirning darajalari:
a) kalimalarning xossalari;
b) uslublar;
v) ahvoli bashar ilmi yoki tarix;
g) Qur’on bilan da’vat qilish yo‘li;
d) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning siyratlari.
3. Tafsirning masdarlari.
4. Mufassir tafsirida saqlanishi lozim bo‘lgan narsalar.


Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Oktyabr 2008, 07:33:15

1. Allohning kalomini naqliy tafsirlarga murojaat qilmagan holda bevosita aqli va ijtihodi bilan tafsir qilmoqchi bo‘lgan olim quyida keltiriladigan ilmlarning bilimdoni bo‘lishi shart ekanligiga ulamolar ittifoq qilganlar. Bu ilmlar mufassirni turli xatoga ketib qolishdan va Allohga tuhmat qilishdan himoyalaydi:

A. 1) Lug‘at ilmi: Mufassir Qur’on lafzlarini, ularning madlulini, o‘zagini bilishi shart.

Mujohid aytadi: "Allohga va oxiratga imon keltirgan odam agar arab tilini mukammal bilmasa, Qur’onning bir so‘zini tafsir qilish ham unga halol bo‘lmaydi". Chunki ba’zi so‘zlar mushtarak ma’noli bo‘lib, mufassir ikki ma’nodan biriga tafsir qilsa, ikkinchi ma’noni bilmasa, u xato qilishi mumkin, chunki ehtimol Allohning murodi ikkinchi ma’nodir.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Oktyabr 2008, 07:34:47

2) Nahv ilmi: Bu ilm jumlaning birinchi va ikkinchi darajali bo‘laklarini, ega-kesimini, so‘zlarning joylashish o‘rnini aniqlab beradi. Arab tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri har bir so‘zning oxirgi harakati o‘sha so‘zning darajasini bildiradi va agar harakat o‘zgarsa, ma’no ham o‘zgaradi.

Al-Hasan Al-Basriydan: "Chiroyli gapirish va yaxshi qiroat qilish uchun arab tilini o‘rgansa bo‘ladimi?"— deb so‘ralganda, u kishi: "Qanday yaxshi, (arab tilini bilmagan) odam qiroat qiladi, talaffuzda yoki e’robda xato qiladi, natijada savob olish o‘rniga halokatga uchraydi",— deb javob berdi.

Qayd etilgan