Uyali aloqa vositasi faqat yaxshilik uchun xizmat qilsin!..  ( 9932 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Foniy  08 Avgust 2008, 13:17:26

TELEFONDA TOPILGAN "œBAXT"

— Allo. Assalomu alaykum, kimsiz? Sizning nomeringiz telefonimga tushib qolibdi.
— Men bu nomerga telefon qilganim yo‘q.
— Kimligizni bilsak bo‘ladimi, tanishaylik...

***

— Allo. Sevara bormi?
— Yo‘q, adashib tushdingiz.
— O‘ziz kim bo‘lasiz, tanishsak bo‘ladimi?..

Bunday holatlar bir kunda ko‘plab takrorlanishi mumkin. Uyali aloqa vositasi haqida ko‘p fikrlar aytildi. Ammo ularning zararli oqibatlari turli muammolarga ham sabab bo‘lmoqda.

O‘g‘li yoki qizini «yo‘qlab» turish uchun telefon olib bergan ota-ona farzandining ham «anoyi» emasligini bilarmikan? Ko‘chada bo‘lsa, «Darsdaman», diskotekada bo‘lsa, «Dugonamnikidaman» deb bemalol gapirishi, albatta, shubhalantirmaydi.

Bir dugonam darsga bormay, tinmay uxlardi. Har safar onasi telefon qilsa, ovozini pastlatib: «Darsdaman, domlamiz kelyapti, bo‘pti, xayr», deb o‘chirib qo‘yardi. Mushtipar ona esa «o‘qimishli» qizini «dars vaqtida» bezovta qilgani uchun o‘zini koyigandir, ehtimol...

Ba’zi yoshlar uchun eng foydali va qiziq mash­g‘ulot «sotka» orqali tanishuvdir. Gohida tasodif tufayli, ayrim hollarda hazillashib, istagan raqamni terib ham bir-biri bilan tanishgan, hatto turmush qurayotgan yigit-qizlar ham bor.

Talabalar yotoqxonasida turganligim bois bunday hodisalar deyarli har soatda uchraydi. Ularning ko‘pchiligi tanishuv haqida berilgan savollarga «telefon orqali» deb javob beradi. Kimgadir ovozi, gapirishi yoki so‘zlashish davomida ang­lashilgan fe’l-atvori yoqadi. Kimnidir ko‘rmay turib, ovoz orqali sevib yoki yoqtirib qolish ajablanarli holat emas. Faqat yoshlarning bir vaqtning o‘zida bir necha yigit-qizlar bilan mana shunday aloqani o‘rnatishi juda qiziq.

Bir kuni xonadoshim to‘yi bo‘layotganini aytib qoldi. Qiziqib: «Kuyov bola bilan qanday tanishgansiz?» deb so‘radim. U ham «sotka» or­qali tanishganini aytdi. Ilgarilari, avvalo, ota-ona bo‘lajak kelin-kuyovlarni bilib, kuzatib, oilasini surishtirib, keyin ularni bir-biri bilan tanishtirishgan. Hozir buning ahamiyati yo‘qdek. Eng achinarlisi, birgina qo‘ng‘iroq uning o‘rnini bosyapti. Bunday qurilgan oila qanday kechadi — noma’lum.

«Baxtli raqam»ni qidirib topish muammo hisoblanmaydi. Telefoni bo‘lmagan ba’zi qizlar akasiga, sinfdoshlariga dugonasi yoki boshqa qizlarning telefonidan qo‘ng‘iroq qilib ham raqam «tarqatishadi». Qiziqib qaytib qo‘ng‘iroq qilganlar esa til topishib, «juft­lik»lar paydo bo‘lishi mumkin.

Kursdoshim aytadi: «U bilan tanishganimga 2 hafta bo‘ldi. Ota-onasi uylantirmoqchi ekan, meni aytibdi. Nima qilishimni bilmayapman». «Qanday tanishgansizlar?», deb so‘radim undan ham. Yana o‘sha javob: «Telefon orqali».

Oramizda shunday «aqlli»lar borki, telefon imkoniyatlaridan noma’qul ishlar uchun foydalanmoqda. Oddiy qilib aytganda, ular qizlar bilan gaplashib telefon xotirasiga yoki biror apparatga suhbatni yozib olib, qizning uydagilari yoki sevgan yigitiga yuboradi. Shunday hodisalar oqibatida bir qizning to‘yi buzilgan.

O‘qituvchimiz dars o‘tayotgan paytda kursimizdagi bolalar «sotka»sini o‘ynab o‘tirardi. Shunda domla: «Qo‘lingizdagi matoh nimalarga olib kelishini bilasizmi?— deb so‘rab qoldi. — Menga bir kuni telefon bo‘ldi. Bir yigitcha adashib tushibdi. Boshida adashdingiz, deb o‘chirib qo‘ydim.
Keyin yana telefon qilib: «Tanishaylik, ovozingiz yoqimli ekan», deb tinch qo‘ymadi. Hey, men 60 dan oshgan kampirman, desam tushunmaydi. Agar turmush o‘rtog‘im telefonni ko‘tarib qolsa, nima bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘i o‘ta rashkchi bir tanishim shunday holatga tushib qoldi. Ajrashishgacha borishdi. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar».

Baxtli bo‘lish sabablari ko‘p. Telefonning ulardan biriga aylanib qolayotgani yaxshi. Ammo aksincha ta’sir qilsa, bundan yomoni bo‘lmaydi.

Qo‘l telefoningiz orqali «baxt» topgandek bo‘ldingiz, lekin uning  qancha «umr» ko‘rishini o‘ylab ko‘ring...

Kamola POLVONOVA, O‘zDJTU talabasi


Manba

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Avgust 2008, 15:17:59

Ajoyib maqola ekan. Bunday xollar hayotda ko'p uchraydi. Ayniqsa SMS bozlik xozir rosa avjiga chiqqan yoshlar orasida.

Qayd etilgan


Moxim bonu  29 Mart 2009, 18:52:41

Man TOSHMI talabasiman. Togrisini etsam bunaqa vaziyatla deyarli xar kuni boladi!!! Ayniqsa qizlarimiz zerikishsa tomom kimga sms yozishayotganini bilmay taxminlarcha xuddi adashib yuborgandey qilib ozlarini tutishadi. U yigit kishimi, erkak kishimi buni xatto ozlari xam bilishmidi, ularga faqat vaxti otsa boldi

Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Aprel 2009, 13:47:20

 :as:
Bitta voqeani eshitgandim. Qiz bola erkak kishi - uylangan, bitta qizchasi bor bo'lgan odam bilan tanishib qolgan. Eng ajablanarlisi va odamni hayron qoldiradigan tomoni - u odam o'zining oilali ekanligini, bolasi borligini aytmagan, qiz bolaning ham bir qamchisi kam bo'lganligi uchun gaplashib yuravergan. Bir kuni qiz unga telefon qilganda, u odamning xotini olgan. Xotini borligini bilib, qiz o'zicha xafa bo'lgan. Anavi erkak esa ( erkak deyishgayam til bormaydi) bitta shu qizni deb uyida juda katta janjallar ko'targan, ayoli ham uyiga arazlab ketgan... Ehhh, bunaqa holatlar bir-ikkita bo'lsayam mayli edi, atrofimizda juda ko'p uchrab turadi, telefon orqali zinoga yo'l qo'yayotganligini nahotki anglab yetolmasalar, shunga aqllari yetmasa?!

Qayd etilgan


Mr.Twister  05 Aprel 2009, 20:58:14

:as:
Bir kuni qiz kursdoshim telefon qilib qoldi. Olsam bechora yig'lab gapiryapti, aytishicha bir kishi yashiringan raqamdan telefon qilib tanishishni taklif qilgan "Y?q" degan javobni aytib telefonni o'chirgan. Sal turib yana telefon qilib kurakda turmas so'zlar bilan haqoratlagan. Ertasi kuni kim telefon qilgani ham topildi (kompaniya orqali). Ha bir begona bola ekan. U gaplar ham qizning esidan chiqib-ku ketar, lekin telefon qilgan bolaning oilasi, o'ziga bu katta minus bo'ldi.

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  06 Aprel 2009, 17:40:04

Assalomu alekum. ha fikrilariga qo'sshilaman. man telefonlarni ohirgi zamon fitnalaridan biri deb bilanan. lekin bir narsani achinish bilan ham aytamanki hozir kim bilan uchrashsez yoki gaplashsez telefon nomerizni berin dedi.......bu nima shu ni yaxshi tushunomiman nohitki bizani hoytimiz telefon siz (yani aloqa qilish)bo'lmasa.

Qayd etilgan


Habib  29 Avgust 2010, 11:52:56

    Bilmadim boshqalar qanaqa, men telefonda ko'p gaplasholmayman. Kim bilan bo'lishidan qati'y nazar. Uydan qilishsa ham 1-2 minut gaplashishim mumkin. Hol-ahvol so'rab, tinchligini bilgach, yana nima haqida gaplashish mumkin? To'g'ri, kerakli,zarur ish bo'lsa mumkindir ishni hal qilmoq uchun. Lekin bekorchilik qilib, zerikib telefonda gaplashish ahmoqlik g'irt!
Kechagi postimda ham yozgandim. Bugun ham ayta olaman.
    Telefondan hozir ko'pchilik har hil ma'noda foydalanyapti. Zinoni tarqatyapti kimdir, zino qilyapti kimdir, kimnidir asabiga tegyapti, kimnidir qayg'uli kunini tarqatish bilan ovora syomka qilib,..va hokazo.

    Ayniqsa, kechalari yigit va qiz sms yozishsa,(nomahram) ishqiy she'rlar yozishadi,ichidagi "dard"ini aytadi. Eng ahmoqonaligi bu ishni, ushbu nomahramlarning bir-biriga yozgan sevgi satrlarida "Alloh sizni menga uchratdi","Sizsiz yashash menga kerakmas" va shu kabilarning ham uchrashi. Hayoliy zinoga Allohni qo'shish nima digani? Mana Islomning ustidan kulish! Mana shu narsa kulish menimcha. Ey, ota-onalar va bo'lajak ota-onalar! Befarq bo'lmanglar! Bola telefonni nima maqsadda ishlatyapti, kontrol qilish kerak! Qattiq kontrol qilish kerak. Bola gul! Shamol har tomonga esganda har tomonga egiladi. Parvarish qilaylik, bo'lmag'ur "yelvizak"lardan ehtiyot qilaylik farzandlarimizni! Atrofida kimlar yuribdi, o'rtoqlari kimlar, nazorat,nazorat va yana nazorat qilish kerak! Shundagina bola- biz o'ylagan, Allohdan umid qilgan ODAM bo'ladi. Lekin eng avvalosi o'zimiz ham to'g'ri bo'lishimiz kerak. Bola bizdan o'rnak oladi. Onasidan oladi...

Juda o'tlab ketgan bo'lsam uzr so'rayman. Aytadiku, "Fikr quyilib kelganda, ma'no chetga chiqib turadi" deb. ;)
"Telefonshunoslar", ko'nglingizga olmang, baribir O'zi insof bermasa, bular befoyda! ;) To'g'rimi?

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 17:41:41

Statistik ma'lumotlarga qaraganda hozirgi kunda ajralishlar soni asosan yosh oilalar o'rtasida kuzatilmoqda, ushbu ajralishlarning yarmidan ko'piga uyali telefonlar va ulardan noto'g'ri maqsadlarda foydalanish sabab bo'lmoqda

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 17:47:14

:as:
Bir kuni qiz kursdoshim telefon qilib qoldi. Olsam bechora yig'lab gapiryapti, aytishicha bir kishi yashiringan raqamdan telefon qilib tanishishni taklif qilgan "Y?q" degan javobni aytib telefonni o'chirgan. Sal turib yana telefon qilib kurakda turmas so'zlar bilan haqoratlagan. Ertasi kuni kim telefon qilgani ham topildi (kompaniya orqali). Ha bir begona bola ekan. U gaplar ham qizning esidan chiqib-ku ketar, lekin telefon qilgan bolaning oilasi, o'ziga bu katta minus bo'ldi.

qiz ham noto'g'ri qilgan yashirin raqamdan tel qilgandan keyin umuman olmasli keak deb o'ylayman. O'z yaqinlaringiz, tanishlaringiz hech qachon yashirin raqamdan qo'ng'iroq qilmaydi. Biror bir begona odam yoki adashib yoki atayin qilayotgan bo'ladi. Nim keragi bor ortiqcha vaqt va asabni ketkazib yashirin raqamlar biln olishishdanma'no yo'q.

Qayd etilgan