1 avgust oldinlari qanday kun bo’lganligini bilmadimu, lekin so’nggi o’n besh yildan beri O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga test sinovlari topshirish kuni bo’lib qoldi. Sir emas, abituriyentlar bu imtihonlar davrida turli xil usullardan foydalanishadi. Masalan, kitob, shpargalka, tanish o’qituvchilarning yordami kabi.
So’nggi 3-4 yildan beri esa yana bir yangi qalloblik usuli paydo bo’ldi. Bu imtihonga kirayotgan talabaga bir kishi qo’shilib kirishi va uni "œtortib yuborishi", oddiyroq qilib aytganda, "œparovoz"lik qilishi hamda eng avj olgan usul — uyali aloqa telefonidan foydalanib testlarni yechishga urinishdir.
Ayniqsa, bu yil uyali telefon (sotka) usuli abituriyentlarga rosa qo’l keldi. O’tgan 6 kun davomida (hozir 2008 yil 6 avgust, Toshkent vaqti bilan 07:54) imtihonga kirib chiqqan abituriyentlar, o’sha abituriyentlarga "œko’ngilli xizmat"ni tashkil qilgan o’nlab kursdoshlarimdan va hattoki forumning ba’zi a’zolaridan ham bu yilgi test sinovlarida telefondan foydalanish qanchalik samarali vosita bo’lganligi haqida ma’lumot oldim.
Aynan shu holatdan kelib chiqib, ushbu mavzuni ochdim. Maqsad — bu kabi holatlar to’g’risida atrofdagilarning fikrini bilish, uning to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida o’zaro bir to’xtamga kelish, kerak bo’lsa, bahslashish.
Diqqat savol!
Siz test sinovlari vaqtida belgilangan qoidalarning qo’pol tarzda buzilishi, ya’ni shpargalka, kitob, telefon, "œparovoz"lar yordamidan foydalanish qanchalik t’og’ri deb o’ylaysiz? Sizningcha bu yerda "œimkoniyatlar tengligi"(kimdadir shu vosita bor, boshqa birovda yo’q) prinsipi buzilmayaptimi?
Agar Siz ham bu kabi holatlarga qarshi bo’lsangiz, uning yechimini nimalarda ko’rasiz, ya’ni qanday hal qilish mumkin deb o’ylaysiz?