Marg'ilonning avvalo shirinsuxan, shirin takalluf insonlari mashhur. Ishano'rila (Marg'ilon shevasida) Marg'ilonga kelsangiz, istalgan odam bilan gaplashing, o'sha odam haqida sizda iliq tasavvur uyg'onadi.
Shaharga kirar ekansiz Muhammad Yusuf ta'riflagan munchoqdek Marg'ilon do'ppilar kiygan chiroyli odamlarni uchratasiz. Bir samarqandlik do'stim Marg'ilonni ziyorat qilganda aytgan edi: "Ey, voh bu yerda hamma ayollar ro'molda yurar ekan..."
Shaharning atlasi-yu shoyi matolari haqida ming yillardan beri maqtovu olqishlar yuradi. Yana bu yerning hunarmandlarining mehnatiga qoil qolmasdan ilojingiz yo'q.
Xullasi kalom, ancha avval ziyouzda chop etilgan ushbu maqolani o'qing, siz ham marg'ilonliklarga xavas qila boshlaysiz:
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1720&Itemid=204