Muallif Mavzu: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!  ( 65641 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« : 08 Avgust 2008, 13:30:27 »
Assalomu alaykum!
Bu mavzuda Navoiylik yurtdoshlarimiz tomonidan uyushtirilgan turli xil suhbatlar,  uchrashuvlardan taassurotlar haqida suhbat quramiz.
Marhamat...

PS: Boshqa viloyatdagilarni ham taklif qilamiz.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #1 : 08 Avgust 2008, 13:33:21 »
Assalomu alaykum!
 Bugun yana bir uchrashuv amalga oshirildi. Unda doimgidek faol viloyat a'zolari, ikki qo'shni viloyatning tinib-tinchimas ajoyib qizlari ishtirok etishdi. Demak, navbatdagi uchrashuv taassurotlari haqida...
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #2 : 08 Avgust 2008, 13:39:09 »
   08.08.08

Shunday ajoyib kunda, Jum`a kunida O`zbekistonimizni go`zal shaharlaridan birida bo`lgan Navoiy shahrida buxorolik opajonimiz bilan uchrashdik. Uchrashuvda  NafisaBonu, Fatima va mehmonimiz Robiya opamla ishtirok etishdi. Uchrashuvda kamchilik qatnashgan bo`lsa-da, havas qilgudek uchrashuv bo`ldi. Hozir ham shu uchrashuvdamiz, hali bu uchrashuvimiz uzoq davom etadi, InshaAlloh!
« So'nggi tahrir: 08 Avgust 2008, 14:13:50 muallifi Fatima »

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #3 : 08 Avgust 2008, 14:03:13 »
  08.08.08y
  о-ҳо :)
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #4 : 08 Avgust 2008, 14:06:52 »
  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D
« So'nggi tahrir: 08 Avgust 2008, 14:15:34 muallifi Fatima »

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #5 : 08 Avgust 2008, 15:13:32 »
  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D

Obbo, men bu seriyani ko'rgan edim. M-Agent orqali :7
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

NafisaBonu

  • muslima
  • Jr. Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 8
  • Xabarlar: 57
  • Jins: Ayol
  • Allohu Akbar
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #6 : 09 Avgust 2008, 18:26:57 »
Assalomu  alaykum, ahli  Azizlar,  Navoiyga  kelganlar, darmonda  kelmaganlar  armonda!!!  Fatima,  Robiyaxon  hammamiz  maza  qip  Navoiyni  aylanaverib-aylanaverib  o'zimiz  ham   aylanib  qoldik. :) Hayotimdagi  eng  zo'r  damlar,  eng...eng,,,lahzalari  o'tib  ketganini  bilmay  qolibman  ham.  Hamma  ishtirokchilarga  katta  rahmat  aytaman.   
Ashhadu  alla ilaha  illalloh  va  ashhadu  anna  Muhammadan  abduhu  va  rasuluh

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #7 : 11 Avgust 2008, 10:52:25 »
  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D

Obbo, men bu seriyani ko'rgan edim. M-Agent orqali :7
Assalomu alaykum, mehmonlar!
Navoiy shahriga xush kelibsizlar!

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #8 : 11 Avgust 2008, 11:00:56 »
Assalomu  alaykum, ahli  Azizlar,  Navoiyga  kelganlar, darmonda  kelmaganlar  armonda!!!  Fatima,  Robiyaxon  hammamiz  maza  qip  Navoiyni  aylanaverib-aylanaverib  o'zimiz  ham   aylanib  qoldik. :) Hayotimdagi  eng  zo'r  damlar,  eng...eng,,,lahzalari  o'tib  ketganini  bilmay  qolibman  ham.  Hamma  ishtirokchilarga  katta  rahmat  aytaman.   

Ha to`g`ri aytasiz, Nafisaxon! Shuncha paytdan beri Navoiyda yashab anchagina joyiga bormagan ekanmiz
Uchrashuv bohonasida Navoiydan ko`rmagan joylarimizni ham tomosha qildik
Xullas, Navoiyni hamma yerini kezib chiqdik.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #9 : 11 Avgust 2008, 16:46:26 »
Assalomu alaykum!
Mana, navbatdagi uchrashuv taassurotlarini yozishga kirishdim. Hali aytganimdek, 08/08/08 yilda forumning 2 viloyat sayohatchilari, forumning tinib-tinchimas a’zolari Fatima, NafisaBonu va men yana bir uchrashuv uyushtirdik. Bu taklif o’z-o’zidan kelib chiqdi va endi men Navoiyda mehmon bo’ladigan bo’ldim. Xullas, ertalab soat 7-00 da Qiziltepaga qarab yo’lga chiqdim. U yerda meni singlim Fatimaxon kutib oldilar. U yog’iga birga Navoiy shahriga qarab yo’l oldik. U yerda yana bir singlim NafisaBonu bilan uchrashishimiz lozim edi. To u kishi tayyor bo’lib chiqqunlaricha birrovga Fatimaning uylariga ham kirib, mehmon bo’lishga ulgurdim. Bu rejada yo’q edi, keyin NafisaBonu ham shu yerga keldilar, uchalamiz diydorlashdik, maza qilib suhbatlashdik (oz bo’lsa-da, ko’pdek tuyuldi menga). Bir tarelka uzumni paqqos tushirdik, Fatimani sharofatlari bilan.
  Keyin sekin shahar aylanishga chiqdik. 1- borgan yerimiz – Xotira maydoni bo’ldi. O’ziga xos, jajjigina maydon menda yaxshi tassurot qoldirdi. Judayam chiroyli va tartibli qurilgan ekan. Xuddi Toshkent shahridagiday u yerda ham II jahon urushi qatnashchilari ism-shariflari katta temir kitoblarga tushirilgan ekan.
  Xotira maydoni ro’parasida Navoiy viloyat tarix va o’lkashunoslik muzeyi joylashgan ekan. 2- brogan yerimiz shu yer bo’ldi.
  2006 yil 9 mayda ochilgan ushbu muzeyda Navoiy tarixi bilan bog’liq eksponatlar, viloyat hokimi Xitoydan olib kelgan chinni ko’zalar, Buxorodan keltirilgan so’zanayu, joynamozlarni katta qiziqish bilan tomosha qildik.
   Keyingi manzil – Qosim shayx maqbarasi bo’ldi. U yerga kirib, ziyorat qilib chiqdik. Shu yerda men bir narsani bilib oldim. Bu yerda Buxoro amiri Abdulahadxonning daxmasi joylashgan ekan. Amir Olimxonning otasiga atab yozgan marsiyasini o’qidim.
   Maqbaradan chiqishda kitob do’konidan yangi “Hilol” taqvimidan sotib oldik.
  So’ng, shaharga yo’l oldik. Shaharda 1-bo’lib, Alisher Navoiy haykalini tomosha qilishga bordik, rasmlarga tushdik. U yerdan yayov istirohat bog’ini aylandik, yo’l-yo’lakay ko’lni ham tomosha qilib ketdik. Havo issiqligi uchun odam juda kam ekan. Singillarimning aytishicha soat 16-17 lardan boshlab bu yerga odam sig’may ketarkan.
  U yerdan “Farhod” madaniyat saroyiga bordik, uni yonida joylashgan katta fontan va hovuz yonida toza havodan biroz nafas oldik, Farhod haykali yonida suratga tushdik.
  Keyin shu madaniyat saroyida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya institutiga tegishli bo’lgan 3-qavatli muhtasham kutubxonaga kirdik. U yerdagi ajoyib muhit meni hayratlantirdi. Judayam qulay bo’lgan bu bino har tomonlama kitobxonlar uchun manfaatli edi. Fursatdan foydalanib, bu yerda ham rasmga tushdik. Kitoblarni tomosha qildik, kitoblar mavzusi xilma-xil edi, sanog’iga yetolmadim…
  “Fauna” nomli shinam bir yerda o’tirib tammadi qildik, ovqat ustida biroz suhbat qurdik.
   Keyin, biz uchun so’nggi manzil – eng yoqimli joy, forumimiz bilan diydorlashadigan birdan-bir maskan – internet-kafe bo’ldi. U yerda 1 soatdan ko’proq o’tidik, eng asosiy ishimiz uchrashuv haqida forumdoshlarimizni boxabar qilish edi. Tafsilotlarini keyin ham kiritamiz dedik. Xullas, uchrashuv haqida forum a’zolariga xabar qildik…
  Shunday qilib, Navoiyga qilgan 1 kunlik sayohatim soat 15-00 da tugadi. NafisaBonu bilan xayrlashib, Fatima bilan yana Qiziltepagacha keldik. U yerdan to’g’ri Kogon qarab yo’l oldim…

  Keta-ketguncha uchrashuv taassurotlarim haqida o’ylab ketdim… Bu uchrashuv Navoiyga birinchi kelishim edi. Shuni bahonasida shaharni maza qilib tomosha qildim. Shunday ajoyib sayohat uchun ajoyib singillarim Ozoda va Nafisalarga katta minnatdorchilik bildiraman. Ularning qiziqarli syurprizlari, ajoyib lahzalar bir umr esimda qoladigan bo’ldi.

Postim so’nggida hali Navoiyga tashrif buyurmagan yuserlarga bir shu shaharga kelishlarini maslahat beraman.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

NafisaBonu

  • muslima
  • Jr. Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 4
  • -oldi: 8
  • Xabarlar: 57
  • Jins: Ayol
  • Allohu Akbar
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #10 : 13 Avgust 2008, 18:12:24 »
Assalomu  alaykum  Opacham!  qalaysiz  yaxshimisiz,  taasurotlarizi  chiroyli  qilib  bayon  etibsiz:)  Aslida   bizani  uchrashvimizni  mazmunliroq  qilgan  Siz  bo'lasiz  bilsez.  Manda  ham  katta  o'zgarishlar  bo'ldi,  uchrashuvdan  keyin.  Keyingi  uchrashuvlarimizda  yanada  ko'pchilik  bo'lishimizni  serharakat  ishtirokchilarimizdan  so'rab  qolaman.  Robiyaxon  Alloh  sizdan  rozi   bo'lsin.  Bizani  sovg'amizni  ko'rganizda  Fatima  and  NafisaBonu  ni  eslab  qo'ying  hop. 
Ashhadu  alla ilaha  illalloh  va  ashhadu  anna  Muhammadan  abduhu  va  rasuluh

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #11 : 14 Avgust 2008, 08:56:35 »
Assalomu alaykum, navoiylik forumdoshlar!
Navoiyning qaysidir tumanida qoyatoshlarga o'yilgan turli xil tarixiy rasm va yozuvlar bor ekan. Shular haqida kim biladi?
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #12 : 30 Avgust 2008, 14:27:35 »
Assalomu alaykum, navoiylik forumdoshlar!
Navoiyning qaysidir tumanida qoyatoshlarga o'yilgan turli xil tarixiy rasm va yozuvlar bor ekan. Shular haqida kim biladi?

Va alaykum assalom! Uzr kech javob beryapman, netga anchadan beri kirishni iloji bo`lmagan edi.
Bular haqida hali eshitmagan ekanman.
Bilib berishga harakat qilaman

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #13 : 12 Sentyabr 2008, 10:31:48 »
Salom Navoiylik do`stlar. Bizlar doim yaqinmiz va doim birgamiz!!!

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!
« Javob #14 : 28 Sentyabr 2008, 14:06:44 »
Salom Navoiylik do`stlar. Bizlar doim yaqinmiz va doim birgamiz!!!

Assalomu alaykum, Mr.Twister!
Kaaatta rahmat sizga, salomat bo`ling. Buxoro viloyatidagi suratlar uchun yana bir marta rahmat
Tez-tez tashrif buyurib turing Navoiy viloyatiga ham

 

Assalomu Alaykum

Muallif OdinaBo'lim Namangan viloyati

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 19291
So'nggi javob 15 Mart 2009, 10:53:24
muallifi Oy :}
Assalomu alaykum, Qashqadaryoliklar!!!

Muallif AkmalBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 341
Ko'rilgan: 137815
So'nggi javob 23 Oktyabr 2018, 20:08:40
muallifi Abdul_Malik
Assalomu alaykum, Buxoroliklar!

Muallif RobiyaBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 363
Ko'rilgan: 118708
So'nggi javob 03 Dekabr 2016, 01:29:51
muallifi AbdurRohman
Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!

Muallif As-SamarqandiyBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 13965
So'nggi javob 05 May 2011, 21:52:03
muallifi Foniy