БУЮК ПАРИШОНХОТИРЛАР  ( 22238 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 12:48:06

Ochiq ayvonga chiqadigan eshigimiz oynalik edi. Bor yo'qligini bilolmasidim. Borib ushlab ko'rgach, ha eshik yopiq ekan dib bilardim.
Bir kuni qo'limda muzdek suv issiq kecha edi. Hayol bilan oynali eshik tomonga tez yurib borganidim. Guuurs etib peshonam bn urulsam bo'ladimiii....  :o tez yurib borganimgami bilmadim, qo'limdagi bakal ham sinib ketti oynaga urilib.....

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 15:55:31

Amerikalik buyuk matematik Norbert Viner (1894-1964) hayotidan:

Bir kuni professor konferentsyaga borib, mashinasini  maxsus joyga qo'yib, ichkariga kirib ketadi. Konferentsyadan chiqqach, nafaqat mashinasini qayerga qo'yganini, balki uning qandayligini ham eslolmaydi. Keyin o'sha yerda hamma mashinalar minib ketilguncha kutib, oxirida qolgan o'zining mashinasiga o'tirib, uyiga qaytadi.

Yangi uyga ko'chganlarida, professorning parishonxotirligini hisobga olgan turmush o'rtogi unga yangi uyga borish yo'nalishi chizilgan qog'ozcha beradi. Biroq, kun oxirida ofisni tark etayotgan qahramonimiz o'sha qog'ozchani qayerga qo'yganini ham, yangi uyining manzilini ham eslolmaydi. Keyin to'g'ri o'zining eski mahallasiga borib, o'sha yerdagi bir yosh qizchadan so'raydi: "Hoy qizaloq, menga professor Vinerning yangi manzilini tushuntirib berolmaysanmi?". "Ha dadajon, - javob beradi qizaloq, - oyim o'zi sizning shu yerga kelishingizni taxmin qilib, meni jo'natgandi".

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Dekabr 2011, 16:05:18

Amerikalik buyuk matematik Norbert Viner (1894-1964) hayotidan:

Bir kuni professor konferentsyaga borib, mashinasini  maxsus joyga qo’yib, ichkariga kirib ketadi. Konferentsyadan chiqqach, nafaqat mashinasini qayerga qo’yganini, balki uning qandayligini ham eslolmaydi. Keyin o’sha yerda hamma mashinalar minib ketilguncha kutib, oxirida qolgan o’zining mashinasiga o’tirib, uyiga qaytadi.

Yangi uyga ko’chganlarida, professorning parishonxotirligini hisobga olgan turmush o’rtogi unga yangi uyga borish yo’nalishi chizilgan qog’ozcha beradi. Biroq, kun oxirida ofisni tark etayotgan qahramonimiz o’sha qog’ozchani qayerga qo’yganini ham, yangi uyining manzilini ham eslolmaydi. Keyin to’g’ri o’zining eski mahallasiga borib, o’sha yerdagi bir yosh qizchadan so’raydi: "œHoy qizaloq, menga professor Vinerning yangi manzilini tushuntirib berolmaysanmi?". "œHa dadajon, - javob beradi qizaloq, - oyim o’zi sizning shu yerga kelishingizni taxmin qilib, meni jo’natgandi".

Said Axmadning "Oshqovoq 2" degan xajviyasi syujetiga o'xsharkan. ;D

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 16:47:45

Boshqa safar o'z mashinasida 150 mil yo'l bosib, Yeyl (Yale) Universitetiga konferentsyaga borgan professor Viner qaytishda mashinada kelganini unutib, avtobusda uyga keladi. Ertasiga ertalab garajini xabar olib, uning bo'm-bo'shligini ko'rgach, politsya chaqirib, o'zi konferentsyada bo'lgan vaqtda mashinasini og'irlab ketishganini aytib, shikoyat qiladi.

Bir kuni universitet dam olish xonalaridan birida oldiga har xil qog'ozlar qo'yib o'tirgan professor ko'pchilikni hayratga solgancha qo'ozdan boshini ko'tarib nimanidir eslashga urinar, o'rnidan turib uyoq-buyoqqa yurar, yana joyiga qaytar, lekin hotirjam o'tirolmasdi. Keyingi gal o'rnidan turib yurishni boshlaganda, bu yerga kirgan bir talaba salomlashadi: "Hayrli kun janob Viner!". To'satdan professor to'xtab, talabaga tikilib qoladi. Keyin peshonasiga bir urib, "Viner, ha aynan shu so'z edi" deydiyu, joyiga yugurib, o'zi eslolmayotgan, navbatdagi savol bo'lmish familyasini yozgancha, hotirjam boshqotirmani yechishda davom etadi.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:22:34

Professor xotini bazmga ketayotganligi sababli eriga bolasini bog'chadan olib kelishini tayinlaydi. Uyga qaytgach ne ko'z bilan ko'rsinki bolasi yo'q boshqabir bola hadeb injiqlik qilib yig'layapti. Shunda eriga
-Hoy bolamiz qani kimni olib keldingiz
-Nima bu bizni bolamiz emasmi
-Nimalar deyapsiz bizning bolamiz qiz bu o'g'il bolaku
-Qaysi bolaligini Nima farqi bor baribir yan ertalab o'sha bog'cha olib borib qo'yasanku, debdi beparvogina yozuvlaridan bosh ko'tarmay

Qayd etilgan