Muallif Mavzu: БУЮК ПАРИШОНХОТИРЛАР  ( 12048 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Original post by Uztermbek

Машҳур рус кимёгари Николай Бекетов ўз хонасида ишлаб ўтирганида, хизматчиси ховлиқиб кирибди:
- Николай Николаевич! Кутубхонангизда Ñžғрилар юришибди.
Олим ишдан аранг бош кўтариб, хотиржам сўрабди:
- Улар қайси китобларни Ñžқишяпти?
***

Рус авиациясининг отаси Жуковский жуда ҳам паришонхотир бўлган. Бир куни кечқурун ўз уйида шогирдлари билан анча суҳбатлашиб ўтириб қолибди. Кейин тўсатдан туриб, хайрлаша бошлабди:
- Кечирасиз, жаноблар, анча ўтириб қолибман, энди уйга бориш керак.
:D :D :D

ibnUyayna

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 164
  • -oldi: 610
  • Xabarlar: 886
  • Jins: Erkak
  • Inniy uhibbukum fillah
    • inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Iltimos menga "Ma'daniyat" so'zini aniq va to'gri ma'nosini aytsngizlar, iltimos sizlardan?.
Assalamu alaykum wr wb!Madaniyat arabcha madiyna-shahar so`zidan olingan.Madaniyatli dgani shaharlik degani.Vallohu alam.
Work for the Hereafter,and Allah will be enough for you for your worldly concerns.

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Bir kuni afandini oyisi saryog' uchun do'konga yuboribdi va saryog' deb ketgin deb tayinlabdi. Afandi yo'lda saryog' saryog' deb ketibdi. Bir ariqchaga duch kelganda "ho'ppa" deb sakrab uyog'iga "ho'ppa", "ho'ppa" deb ketib. Do'kon egasidan ho'ppa bormi deb so'rabdi.  Tabiyki yo'q bo'lgach uyga saryog'siz qaytibdi

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: БУЮК ПАРИШОНХОТИРЛАР
« Javob #18 : 14 Dekabr 2011, 13:57:33 »
Hayollar bilan bo'lib zinadan ko'tarildim. To'rtinchi qavatga chiqib o'ngga burildim. Besh qadam yurib o'ng qo'ldagi o'zimning xonamni shundoq ochsam... begona xona! Yaxshiroq o'ylab ko'rsam uchinchi qavatda turgan ekanman. Tavba qildim, menga nima bo'layapti o'zi...

P.S. "Kamtarin parishonxotirlar" degan mavzu topa olmadim.
« So'nggi tahrir: 15 Dekabr 2011, 13:01:06 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
menda bunaqa holatlar judayam ko`p bo`lgan-u, parishonxotirlik sabab, hozir eslolmayapman ham...
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Muslimahon

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 349
  • -oldi: 338
  • Xabarlar: 372
  • Jins: Ayol
  • Forum.Muslimaat.uz
Ochiq ayvonga chiqadigan eshigimiz oynalik edi. Bor yo'qligini bilolmasidim. Borib ushlab ko'rgach, ha eshik yopiq ekan dib bilardim.
Bir kuni qo'limda muzdek suv issiq kecha edi. Hayol bilan oynali eshik tomonga tez yurib borganidim. Guuurs etib peshonam bn urulsam bo'ladimiii....  :o tez yurib borganimgami bilmadim, qo'limdagi bakal ham sinib ketti oynaga urilib.....
Har kishini dardi bo'lsa....

Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Amerikalik buyuk matematik Norbert Viner (1894-1964) hayotidan:

Bir kuni professor konferentsyaga borib, mashinasini  maxsus joyga qo'yib, ichkariga kirib ketadi. Konferentsyadan chiqqach, nafaqat mashinasini qayerga qo'yganini, balki uning qandayligini ham eslolmaydi. Keyin o'sha yerda hamma mashinalar minib ketilguncha kutib, oxirida qolgan o'zining mashinasiga o'tirib, uyiga qaytadi.

Yangi uyga ko'chganlarida, professorning parishonxotirligini hisobga olgan turmush o'rtogi unga yangi uyga borish yo'nalishi chizilgan qog'ozcha beradi. Biroq, kun oxirida ofisni tark etayotgan qahramonimiz o'sha qog'ozchani qayerga qo'yganini ham, yangi uyining manzilini ham eslolmaydi. Keyin to'g'ri o'zining eski mahallasiga borib, o'sha yerdagi bir yosh qizchadan so'raydi: "Hoy qizaloq, menga professor Vinerning yangi manzilini tushuntirib berolmaysanmi?". "Ha dadajon, - javob beradi qizaloq, - oyim o'zi sizning shu yerga kelishingizni taxmin qilib, meni jo'natgandi".
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 00:52:15 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Amerikalik buyuk matematik Norbert Viner (1894-1964) hayotidan:

Bir kuni professor konferentsyaga borib, mashinasini  maxsus joyga qo’yib, ichkariga kirib ketadi. Konferentsyadan chiqqach, nafaqat mashinasini qayerga qo’yganini, balki uning qandayligini ham eslolmaydi. Keyin o’sha yerda hamma mashinalar minib ketilguncha kutib, oxirida qolgan o’zining mashinasiga o’tirib, uyiga qaytadi.

Yangi uyga ko’chganlarida, professorning parishonxotirligini hisobga olgan turmush o’rtogi unga yangi uyga borish yo’nalishi chizilgan qog’ozcha beradi. Biroq, kun oxirida ofisni tark etayotgan qahramonimiz o’sha qog’ozchani qayerga qo’yganini ham, yangi uyining manzilini ham eslolmaydi. Keyin to’g’ri o’zining eski mahallasiga borib, o’sha yerdagi bir yosh qizchadan so’raydi: “Hoy qizaloq, menga professor Vinerning yangi manzilini tushuntirib berolmaysanmi?”. “Ha dadajon, - javob beradi qizaloq, - oyim o’zi sizning shu yerga kelishingizni taxmin qilib, meni jo’natgandi”.

Said Axmadning "Oshqovoq 2" degan xajviyasi syujetiga o'xsharkan. ;D
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Boshqa safar o'z mashinasida 150 mil yo'l bosib, Yeyl (Yale) Universitetiga konferentsyaga borgan professor Viner qaytishda mashinada kelganini unutib, avtobusda uyga keladi. Ertasiga ertalab garajini xabar olib, uning bo'm-bo'shligini ko'rgach, politsya chaqirib, o'zi konferentsyada bo'lgan vaqtda mashinasini og'irlab ketishganini aytib, shikoyat qiladi.

Bir kuni universitet dam olish xonalaridan birida oldiga har xil qog'ozlar qo'yib o'tirgan professor ko'pchilikni hayratga solgancha qo'ozdan boshini ko'tarib nimanidir eslashga urinar, o'rnidan turib uyoq-buyoqqa yurar, yana joyiga qaytar, lekin hotirjam o'tirolmasdi. Keyingi gal o'rnidan turib yurishni boshlaganda, bu yerga kirgan bir talaba salomlashadi: "Hayrli kun janob Viner!". To'satdan professor to'xtab, talabaga tikilib qoladi. Keyin peshonasiga bir urib, "Viner, ha aynan shu so'z edi" deydiyu, joyiga yugurib, o'zi eslolmayotgan, navbatdagi savol bo'lmish familyasini yozgancha, hotirjam boshqotirmani yechishda davom etadi.
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 00:55:25 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Professor xotini bazmga ketayotganligi sababli eriga bolasini bog'chadan olib kelishini tayinlaydi. Uyga qaytgach ne ko'z bilan ko'rsinki bolasi yo'q boshqabir bola hadeb injiqlik qilib yig'layapti. Shunda eriga
-Hoy bolamiz qani kimni olib keldingiz
-Nima bu bizni bolamiz emasmi
-Nimalar deyapsiz bizning bolamiz qiz bu o'g'il bolaku
-Qaysi bolaligini Nima farqi bor baribir yan ertalab o'sha bog'cha olib borib qo'yasanku, debdi beparvogina yozuvlaridan bosh ko'tarmay

 

БАХТЛИ ОИЛА

Muallif HanafiyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 234
Ko'rilgan: 68429
So'nggi javob 13 Aprel 2009, 18:04:42
muallifi Hanafiy
«МЕНИНГ ОТИМ «ШАЙТАНАТ»

Muallif NurdinboyBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 4979
So'nggi javob 04 Aprel 2011, 11:47:07
muallifi Nurdinboy
ЖАМШИДЖОН

Muallif shoirBo'lim Forumdoshlar kitobi

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 6207
So'nggi javob 07 Dekabr 2009, 11:49:15
muallifi shoir
Ийд Рамазон ва Мустақиллик айёми муборак!

Muallif HabibBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 52
Ko'rilgan: 29446
So'nggi javob 19 Avgust 2012, 14:48:59
muallifi Mo'min Mirzo
Сайлгох кўчаси хакида Репортаж

Muallif ZiyoBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 17357
So'nggi javob 14 Iyul 2010, 17:41:01
muallifi AbdulAziz