Tayanch iboralar: «Jomi’ut-ta’vil li muhkamit-tanzil», «Bag‘iyyatul vu’ot fiy tabaqotun nuhot», «Qozil-quzot(qozilar qozisi)», oqil va mukallaf insonlar, shaytonning ta’siri, vasvasa bilan qilinadigan ta’sir, «bor, Alloh bilan qo‘l berib so‘rash, quchoqlash, silash!», Allohda shakl va rang yo‘q ekan, uni ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas, «savoblarining ko‘pligidan yuzlari yashnaydi», «Momaqaldiroq Allohga qanday tasbeh aytadi?», ashaddiy mutaassib olim, Qozi Abduljabbor, «Al-Muhojot», «Al-Mufassal», «Al-mufrad val-murakkab», «Al-Foiq», «Asosul-balog‘a», «Ruusul-masoil» «Vafayotul a’yon» muallifi shunday yozadi: «Az-Zamaxshariyning e’tiqodi mo‘‘taziliydir. U o‘zining e’tiqodini yashirmasdan, aksincha faxrlanib yurgan. Aytishlaricha, u biror kishining huzuriga borsa, eshik qorovuliga: «Abul Qosim mo‘‘taziliy kelib, eshik oldida kirishga izn so‘rayapti, deb aytgin», deb buyurar ekan, U «Al-Kashshof»ni yozish asnosida hamdu sano xutbasini: «Qur’onni yaratgan Allohga hamd bo‘lsin!» — deb boshlagan ekan, Odamlar undan butunlay yuz o‘girishgan, ziyoratiga kelmay qo‘yishgan, Keyin u «xolaqo» (yaratdi) so‘zini «ja’ala» (qildi) so‘ziga almashtirgan, xolbuki, mo‘‘taziliylarning nazdida bu so‘z ham «yaratdi» ma’nosidadir, «firqai nojiya» deb ataluvchi «ahli sunna val-jamoa» haqida juda fahsh gaplarni gapiradi, Ularga hatto «mulhid», «kofir»lik nisbatlarini beradi, Bunday jur’at qalbi pok, imoni bebok ulamolarning emas, balki beadab, esi past odamlarning ishidir.