Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 391261 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 B


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:46:55

Qur’oni Karimning quyidagi oyatlari mazmunini ham faqat astronomiyadan xabardor odamgina tushunishi mumkin:

الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ

«Quyosh ham, oy ham(aniq) hisob bilan(joriydir)». (Ar-Rohman, 5.)

هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاءً وَالْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ مَا خَلَقَ اللَّهُ ذَلِكَ إِلا بِالْحَقِّ يُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ

«U quyoshni ziyo taratuvchi va oyni nur (sochuvchi) etgan holda yillarning adadini va (vaqt o‘lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni(oyni) manzil (burj)larga (bo‘lib) o‘lchab qo‘ygan zotdir». (Yunus, 5)

وَخَسَفَ الْقَمَرُ (٨)وَجُمِعَ الشَّمْسُ وَالْقَمَرُ

«Oy ham tutilganda, quyosh va oy birlashtirilganda...». (Qiyomat, 8-9.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:49:26

ذَلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ

«Alloh kechani kunduzga kiritadi va kunduzni kechaga kiritadi». (Haj, 61.)


أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى وَأَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatga joriy bo‘ladigan qilib bo‘ysundirib qo‘yganini va Alloh shak-shubhasiz qilayotgan amallaringizdan ogoh ekanini ko‘rmadingmizmi?!» (Luqmon, 29.)

وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ

«Quyosh (tinmay) o‘z qarorgohi tomon joriy bo‘lur. Bu qudratli va bilimli Zotning o‘lchovidir». (Yosin, 38.)




Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:50:13

Alloh Ta’oloning quyidagi oyati ma’nosini ham faqat insonning ichki va tashqi a’zolarining bilimdonlari — tibbiyot mutaxassislarigina tushunishi mumkin. Alloh aytadi:

الَّذِي خَلَقَكَ فَسَوَّاكَ فَعَدَلَكَ (٧)فِي أَيِّ صُورَةٍ مَا شَاءَ رَكَّبَكَ

«U (Alloh) seni yaratib, so‘ng (barcha a’zolaringni) tiklab, so‘ng(qomatingni) rost qilib qo‘ygan Zot-ku! U seni O’zi qaysi suratni xohlagan bo‘lsa (o‘sha suratda) tarkib topdirdi-ku!». (Infitor, 7-8.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:52:08

Jaloliddin As-Suyutiy ham «Al-Itqon» nomli kitobining oltmish beshinchi bobida, «Al-Iklil fiy istinbotit-Tanzil» kitobida ilmiy tafsir borasida oyat va hadislar keltirib so‘z yuritgan. As-Suyutiyning fikricha ham, Alloh Ta’olo Qur’onda biror ilmni unutmay zikr etgan. Alloh aytadi:

مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ

«Kitobda (Lavhul mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz». (An’om, 38.)

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi... Kitob (Qur’on)ni nozil qildik». (Nahl, 89.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:52:51

Imom At-Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Yaqin kelajakda fitnalar boshlanadi». «Fitnadan nima bilan chiqiladi?» — deb so‘raldi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning Kitobi bilan. Chunki unda sizlardan avvalgilarning ham, sizlardan keyshgilarning ham va o‘rtalaringizdagi qavmlarning ham xabarlari yozib qo‘yilgan».(Muhammad Husayn Az-Zahabiy. At-tafsir val-mufassirun. Qohira. 2000 y. 7-nashr. 2-j. 350-351- betlar.)

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Agar Alloh Ta’olo biror narsani unutgan bo‘lganda, zarrani, isiriq urug‘ini va chivinni gapirmagan bo‘lardi». (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 136-bet.)

Sa’id ibn Mansur Ibn Mas’ud(r.a.)dan qilgan rivoyatda, u kishi dedilar: «Kim ilm o‘rganmoqchi bo‘lsa, Qur’oni Karimni o‘rgansin. Chunki unda avvalgi va oxirgilarning xabari mavjud». (As-Suyutiy. Al-Iklil. 2-bet.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:54:33

Imom As-Suyutiy Qur’oni Karimda farosatli odamlar uchun barcha narsaga ishora bor degan so‘zlarining isboti sifatida shunday dalilni keltiradilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning umrlari oltmish uch yil komil ekanligiga Alloh Ta’olo ushbu oyatda ishora etgan:

وَلَنْ يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاءَ أَجَلُهَا

«Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas». (Munofiqun, 11.)

Ya’ni ushbu oyat Qur’oni Karimning oltmish uchinchi surasi nihoyasida kelgan va undan keyingi sura esa «Tag‘obun»dir. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning vafotlaridan so‘ng sahobalar uchun ham «aldanib qolish kuni» bo‘ldi, ya’ni armonda qoldilar. (As-Suyutiy. Al-Itqon. 2-j. 136-bet.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:57:14

Abul Fazl Al-Marisiy ilmiy tafsir haqida shunday deydi: «Qur’on avvalgilar va oxirgilarning ilmlarini o‘zida jam qilgan, shu ma’nodagi, Qur’ondagi ilmning haqiqati avvalo, Allohda jam bo‘lgan, keyin muayyan qismi Rasululloh (s.a.v.)da jam bo‘lgan, undan ba’zisiga esa to‘rt xalifa, Ibn Mas’ud, Ibn Abbos (r.a.) kabi sahobalar ega bo‘lganlar. (As-Suyutiy. Iklil. 2-bet.)

Tobe’iylar ham ana shu komil ilmdan nasibador bo‘lganlar. Keyin esa odamlarning himmati kamayib, sahobalar va tobe’iylar ko‘targan ilm yukini ko‘tara olmay qoldilar. Har kim ilohiy ilmni o‘z yo‘llariga burib olishga harakat qilib, o‘zlarining mazhablari va e’tiqodlariga munosibini olib, qolganini tark eta boshladilar. Natijada Qur’oni Karimning ilm dengizidan har kim o‘zi uchun ariq qazib oldi. Buning oqibatida bir-biridan farq qiladigan ilm tarmoqlari yuzaga keldi va qurrolar (Ibn Abbos(r.a.) shunday deganlar: «Men tuyamning ipini yo‘qotib qo‘ysam ham, uni  Qur’oni Karimdan topardim. (Qur’onda aytilmagan gap qolmaganligiga kinoya), nuhotlar (Qur’onni yod olgan va tajvid bilan, o‘ziga xos ohang bilan o‘qiydigan kishilar), mufassirlar, usulchilar, faqihlar, furu’chilar, tarixchilar, voizlar yoki xutabolar, faroizchilar, munajjimlar, balog‘atchilar (Qur’on oyatlari tarkibini, so‘z tuzilishini tahlil qiluvchi tilshunoslar), ishoratchilarga bo‘linib, bitta Qur’onning turli mutaxassislari paydo bo‘ldi. Undan tashqari Qur’on oyatlarida ochiq yoki ishora bilan zikr etilgan so‘zlardan tib, mantiq, astronomiya, handasa, matematika, turli kasb-hunar, masalan, tikuvchilik, temirchilik, duradgorlik, yigiruvchilik, to‘quvchilik, bo‘yoqchilik, dehqonchilik, ov qilish, g‘avvoslik, oyna yasash, sopol ishi—kulolchilik, kemachilik, yozuvchilik, novvoylik, oshpazlik, kir yuvuvchilik, qassobchilik, tijoratchilik, tosh yo‘nuvchilik, merganlik ilmlari avj oldiki, bu ilmlarning masdari ham Qur’on bo‘ldi, ya’ni shu kasblar Qur’oni Karimda zikr etilgan.

Demak, xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karim barcha ilmlarning majma’i bo‘lgani uchun ham, Qur’on tafsirlarida ulamolar turli mavzularni ko‘targanlar va ilmlar tarmog‘ini rivojlantirganlar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 02:58:14

O’tilganlarni takrorlash uchun savollar

1. Xorijiylar toifasi qachon paydo bo‘lgan?
2. Xorijiylarning qanday firqalarini bilasiz?
3. Tasavvuf ahli tafsiri deganda qanday tafsir tushuniladi?
4. Faqihlar tafsirida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratiladi?
5. Ilmiy tafsir deb qanday tafsirni nazarda tutiladi?

Tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. T. 2001.
2. Ad-Dovudiy. Tabaqotul-mufassirin.
3. An-Naysoburiy. G’aroibul-Qur’on va rag‘oibul-Furqon. 30-j.
4. Ibnul Qayyim Al-Javziy.E’lomul-muvaqqi’iyn.
5. Al-Itqon. As-Suyutiy, 2-j.
6. Al-Hofiz ibn Hajar. Lisonul-mezon. 4-j.
7. Ibn Taymiyya. Muqaddimatu usulut-tafsir.
8. Ar-Rog‘ib Al-Isfahoniy. Muqaddimatut-tafsir.
9.  Imom Al-Buxoriy. Al-Jome’ As-Sahih. 1-4-jildlar. T. 1998.

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 03:14:16

MUNDARIJA
1-Mavzu. Payg‘ambarlar va Ilohiy din haqida
1. Insoniyat Allohning buyuk mo‘‘jizasi va uning Yerdagi xalifasidir
2. Payg‘ambarlar yuborilishining ilohiy hikmati
3. Hamma payg‘ambarlar keltirgan din Islomdir
4. Islomdan boshqa dinlar haqida
a) Islomiylikdan chiqarilgan dinlar
b) Insoniy (bashariy) dinlar
Ashobur ruhoniyya
Sobiiylar
Oyga sig‘inuvchilar
Zuhalparastlar
Zuhraparastlar
Sha’roparastlar
Suvparastlar
Olovparastlar
Butparastlar
Insonparastlar

2-Mavzu. Ilohiy kitoblar     
1. Ilohiy kitobning xususiyatlari     
2. Tavrot haqida            
3. Zabur haqida             
4. Injil haqida       

3-Mavzu. Qur’oni Karim - Allohning muqaddas kalomi     
1. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi         
2. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vahiy yozuvchi kotiblari       
3. Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’oni Karimning sahifalarga jamlanishi

4-Mavzu. Qur’oni Karimning yetti harfda nozil qilinishi             
1. «Yetti harf» va uning ulamolar tomonidan qilingan ta’villari      
2. Hazrat Usmonning bu borada qilgan jur’atlari          
3. Qur’oni Karimning qadimiy yozuvi va shu yozuvda nusxalarga ko‘paytirilishi

5-Mavzu. Qur’oni Karimning tarkibiy tuzilishi           
1. Qur’on suralari va oyatlari haqida           
2. Qur’on kalimalari va harflarining soni haqidagi ixtilofning sabablari         
3. Qur’oni Karimning qismlarga ajratilishi         
4. Qur’onda kelgan ajamiy so‘zlar haqida

6-Mavzu. Qur’oni Karimning muborak nomlari           
1. Qur’oni Karimning turli nomlar bilan atalishi         
2. Imom As-Suyutiy Qur’on nomlari haqida          
3. Qur’oni Karimning urfda mashhur bo‘lgan nomlari       

7-Mavzu. Qur’oni Karim nazmidagi o‘ziga xoslik         
1. Qur’oni Karim uslubi she’riyat qoidalariga xilofdir         
2. Qur’onda zarbulmasalga e’tibor berilishi         
3. Qur’oni Karimda ifodaning o‘ziga xosligi

8-Mavzu. Qur’oni Karimda nosix va mansux oyatlar           
1. Nasx so‘zining ma’nolari           
2. Nasxning turlari            
3. Qur’on hukmlarini hadis bilan nasx qilinishi borasida ulamolarning fikrlari      

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Noyabr 2008, 09:10:52

9-Mavzu. Qur’oni Karimning tarjimasi, tafsiri va ta’vili           
1. Qur’onning tarjimasi. So‘zma-so‘z tarjima, uning usullari. "œBilmisl" tarjima. "œBig‘ayril misl" tarjima. Qur’onning ma’naviy tarjimasi. Ma’naviy tarjima shartlari         
2. Qur’on oyatlarini tafsir qilish. Tafsir so‘zining ma’nosi, lug‘aviy izohi va ta’rifi. Tafsir ta’riflarining ko‘pligi, mazmunan o‘xshashligi va bir xilligi         
3. Ta’vil, uning lug‘aviy izohi va ta’riflari. Tafsir va ta’vilning farqlari. Ta’vilda isbot va dalillar. Ta’vil qiluvchilarga qo‘yiladigan talablar

10-Mavzu. Payg‘ambar zamonida Qur’oni Karim tafsiri            
1. Payg‘ambarimizning sahobalarga ba’zi oyatlar tafsirini aytib berishlari         
2. Sahobalarning Qur’oni Karimni tafsir qilishdagi usullari         
a) Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish           
b) Qur’onni hadis bilan tafsir qilish             
v) Qur’onni ijtihod bilan tafsir qilish         
g) Tafsirda ahli kitoblardan foydalanish

11-Mavzu. Sahobalardan chiqqan mufassirlar           
1.Sahobalardan chiqqan mufassirlar. Ularning tafsirdagi xizmatlari      
2. Ba’zi mufassirlarning tarjimai hollari          
a) Abdulloh ibn Abbos(r.a.)               
b) Abdulloh ibn Mas’ud(r.a.)           
v) Aliy ibn Abi Tolib(r.a.)             
g) Ubay ibn Ka’b(r.a.)   

12-Mavzu. Sahobalar tafsirining qiymati            
1. Sahobai kiromlarning tafsirlari haqida din ulamolarining fikrlari             
a) Musnad, sahih., mavquf, marfu’ hadislar. Imom As-Suyutiyning «At-Tadrib» kitobi. Marfu’ hukmini sahobiylar tafsiriga berilish qoidalari. Mavquf hukmini berilishi        
b) Tafsir va ijtihod. Payg‘ambardan naql qilinganida sanadning tekshirilishi. Sahobiydan naql qilinganida tafsirning tekshirilishi               
v) Az-Zarkashiyning «Burhon» kitobi. Hofiz ibn Kasirning tafsirlari          
2. Sahobalar tafsirining alomatlari 

13-Mavzu. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri           
1. Tobi’iylar zamonida Qur’oni Karim tafsiri            
2. Tobi’iylar davrida tafsir maktablari           
a) Makka tafsir maktabi              
Said ibn Jubayrning tarjimai holi              
Mujohid ibn Jabrning tarjimai holi         
Ikrimaning tarjimai holi                              
Tovus ibn Kaysoning tarjimai holi             
Ato ibn Rabohning tarjimai holi                 
b) Madina tafsir maktabi                               
Abul Oliyaning tarjimai holi                       
Muhammad Al-Quraziyning tarjimai holi 
Zayd ibn Aslamning tarjimai holi             
v) Iroq tafsir maktabi                                   
Alqama ibn Qaysning tarjimai holi           
Masruqning tarjimai holi           
Al-Asvad ibn Yazidning tarjimai holi             
Murra Al-Hamadoniyning tarjimai holi       
Omir Ash-Sha’biyning tarjimai holi              
Al-Hasan Al-Basriyning tarjimai holi                
Qatodaning tarjimai holi     

14-Mavzu. Tobi’iylar tafsirining qiymati              
1. Tobi’iylar tafsirining hujjat bo‘lishida ulamolarning fikri       
2. Tobi’iylar tafsirining alomatlari         
3. Tadvin asridagi tafsirlar                           
4. Qur’onni mukammal tafsir qilgan birinchi mufassir       
5. Tafsirning turlari           
           
15-Mavzu. Rivoyat asosida yozilgan tafsir. «At-tafsiyr Al-ma’sur»          
1. Tafsiri ma’sur vujudga kelishining ikki davri. Tadvin davri. Qur’oni Karim tafsirini hadisning bir bobi sifatida yozilishi. Hadisdan tafsirning ajratilishi. Ali ibn Abu Talhaning kitoblari. Abu Ravq va Muhammad ibn Savr tafsirlari. Ibn Jarir tafsiri          
2. Tafsiri ma’surning zaiflik alomatlari             
a) Tafsirda mavzu’ (rivoyatga asoslanmagan, to‘qilgan) gaplarning paydo bo‘lishi       
b) Isroiliyotlarning kirib qolganligi             
3. Tobiiylar davrida isroiliyotlarga berilish   

16-Mavzu. Isroiliyot roviylarining ulug‘lari           
1. Isroiliyot roviylarining mashhurlari             
a) Abdulloh ibn Salomning tarjimai holi         
b) Ka’bul Axborning tarjimai holi           
v) Vahb ibn Munabbahning tarjimai holi            
g) Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj           
2. Roviylarning sanadini tark etish

Qayd etilgan