Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391488 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 62 B


Musannif Adham  21 Oktyabr 2008, 07:48:46

Mo‘‘taziliylar o‘zlarini «ahli sunna»ga butunlay xusumatchi raqib maqomida tutar ekanlar, ulardan hamma jihatdan ajralib turish uchun Payg‘ambar hadislarini inkor, Allohning oyatlarini o‘z g‘arazlariga moslab ta’vil qilar ekanlar, «ahli sunna»ning ularga munosabati qanday? Biror masalada mo‘‘taziliylar e’tiqodiga yon bosgan holatlar bormi? Albatta, yo‘q! Aksincha ularning xusumatlari, oyat va hadislarga tajovurkorliklari «ahli sunna»ning hamisha e’tiboridan chetda qolmagan, ularning ishlariga tanqidiy nazar bilan raddiyalar berib kelganlar.

Abul Hasan Al-Ash’ariy mo‘‘tazila tafsiri haqida shunday deydi: «G’araz va zalolat ahli bo‘lgan mo‘‘taziliy olimlar Qur’oni Karimni o‘z ra’ylaricha ta’vil, o‘z maqsadlariga muvofiq tafsir qiladi. Ularning tafsiri shundayki, Alloh Ta’olo Qur’onni bu ma’noda nozil qilgan emas, ular qilgan tafsirlariga biror hujjat keltirmaydilar, olamlar Parvardigorining elchisidan, ahli baytdan, sahoba va tobiiylardan bo‘lgan salaf ulamolaridan rivoyat keltirmaydi. Alloh nomiga bo‘hton qilishadi, adashishadi va hidoyat topa olishmaydi.

Ular tafsirlarini pichanfurush Abul Huzayl, yamoqchi Ibrohim Nazzom, Al-Futiy, Al-Jubboiy, Al-Ashaj Ja’far ibn Harb, Ja’far ibn Mubashshir Al-Qasabiy, johil Al-Iskofiy, Al-Farviy Al-Balxiy va boshqa adashgan, johil kimsalardan oladilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Oktyabr 2008, 07:50:19

Al-Jubboiy yozgan tafsirining avvalini Alloh nozil qilganiga xilof ravishda boshlagan. Tili esa Qur’on nozil bo‘lgan arab tilida emas, balki o‘zi tug‘ilgan Jubbo qishlog‘ining mahalliy tilida yozilgan. Tafsirida sahobiy va tobi’iy mufassirlardan birortasidan rivoyat nakd qilmagan, o‘zining nafsi va shaytoni vasvasa qilgan narsalar bilangina kifoyalangan. Agar u ko‘plab odamlarni yo‘ldan urayotgan va adashtirayotgan bo‘lmaganida, men uning haqida gapirib vaqtimni zoe qilmagan bo‘lardim». (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 2-juz’.)

Ibn Taymiyya shunday deydi: «Mo‘‘tazila olimlari avval ra’ylariga muvofiq aqida tuzadilar, keyin Qur’on lafzlari ma’nosini unga bo‘yinsundiradilar. Ular sahoba va tobi’iylardan, musulmon imomlaridan fikrlarida ham, tafsirlarida ham naql qilmaydilar. Ularning tafsirlari ikki vajhdan botil ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turadi: gaplarining fasodidan, tafsirlarining botilligidan. Ularning ba’zilari «Al-Kashshof» sohibiga o‘shagan fasohatli gaplar bilan bid’atlarni shunday aralashtirganlarki, ularning g‘arazidan bexabar bo‘lgan sodda odamlar uni fahmlamaydilar». (Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulit-tafsir. 22-b.)

Ibnul Qayyim Al-Javziyya aytadi: «Mo‘‘tazila tafsiri zehnlarni tirnovchi, fikrlarni tituvchi, ra’ylarni aralashtiruvchi, dillarni vasvasaga soluvchi tafsirdir. Ular bu tafsirlari bilan oq qog‘ozlarni qora chiziqlar bilan, dillarni shubhalar bilan, olamni fasod bilan to‘ldirib tashlaganlar. Ozgina bo‘lsa ham aql ne’matidan bahramand kishi biladiki, ra’yni vahiydan, nafs istagini aqldan muqaddam qilish bilan olam fasodi boshlanadi (Ibnul Qayyim Al-Javziy. E’lomul-muvaqqiiyn. 1-j. 78-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Oktyabr 2008, 07:52:06

Tayanch iboralar: Bid’atchi firqalar, mo‘‘tazila, murjia, shiy’a, xavorij, qadariyya, mu’attala, tavhid, adl, va’d val-va’id, amru ma’ruf va nahiy munkar, Tafsirda besh narsaga rioya etilishi, aqlga muvofiq kelmagan sahih hadislar, sarvari koinot, dahshatli, qora kun, «Imomlar Qurayshdan bo‘ladi», Fadak qishlog‘i, «foydalanish mumkin, ammo butunlay mulk emas», Musaylama Al-kazzob, Sajjoh., Al-Asvad ibn Zayd Al-Anasiy, «ahli ridda», «Jamal voqeasi» ishtirokchilari, sahoba Mu’oviya, Siffin ishtirokchilari, ikki hakam Abu Muso Al-Ash’ariy, Amr ibn Os, Qur’onning ruhi, diniy va siyosiy jihatdan tafriqalanish, ixtiyor, sifot, tahsin, tahzib masalalari, ra’y bilan qilingan tafsir ulamolar o‘rtasida ikki xil — mamduh va mazmum sanaladi. mutlaq mo‘min, mutlaq kofir, «Vosil bizlardan ajradi», «mo‘‘tazila» (ajralgan), At-tavhid, Al-adl, Al-va’d val-va’id, Alloh Ta’olo yaxshilik qilganga mukofot, yomonlik qilganga jazo berishga majbur, Al manzila baynal manzilatayn, Al-amru bil ma’rufi van-nahyi ‘anil-munkar, «Inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi», «Qadariyya», ru’yat (qiyomatda Allohn ko‘rish), shafoat, payg‘ambarlik mo‘‘jizalari va karomatlar, xasumiga qarshi mutlaq tanzih, aql erkinligi, sahih hadislarni ham inkor etadi, hokimi mutlaq, muhtamal ma’nolar, «Men falonchiga qarab turibman», — degani «uning kelishini kutib turibman» deganidir, "œAlloh Ta’olo Musoni mehnat-mashaqqat va fitnalar tirnog‘i bilan jarohatladi", deb ma’no bergan bo‘lsa, u bid’atchilarning kattasidir". Mu’tazila olimlari avval ra’ylariga muvofiq aqida tuzadilar, keyin Qur’on lafzlari ma’nosini unga bo’ysundiradilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Oktyabr 2008, 07:53:03

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Islomda tafriqalanish qachondan boshlandi? Islom olamida mashhur bo‘lgan asosiy firqalar soni nechta?
2. Bid’atchi firqalar tafsirining paydo bo‘lish tarixini bilasizmi?
3. Mo‘‘tazila firqasining asoschisi kim? Ularning aqidasi qanday tamoyillarga asoslanadi?
4. Mo‘tazila firqasi ulamolarining Qur’on tafsiridagi tajovuzkorligi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Abul Hasan Al-Ash’ariy va Ibn Taymiyya mo‘‘taziliylar tafsiri borasida qanday fikr bildirganlar?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.  Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroyibul-Qur’on va Rag‘oib ul-Furqon.30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4- jildlar. T.1998.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 05:41:45

30-MAVZU. MO’TAZILA FIRQASINING MAShHUR TAFSIRLARI

Dars rejasi:
1. Mo‘tazila firqasi e’tiqodi bo‘yicha tafsir yozgan olimlar. Mo‘‘taziliy tafsirlarning muhimlari.
2. Qozi Abduljabborning tarjimai holi.
3. Uning «Tanziyhul Qur’on ‘anil matoin» tafsiri va uslubi.
4.  Az-Zamaxshariyning tarjimai holi. Uning «Al-Kashshof» tafsiri va yozilish uslubi.
5.  Az-Zamaxshariy va uning tafsiriga ulamolarning bergan baholari.


Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 06:37:24

1. Mo‘‘tazila firqasining juda ko‘p ulamolari o‘z mazhablari bo‘yicha tafsir yozganlar. Lekin ularning asarlari ham boshqa ilmiy meroslar singari uzoq zamonlar o‘tishi bilan yo‘qolib borgan, faqat Qur’on ilmlari va naqqod olimlarning asarlaridagina u tafsirlar va ular mualliflarining nomlari saqlanib qolgan. Ular:

Abu Bakr Abdurrahmon ibn Kayson mo‘‘tazila ulamolarining eng ulug‘i, Imom Shofiiy bilan munozara qilgan Ibrohim ibn Ismoil ibn Aliyyaning ustozi, ikki yuz qirqinchi hijriy yilda vafot etgan. Ibn An-Nadim «Al-Fehrast» kitobida: «Ibn Kayson Qur’onga tafsir yozgan», — deb ma’lumot beradi. Ammo bu tafsir haqida hech qanday xabar yo‘q, zamon o‘tishi bilan yo‘qolib ketgan;

Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Salom Abu Ali Al-Jubboiy(vafoti 303 h.) mo‘‘taziliylarning eng ulug‘laridan bo‘lib, falsafa va kalom ilmida mashhur bo‘lgan. As-Suyutiy «Tabaqotul-mufassirin»da, Ibn An-Nadim «Al-Fehrast»da uning yozgan tafsiri haqida ma’lumot berganlar;

Abul Qosim Abdulloh ibn Ahmad Balxiy Al-Hanafiy (vafoti 319 h.) odamlar orasida «Al-Ka’biy Al-Mo‘‘taziliy» laqabi bilan mashhur bo‘lgan. «Kashfuz-zunun» da yozilishicha, u o‘n ikki jildli katta tafsir yozgan;

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 06:38:22

Abu Hoshim Abdus Salom ibn Abu Ali Al-Jubboiy(vafoti 321 h.) As-Suyutiy o‘zining «At-Tabaqot»ida yozishicha, katta tafsir yozgan. As-Suyutiy bu tafsirning bir juz’ini o‘zi ko‘rganligini ham aytadi;

Abu Muslim Muhammad ibn Bahr Al-Isfahoniy (vafoti 322 h.) «Jomi’ut-ta’vil li-muhkamit tanzil» nomli yigirma jildli tafsir yozgan. Bu tafsir haqida Ibn An-Nadim «Fehrast»da, As-Suyutiy «Bag‘iyyatul vu’ot fiy tabaqotun nuhot» kitobida ma’lumot bergan. Al-Faxr Ar-Roziy o‘z tafsirini yozishda e’timod qilgan tafsir mana shudir. Uning bir juz’i «Al-Qohira» jomi’asi kutubxonasida mavjud;

Abul Hasan Ali ibn Iyso Ar-Rummoniy(vafoti 384 h) shiy’a mazhabiga o‘tgan mo‘tazila olimi ham katta tafsir yozgan. Bu haqda As-Suyutiy «At-Tabaqot»da ma’lumot bergan. «Kashfuz-zunun» sohibining yozishicha, Ar-Rummoniyning tafsirini Abdulmalik ibn Ali Al-Muazzin Al-Haraviy (vafoti 489 h.) muxtasar qilgan;

Abul Qosim Ubaydulloh ibn Muhammad ibn Jarvu Al-Asadiy An-Nahviy Al-Aruziy Al-Mo‘‘taziliy(vafoti 387 h.) ham As-Suyutiyning yozishicha, katta tafsir yozgan va «Bismillahir rohmanir rohim» ning o‘ziga bir yuz yigirma vajh ko‘rsatgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 06:39:35

Al-Qoziy Abdul Jabbor ibn Ahmad Al-Hamadoniy (vafoti 415 h.) «Tanziyhul Qur’on anil matoin» nomli tafsir yozgan. Bu tafsir mashhur bo‘lishiga qaramasdan, Qur’onning barcha oyatlari batafsil tafsir qilinmagan.

Abdussalom ibn Muhammad ibn Yusuf Al-Qazviyniy mo‘‘tazila shayxlaridan (vafoti 483 h.) Qur’onni juda keng tafsir qilgan. As-Suyutiy «At-Tabaqot»da yozishicha, Al-Qazviyniyning tafsiri barcha tafsirlar orasida eng kattasi va eng mukammali bo‘lib, uch yuz jilddan iboratdir. Undan yetti jildi «Fotiha» surasiga bag‘ishlangan. Agar tafsirda e’tizoliy aqidalar bo‘lmaganda edi, bunga teng keladigan tafsir olamda topilmas edi;

Abul Qosim Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariy (vafoti 538 h.)lardir. Ular mo‘‘tazila firqasining eng ulug‘ mufassirlaridir.

Biz mo‘‘tazila firqasiga mansub bo‘lgan mufassirlarning eng ulug‘laridan hisoblangan ikki olimning tarjimai holi va ularning tafsirlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 06:55:00

2. Qozi Abduljabborning to‘liq nomi Abul Hasan Abduljabbor ibn Ahmad ibn Abduljabbor ibn Ahmad ibn Al-Xalil Al-Hamadoniy Al-Asadboziy Ash-Shofiiy bo‘lib, mo‘‘tazila firqasining eng ulug‘laridandir. Mo‘‘tazila firqasi Abul Hasanni zikr qilganda uning nomiga «Qozil-quzot(qozilar qozisi)» degan laqabni qo‘shadilar. U ilmni Abul Hasan ibn Salama ibn Al-Qatton va Abdulloh ibn Ja’far ibn Foris va boshqalardan olgan. U uzoq umr ko‘rganligidan tanishlari ko‘p bo‘lgan, shuxrati ko‘p joylarga yoyilgan, turli mamlakatlardan uning ziyoratiga kelib, unga shogird bo‘lishgan. Uning shogirdlari orasida Abul Qosim Ali ibn Al-Hasan At-Tanuxiy, Al-Hasan ibn Ali As-Saymuriy Al-Faqih va Abu Muhammad Abdussalom Al-Qazviniy ham bor edilar.

Abduljabbor uch yuz yigirmanchi hijriy yilda Rayga chaqirtirildi va bosh qozi etib ta’yinlandi, shu yerda umrining oxirigacha tadris bilan shug‘ullandi.

Qozi Abduljabbordan turli ilm sohalari bo‘yicha juda ko‘p muallafot qolgan. Ulardan «Kitobul xilof val-vifoq», «Kitobul-mabsut», "œKitobul-muhit" kalom ilmi haqida, «An-nihoya val-umda» va uning sharhi usul va fiqh haqida, «Nasihatul mutafaqqiha» esa pandu nasihat ma’ruzalaridan iboratdir.Ibn Kasir «Tabaqot»ida yozishicha, Qozining eng katta asari ikki jildli «Kitobu daloilin-nubuvvat» bo‘lib, unda o‘zining chuqur ilm va zakovat egasi ekanligini izhor etgan. Butun mo‘‘taziliylarning raisi va ulug‘i darajasiga erishib, to‘rt yuz o‘n beshinchi hijriy yilda vafot etgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Noyabr 2008, 06:58:59

3. Muallif «Tanzihul Qur’on anil-matoin» nomli tafsirining muqaddimasida, u avval Qur’on ma’nolarini yaxshi tushunib, oyatlarning muhkami va mutashobehlarini ajratib olib, keyin tafsir yozishga kirishganini aytadi. Uning fikricha, ko‘p odamlar mutashobeh oyatlarga amal qilaman, deb Alloh Ta’oloning:

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الأرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

«Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur» (Hashr, 1) degan oyat mazmunini haqiqat deb tushunib, go‘yoki toshlar, maysalar, qushlar va boshqa mavjudotlar Allohga tasbeh aytadi, deb e’tiqod qiladilar. Kimki shunday e’tiqodda bo‘lsa, o‘qigan Qur’onidan unga hech bir foyda yetmapti. Alloh Ta’olo:

أَفَلا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَى قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

«Axir ular Qur’on oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?» (Muhammad, 24) — degan.

Biz bir kitob yozdikki, unda oyatlarning muhkami va mutashobehi ajratib beriladi. Suralarning tartibi bo‘yicha borib, mutashobeh oyatlarning ma’nolarini bayon etdik va ba’zi guruhlarning o‘z ta’villarida xatoga yo‘l qo‘yganlarini ham ko‘rsatib o‘tdik. Alloh bu kitobni barchaga manfaatli qilsin!» (Muhammad Husayn Az-Zahabiy. "œAt-tafsir val-mufassirun". Qohira. 1381-hijriy. 1-juz’.324-b.)

Qayd etilgan