Uzr. Buni off-top deysizmi, flood deysizmi, baribir aytishga majburman:
Makka, Madina va Quddusning fazilatlari haqida sahih hadislar bor. Makkaning sifatlari Qur'onda ham keltirilgan. Lekin Buxoro.....
Inson tarafkashlik qilib, mahalliychilik qilib har turli gaplarni gapiravermasligi kerak. Ayniqsa mana shunday mavzular haqida gap ketganda.
Mana shunday domlalar bu gaplarni qayerdan olib gapirar ekan, hayronman.
Ha, o'sha domlani ko'rib qolsangiz, aytib qo'ying, dunyoda "sharif" nisbasi qo'sib aytiladigan shaharlar yana bor. Keyingi ma'ruzalarda qo'shib ketsinlar: Mozori Sharif, Mashhadi Sharif.....
P.S. Ulugbek-Uz ! Bu gaplarim sizga emas, o'sha domlaga qaratilgan, garchi bularni o'qimasa-da.