Muallif Mavzu: Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?  ( 7709 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
1 avgust oldinlari qanday kun bo’lganligini bilmadimu, lekin so’nggi o’n besh yildan beri O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga test sinovlari topshirish kuni bo’lib qoldi. Sir emas, abituriyentlar bu imtihonlar davrida turli xil usullardan foydalanishadi. Masalan, kitob, shpargalka, tanish o’qituvchilarning yordami kabi.

So’nggi 3-4 yildan beri esa yana bir yangi qalloblik usuli paydo bo’ldi. Bu imtihonga kirayotgan talabaga bir kishi qo’shilib kirishi va uni “tortib yuborishi”, oddiyroq qilib aytganda, “parovoz”lik qilishi hamda eng avj olgan usul – uyali aloqa telefonidan foydalanib testlarni yechishga urinishdir.
Ayniqsa, bu yil uyali telefon (sotka) usuli abituriyentlarga rosa qo’l keldi. O’tgan 6 kun davomida (hozir 2008 yil 6 avgust, Toshkent vaqti bilan 07:54) imtihonga kirib chiqqan abituriyentlar, o’sha abituriyentlarga “ko’ngilli xizmat”ni tashkil qilgan o’nlab kursdoshlarimdan va hattoki forumning ba’zi a’zolaridan ham bu yilgi test sinovlarida telefondan foydalanish qanchalik samarali vosita bo’lganligi haqida ma’lumot oldim.

Aynan shu holatdan kelib chiqib, ushbu mavzuni ochdim. Maqsad – bu kabi holatlar to’g’risida atrofdagilarning fikrini bilish, uning to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida o’zaro bir to’xtamga kelish, kerak bo’lsa, bahslashish.

Diqqat savol!

Siz test sinovlari vaqtida belgilangan qoidalarning qo’pol tarzda buzilishi, ya’ni shpargalka, kitob, telefon, “parovoz”lar yordamidan foydalanish qanchalik t’og’ri deb o’ylaysiz? Sizningcha bu yerda “imkoniyatlar tengligi”(kimdadir shu vosita bor, boshqa birovda yo’q) prinsipi buzilmayaptimi?

Agar Siz ham bu kabi holatlarga qarshi bo’lsangiz, uning yechimini nimalarda ko’rasiz, ya’ni qanday hal qilish mumkin deb o’ylaysiz?
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Musannif Adhamga,

Albatta notugri narsa lekin hozirgi yoshlarning 70-75 foizi bunga qarshi emaslar shunday ekan judayam qiyin buni oldini olish.
Chet elda kimdir shunaqa qilsa honadagi imtihon topshirayotgan boshqa abuturentlar norozi bulishadi va qarshilik qilishadi bizda esa indamay utiraverishadi.
Bizada yoshlarning fikrlashi halicha juda sayoz yani uz huquqlarini himoya qilishni bilishmaydi.
Indamay tomoshabin bulib utirishadi lekin tushunishmaydiki shu jimgina tomosha qilish bilan uzlarini imtihondan yiqitishlarini.
Qani endi imtihon vaqti butun bir hona oyoqqa turib nozori bulishsinchi qaysi paravoz yoki qolgan girromliklar utadi? lekin bizaga hamma jiiiiim utiradi kurib bilib tursa ham. Shpargalkadan bemalol kuchirishadi, yonidagi abuturentlar esa jim utiradi kurib tursa ham.
Muammoning echimi abuturentlarning uz huquqlarini bilishlarida deb uylayman jimgina tomosha qilish yoki bevosita uzlari ham ishtirok etishda emas.
Biz doim boshqalarni ayblaymiz lekin aslida bizning loqaydligimiz sababchi hammasiga.
Davlat test imtihonlarini mukammal qilib quygan lekin toki yoshlar uzini himoya qilmas ekan u narsa ish bermaydi. Dunyodagi eng mukammal test imtihonini tadbiq etsangiz ham agar yoshlar indamas bulsalar unda foydasiz. Imtihon kuni bemalol honaga parovozlar kirib boraveradi qolgan abuturentlar esa jimgina indamay utiraverishadi hech kim eeyyy kimsan nimaga bunaqa qilasan deya olmaydi.
Manicha vaziyat shunaqa.

The Alchemist
Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса эмас, бу билан коррупцияга қарши кураш бўлинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бўлади, буни устига қаттиқ ҳаяжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бўлса. Бунинг устига шпаргалкаларга эътироз билдириш учун, унинг ўзида шундай нарсалар бўлмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.

Шпаргалка - бу кўпроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини кўрган вақтда уни ваҳима босади, худдики ўзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган ўй унга далда бўлиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг ўзи йўқ эди. Назоратчилар ҳам унда Ñ‚Ñžғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча эътибор қилишмаган.

The_Alchemist

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 86
  • -oldi: 75
  • Xabarlar: 409
  • Jins: Erkak
  • The Alchemist
Birodarga,
Huddi mana shu narsani tanqid qildim, deyarli hamma shpargalka ishlatadi didiz siz ham.
Lekin nimaga?bizda yoshlar uz bilimiga ishonmaganligi uchunmi?Shpargalka dalda emas hecham bu shunchaki girromlikku?
Bilasizmi Koreada uquvchilarga shpargalka tarqatib chiqsangiz ham ishlatishmaydi, yoki tayyor javoblarni bersangiz ham ishlatishmaydi chunki ularni vijdoni yul quymaydi bunga, sizga qarab nafratlanishadi raxmat aytishmaydi.
Tugri bizlarga bu ertak bulib eshitiladi lekin bazi davlatlarda shunaqa. Bu ularning yoshlarining manaviy etukligidan darak beradi bizda esa hamma uchun oddiy holat. Yana kira olishmasak noliymiz ham uyalmasdan. Eng avvalo uzimiz olib kirmasligimiz kerak usha shpargalkalarni, olib kirdikmi natijalardan nolish shart emas. Bizni uzimiz shunaqamiz va test natijalari ham shunga yarasha buladi....
Bu gaplarim hammaga tegishli emas, uz bilimiga ishonadigan, vijdonli yoshlar ham juda kup.

The Alchemist

Dreams are not negotiable.

                - Paulo Coelho

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Assalomu alaykum.
Ahir bu haromligi shunday ko'rinib turgan narsa-ku. birinchidan shar'iy qaytarilgan undan tashqari insoniylikka ham to'g'ri kelmasa kerak.. Ahir qanday qilib imtihonga qaysidir domlaga yoki qo'lidagi qandaydir varoqlarga ishonib kirish mumkin?! Agar inson o'z ilmiga ishonmasa  bu qanday qilib bo'lsa ham o'qishga kirish kerak birovlarni yordamiga suyanishi kerak degani emas-ku... Menimcha imtihonga kirib shunday yo'llar bilan o'qishga kirganlar ham o'qishga kirdim deb kerilishlariga arzimaydi chunki ular o'z bilmlari bilan kirganlari yo'q o'z bilimi bilan kirmas ekan unday TALABA likni nima keragi bor??!!!!!

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса эмас, бу билан коррупцияга қарши кураш бўлинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бўлади, буни устига қаттиқ ҳаяжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бўлса. Бунинг устига шпаргалкаларга эътироз билдириш учун, унинг ўзида шундай нарсалар бўлмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.


Aa, Birodar! Bunaqa fikrlash yaxshi emas, bu masalani bir-birimizga “otish” yaramaydi. Man ko’p kishini fikrini so’rab ko’rganman bu masalada, hamma qarshi, lekin hamma mani ma’zur tutasizu sizga o’xshab kimgadir “otish”ni ma’qul ko’rishadi. Natijada o’sha qarshi bo’lgan kishilarning o’zlari ham yoki “paravoz” yoki “vagon” bo’lib o’z hissalarini qo’shadilar. Shoirning postlaridan birida Tohir Malikning Iymonlashish umididan bir hikoya keltirilgan. “Podshoh marmar hovuz bunyod ettirib, raiyatga amr qilibdiki: «har kishi borki, ertalab kosada sut olib kelib hovuzga to‘ksin. «Bir odam amrni tinglab, o‘ylabdiki: «Shuncha odamning ichida birgina men sut o‘rniga suv olib borib to‘ksam bilinmas. Sutni isrof qilmoqdan ne hojat, o‘zim ichib rohatlanganim afzal». Shu qarorga kelib, ertalab kosada suv ko‘tarib borsaki, boshqalarda ham ahvol shuning o‘zi. Har bir odam o‘sha kishi kabi o‘ylab, o‘sha kishining qaroricha bir kosada suv ko‘tarib kelgan ekan. Ajabki, o‘shanda hovuzga bir tomchi ham sut tushmabdi.” Biz ham xuddi shunaqa fikr qilamiz, “Man istaganim bilan bir narsa o’zgarardimi?” Oldin san istab ko’rchi, harakat qilchi?! Bu savol faqatgina abiturientlarga emas, studentlarga, o’qituvchilarga, imtihondagi nazoratchilarga, ota-onalarga kerak bo’lsa o’sha siz aytgan korruptsiyaga qarshi kurashish xodimlariga ham qaratilgandir.

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Шпаргалка - бу кўпроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини кўрган вақтда уни ваҳима босади, худдики ўзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган ўй унга далда бўлиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг ўзи йўқ эди. Назоратчилар ҳам унда Ñ‚Ñžғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча эътибор қилишмаган.

Assalamu alaykum.
Menimcha bu nafs uchun yo'l topishdan boshqa narsa emas. Agar talaba yaxshilab tayyorlansa va o'qigani yodlaganiga tayanib Allohga tavakkal qilsa hech qanday shpargalkasiz ham bemalol kira oladi. Bunga o'zim guvohman (faqat O'zbekiston sharoitida bilmadim u yerda imtihon topshirib ko'rmaganman) biz o'qiydigan ma'hadda imtihonga bir dona ruchka va o'quv ruxsatnomasi (agar ruxsatnoma yo'q bo'lsa passport)  bilan imtihon o'tadigan xonaga kirgizishadi.  Yaxshi tayyorlangan o'quvchining hayoliga ham kelmaydi shpargalka bilan kirishlik.. To'g'ri qora tanli tilni yaxshi bilmaydigan ba'zi o'quvchilarda bo'ladi har hil yo'l bilan g'irromlik qilishga harakat lekin ular ham bizdagichalik emas.....

Mr.Twister

  • Mehmon
Bu holda ko`pgina o`qigan Abiturientlarning o`rnini telefon ishlatganlar egalashadi. Bu esa kuchli kadrlarning yo`lini to`sadi!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Bizda bilmadim lekin Turkiyada telefon bilan ushlab olishsa- 10 yilgacha qamoq jazosi bor...

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Torisi ozimam bazida matimatika darslaridan qib turaman, yomon ishlgini bilseyam qilamiza. Tutvosa yomon bolishniyam bilin shu ishi qivotganimgayam ozimgayam ortolarimga qoil qolaman. Lekin har doim imtohon tugagandan kiyin, babir qilgan imtihonimdan qoniqmayman. chunki sizga *jovobi* tarqatvotgan insonlayam oddiy oquvchila balki ulayam notori yozilagndur dib hayoldan otqizaman,
Lekin ozim 100% qarshiman shu ishga
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

excite

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 7
  • Jins: Erkak
  • K
    • Biznes-profile
Бу ҳолат ўзбек таълим тизими келажагига орқадан урилаётган пичоқдир.
Зарарлари:
1.Яхши "ишлаб чиқарилган" шпараглака ёки "телемулоқот", шерикнинг ёрдами, хуллас, нопок йўл ёрдамида тестдан ўтган "студент" ўз билими ва қобилиятлари, меҳнати эвазига ўша талабалик ўрнига муносиб бўлган инсоннинг ҳаққини еган бўлади.
2.Ҳаёт йўлига шу тариқа қадам қўйган одам кейинчалик бутун умр "Ҳамма нарсанинг бошқача ечими бор" деган тамойил билан яшашга ўрганади. Тестдан шпора (ёки бошқа усул) билан ўтиб олгач, оралиқда китобдан кўчиради, сессияда пул беради, дипломни заказ билан ёздиради ва ишга ҳам "танка суриб" жойлашади.
3.Бундай система орқали "танлаб" олинаётган талабалар авлодига ОЎЮларида дарс бериш ҳам осон бўлмайди. Шу тариқа таълим сифати тушиб бораверади (бу жараён ҳозир давом этмоқда).
4.Бу ҳолат фирибгарлар учун қўл келиб, қалбаки шпаргалкалар тайёрлаш ва улар билан содда абитуриентларни алдаш орқали бойишга йўл очиб беради.
5.Тест тизимига, пировардида эса, мамлакат таълим тизимига халқнинг ишончи йўқолади.

Ечим (таклиф):

Сўнгги йиллар давомида шаклланган бу ҳолатни йўқотиш албатта осон кечмайди. Бунинг учун тест тизимини ислоҳ қилиш ҳамда қатъий чоралар кўриш керак. Менимча, қуйидагича тизим жорий қилинса, ижобий ўзгариш бўлиши мумкин:
Шаҳар ва туманларда интернетга уланган, қаттиқ назорат қилинадиган тест топшириш хоналари ташкил этилади. Бирор институтга Ñžқишга кирмоқчи бўлган одам яхшилаб тайёргарлик кўргач, ўзи яшайдиган худуддаги шундай хонага келади. У 1 августни кутмайди. Тест исталган пайтда бўлиши мумкин. Қатъий назорат остидаги хонага кириб, у ҳозирги шартлар асосида (36+36+36 савол, бир саволга 3 минут, 3,2,1 балл) тест топширади. Хонадаги компьютер интернет орқали ДТМ билан боғланган бўлади ва абитуриент онлайн тарзда тест топширади. Натижалар дарҳол маълум қилинади, ДТМ базасига киритилади ва бу бални тасдиқлайдиган ҳужжат берилади. Ўз балидан қониқмаганлар фақатгина 6 ой ўтгач, қайта тест топшириши мумкин, деган қоида жорий қилинади. Хонага у қаттиқ текширувдан ўтган ҳолда киритилади ва бу шпаргалка, мобил телефондан фойдаланиш имкониятини йўққа чиқаради.
ОЎЮлари эса ҳар 6 ойда ёки ҳар йили ўзлари қабул қиладиган балл чегарасини эълон қилиб борадилар. Абитуриент ўз натижалари билан ОЎЮга мурожаат қилиб, эълон қилинган чегарадан баландроқ натижани эгаллаган бўлса, Ñžқишга кириб кетаверади.
Масалан, мен онлайн тест топшириб, 160 балл олдим, дейлик. Сўнгги эълон қилинган талабларга кўра, масалан, ЎзДЖТУ чегараси 180, Юридик инст. 200, вилоятимдаги пед.олийгоҳи 150 балл чегара белгилаган. Мен ўз натижам билан вилоятимдаги инст.га кириб Ñžқишим мумкин холос.

Тизимнинг яна бир яхши томони, абитуриентларга қулайликдир. Масалан, Юридик инст.га Ñžқишга топшириш учун Тошкентга келиш шарт бўлмайди, ўз тумани ёки шаҳридаги онлайн тест бўлимида олган натижаси (агар талабни бажарса) етарли бўлади. Қолаверса, у албатта 1 августни кутиши шарт эмас, ўзи хоҳлаган пайтда келиб тест топширса бўлаверади.

Бу тизим ҳозир Ғарбда ёки Европа олийгоҳларида қўлланилаётган TOEFL ёки IELTS тизимига ўчшаш. Лекин, битта "лекин"и бор. Бу ишни амалга ошириш учун унда бевосита қатнашадиган, унинг бехато ишлашини таъминлайдиган минглаб ҳалол, пок инсонлар керак бўлади.

Бу шахсий фикр албатта. Бошқаларнинг ҳам фикрларини кутиб қоламан.
...Bizga Allohning O'zi kifoyadir... (c)

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3163
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Bu yil imkon qadar siz aytganingizdek bo'ldi...

Test sinovlarida qo'llaridan kelganicha adolatni ta'minlashga harakat qilishdi.

Yangitdan Nizom ishlab chiqildi.

Tekshiruvni qattiq olishdi.

Shpargalkalar, turli xildagi x-variantlarni kuchsizlantirishdi.

Shunga yarasha ballar ham o'tgan yildagidan keskin farq qildi.

Oddiy misol. O'tgan yili Yuridik institutiga kirish bali 211 bo'lgan edi. Bu yil esa 152 ball bo'ldi !!! O'qigan, intilgan, o'zini kuchiga va bilmiga ishonganlar o'ynab, kulib kirishdi bu yil...

Ilohim, bundan keyingi yillarda ham, Ollohim ushbu ta'lim tizimida qilinayotgan xayrli ishlarning boshida turgan insonlarni qo'llab-quvvatlab, maslagida sobit turishiga ko'makdosh bo'lsin...
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

munisaxon

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 79
  • -oldi: 122
  • Xabarlar: 188
  • Jins: Ayol
Excitening fikrlarini o`qib bir narsa yodimga tushdi. Ona tilidan bo`lgan bir olimpiadada sizning fikrlaringiz ro`yobiga hali ancha borligin ko`rgandim. Bu uch turdagi va oxirgi tur test sinovlari edi. Testga 50 insho va og`zaki imtihonga 50 ball hisobida baholashadi.
Lekin bir holat bo`ldiki o`zlari ham hijolatga tushib qolishdi. Ular bir o`quvchining ota- onasidan pul olishib u uchun bir kompyuterni maxsus tayyorlashgan ekan, bu kompyuterning xususiyati shundaki unda test ishlagan odam hammavaqt 50 ball olarkan. o`shanga adashib boshqa qizni o`tirg`izib qo`yishibdi va u 50 ball olb chiqdi. Vaholanki avvalgi ballari nihoyatda past bo`lgan ekan. "Gaplashilgan" qiz esa meni kompyutermda xato bor ekan deya bizni aldab qo`ydi.
Javoblar e`lon qilindi, "gaplashilgan" qiz g`loib bo`ldi. Lekin hech kim yurak yutib bir narsa deya olmadi, chunki bu komissiyaning o`zi tomonidan uyushtirilgan edi.
SHuning uchun bunaqa test tizimi uchun hali erta, ayniqsa tuman yoki vilooyatning o`zida o`tkazilsa.

jasur.best

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 68
  • -oldi: 138
  • Xabarlar: 304
  • Jins: Erkak
mana bu yil hech qanday shpalgalka va telefonlar ish bermadi. Iloji bo'lsa, bunda ham qattiq turgani ma'qul. Faqat bilimlilar o'qishga kirsin!

 

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

Muallif AnsoraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 24252
So'nggi javob 21 Yanvar 2014, 14:58:19
muallifi IRFON-2012
Axloqning bir bo‘lagi yoxud mobil telefondan foydalanish madaniyati

Muallif Ulugbek-UzBo'lim Madaniyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 8280
So'nggi javob 19 Sentyabr 2008, 21:48:39
muallifi Mr.Twister
Arab tili bo'yicha test sinovlari

Muallif Musannif AdhamBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 23893
So'nggi javob 06 Oktyabr 2014, 12:26:03
muallifi Pofiraxon
FLASH ISLOMIY TEST O'YIN (bir ko'ringlar)

Muallif leonardo1024Bo'lim Darsxona

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7803
So'nggi javob 28 Iyul 2013, 08:02:42
muallifi كوثر
Ingliz tilini o'rgatuvchi va katta test bazasiga ega bepul sayt

Muallif FazliddinFMBo'lim Internet

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 7468
So'nggi javob 06 Sentyabr 2009, 01:29:33
muallifi Ozodbek.