Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?  ( 11286 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 08:10:55

1 avgust oldinlari qanday kun bo’lganligini bilmadimu, lekin so’nggi o’n besh yildan beri O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga test sinovlari topshirish kuni bo’lib qoldi. Sir emas, abituriyentlar bu imtihonlar davrida turli xil usullardan foydalanishadi. Masalan, kitob, shpargalka, tanish o’qituvchilarning yordami kabi.

So’nggi 3-4 yildan beri esa yana bir yangi qalloblik usuli paydo bo’ldi. Bu imtihonga kirayotgan talabaga bir kishi qo’shilib kirishi va uni "œtortib yuborishi", oddiyroq qilib aytganda, "œparovoz"lik qilishi hamda eng avj olgan usul — uyali aloqa telefonidan foydalanib testlarni yechishga urinishdir.
Ayniqsa, bu yil uyali telefon (sotka) usuli abituriyentlarga rosa qo’l keldi. O’tgan 6 kun davomida (hozir 2008 yil 6 avgust, Toshkent vaqti bilan 07:54) imtihonga kirib chiqqan abituriyentlar, o’sha abituriyentlarga "œko’ngilli xizmat"ni tashkil qilgan o’nlab kursdoshlarimdan va hattoki forumning ba’zi a’zolaridan ham bu yilgi test sinovlarida telefondan foydalanish qanchalik samarali vosita bo’lganligi haqida ma’lumot oldim.

Aynan shu holatdan kelib chiqib, ushbu mavzuni ochdim. Maqsad — bu kabi holatlar to’g’risida atrofdagilarning fikrini bilish, uning to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida o’zaro bir to’xtamga kelish, kerak bo’lsa, bahslashish.

Diqqat savol!

Siz test sinovlari vaqtida belgilangan qoidalarning qo’pol tarzda buzilishi, ya’ni shpargalka, kitob, telefon, "œparovoz"lar yordamidan foydalanish qanchalik t’og’ri deb o’ylaysiz? Sizningcha bu yerda "œimkoniyatlar tengligi"(kimdadir shu vosita bor, boshqa birovda yo’q) prinsipi buzilmayaptimi?

Agar Siz ham bu kabi holatlarga qarshi bo’lsangiz, uning yechimini nimalarda ko’rasiz, ya’ni qanday hal qilish mumkin deb o’ylaysiz?

Qayd etilgan


The_Alchemist  06 Avgust 2008, 08:28:16

Musannif Adhamga,

Albatta notugri narsa lekin hozirgi yoshlarning 70-75 foizi bunga qarshi emaslar shunday ekan judayam qiyin buni oldini olish.
Chet elda kimdir shunaqa qilsa honadagi imtihon topshirayotgan boshqa abuturentlar norozi bulishadi va qarshilik qilishadi bizda esa indamay utiraverishadi.
Bizada yoshlarning fikrlashi halicha juda sayoz yani uz huquqlarini himoya qilishni bilishmaydi.
Indamay tomoshabin bulib utirishadi lekin tushunishmaydiki shu jimgina tomosha qilish bilan uzlarini imtihondan yiqitishlarini.
Qani endi imtihon vaqti butun bir hona oyoqqa turib nozori bulishsinchi qaysi paravoz yoki qolgan girromliklar utadi? lekin bizaga hamma jiiiiim utiradi kurib bilib tursa ham. Shpargalkadan bemalol kuchirishadi, yonidagi abuturentlar esa jim utiradi kurib tursa ham.
Muammoning echimi abuturentlarning uz huquqlarini bilishlarida deb uylayman jimgina tomosha qilish yoki bevosita uzlari ham ishtirok etishda emas.
Biz doim boshqalarni ayblaymiz lekin aslida bizning loqaydligimiz sababchi hammasiga.
Davlat test imtihonlarini mukammal qilib quygan lekin toki yoshlar uzini himoya qilmas ekan u narsa ish bermaydi. Dunyodagi eng mukammal test imtihonini tadbiq etsangiz ham agar yoshlar indamas bulsalar unda foydasiz. Imtihon kuni bemalol honaga parovozlar kirib boraveradi qolgan abuturentlar esa jimgina indamay utiraverishadi hech kim eeyyy kimsan nimaga bunaqa qilasan deya olmaydi.
Manicha vaziyat shunaqa.

The Alchemist

Qayd etilgan


Imron  06 Avgust 2008, 10:35:28

Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса смас, бу билан коррупяисга қарши кураш бслинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.

Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг сзи йсқ сди. Аазоратчилар ҳам унда тсғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча сътибор қилишмаган.

Qayd etilgan


The_Alchemist  06 Avgust 2008, 10:47:36

Birodarga,
Huddi mana shu narsani tanqid qildim, deyarli hamma shpargalka ishlatadi didiz siz ham.
Lekin nimaga?bizda yoshlar uz bilimiga ishonmaganligi uchunmi?Shpargalka dalda emas hecham bu shunchaki girromlikku?
Bilasizmi Koreada uquvchilarga shpargalka tarqatib chiqsangiz ham ishlatishmaydi, yoki tayyor javoblarni bersangiz ham ishlatishmaydi chunki ularni vijdoni yul quymaydi bunga, sizga qarab nafratlanishadi raxmat aytishmaydi.
Tugri bizlarga bu ertak bulib eshitiladi lekin bazi davlatlarda shunaqa. Bu ularning yoshlarining manaviy etukligidan darak beradi bizda esa hamma uchun oddiy holat. Yana kira olishmasak noliymiz ham uyalmasdan. Eng avvalo uzimiz olib kirmasligimiz kerak usha shpargalkalarni, olib kirdikmi natijalardan nolish shart emas. Bizni uzimiz shunaqamiz va test natijalari ham shunga yarasha buladi....
Bu gaplarim hammaga tegishli emas, uz bilimiga ishonadigan, vijdonli yoshlar ham juda kup.

The Alchemist


Qayd etilgan


mutaallimah  06 Avgust 2008, 12:00:08

Assalomu alaykum.
Ahir bu haromligi shunday ko'rinib turgan narsa-ku. birinchidan shar'iy qaytarilgan undan tashqari insoniylikka ham to'g'ri kelmasa kerak.. Ahir qanday qilib imtihonga qaysidir domlaga yoki qo'lidagi qandaydir varoqlarga ishonib kirish mumkin?! Agar inson o'z ilmiga ishonmasa  bu qanday qilib bo'lsa ham o'qishga kirish kerak birovlarni yordamiga suyanishi kerak degani emas-ku... Menimcha imtihonga kirib shunday yo'llar bilan o'qishga kirganlar ham o'qishga kirdim deb kerilishlariga arzimaydi chunki ular o'z bilmlari bilan kirganlari yo'q o'z bilimi bilan kirmas ekan unday TALABA likni nima keragi bor??!!!!!

Qayd etilgan


registan  06 Avgust 2008, 12:16:57

Сиз айтаётган ҳолатлар абитуриентларнинг кучи етадиган нарса смас, бу билан коррупяисга қарши кураш бслинмалари шуғулланиши керак.

Абитуриент бечора индамай нима қилсин. Фикру хаёли бир-биридан қийин саволларда бслади, буни устига қаттиқ ҳасжон. Айниқса биринчи марта имтиҳонга кирган бслса. Бунинг устига шпаргалкаларга сътироз билдириш учун, унинг сзида шундай нарсалар бслмаслиги керак. Ким кафолат бера олади, фалон фоиз талабалар имтиҳонга шпаргалка олиб кирмайди, деб.


Aa, Birodar! Bunaqa fikrlash yaxshi emas, bu masalani bir-birimizga "œotish" yaramaydi. Man ko’p kishini fikrini so’rab ko’rganman bu masalada, hamma qarshi, lekin hamma mani ma’zur tutasizu sizga o’xshab kimgadir "œotish"ni ma’qul ko’rishadi. Natijada o’sha qarshi bo’lgan kishilarning o’zlari ham yoki "œparavoz" yoki "œvagon" bo’lib o’z hissalarini qo’shadilar. Shoirning postlaridan birida Tohir Malikning Iymonlashish umididan bir hikoya keltirilgan. "œPodshoh marmar hovuz bunyod ettirib, raiyatga amr qilibdiki: «har kishi borki, ertalab kosada sut olib kelib hovuzga to‘ksin. «Bir odam amrni tinglab, o‘ylabdiki: «Shuncha odamning ichida birgina men sut o‘rniga suv olib borib to‘ksam bilinmas. Sutni isrof qilmoqdan ne hojat, o‘zim ichib rohatlanganim afzal». Shu qarorga kelib, ertalab kosada suv ko‘tarib borsaki, boshqalarda ham ahvol shuning o‘zi. Har bir odam o‘sha kishi kabi o‘ylab, o‘sha kishining qaroricha bir kosada suv ko‘tarib kelgan ekan. Ajabki, o‘shanda hovuzga bir tomchi ham sut tushmabdi." Biz ham xuddi shunaqa fikr qilamiz, "œMan istaganim bilan bir narsa o’zgarardimi?" Oldin san istab ko’rchi, harakat qilchi?! Bu savol faqatgina abiturientlarga emas, studentlarga, o’qituvchilarga, imtihondagi nazoratchilarga, ota-onalarga kerak bo’lsa o’sha siz aytgan korruptsiyaga qarshi kurashish xodimlariga ham qaratilgandir.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Avgust 2008, 21:27:54

Шпаргалка - бу кспроқ психологик восита. Яъни, абитуриент ундан тузук жавоблар топилмаслигини билса ҳам, барибир имтиҳонга шпаргалкасиз кирмайди, чунки ҳаммада "шпора" борлигини ксрган вақтда уни ваҳима босади, худдики сзини ҳамма нарсадан қуруқ қолиб кетаётган одамдек ҳис қилади. "Менда ҳам шпаргалка борку" деган сй унга далда бслиб турса керак.

Мен кираётган йилда гуруҳда шпаргалкасиз абитуриентнинг сзи йсқ сди. Аазоратчилар ҳам унда тсғри жавоблар кам учрашини билишгани учунми, унча сътибор қилишмаган.

Assalamu alaykum.
Menimcha bu nafs uchun yo'l topishdan boshqa narsa emas. Agar talaba yaxshilab tayyorlansa va o'qigani yodlaganiga tayanib Allohga tavakkal qilsa hech qanday shpargalkasiz ham bemalol kira oladi. Bunga o'zim guvohman (faqat O'zbekiston sharoitida bilmadim u yerda imtihon topshirib ko'rmaganman) biz o'qiydigan ma'hadda imtihonga bir dona ruchka va o'quv ruxsatnomasi (agar ruxsatnoma yo'q bo'lsa passport)  bilan imtihon o'tadigan xonaga kirgizishadi.  Yaxshi tayyorlangan o'quvchining hayoliga ham kelmaydi shpargalka bilan kirishlik.. To'g'ri qora tanli tilni yaxshi bilmaydigan ba'zi o'quvchilarda bo'ladi har hil yo'l bilan g'irromlik qilishga harakat lekin ular ham bizdagichalik emas.....

Qayd etilgan


Mr.Twister  21 Avgust 2008, 17:10:17

Bu holda ko`pgina o`qigan Abiturientlarning o`rnini telefon ishlatganlar egalashadi. Bu esa kuchli kadrlarning yo`lini to`sadi!

Qayd etilgan


Ansora  27 Iyul 2010, 00:18:27

Bizda bilmadim lekin Turkiyada telefon bilan ushlab olishsa- 10 yilgacha qamoq jazosi bor...

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Iyul 2010, 01:34:12

Torisi ozimam bazida matimatika darslaridan qib turaman, yomon ishlgini bilseyam qilamiza. Tutvosa yomon bolishniyam bilin shu ishi qivotganimgayam ozimgayam ortolarimga qoil qolaman. Lekin har doim imtohon tugagandan kiyin, babir qilgan imtihonimdan qoniqmayman. chunki sizga *jovobi* tarqatvotgan insonlayam oddiy oquvchila balki ulayam notori yozilagndur dib hayoldan otqizaman,
Lekin ozim 100% qarshiman shu ishga

Qayd etilgan